3-laboratoriya ishi sof tug‘ma elementlar laboratoriya ishining maqsadi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana13.05.2022
Hajmi0,57 Mb.
#603018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 (1)

Poliksen (Pt, Fe)
. Tarkibida platina 80-88% va temir 9-11%, u kub 
singoniyali. Tabiatda yaxlit kub shaklida kamroq uchraydi, asosan noto`g`ri 
donalar ko`rinishida bo`ladi. Poliksen rangi - kumushdek oq, ba`zan po`latdek 
kul rang. Qattiqligi 4-4,5. U ham boshqa metallardek eziluvchanlik 
xususiyatiga ega, ulanish tekisligi yo`q. Poliksen magnitga tortiladi va elektrni 
yaxshi o`tkazadi, ammo kislotalarda erimaydi. Platina guruhi minerallari 
genetik jihatdan o`ta asos magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq bo`lgan tipik 
magmatik konlar hosil qiladi. 
Osmiy-ruteniy (Os, Ru)
va osmiyli iridiy guruhi minerallari, nisbatan 
kam tarqalgan. 
Nevyanskit - (Ir, Os).
U birinchi marta Uralning Nevyansk rayonida 
topilgan. Tarkibi o`zgaruvchan (% hisobida) Ir - 46,8-77,2; Os- 21,0-49,3; Ru 
-0-0,5, Rh-0,5-7,7; Pt-0,1-5,5; Cu- 0-0,9; Fe - 0-1,4. Nevyanskit - geksogonal 
singoniyada kristallanadi, rangi qalayi kabi oq, metall kabi yaltiroq. Qattiqligi 
6-7, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 17,0 dan 21,0 gacha. 
Ushbu guruh minerallari genetik jihatdan o`ta asos (dunit, peridotit) jinslar 
bilan uzviy bog`liq. Bu jinslarda platina guruhi minerallari asosan 
xromshpinelidlar bilan ba`zan mis sulfidlari bilan birga uchraydi. 
Siserskit - Os, Ir,
mineral nomi topilgan joyi Uralning Yekaterinburg 
viloyati Sisersk rayonidan kelib chiqqan. Geksagonal singoniyali, rangi och 
kul rang, ayrimda to`q kul rang. Solishtirma og`irligi o`zgaruvchan - 17,8-22,2 
gacha. Bu mineral ham o`ta asosli intruziv jinslar natijasi hosil bo`ladi. 
Yuqorida bayon etilgan minerallar bironta kislotada erimaydi. 
Yarim metallar guruhi minerallari 
Ushbu guruh minerallari tabiatda kam uchraydi. Yarim metallarning ichki 
tuzilishining o`ziga xos xususiyati shundaki, har qaysi atom atrofidagi olti 
atomning uchtasi bilan kovalent bog`lanib, o`zaro birikkan strukturani hosil 
qiladi.
Margimush - As
tabiatda kam uchraydi. Tarkibi o`zgaruvchan bo`lib As 
- 84-95% tashkil etadi. Aralashma holda Sb - 1,7-9,2%, kamdan-kam Ag, Fe, 
Ni ba`zan V ishtirok etadi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Margimush 
buyraksimon, oqiq shaklli qobiqlar, stalaktit, puchoqsimon mahsulotlar holida 
uchraydi. Margimushning rangi qalayidek oq bo`lib, vaqt o`tishi bilan sariq-
qo`ng`ir tusga kirib keyinchalik batamom qorayib qoladi. U yaltiroq, qattiqligi 
- 3,5, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 5,6-5,7. Sof margimush gidrotermal 
jarayonda paydo bo`ladi. Margimush odatda surma, nikel, kobalt, kumush va 
qo`rg`oshinlar bilan birga uchraydi. Ba`zi adabiyotlarda margimush ma`dan 
konlarining nurash zonalarida ikkilamchi mineral sifatida yuzaga kelishi qayd 
etilgan. Buyraksimon ko`rinishidagi sof tug`ma margimushining yirik 
uyumlari Rossiyaning Zabaykalye viloyati Chikoya daryosi qirg`og`ida 


uchraydi. Bundan tashqari Saksoniyadagi bir qator konlarda (Freyberg, 
Shneyberg, Annaberg) topilgan. 
Vismut - Bi.
Bu mineral margimush va surmaga qaraganda ko`proq 
uchraydi. Vismut trigonal singoniyada kristallanadi. Yaxshi kristallari kam 
uchraydi. Odatda xol-xol donali, ba`zan bargsimon va patsimon shakllarda 
uchratish mumkin. Vismut rangi kumushdek oq bo`lib, sarg`ish tovlanadi. 
Qattiqligi 2,5, ulanish tekisligi mukammal, qiyinchilik bilan eziladi. 
Solishtirma og`irligi 9,7-9,8. Vismut yuqori haroratli gidrotermal jarayonda 
paydo bo`ladi va kassiterit – SnO
2
, arsenopirit - FeAsS, vismutin – Bi
2
S
3
,
volframit (Fe, Mn)WO
4
, molibdenit – MoS
2
va boshqalar bilan birga uchraydi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish