3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet18/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-maruza

Soz ketyaptimi xizmat?

Askarlikka ko’nikib

Ketgandirsiz batamom.

Buvim, qo’ni-qo’shnilar

Sizga yo’llashdi salom.

Quchoq--quchoq chuchmoma

Terib qaytsak adirdan.

Ko’chamizni nomlashib,

Ketishibdi yangidan.

Ul. Zarechnaya” emas,



Bilib qo’ying, aka, siz,

Endi bizning uy-hovli

1lik ko’cha, 18!

Paxtakor” ham ketma-ket



Urib turibdi zafar.

1mas, 3 ta, to’p urdi

Ilhom kechagi safar

Ha, aytmoqchi, sal bo’lsa,

Unutay debman qarang,

Ra’no opamlar bilan

Ishlar bo’ldi vadavang.

Tunov kun 4. 30 da

Chiqib turib yo’liga.

Xatingizni tutqazdim

Shaxsan o’zin qo’liga.

Shunaqa, akam sizni...”



E, gapniyam do’ndirdim.

Xullasi, xat yozishga

Yanga” mlarni ko’ndirdim.



Fursatingiz bo’lganda

Yozib turing, aka, xat.

Uchrashguncha xayr deb

Ukangiz Abdurahmat”.

Bir qarashda askarlik burchini o’tayotgan nevarsini sog’ingan buvining topshirig’i bilan ukaning akasiga yozgan odatdagi salom xati. Maktubda qishloq hayotidagi barcha o’zgarish va yangiliklarni akasiga etkazish uchun to’lib-toshib, sevinchi ichiga sig’mayotgan yosh bolaning timsoli bor bo’yi bilan aks etadi. Sinchkov bolaning tiyrak nigohi bahorda tabiatning gul ochib yangilanishi, adirlardan bolalarning zavq-shavq bilan quchoq-quchoq chuchmomalar terib kelishlari bormi, Istiqlol sharofati bilan ko’chalarimiz nomlari milliylashgani (“Zarechnaya” emas – “Birlik”) bormi, “Paxtakor”ning ketma-ket zafar quchayotgani bormi, bo’lg’usi “yanga” - Ra’no opasiga akasining maktubini shaxsan topshirgani (!) bormi, Oltiariqqa mehmon bo’lib borishgani bormi, bahor kelib, o’riklar g’uj-g’uj gullashi bormi – xullas, barcha-barchasini maktubida erinmasdan, ba’zan ko’pirib-toshib, hovliqib, ba’zan go’yoki parishon- xotirlik qilganday (“Ha, aytmoqchi, sal bo’lsa, Unutay debman qarang”!) aslida esa ataylab, akasiga birinchi navbatda etkazishi kerak bo’lgan xushxabarni shunchaki gap orasida aytgandek bitadiki, bu ham aslida yosh bola qiyofasiga musavvir shoirning g’aroyib mo’yqalami chizayotgan turfa chizgilardir...

Bunday she’riy usul o’zbek bolalar adabiyoti uchun yangilik. Bu she’rlarning o’ziga xosligi haqida fikr yuritilganda, dastavval ijodiy izlanish mahsuli sifatida baholash joiz. Zero, yosh kitobxon she’r o’qir ekan, hatto, uning g’ayritabiiy shaklidan ham zavq topadi. Harflar raqamlar bilan uyqalashib ketgan bunday she’riy usul yosh kitobxon uchun ham hayratli, ham qiziqarli topilma.

Bolalar tabiatni biz kattalar singari jonli va jonsizga ajratishmaydi, xayoliy va hayotiy voqea-hodisalar o’rtasiga ham chegara qo’yishmaydi. Ular uchun tabiat va inson bir butun, yaxlit. Shoir bolajonlarning mana shu xususiyatini yaxshi ilg’agan holda yosh kitobxonlarga hayotiy va xayoliy voqealarni uyg’unlikda taqdim etadi. Masalan, bir she’rida chigirtkalar sokin tunda qo’shig’imizni butun qishloq zavq bilan tinglayotir (“Chigirtkalar qo’shig’i”) deb ishonishadi. Kungaboqar chumoli uchun quyosh bo’lib tuyuladi (“Shirin quyosh”), Kichkintoy Yomg’irvat esa onasi Bulutning gaplariga quloq osib, ko’klam kelganda “zaminga shoshiladi” (“So’zlovchi yomg’ir”), “Ko’ngli tusab qolsa” ko’kdan tushadi-yu, “gullarning qulog’iga she’r o’qiydi” (“Yomqir haqida she’r”).

Shoirning ijodini kuzatgan adabiyotshunos Zamira Ibrohimova Abdurahmon Akbarning hayotiy voqea va xayoliy tasavvurlardan qanday ta’sirchan manzaralar yaratgani haqida jumladan, shunday yozadi: “Bu manzaralar xuddi aqlli farzand oilaga fayz-baraka, ota-onaga rahmat olib kelganday, ko’ngillarda mamnuniyat tuyg’ularini paydo qilib yosh kitobxonning xayolot olamini boyitadi, kengaytiradi: chirildoqlarning sokin oqshomni to’ldirib kuylashlarida osoyishtalik gashtini anglagandek, yoqqan yomg’ir tomchilaridagi mo’’jizani tuygandek, asalari, chumolilarning mehnatiga xos go’zallik, fayz-ziynatni ko’rgandek bo’ladi”:


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish