Uglerod guruhi minerallari
Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari
bilan keskin farq qiladi.
Olmos - S.
Nomi grekcha - "adamas" yengilmas degan ma`noni anglatadi.
U tabiatda o`ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub
qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko`z bilan payqamaydigan
xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik
kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali - 3106 karatli
"kullinan", 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval).
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang,
yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora.
21-jadval
Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma`lumotlar (V.A.Milashev bo`yicha)
Yirik olmos nomi
Og`irligi
(karat hisobida)
Topilgan joyi va yili
Kullinan
3106
J.Afrika, 1905
Eksselsior
971,5
J.Afrika, 1983
Syerra Leone yulduzi
968,9
G`.Afrika, 1972
Buyuk Mogol
787
Hindiston XVII asr
Prezident Vargas
726,6
Braziliya, 1938
Nizomii
440
Hindiston, 1935
Viktoriya
428,5
J.Afrika, 1880
Toji-Maxal
146
Hindiston
Shoh Akbar
119
Hindiston, 1918
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang,
yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. Olmosning ichki
tuzilishi uning hosil bo`lish sharoiti haqida qo`shimcha ma`lumot beradi.
Masalan, yuqori haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz
bo`ladi,
haroratning
asta-sekin
pasayishi
natijasida
uning
shakli
rombododekaedrdan kub shakliga qarab o`zgaradi va rangi quyuqlashib qora
bo`ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvars qattiqligidan ming
marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo`rt bo`lib, ulanish
tekisligi (III) bo`yicha o`rtacha mukammal. Solishtirma og`irligi - 3,4-3,5,
kuchsiz elektr o`tkazuvchan. Tabiatda olmosning o`ta sifatli, chiroyli xillari
bilan birga yomon xillari uchraydi:
1) Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo`shimtalarga boy.
2) Ballas - shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi.
3) Karbonado - zich kristalli, qora rangli ba`zan mayin, g`ovak donali
agregatlardan iborat.
3.3-rasm. Olmos.
Olmosning tub konlari genetik jihatdan alpinotipli-o`ta asosiy jinslar-dunit,
kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq. Dunyodagi eng
yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli
portlashi natijasida sodir bo`ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana
va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop,
ilmenitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral
hisoblanib, olmos to`g`risida qo`shimcha habar beradi. E`tiborli tomoni
kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos
kristallariga qo`shilib ketgan minerallardan granat, xromga to`yingan piroksen
(enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi hisoblanadi.
Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos
konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB,
kuchli harorat 1470-1970
o
da kimberlitli va eklogitli magmalarning
kristallanishidan hosil bo`ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari
serpentinitlashgan garsburgitlarda va lersolitlarda (Rossiyaning Karyak
tog`larida hamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan.
Hozirgi vaqtda laboratoriya usulida sun`iy olmos olish bo`yicha yaxshi
natijalarga erishilmoqda.
1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun`iy olmosni
laboratoriyada 3270oli haroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq
bo`lishgan. Keyingi yillarda ko`p mamlakatlar sun`iy olmos olishni
tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun harorat 1470-1770o atrofidaligi
aniqlandi. Sun`iy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko`mirdan
foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho`kindi - sochma jinslardan
ajratib olinadi - Zoir, Angola, Syerra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo
bo`yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar hisobidan
olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaho - brilliantlar
tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va
sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda.
Tabiatda oltingugurtning birnecha polimorf modifikatsiyasi ma`lum.
Bulardan biri rombik tuzilishga ega ?- oltingugurt sof holda uchraydi. Uni
oddiy sharoitda 96,5
o
dan yuqoriroq haroratda qizitilsa, unda u monoklinal
singoniyali ?- oltingugurtga aylanadi, sovitilsa, avvalgi hollariga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |