Shinam sindi...
Buguncha-
Chiqib turing osmonga.
Men ham yordam qilarman
Nochor qolgan chog’giz.
Omon bo’ling,
Baxtimga
Tugamasin yog’giz.
Ketmon traktorni o’ziga qiyoslagandek, kerosinda yoqiladigan osmachiroq ham oymomoni o’ziga taqqoslab, yog’bevaqt tugab qolmay, doimo charaqlab turaverishini tilaydi. Bularga o’xshash she’rlarni yozish uchun nechog’ yuksak iste’dod kerakligini, bunday pishiq, tagdor, mag’ to’q, aksariyati sof milliy tuyg’ularga yo’g’lgan she’rlar boshqa tillarga tarjima qilinsa, qanday baho olishligi, bu hol millatimizga qanchalar g’ur bag’ishlashi mumkinligini sharhlab o’tirish ortiqcha.
Anvar Obidjonning she’riy dostonlari ham talaygina. “Odil Burgutshoh va “Zamburug’laqabli josus haqida ertak”da, agar yurt ichidagi odamlar ahil bo’lib, hushyor bo’lib yashamasa, tashqi g’imlar har qanday qudratli va obod o’lkani ham hiyla-nayranglar bilan kuchsizlantirishi, vayron qilishi mumkinligi to’g’risida so’z boradi. “O’g’langan pahlavon haqida ertak” esa bir qarashda asosan bosqinchilikni qoralagandek tuyulsa-da, bunda eng asosiysi millatning tili masalasidir. Dostonda go’daklikda boshqa yurtga o’g’lab ketilgan bola tengsiz pahlavon bo’lib ulg’aygach, bosqinchilarga qo’shilib o’z xalqiga qarshi jang qilgani, hatto o’z onasi bilan olishib, onaning tilini tushunmagani bois, halok bo’lishiga sal qolgani hikoya qilinadi. Necha yillar yig’b-yig’b sog’ib yurgan farzandini bilmay o’ldirib qo’yishdek fojiadan bolaning elkasidagi tanish tamg’tufayligina saqlanib qolgan ona falakka shunday iltijo qiladi:
-Hch bandani,
Ey, Tangrim,
Judo qilma elidan.
Farzandlarni onadan
Hamda ona tilidan!
Bu doston 1986-yilda chiqqan “Masxaraboz bola” nomli kitobda, o’zbek tili davlat tili bo’lmagani uchun rasmiy doiralarda nufuzini tamoman yo’qotib, turli tahqirlashlarga uchrab turgan bir zamonda e’lon qilinganini nazarda tutsak, bu chinakkam jasorat edi. Bunday asarlar rasmiy doiradagilarning qattiq jig’a tegishi tabiiy hol edi. Anvar Obidjon asarlari o’quvchilar orasida mashhur bo’lishiga qaramay, muallif Mustaqillikdan ilgari unvon, nishon uyoqda tursin, hatto biron-bir oddiy adabiy mukofot bilan ham taqdirlanmaganining boisi balki shundadir.
Anvar Obidjon ijodi haqida yozgan munaqqidlarning bir qanchasi uning o’ta kurashuvchanligi, qaramlikdan qutilishga, erkinlikka intilishga da’vat mavzusini bolalar adabiyotiga dangal olib kirganini alohida ta’kidlab kelishadi. Garchi Anvar Obidjonning o’zi, istibdodga nafrat mavzusini “O’ychan ko’zlar egasi”, “Bizda” singari she’rlari bilan Miraziz A’zam 60-yillardayoq bolalar adabiyotiga olib kirgan, deya yuqoridagi fikrlarini inkor etishga urinsa-da, bu masalaga xolislik va adolat bilan yondoshib aytish joizki, munaqqidlar bari-bir haq. Qaramlik bois millatimiz boshiga tushgan ko’rgiliklarni bolalar adiblaridan ba’zilari ilgari ham onda-sonda sha’ma qilib o’tishgan, Anvar Obidjon esa bu mavzuga keng ko’lamda yondoshdi, talay she’rlarida, dostonlarida, hikoyalarida, ayniqsa “Alamazon va uning piyodalari”, “Dahshatli Meshpolvon” qissalarida, “Qo’ng’oqli yolg’onchi” pysasida bosqichlikni o’z nomi bilan atab, o’z millati bolalarini kishanlardan xalos bo’lishga tinmay da’vat etadi, muntazam ravishda kurashdi.
Professor Safo Matchonov olima Zamira Ibrohimova bilan hamkorlikda yozgan “Ezgulikni esh qilib” nomli maqolada (“O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, 2-noyabr, 2007) ham shoirning yosh avlodni erk uchun kurashga chaqirishdagi xizmatlariga juda o’rinli baho bergan: “Anvar Obidjonning “Alamazon va uning piyodalari” qissasida, “Dahshatli Meshpolvon” dostonida hamda she’riy ertaklarida Vatan ozodligi uchun kurash masalasini tarixiy mavzuga uyg’ tarzda ko’tarib chiqdi. “Alamazon va uning piyodalari”dagi voqealar afsonaviy shahar Yulduzistonda bo’lib o’tsa, “Dahshatli Meshpolvon”dagi voqealar turli qishloqlarda, mustabid shoh taxti joylashgan “Јahratoniya”da ro’y beradi. Shunisi e’tiborga sazovorki, har ikki asarda ham xudbinlik, manmanlik, laganbardorlik va mansabparastlik avj olgan makon oxir-oqibat tanazzulga yuz tutishi mumkinligi aytilgan. Asarning ichki mazmun-mohiyatidan unda sobiq sho’rolar jamiyati nazarda tutilgani ochiq-oydin sezilib turadi”.
Bu erda “ochiq-oydin” so’ziga alohida e’tibor bermoq zarur. Anvar Obidjon o’z asarlarida bosqinchilarning kirdikorlari, qaram millatning xo’rliklarini shunchaki sha’ma bilan emas, o’sha davr, o’sha tuzumni oshkora parodiya shaklida tasvirlab bergan, zo’ravonlarning kuni bitishi muqarrarligini jur’at bilan bayon etgan.
Anvar Obidjondagi kurashuvchanlik hissi Toshkentga kelgach, turli adabiy davralarda, ilg’ fikrlovchilar suhbatida pishib etildi, deb o’ylash to’g’ri emas. Uning milliy g’uri qishloqda yashab turgan chog’ridayoq shakllanib bo’lganini o’tgan asrning 70-yillari oxirida “Guliston” jurnalida bosilgan “Yaylovni sog’gan qo’y” sarlavhali she’ridan bilib olsa bo’ladi:
“Ishlar qalay”
Do'stlaringiz bilan baham: |