3 I. Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan obyektiv omillarning ahamiyati


Iqtidorli yoshlar kamolotida oila va mahallaning о‘rni



Download 0,52 Mb.
bet8/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#74995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan

2.2. Iqtidorli yoshlar kamolotida oila va mahallaning о‘rni.

Oila - jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Mahalla esa davlat institutidir. Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida oilaga tо‘lik ta’rif berilgan: «Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atal- mish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi»37.

Darhaqikat, insoniyat tarixida oila hayotning abadiy- ligini, avlodlar zanjirini mustahkamlovchi mezon.

Mustaqil yurtimizda oila muqaddas qadriyat, hayot asosi, yurt va millat о‘zagi hisoblanadi. Istiklol yaratgan yuksak insoniy bag‘rikenglik, tenglik sharoitida oilalar ham dav- lat va jamiyat taraqqiyotida tobora faol о‘rin egallamokda, oilaning farzand kamolotidagi о‘rni, burch va mas’uliyati takomillashib bormoqda. Hayotimiz qomusi - О‘zbekiston Konstitusiyasining 63-moddasida oila jamiyat va dav- lat muhofazasida bо‘lish huquqiga egaligi ta’kidlangani holda, uning burch va mas’uliyati ham kо‘rsatilgan38. Oila- larimizda ta’lim-tarbiya, bilim olgan, nasl-nasabimizga xos oliy fazilatlar, turli kasb-hunar sohiblari bо‘lmish farzandlar yetishib chiqmoqda.

Oilaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini teran angla- gan Yurtboshimiz qonun ustuvorligi asosida oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarni moddiy-ma’naviy qо‘llash, ijti- moiy himoyalash, barqarorligini, turmush farovonligi- ni, jismoniy kamolotini ta’minlashga alohida ahamiyat bermoqdalar. Bundan kо‘zlangan asosiy maqsad mukammal qilib tarbiyalangan qobil farzandlar о‘stirish va ular- ning kamolini kо‘rishdir.

Oila - mо‘jaz Vatan. Oila jamiyat о‘zagi sifatida har bir xalqning, millatning davomiyligini ta’minlovchi, milliy kadriyatlarni rivojlantiruvchi, avlodlar umr zan- jirini mustahkamlovchi, jamiyat va ijtimoiy muhitdagi muvozanatni ta’minlovchi, ayniqsa, jismonan, ruhan, axloqan ma’naviy barkamol avlodni dunyoga keltirib, uni komil inson qilib tarbiyalovchi muqaddas dargoxdir. Oila- ning kuchli jamiyat barpo etishdagi eng oliy burchi, mas’u- liyati inson naslini davom ettirish, ajdodlar qadriyatiga xos va mos, davr talabiga monand, kelajak maqsadlariga yо‘naltirilgan xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam- lantirgan sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Chunki sog‘lom, axloqiy barkamol oila - har bir millat va jamiyatning eng qimmatli boyligidir. Shuning uchun Uzbekiston Konstitusiyasiga «Oila» bobi alohida kiri- tilib, davlat muhofazasida ekanligi huquqiy asoslangan. Oila mustahkam va sog‘lom bо‘lsa, mahallada, elu yurtda tinch- lik-osoyishtalik, xotirjamlik hukm surib, mamlakatning barqaror va baquvvat rivojlanishi ravon ketadi.



Yurtboshimiz oilani jamiyat negizi deb baholab: «Biz- ning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mum- kin va lozim. Bunda о‘zaro hurmat va qattiq tartib bо‘lmasa, oilaning barcha a’zolari о‘z burchlarini ado etmasa, bir- biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat kо‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, о‘zining kо‘p asr- lik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bо‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab- ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Uzbeklarning aksariyati о‘zining shaxsiy farovonligi tо‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlari- ning, qо‘shnilarining omon-esonligi tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilishni birinchi о‘ringa kо‘yadi. Bu esa, eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir»39, - degan- dilar. Donishmand Aristoteldan aklning quvvati nimada, deb sо‘rashganda, u shunday deb javob bergan ekan: «Barcha kishining quvvati ovqatdandir. Aql-idrokning kuchi esa hikmatdandir». Haqikatan ham, inson uchun hayotning ma’no- si faqat oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarni is- te’mol qilishdangina iborat emas, balki axloqiy yetuklikka eltuvchi, kundalik hayotimizning hamma jabhalarida bо‘y kо‘rsatuvchi insoniy xulq-odob meyorlari va axloqiy muo- mala madaniyati hamdir. Piri komil Maxdumi A’zam ayt- ganlaridek, bu fazilatlar, uni anglagan aql-idrok, e’tiqod, axloqiy qiyofa yaratganning eng muqaddas kashfiyotidir. Bu kashfiyot, avvalo, oilada amaliy hayotga kо‘chadi.

Inson uchun zarur bо‘lgan huzur-halovat, osoyishtalik, ahillik, g‘amxо‘rlik, izzat-hurmat, kadr-qimmat, samimiy mehr-oqibat, muruvvat, xullas, oliyjanob insoniy tuyg‘u va fazilatlar, inson kamoloti oiladan, oila muhiti, sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Ayniksa, oilaning sharqona ildizlaridan oziqlangan mustaqil elimiz farzandlari davr va hayot talabiga monand komil inson bо‘lib yetishisha- di. Oiladan boshlangan mehr-muruvvat, oqibatlilik, tinch- lik-osoyishtalik, qadr-qimmat, insonparvarlik munosabat- lari qarindosh-urug‘, kо‘ni-qо‘shni, mahalla, jamoatchilik о‘rtasidagi munosabatlarda davom etadi. Bular esa oiladagi sog‘lom muhit, ma’naviy, ruhiy va axloqiy tamoyil hamda meyorlar asosida shakllanadi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi mazmun-mohiyat kasb etib takomillashib boradi. Chunki oilada kamol topgan insoniy fazilatlar mustaqillik sharoitida, uning ulkan tamoyil va nufuzli islohotlari asosida jamiyat maqsad va manfaatlariga mos ravishda rivojlanib bormoqsa. Oila о‘z burch va mas’uli- yatini chuqur anglagan holda farzandlar kamolotini aql- idrok, axloq-odob, ezgulik, yaxshilik, mehr-muruvvat, adolat va poklik bilan oqlamog‘i, bor kuch-qudratini, mahorat va qobiliyatini sog‘lom axloqiy muhit yaratishga, barkamol avlod tarbiyasiga, yurt farovonligi va barkarorligiga, tinchlik-totuvlikka, jamiyat va о‘z Vataniga mehr-oqibatli, sadoqatli bо‘lishga yо‘naltirsa, bunday oila jamiyatning haqiqiy tayanchi va asosiy bо‘g‘iniga, davr talabiga mos tarbiya о‘chog‘iga, uyushmasiga aylanadi. Hozirgi sharoit- da yurtimizdagi oilalarda sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarilgan hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan, sharkona axlokiy tomirlardan oziqlangan oila- viy ma’naviy-axloqiy munosabatlar qaror topmoqda. Oila- da mustaqillikka xos va mos huquqiy, axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormokda. Oilaning ijtimoiy-hu- qukiy mavqei bilan bir katorda, axlokiy asoslari mustah- kamlanib, oilada ijtimoiy muhit va о‘zaro axloqiy muno- sabatlarni sog‘lomlashtirish, har bir oilaga xos va oilaviy xususiyatlarga mos axlokii kadriyat hamda guzal, sermazmun axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, ularga ijobiy me- ros sifatida, obyektiv zaruriy omil sifatida yondashish dolzarb vazifa bо‘lmoqda. Chunki oilada axlokiy muhit, mu- nosabat madaniyati, axloqiy tamoyillar chukur ildiz otma- sa, u yerda bо‘shliq paydo bо‘lib, salbiy holat qaror topishi muqarrar. Oilada axloqiy asoslar pishik va yetuk bо‘lmasa, о‘sib-unayotgan «umr daraxti», sog‘lom turmush tarzi, hatto, kamol topayotgan kelajak avlod sо‘nadi, sinadi va xosil bermaydi. Oila mustahkam poydevorga kurilib, unda akl va bilim, donolik, axlokiy va ma’naviy qadriyatlar qaror topsa, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda yetakchi о‘rinni egal- lasa, Vatan, millat, inson kamoloti, yangi sog‘lom avlod ke- lajagi shunday oila ostonasidan boshlanadi. Mana shunday axloqiy, ma’naviy va hukuqiy negizlar asosiga qurilgan, respublikamizda har jihatdan ibrat bо‘ladigan, ixlos kilsa arziydigan, sog‘lom, piri badavlat, hamjihat, ahil oilalar- ni minglab uchratish mumkin. Bunday oilalarga chuqurroq nazar tashlasak, uning a’zolari о‘z ijtimoiy, oilaviy va shaxsiy burchini, oila shon-shuhrati, or-nomusi va obrо‘- izzatini saqlash borasidagi mas’uliyatini chuqur anglab, sog‘lom axloqiy muhit yaratishga intilishi kо‘zgatashlanadi.

Oilaning ustuni, suyanchig‘i otadir. Otaning oiladagi javobgarligi moddiy jihatdan ta’minlash vazifasi, xotini va bolalari uchun mas’ulligi hayot qonunidir. Ota avlodlarga xos boy ma’naviyat, qadriyat va udumlarni о‘sib kelayotgan avlodlarga singdiruvchi, ularga ibrat namuna- si bо‘luvchi ustoz va murabbiy, asosiy tarbiyachi shaxsdir. «Qobusnoma»da ota haqida shunday deyilgan: «Farzanding vujudga kelganidek hayot kechirsin. Sen unga jismu ruhi tetik, fe’l-atvori yetuk, yaxshilik va yomonlikni farqlash tuyg‘usiga ega bо‘lib kamol topishi uchun odob, hunar va bi- limni о‘zingdan meros qilib qoldirki, u kelajakda komil inson bо‘lib yetishsin». Bu ish, albatta, uning sog‘lom tan, aql va axlok egasi bо‘lishiga asos bо‘ladi, chunki farzand inson sifatida vujudga kelgan kunidan boshlab axloqi, xulqi, odati unga hamroh bо‘ladi. Bular esa unga ota-onasi- ning hayot tajribasidan о‘tadi.

Ona - oila charog‘boni, mо‘tabar, tadbirkor, mо‘jizakor mukaddas zotdir. Uning eng oliy xizmati shuki, farzand- ni dunyoga keltirish bilan birga uning tabiatiga chinakam insoniy fazilatlar - mehr, ezgulikni singdiradi, jozi- bador allasi, yurak qо‘ri bilan bola qalbiga yо‘l topadi. Mehr-muhabbati, zukkoligi bilan norasida farzandiga tarbiya beradi, mehri, e’tibori, mehnati bilan unda hamma yaxshi fazilatlarni kamol toptiradi. Shuning uchun ham ona sajdagoh, himoyachi, sirdosh dо‘st bо‘lgan ulug‘ zotdir. Shu- ning uchun ona bor uyda farishta, nur, fayz va barakot, о‘sib- unish, yashash va kamol topish uchun surur va g‘urur bor, deydi xalqimiz. Ona о‘z mehri, cheksiz mehnati, irodayu matonati bilan oilaning baxtu saodati, farzand kamoloti, jamiyat barqarorligi, tinchligi va obodligini ta’minlaydi. Demak, yosh avlodning о‘sib-unishi - oiladagi sog‘lom turmush tarzining barqarorligi, tinchlik, ahillik, mehr-oqibat, himmatu diyonat, saxovatu sadoqat, ota-onaning oilada tut- gan о‘rni, obrо‘si, hurmati xamda о‘zaro oqilona va oqibatli munosabatlarning qaror topishi orqali belgilanadi.

Ota-ona degan nomning mavqeini oshirish, otalik-ona- lik burchi va mas’uliyatini kuchaytirish, yurt farzandlari- ni har tomonlama barkamol, yetuk va idrokli, vatan, mil- lat an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash maksadida «Onalar va bolalar», «Oila», «Ayollar», «Salomatlik», «Sog‘lom avlod», «Barkamol avlod» yillari dasturlari qabul qilinib, amaliyotga keng joriy etilmokda. Bu borada davlatimiz, jamoatchilik keng qamrovli, serqirra va ser- mazmun ishlarni amalga oshirmoqsa.

Hozirgi paytda jamiyatning har bir a’zosini intel- lektual salohiyatga ega yangi avlod va mukammal shaxs qilib tarbiyalashda oilaning ikki qanoti - ota bilan ona о‘z burch- mas’uliyatini teran anglagan holda, о‘zining huquqiy, tib- biy, ekologik, axloqiy, pedagogik madaniyatini yuksaltirish zarurati tug‘ilmoqsa. Jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar va islohotlar jamiyatimizda ayollar va yosh- larning tutgan о‘rnini, mavqeini oshirish, oila hamda ja- miyatda moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish, ilmiy, ma’- naviy, madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning kobiliyat va salohiyatidan unumli foydalanishda ish bilan ta’min- lash, kasb-xunar madaniyatini oshirishga qaratilmoqda.

Har bir ayolda ona zamin, ona yurt xususiyati yashaydi. Bu xususiyatlar о‘zbek ayollariga ham xosdir. Boqiy saxo- vat, mehr-muhabbat, ulkan jasorat, farzand, oilaga sadoqat, fidoyilik bizni shu muqaddas tuproqda tutib turuvchi, qonimizda jо‘sh uruvchi tuyg‘ulardir. Mustaqillik tufay- li bu xususiyatlar yanada rivoj topmoqsa, e’zozu qadrga mu- sharraf bо‘lmoqda. Buning uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Prezident I.A. Karimovning «Barkamol avlod yili» dasturi haqidagi farmon va qarorlarida yosh avlodning ma’naviy-axloqiy dunyosi, intellektual salohiyati, ongu tafakkurini boyitishda oila, mahalla hamda maktab muhim omil va mezon vazifasini о‘tashi alohida qayd etilgan. Chunki Yurtboshimiz yoshlar qalbi, ongu tafakkuri, xulq- odobiga yо‘l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi, degan g‘oyani muntazam ta’kidlaydilar40. Yosh avlod, avvalo, dunyo yuzini kо‘rish, insonga xos hayot nashidasidan bahramand bо‘lish baxtiga oilada ega bо‘ladi. Bu tabiat va ijtimoiy hayotning obyektiv boqiy qonuniyati va qadriyatidir. Yurtboshimiz: «Xalqimizda «Qush о‘z uyasi- da kо‘rganini qiladi», degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no-mazmun bor. Ug‘il-kizlarimizni el-yurtimizga munosib farzand, ertaga Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bо‘ladigan insonlar etib tarbiyalash, avvalo, oila bag‘rida, oilaning sog‘lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida chuqur ildiz otishini, о‘ylaymanki, hammamiz yaxshi anglaymiz», - deydilar41.

Har bir millatning о‘ziga xos ma’naviyatini shakllanti- rish va yuksaltirishda oilaning о‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof, pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari oila sharoitida karor topadi. Bu xislat va fazilatlar oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi42.

Shuning uchun oilaviy tajribaga tо‘g‘ri yondashish, xatoga yо‘l qо‘ymaslik, ajdodlarimizga xos tarbiyaviy ahamiyatga molik qadriyatlar mazmun-mohiyatini anglab, bola tarbiya- sida ulardan unumli foydalanish, davr talabi mohiyatini teran anglab, zamonaviy axlok-odob mezonlari bilan uyg‘unlashtirgan holda yondashish lozim. Xalqimiz hayotiga chukurroq nazar tashlasak, oilalarda xotirjamlik, mehr- oqibat, izzat-ikrom, qadr-qimmat, g‘amxо‘rlik, mas’ullik, hamjihatlik, gо‘zal axloq mezonlari bilan yashayotgan, о‘g‘il- qizlarni shu ruxda tarbiyalayotgan oilaparvar, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatni anglayotgan minglab ota-onalarni kо‘ramiz va ularni ibrat timsoli deymiz.

Yeshlarni milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’navi- yat asosida voyaga yetkazish jamiyat uchun muhim muammodir. Davlatimiz va millatimizning buyuk maqsadi barkamol farzandni tarbiyalash asosida sog‘lom nasl, mukammal av- lodni yetishtirishdir.

Oila О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga alohida bob sifatida kiritilib, davlat kafolatiga olindi.

Oila, Uy-joy, Fuqarolik Kodekslari qabul qilindi va ular hayotda о‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Yesh oilalarni qо‘llab-kuvvatlash masalasi davlatning ustuvor siyosati maqomini olgan. Respublika miqyosida «Oila» ilmiy-amaliy markazi, viloyat, shahar va tumanlarda uning shu’balari keng faoliyat olib bormokda. «Sog‘lom oila, sog‘lom ona va sog‘lom bola» dasturida belgilangan nufuzli chora-tadbirlar, maksadli vazifalar yurtimizda keng miqyosda bajarilmoqda. Mahalla, Xotin-qizlar qо‘mitasi va FHDE xodimlari qizlarni turmushga tayyorlash borasi- da amaliyotda turli tadbirlarni о‘tkazmoqdalar. Shu bilan birga, yigitlarni turmushga tayyorlash dasturi va yechimi yо‘llarini aniqlash о‘z yechimini kutayotgan dolzarb masala ekanligini ta’kidab о‘tish lozim.

Oila mahallada muqim bо‘ladi. Mahalla birlik va hamjihatlikning о‘zagi, Vatan ichra mо‘jaz Vatan bо‘lgan qutlug‘ dargoh. Hozirgi boshqaruv tizimini takomillash- tirish sharoitida mahallaning mavqei, mas’uliyati va ahamiyati yuksalib bormoqda.

Mahalla davlat instituti maqomiga ega nufuzli tash- kilotdir. Mahalla an’anaviy milliy tarbiya о‘chog‘i bо‘lib, davr talabidan kelib chiqib, uning zimmasiga yangi vazi- falar yuklanmokda. Unda mujassam topayotgan jamoat- chilik faolligi va fikri ijobiy hamda axloqiy kuchga aylanmokda.

Mahalla huquqiy demokratik davlat va о‘zini о‘zi idora kiluvchi kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda demokratik darsxona sifatida о‘z zimmasiga yuksak vazifalarni olgan. Mahalla о‘z hududida istikomat qiluvchi maxalladoshlarni ijtimoiy-huquqiy muhofaza kilish va himoyalash, farovon- lik, obodonchilik, bag‘rikenglik, daxldorlik tuyg‘ularini kamol toptirish, sog‘lom ijtimoiy muhit va turmush tarzi- ni shakllantirish, sog‘lom milliy ta’lim-tarbiya о‘chog‘iga aylanmoqda.

Shu ma’noda mahallada «oila, maktab, mahalla» konsep- siyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy yetukligi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usiga ega, har tomonlama barkamol, bilimli, kasb-hunarli, yuksak salohiyat egasi, jamiyat taraqkiyoti rivojiga hissa qо‘shishga qodir inson qilib voyaga yetkazish, zararli g‘oya, karash va tajovuzlardan saqlash borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalla barkamol avlod tarbiyasi yо‘lida keksa avlod hayotiy tajribasi, о‘gitlari, milliy qadriyatlar majmui- dan keng foydalanib, yoshlar kiziqishi, qobiliyati, jamoat- chilik tuyg‘usi, daxldorlik xislatining kamol topishiga kо‘maklashmoqda.

Bugungi kunda mahalla daxldor bо‘lmagan vazifa, maqsad, yumush deyarli yо‘q. Har bir inson oila bilan mahalla bag‘rida kamol topibgina qolmay, ijtimoiy hayot va ta’lim-tarbiya, ruhiy va jismoniy kamolotga xos yechim- larni hal qiluvchi, zaruriy kо‘mak kо‘rsatuvchi, chora-tad- birlarni amalga oshiruvchi, insoniylik rishtalarini mustahkamlovchi sog‘lom muhitni yaratmoqsa. Mahallaning mavqei, mas’uliyati va ahamiyati kun sayin yuksalib, u yosh avlod kamolotiga alohida mas’uliyat bilan yondashmoqda.

Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar- ga keng sharoit yaratilgan, respublika mikyosida ular- ning soni 5000 dan oshdi. Ularning obrо‘si ortib, mustahkamlanib, hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini hamda konuniy manfaat- larini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda. Fuqarolarning о‘z salohiyatini rо‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va xuqukiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda.

Fuqarolarning о‘zini о‘zi idora qiluvchi davlat insti- tuti - mahalla taraqkiyot jarayonida amalga oshirilayot- gan islohotlarning oshkoraligi va samaradorligini ta’- minlashda, ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bо‘lmokda. Shuning uchun mahallaning tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning ijtimoiy, huquqiy, ma’- naviy, tarbiyaviy vazifalari kо‘lamini kengaytirish, dav- lat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan о‘zaro munosabatlarini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, mahallani kichik biznes va oilaviy tadbirkor- lik markaziga aylantirish davr taqozosidir.

Respublikamizda о‘n mingdan ziyod mahalla mavjud bо‘lib, uning eng dolzarb vazifasi barkamol avlodni jis- monan sog‘lom, ma’naviy yetuk, axloqan pok, har tomonla- ma intellektual salohiyatga ega shaxs qilib tarbiyalashga nufuzli hissa qо‘shishdir. Mahalla barkamol avlodning har tomonlama kamol topishiga mas’uliyat bilan yondashib, uning oila, mahalla va jamiyatda о‘z о‘rnini topishiga, zamonaviy kasb-hunarni egallashiga, ish bilan ta’minla- nishiga ulush qо‘shmoqda. Buning yorqin dalili «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi asosida mahallalarda kichik biznesni rivoj toptirib, tadbirkorlik, hunarmandchilik, dizayn, kasanachilik, ijodiyot maktablari, sport va fan tо‘garaklarini faollashtirish, yigit-qizlarni mustaqil turmushga tayyorlash klublari, yosh oilalar maktablari tash- kil qilinayotganidir.

Mahallalarning rivojlanishida, faoliyati okilona yо‘lga qо‘yilishida «Mahalla» jamg‘armasi muhim rol о‘ynaydi. «Mahalla» jamg‘armasi «Nuroniy» jamg‘armasi bilan birgalikda samarali va tahsinga loyik amaliy ish- larni amalga oshirmoqda. Jamg‘armaning muhim vazifa- laridan biri yoshlar kamolotiga nufuzli va natijali hissa qо‘shishdan iborat. Shu maksadda yoshlar bilan ish- lash guruhi faoliyati tahsinga loyiq. Mahallalar mamla- katimizda faoliyat yuritayotgan turli jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlar hamda qator vazirliklar bilan ish olib bormoqda. Ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot, mafkura ishlari, avlodlar uchrashuvi, davra suhbatlari, kо‘rik-tanlovlar о‘tkazilmoqda. Binobarin, «Barkamol av- lod yili» Davlat dasturi amalda о‘z ifodasini topmoqda. Mahalla faollari va faxriylar о‘z faoliyatlari hamda ish tajribalari bilan yoshlarga ibrat bо‘lmokdalar. Zero, yosh- lar mustaqil faoliyat yuritish, jamiyatda о‘z о‘rnini topish- da maslakdosh, maslahatchilarga muhtojdir.

Samarali faoliyat kо‘rsatayotgan Xotin-qizlar qо‘mitasi,



• •

nodavlat notijorat tashkilotlardan «Kamolot» Yeshlar ij- timoiy harakati, «О‘zbekiston san’ati va madaniyati fo- rumi» jamg‘armasi, «Ayollar kengashi», «Kelajak ovozi», «Yangi avlod» harakati, «Sen yolg‘iz emassan», «Mehr nuri», «Bolalar sporti», «Iste’dod» jamg‘armasi kabi tashkilot- lar XXI asr yoshlarini kamolga yetkazish va intellektual salohiyatini takomillashtirishda, barkamol avlodni fido- korona va ilhombaxsh mehnatga, yurtga sadoqatli, ajdodlar shon-shuhratiga munosib voris, davr talabiga hozirjavob, taraqqiyot sari yetaklovchi milliy xususiyatimizga xos xis- lat-fazilatlarni о‘zida tо‘la mujassamlashtirgan shaxs si- fatida shakllantirmokdalar. Yeshlarning jismoniy salo- matligi yо‘lida sportning hamma turlarini keng taraqqiy ettirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh oilalarni moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat bermoqdalar.

Ushbu tashkilotlar jamiyatimiz turmush farovonligi, mamlakatimiz mavqei, ijtimoiy hayotimiz mazmun-mohiyati va taraqqiyot jarayonlari yoshlarimizning aql-zakovatga, salohiyati, bilimdonligi, dono va yetukligiga, ilmiy-ijo- diy rivojiga, ma’naviy-axloqiy, huquqiy jihatdan mukam- malligiga, mehnatsevarligiga, iste’dod va iqtidor sohibi ekanligiga, о‘z kasbiga munosibligiga bog‘liq ekanligini te- ran anglab, ularni komil shaxs sifatida tarbiyalash vazifa- sini fidoyilik bilan ado etmokdalar. Ushbu tashkilotlar tarakqiyotimizning «о‘zbek modeli»ga xos tamoyillardan ke- lib chiqadigan yuksak siyosiy vazifalarni - jamiyatni demo- kratlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq turmu- shini farovonlashtirish, sog‘lom barkamol avlodni mukam- mal shaxs qilib tarbiyalash, yurtimiz har bir fuqarosini ijtimoiy-hukuqiy va ma’naviy muhofaza qilish kabi mu- rakkab, keng kamrovli vazifalarni oliy burch va mas’uliyat sifatida о‘z zimmalariga olishgani fikrimiz dalilidir.

Barkamol avlod kamolotida eng zarur vazifa yoshlarimiz hayotdagi о‘rnini, haq-hukuqini, burch va mas’uliyatini

puxta bilishi, ularni hayotiy ehtiyoj sifatida anglashidir. Yeshlarimiz qiyofasida davlat va jamiyatimiz oldida turgan yuksak maqsadlarni amalga oshirishga qodir, yetuk va iqtidorli, intellektual salohiyatga ega milliy va umumin- soniy qadriyatlar ruhida kamol topgan shaxslarni kо‘ramiz. Binobarin, ular jamiyatni modernizatsiya qilish, kuch- li fuqarolik jamiyatini qurish ishiga hissa qо‘shadigan, jahon hamjamiyatida о‘zining iqtisodiy, siyosiy va intel- lektual boyligi, bag‘rikengligi, insonparvarligi bilan nufuzli mavqeni egallaydigan avloddir.

Xulosa

Mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor vazifalar mamlakatimizni modernizatsiyalash yо‘lini izchil davom ettirish, yurtimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsadlar, ijtimoiy hayot, sog‘lom turmush tarzi ma’naviy axloqiy mukammal inson XXI asr barkamol intellektual avlodni shakllantirishning asosiy omillaridir.

- Yigirma uch yillik mustaqil taraqqiyot davrida jamiyatimizda kо‘zlangan maqsadga erishilib, mamlakatimizda yoshlar ongi о‘zgarib, ularning siyosiy, iqtisodiy va huquqiy faolligi oshib, tafakkuri va dunyoqarashi yuksalib intellektual salohiyati oshib ertangi kunga ishonch, fidoiylik, faollik xislatlari shakllanib bormoqda.

- Yoshlarga yaratilgan obyektiv va subyektiv omillarning hozirgi avlodimizni intellektual salohiyatini yorqin namoyon qilmoqda. Yurtimizda, ayniqsa, yoshlarimizning ijtimoiy ongi, hayotga munosabati, siyosiy yetukligi, ma’naviy teranligi, axloqiy komilligi, fuqarolik burch mas’uliyati yurtparvarlik, bag‘rikenglik tuyg‘usi, intellektual salohiyati, sadoqati, shijoat va qobiliyati kun sayin ortib bormoqda.

- Intellektual salohiyatni shakllantirish va kamol toptirish madaniy, ma’naviy axloqiy makonni integratsiyalash; ma’naviy sog‘lom turmush tarzi, obyektiv-subyektiv ijtimoiy muhit shart-sharoitlarini yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.

- Intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda obyektiv-subyektiv omillar kadrlar tayyorlash milliy dasturi, moddiy texnika baza ta’lim-tarbiya inshoatlari, uni harakatga keltirishda asosiy rol о‘ynaydigan davlat, malakali hayolilar, ota-ona, mahalla va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat kо‘rsatayotgan subyektiv faktorlarning yanada zamonaviylashtirish hozirgi zamon talabi darajasida takomillashtirish hayotiy zaruriyatdir.

- Yuqorida barcha vazifalarni bajarish har bir yurtdoshimizdan faollik, daxldorlik, insonparvar intellektual salohiyatni taqozo etadi. XXI asr avlodining intellektual salohiyati, ma’naviy qiyfasi, axloqiy mukammalligi, ma’rifiy barqarorligini ta’minlashdan iborat. О‘zbekiston sharoitida intellektual yoshlarni tarbiyalashning obyektiv va subyektiv omillarini roli kuchaytirishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi takliflarni tavsiya etishni lozim kо‘rdik.

- Intellektual yoshlarni tarbiyalashning obyektiv omili hisoblangan imkoniyatlar kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib moddiy-texnika bazani hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etishni ta’minlash.

- Intellektual salohiyat taraqqiyot omili bо‘lganligi uchun ularga shart-sharoitlar, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ma’naviy muhit yaratishda subyektiv omillarni rolini yanada kuchaytirish.

- Ma’naviy va axloqiy qadriyatlar-intellektual omili ekanligini barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalashda ta’lim tarbiyani tarbiyachilar, ziyolilar zimmasiga mas’uliyatni yanada oshirish.

- Hozirgi sharoitda ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy tarbiyani yanada kuchaytirish va takomillashtirish.

- Iqtidorli yoshlar komolotida oila, mahalla va ta’lim-tarbiyani rolini kuchaytirish.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish