3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema



Download 77,59 Kb.
bet18/22
Sana03.03.2022
Hajmi77,59 Kb.
#481409
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA

ATAMA VA ATAMASHUNOSLIK

Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so`z yoki so`z birikmalariga atama (termin) deyiladi.


Har qaysi fanda ma’lum ilmiy tushunchalarni ifodalovchi o`ziga xos so`zlar mavjud. Masalan, kimyo fanidagi suv so‘zining ma’nosi umumxalq tilida qo‘llaniladigan suv so‘zining ma’nosidan farq qiladi. Xuddi shunday holatni temir, oltingugurt, oltin singari so‘zlarda ham kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, turli kasb-hunar tarmoqlarida ham umumxalq tilidan ma’nosi chegaralab olingan so‘zlar qo‘llaniladi. Masalan, chevarchilik sohasidagi suv so‘zining ma’nosi (kashtachilikda to`g`ri yoki to`lqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi) umumxalq tilidagi suv so‘zining ma’nosidantamomila farq qiladi. Shuningdek, duradgorlik sohasida ishlatiladigan qosh so‘zining ma’nosi umumxalq tilidagi qosh so‘zining ma’nosidan yanada boshqacharoq.
Atamalar qo`llanishiga ko`ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo`linadi.
Ma’lum bir fan doirasida qo`llaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi.
Atamalar ikki yo`l bilan hosil bo`ladi:
1. Umumxalq tilidagi so`zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so`zlar umumxalq tilida bir ma’noni,fan tilida esa boshqa ma’noni bildiradi. Masalan: ot, ildiz,hol, fe’l kabi.
2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi.Masalan: kasr,musbat,manfiy,fonema,valentlik,sinus, kosinus kabi.
Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo`llaniladigan so`zlarga kasbiy atama deyiladi.Masalan,tikuvchilik kasbiga doir atamalar: igna,ip,andoza,o`lcham kabi.
Atamalar o'zbek tilining ichki imkoniyatlari negizida hosil qilinishi bilan birga, boshqa tillardan ham tayyor holda olinadi. Masalan, menejment, konsalting kabi.
Atamalarni tartibga solish har bir tilda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun atamalarni yaratish tamoyillari va ularni tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning maxsus bo‘limi borki, bunday bo‘lim atamashunoslik (terminologiya) deb yuritiladi.
Atamashunoslikning o‘rganish birligi atamalar (terminlar)dir.
Har bir fan, kasb-hunar tarmog‘i atamalarsiz ish ko‘ra olmaydi. Shuning uchun atamashunoslik muammo­lari faqat tilshunoslikninggina muammosi bo‘lib qolmay, u barcha fan va kasb-hunarning ham asosiy masalalaridandir. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi qoshida barcha fan, kasb-hunar sohalarida atamalarni tartibga solish muammosi bilan shug‘ullanuvchi Atamashunoslik qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Atamalarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo‘jaligi, tadbirkor, qo‘shma korxona kabi), shu bilan birga, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy- texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq o‘rtasida keng iste’molda bo‘lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko‘pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi.
Shuningdek, iqtisodiy hayotimizda mustaqillik sharoitida buyuk burilishlar bo‘lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi.Ana shuyo‘llar bilan atamalarizga solinmoqda.


Download 77,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish