3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema


Geografiya faniga oid atamalar



Download 77,59 Kb.
bet19/22
Sana03.03.2022
Hajmi77,59 Kb.
#481409
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA

Geografiya faniga oid atamalar : garmsel,durbin, vulqon, atlas, gerbariy, gipoteza, materiklar, kanal, kontur karta, magnit, mineral, meteorologiya, radiatsiya, toponim, ekvator, Yupiter, qo`ltiq, balans, biosfera.

Rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarni o'zbek tili fonetik qonuniyatiga moslashtirib qo’llashga misollar: Masa­lan, aksiya — hissa, aksioner — hissador, kanselariyadevonxona, pechat — muhr, gimn — madhiya, tamojnya — bojxona, bank — bank, samolyot — samolyot, vertolyot — vertolyot, raketa — raketa, tank — tank, telefon — telefon, kompyuter — kompyuter kabi.
Atamalarni izga solishning keyingi yo‘li istiqbolli yo‘l ekanligi hammaga ayon bo‘ldi, chunki boshqa tillardan atama qabul qilmaydigan birorta ham til yo‘q. Masalan, telefon, kompyuter atamalari dunyoning hamma tillariga kirib borgan.
Hozirgi kunimizda o‘zbek tili birja, dizayn, lizing, mar­keting, menejment, monitoring, audit singari yuzlab boshqa tillardan olingan atamalar hisobiga boyib bormoqda.

1798-yilda yaratilgan Muhammad Xoksorning “Muntaxob ul-lug`at” asarida astronomiya,matematika, musiqashunoslik, adabiyot faniga doir atamalar berilgan.


Matematika : sath , vatar.
Astronomiya: mintaqa, xatti ustuvo (ekvator).
Musiqashunoslik: ag`oni,nag`ma,surud, “Hijoz”,”Ajam”,”Iroq”,nag`amot,musiqa,navo,ohang.
Adabiyot: bad’e, tashbeh, ramz, radif,fasohat,majoz, nazm,hijo,she’r.

O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
Xalqimiztarixida ro`y bergan iqtisodiy-ijtimoiy,siyosiy,madaniy o`zgarishlar tufayli yangi so`zlar kirib keladi,ayrim so`zlar iste’moldan chiqib ketadi.
Tilimizning ma’lum davrida qo`llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so`zlarga eskirgan so`zlar deyiladi. So`zlarning eskirishi ikki xil yo`l bilan amalga oshadi:
1. So`z o`zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so`zlarga tarixiy so`zlar (istorizmlar) deyiladi. Masalan: amin,mingboshi,xon,paranji,mirshab va h.k.
2. So`z eskiradi,tushuncha saqlanadi va u boshqa so`z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so`zlar (arxaizmlar) deyiladi. Masalan: rayon – tuman,oblast – viloyat,handasa – geometriya, falakiyot – astronomiya, jug`rofiya – geografiya kabi.
Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so`zlarga yangi so`zlar (neologizmlar) deyiladi.
O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi.Ularni,eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.

1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so`zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) - «o 'xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida.


2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Boshqa tillardan o`zbek tiliga kirib o`zlashib qolgan so`zlarga olinma so`zlar deyiladi:radio, tramvay,diler, monitoring, kompyuter,skaner kabi.
Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Biror yangi tushunchani o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da’vat qilganlar.
Tilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ikki xil baza asosida paydo bo‘ladi: tilning ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so‘z olish natijasida. E’tibor bering!

1. Tojik tilida

2. O‘zbek tilida

chorpoya

so‘ri

olov

o‘t

chopon

to‘n

kissa

cho‘ntak

dasta

sop

buqa

novvos

jilt

muqova

oftob

quyosh

osmon

ko‘k

Tojik tilidan so‘z o‘tishi natijasida qo‘shma va juft so‘zlar ham paydo bo`lgan.
Bosh (pana), qon (xo‘r), qo‘sh (nay), shirin (so‘z), yalang (bosh), qahr-g‘azab, to‘y-tomosha, sog‘-salomat, achchiq-chuchuk.



Download 77,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish