3-Ma’ruza
Neftning fraksion va element tarkibi, uni aniqlash usullari
Reja.
1. Fraksion va element tarkibi.
2. Neft va neft maxsulotlarining fizikaviy xossalari
3. Qotish, xiralanish va kristall hosil bo‗lish xaroratlari
4. Neftni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni o‗rganish
Neftlar kimyoviy nuqtai nazardan uglevodorodlarning murakkab
aralashmasidan tashkil topgan bo‗lib, ular
tarkibida kislorod, oltingurgurt va azot
birikmalari ham uchraydi.
Neftning asosiy elementlaridan uglerod - 83-87%, vodorod - 12-14%,
kislorod, oltingurgurt va azot - 1-2% ni va ayrim hollarda undan ortiqroq ham
uchraydi.
Uglerodni vodorodga nisbati neft uchun 5,8 dan 8 gacha o‗zgarib tursa,
ko‗mirli
qatordagi
kaustobiolitlaruchunbuko‗rsatkich
38
gacha.
ShuninguchunS/Nnisbatiyonuvchiqazilmalarnineftliyokiko‗mirliqatorgao‗tkazishd
anihoyatdao‗zigaxosko‗rsatkichdir.
Neftlarni tarkibida 10% dan 70% gacha alkanlar uchraydi.
Alohida neftni
olganimizda u‘rtacha molekula og‘irligi ortishi bilan alkanlarning miqdori kamayib
boradi. Neftni yuqori fraktsiyalaridagi alkanlar (parafin va tserezinlar) qattiq holda
bu‘ladi. Alkanlarning molekulasini tuzilishi tu‘g‘ri va tarmoqlangan zanjirli
bu‘ladi. Bu neftni qayerdan qazib olinayotganiga bog‘liq. Tarmoqlar asosan metil
gruppasidan iborat bu‘lib, ular zanjirning 2 — va 3 — uglerodida uchraydi.
Neft va neft maxsulotlarining fizikaviy xossalari
Zichlik (solishtirma og‗irlik) — modda
massasining uning hajmiga
nisbatidir. Zichlikni xalqaro birligi (SI) — kg/m3.
Nisbiy zichlik — moddanig zichligini standart moddaning (ko‗pincha
suvning) zichligiga nisbatini tushunamiz. Mamlakatimizda neft mahsulotlarini
q200S dagi zichligini suvning q40S dagi zichligiga nisbati qabul qilingan.
Odatdagi belgisi d
4
20
(adabiyotda d
4
20
, ba‘zan
20
4
deb belgilanadi).
Mahsulotlarni hoxlagan xaroratdagi zichligini aniqlab, keyin d
4
20
ga o‗tkazish
mumkin. Buning uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:
20
40
қ
t
4
/
20
t
20
40
—
mahsulotni berilgan xaroratdagi zichligi;
— hajmiy kengayish koeffitsiyenti (adabiyotdan olinadi);
t— berilgan xarorat.
Bu formula 0 dan 50
0
С gacha xaroratlar uchun yaxshi natija beradi.
AQSH va Angliyada zichlik 60
0
С (15,56
0
С)da aniqlanadi. Adabiyotda bu birlikni
mamlakatimizda qabul qilingan birlikka o‗tkazish
uchun maxsus jadvallar
keltirilgan.
Neft va neft mahsulotlarini zichligi ularning kimyoviy tarkibi bilan
bog‗liqligi sababli, u katta ahamiyatga egadir.
Shu sababli neft va neft
mahsulotlariga GOST talablarini belgilanayotganda zichlik ham asosiy
ko‗rsatkichlar qatoriga kiradi.
Neftlarning nisbiy zichligi asosan 0,82 dan 0,9 gacha. Ba‘zan bu
ko‗rsatkichlardan kamrog‗i yoki yuqorirog‗i ham uchraydi.
Neftni qisqa
fraksiyalarini zichligi, ularning tarkibidagi
uglevodorodlarning turiga bog‗liqdir. Masalan, utlevodorodlarning molekulasida 6
ta uglerod atomi bo‗lsa, (geksan, metilsiklopentan, siklogeksan va benzol), ular
68,7° dan to 81
0
С gacha
qaynaydi, nisbiy zichligi 0,660, 0,749, 0,779 va 0,879.
Molekula massasi — moddaning eng asosiy fizikaviy — kimyoviy
ko‗rsatkichidir. Bu ko‗rsatkich neft fraksiyalarini tarkibiga kiruvchi moddalarning
o‗rtacha molekula massasini belgilab beradi. Bu ko‗rsatkich
neftni qayta ishlash
uskunalarini hisoblashda muhim ahamiyatga ega. Bu ko‗rsatkich yordamida
neftning tarkibi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lamiz.
Molekula massasi
moddalarning qaynash xaroratlari bilan bog‗liq va bu ko‗rsatkich neft
mahsulotlarini bir qancha ko‗rsatkichlarining tarkibiga kiradi.