3-laboratoriya ishi sof tug‘ma elementlar laboratoriya ishining maqsadi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana13.05.2022
Hajmi0,57 Mb.
#603018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 (1)

Oltingugurt - S
. Ko`pincha toza holda bo`ladi, ammo ba`zan- gil, yoki 
organik moddalar, neft tomchilari, gaz va boshqalar bilan mexanik aralashma 
holda bo`ladi. Ayrimda oltingugurt tarkibida 5% selen bo`lishi mumkin. 
Rombik singoniyali, ayrimda rombodipiramidal shakllarda uchraydi. 
Oltingugurt yaxlit, tuproqsimon massalar holda topiladi. Buyraksimon, oqiq - 
tomma shakllarda bo`ladi. Rangi -to`q sariq, limon-sariq, asal-sariq, sariq, 
kulrang-sariq, qo`ng`ir va qora. Kristallari olmosdek, ba`zan yog`langandek 
yaltiraydi. Toza kristali nurni yaxshi o`tkazadi. Oltingugurtning qattiqligi - 1-
2, ancha mo`rt, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi 2,05-2,08. U 
elektr va issiqlikni yomon o`tkazadi (yaxshi izolyator). Oltingugurtni boshqa 
o`ziga o`xshash minerallardan ajratish belgilari - rangi, kichik qattiqligi, 
mo`rtligi yaltirashi va boshqalar. 
Sof tug`ma oltingugurt yer qobig`ining ustki qismida joylashgan. 
Oltingugurt turli yo`llar bilan yuzaga keladi: 1) vulqon harakatida qator gazlar 
bilan oltingugurt havoga uchadi, ba`zilari vulqon mo`rilari, jins yoriqlarida 
yopishib qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonli mamlakatlarda Rossiya (Kamchatka, 
Kuril orollari), Yaponiya, Italiyaning vulqonlar uchraydigan joylarida solfator 
manbalarida erigan holda chiqadi va soylar va jarliklarda oqimlar ko`rinishida 
qotadi; 2) ma`dan konlari oksidlanish zonalarining ostki qismida sulfidlarning, 
ayniqsa, piritning parchalanishidan paydo bo`ladi; 3) cho`kindi gips 
qatlamlarining parchalanishidan ham hosil bo`ladi. 
Oltingugurt sanoatning turli tarmoqlarida zarur element hisoblanadi. U 
turli kislotalar tayyorlashda rezina, bo`yoq, gugurt, mushaklar va ayniqsa 
qishloq xo`jaligi zarar kunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. 
Sof minerallar 
 
Sof elementlar sinfiga kiruvchi minerallar bir xil yoki tuzilishi va xossalari 
bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan kimyoviy elementlarning atomlaridan iborat. 
Hozir tabiatda sof holda uchrovchi minerallarning 30 dan otiq turi mavjud. 


Minerallarni hosil qiluvchi sof elementlar metallar, polumetallar va 
metallmaslar bo‘lishi mumkin. 
Sof holda uchrash asl metallar hamda mis uchun xosdir. Meteoritli sof 
temir va uning nikel va kobalt bilan qotishmasi (temir va temir-toshli 
meteoritlar) ma’lum. Sof metallar toza holda ancha kam uchraydi. Ko‘p hollarda 
ularga tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan qotishmalar sifatida qarash mumkin. 
Metallmaslarda oltingugurt va uglerod ko‘p uchraydi. Kam hollarda 
polumetallar - margimush, surma, vismut kuzatiladi. 
Sof elementlar uchun polimorfizm xarakterli bo‘ladi. Masalan, uglerod 
grafit va olmos sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Oltingugurt ham ikki 
modifikatsiyaga ega.
Sof elementlarning kelib chiqishi asosan endogen: magmatik, gidrotermal 
va metamorfik jarayonlar bilan bog‘liq. Sof kumush va mis ba’zan sulfidli 
konlarning oksidlanish zonalarida hosil bo‘ladi. Asl sof metallarning (oltin, 
platina) sanoat ahamiyatiga molik bo‘lgan konlari sochilmalar shakllanishida 
vujudga kelishi mumkin. 
Sof elementlarning litosfera tuzilishidagi ahamiyati sezilarli emas. Ular er 
po‘sti umumiy massasi tarkibining 0,1 % dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi va jins 
hosil qiluvchi minerallar hisoblanmaydi. Ammo ba’zilarining amaliy 
ahamiyati juda katta. Asl elementlarning orasida eng ko‘p tarqalganlari - 
platina, oltin va kumush hisoblanadi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish