3 I. Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan obyektiv omillarning ahamiyati


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi



Download 0,52 Mb.
bet5/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#74995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Kirish, bob, paragrif, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.

I-Bob. Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda yaratilayotgan obyektiv omillarning ahamiyati

1.1. Intellektual salohiyatli yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi о‘rni.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy islohotlar inson manfaatlariga, ayniqsa, barkamol avlodning intellektual yetukligini, aqliy va axloqiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu bitiruv malakaviy ishda I.A. Karimov asarlari va ma’ruzalari asosida XXI asr intellektual boylik asri, bugungi voyaga yetayotgan avlod intellektual salohiyat egasi ekanligi atroflicha tavsiflashgan. Jamiyatimiz har bir fuqarosi, ayniqsa, barkamol avlod nafaqat sog‘lom, har tomonlama yetuk, aql-zakovatli bо‘lishi, shuningdek, qunt, matonat bilan izlanish fazilatlarini о‘zida mujassamlashtirishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, intellektual salohiyat har bir millatning madaniyati, ma’naviy, milliy, axloqiy qadriyatlari va ma’rifiy yetukligi, ta’lim-tarbiya, oila, mahalla ta’siri asosida rivoj topishiga alohida urg‘u berilgan. Bu jarayonning tarixiy voqelik sifatida rivoj topishi, mustaqillik sharoitida taraqqiyot asoslaridan biriga aylantirilganligi nazoriy mulohaza va amaliy misollar asosida yoritilgan.

Mustaqil Uzbekistonda milliy istiqlol tamoyil- lari va keng qamrovli islohotlarga asoslangan yangi de- mokratik jamiyat barpo etilmoqda. Mamlakatda Yurtbo- shimiz jasorati va zukko rahnamoligida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayoni kechmoqda. Bu jarayonda jamiyatni modernizatsiyalash, boshqaruv tizimi- ni takomillashtirish, istiqlolning moddiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, ayniksa, inson omilining muhim tamoyili bо‘lmish ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ta’sirchanligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda fuqarolarning ijtimoiy-ma’naviy faolli- gini oshirish hamda davlatimiz kuch-qudrati, jamiyatimiz tayanchi va kelajagi bо‘lgan barkamol avlodni intellektual jihatdan barkamol shaxs etib tarbiyalash, hayotga yо‘llash, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugungi kunning eng dolzarb, eng ulug‘ va eng muqaddas vazifasidir. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining 2010 yil 12 noyabrda bо‘lib о‘tgan kо‘shma majlisida mamlakat Prezidenti tomonidan e’lon kilingan, Yurtboshimiz tashabbusi va salohiyatining ifo- dasi bо‘lgan, jamiyatimiz va xalqimiz, parlament vakillari oldida turgan yangilanish, demokratiyani chuqurlashtirish, modernizatsiyalash jarayonlarini kamrab olgan strategik vazifa va maqsadlarni aks eggiruvchi «Mamlakatimizda de- mokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bu borada boshqaruv ti- zimini davr va jahon andozalariga mos, о‘zini о‘zi idora qiluvchi fuqarolik jamiyatiga xos tarzda tubdan yangilash, muhimi, yurtimiz har bir fuqaroyeini eng oliy qadriyat sifa- tida islohotlarning asosiy ijrochisi va ijodchisiga aylan- tirishning muhim omilidir. Konsepsiyada fukarolarning ushbu jarayonda faol ishtirok etishini ta’minlash uchun za- rur siyosiy, hukuqiy va ijtimoiy imkoniyatlarni yaratish ma- salalari о‘z ifodasini topgan. Bu esa jamiyat har bir a’zo- sining erkinlik, tenglik va faollik kо‘rsatish huquqiga egaligini ifodalaydi. Zero, mustaqil yurtimizda har bir inson buyuk qadriyatlardan biridir. Uning maqsad va manfa- atlari bugungi Uzbekistonning siyosiy-iqtisodiy va ijti- moiy tamoyillarining asosiy mezonidir.

Yurtboshimiz aytganidek, oldimizda turgan vazifa- larni amalga oshirishda muhim ahamiyatga molik dolzarb masalalardan biri har bir fuqaroning ma’naviy-axloqiy barkamol inson bо‘lib yetishishidir. Inson ijtimoiy mu- nosabatlar mahsuli sifatida jamiyat kо‘rki, о‘zagi bо‘lmog‘i, tafakkur dunyosi, iroda, iymon-e’tiqodi, salohiyati bilan jamiyat rivojida omilkor kuch bо‘lib xizmat qilmog‘i lo- zim. Mustakillik sharoytida yurtimizda yashayotgan xar bir insonning о‘z imkoniyati, iktidor va salohiyatini namoyon ettirish uchun keng yо‘l ochib berilmokda.

U. Jeyms ta’riflaganidek, inson shaxs sifatida jis- moniy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlarni о‘zida mujas- samlashtir1.



Haqiqatan, inson - biologik, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarning yaxlit birligidir. U о‘z rivojida ijtimoiy va individual taraqqiyot jarayonini о‘taydi.

Shu jihatdan inson tarixiylik, davomiylik xususiyat- lariga ega. Bu xususiyatlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida rivoj topib, sayqallanib, davrlar о‘tgan sari takomilla- shib boradi. Uzining ilmiy-nazariy va amaliy mezonlari- ni aniqlashga harakat qiladi, komillikka intilib yashay- di. Ayniksa, komil inson muammosi alloma mutafakkir- larning karashlaridan asosiy mavzu sifatida о‘rin olgan. Chunki inson va uning kamoloti jamiyatning tayanchi, kuch- kudratidir. Istiqlol tamoyillarining eng muhimlaridan

biri - XXI asr barkamol avlodini shakllantirish, ja- miyat a’zolarini ijtimoiy, siyosiy, ququqiy va axloqiy salohiyat egasi qilib tarbiyalash - milliy ma’naviy- axloqiy qadriyatlarimiz, ayniqsa, milliy g‘oya va milliy mafkuramizning asosiy vazifalari ekanligini aloxida ta’kidlash zarur.

Hozirgi sharoitda, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar soha- sida ulkan his-tuyg‘u, xislat va fazilatlarni yaxlit tahlil kilish, ularning manbai, mazmun-mohiyati, jamiyat va ijti- moiy taraqqiyot jarayonidagi rivoji, davomiyligi, zamona- viy xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Axloqiy kadriyatlar va ularga xos xislat-fazilatlar ustida sо‘z yuritganda, ayniqsa, ma’naviy-axlokiy kadriyat, komil in- son, yetuklik, mukammallik kabi tushunchalarning mazmun- mohiyatini anglab yetish, shuningdek, ularning maqsadga yetaklovchi tarixiy va zamonaviy xususiyatlarini amaliyotga tatbiq etish davr talabidir.

Milliy axloqiy qadriyat, xislat-fazilatlar haqidagi tushunchalarning mazmun-mohiyati konkret tarixiy xarak- terga egadir. Shuning uchun ham, fikrimizcha, insonga xos axloqiy fazilatlar mohiyatini tо‘g‘ri belgilashda tarixga, axloqning rivojlanish xususiyatlari, ajdodlarimiz tomo- nidan ilgari surilgan g‘oya, karash va ta’limotlarga asos- lanish lozim va zarur. Chunki tarixiy ildizlaridan, ma’- naviy merosga boy zamindan uzilgan millat va xalqning kelajagi yо‘q! Istiqlol mafkurasi va ma’naviyatining aso- siy maksadlaridan biri avlodlar о‘rtasidagi aloqalarni aniqlash, tiklash va vorislik vazifasini tо‘la ado etishdan iboratdir.

Irodasi kuchli, iymoni butun, vijdoni uyg‘oq bо‘lgan, yax- shilikni о‘ylab, halol mehnat qilib, hayot mohiyatini chuqur anglab, о‘z umri, bilimini yurt farovonligi va taraqqiyotiga bag‘ishlab yashayotgan insonlarning ezgu amallari, mazmunli halol mehnati, ulkan fazilatlarga boy salohiyati tufayli yurtimizda ma’naviyat barkaror taraqqiy etmokda. Ma’na- viy barkamol, intellektual salohiyati boy insonlar demo- kratik jamiyat rivojining tayanchidir. Bu tayanch va ma’na- viy salohiyat ertangi ishonch, umr ma’nosi va faoliyat poy- devoriga aylanmoqda.

Yurtboshimiz Islom Karimov XXI asr - intellektual yoshlar asri, deb ta’rif berib, bu asr kishilari nafaqat sog‘lom, barkamol, yetuk bо‘lib kamol topishini, balki aql, ong, zehn, fikrlash, hissiy va intellektual bilish qobiliyatiga ega mukammal shaxs sifatida rivojlanishi lozimligini ta’kidladilar.

Prezidentimiz 2010 yil nima sababdan «Barkamol avlod yili» deb nomlanganini, yoshlarimiz yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni о‘z zimmasi- ga olishga qodir bо‘lgan yetuk mutaxassis, chuqur bilim va kasb-hunar egasi bо‘lishi uchun zarur zamin yaratishimiz zarurligini chuqur asoslab berdilar: «Biz yashayotgan XXI asr - intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqikatni о‘z vaqtida anglab olmasa, intellek- tual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanma- sa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yо‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar»2. Yurtboshimiz ta’kidladilarki, bugun erishayotgan yutuqlarimizning jahon jamoatchiligi to- monidan tan olinayotganining boisi - «el-yurtimizning qanday boy tarix va madaniy-ma’naviy merosga ega eka- nida, uning intellektual salohiyati va ildizlari nakadar chuqur ekanida, xalqimizning о‘z oldiga qо‘ygan yuksak maqsadlarga erishish yо‘lida qanday buyuk ishlarga qodir ekanidadir»3.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, xalqimizning yetuklik- ka va mukammallikka intilib yashashi, jamiyatimiz hayotida amaliy rо‘yobga chiqayottan ulkan yutuklarimiz, hamma sohada izchil yuqori о‘sish sur’atlari, har bir fukaroning huquqlari, erkinliklari, manfaatlari va ularni kо‘p qamrovli ijtimoiy-huquqiy himoyalash sо‘zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga kо‘tarilgani «о‘zbek modeli» deb nom olgan taraqqiyot dasturida belgilangan strategik va- zifa va maqsadlarning amaldagi natijasidir. Bu yutuq va ijobiy о‘zgarishlarni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda, balki jamiyatimiz oliy qadriyati - fukarolar kamolotida yuz berayotgan о‘zgarishlarda yaqqol kо‘rish mumkin. Mustaqillik ne’matlaridan bahramand bо‘lgan har bir yurtdoshimiz yuksaklikka intilib, ijo- biy jihatdan о‘zgarib, о‘z siyosiy va fuqarolik faolli- gini oshirib, ongu tafakkurini yuksaltirib, yon-atrofda bо‘layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotganida kо‘rish va ang- lash qiyin emas4.

Yurtdoshlarimiz, butun jamiyatimiz hayotidagi ana shun- day о‘zgarish va yangilanishlar, о‘z mohiyatiga kо‘ra, bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyot va farovonlik yо‘lidan da- dil rivojlanib borishida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Yurtdoshlarimiz mustaqillik tufayli yetuk intellektual boylik egasiga aylanayotganliklarini hayotiy tajriba va islohotlarni amalga oshirish vositasida yorqin namoyon etmoqdalar.

Jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy maqsadlaridan biri yurt tayanchi - iktidorli, barkamol, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, XXI asr avlodi bizdan kо‘ra kuchli, bilimli, dono va baxtli bо‘lishi kerakligiga alohida ahamiyat berib, galdagi siyosatimiz va maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda yoshlarni har tomon- lama yetuk komil inson qilib voyaga yetkazish eng dolzarb va- zifadir. Barkamol avlod deganda, jamiyatimiz aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiluvchi, intellektual boy, yetuk, bilimli, matonatli, irodali, iqtidorli, zamonaviy kasb-hunarlarning nazariy va amaliy jihatlarini egalla- gan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik, ma’nan yetuk va axlokan pok yosh avlodni nazarda tutamiz. Barkamol avlod eng katta boyligimiz, kelajagimiz egasi va kuch-qudrati, davlatimiz tayanchi, millatimiz ishonchi, ajdodlarimizga xos intel- lektual salohiyat, madaniyat egasidir. Ma’naviyat va ilm- fanning yetuk davomchisi va vorisidir. Shuning uchun ham sog‘lom va baquvvat, yetuk va mukammal iqtidor egalarini ka- molotga yetaklash eng muhim va muqaddas ustuvor vazifalar- dan biri bо‘lib qolmoqda. Jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yoshlarning jamiyat hayotidagi о‘rni va mavqeini yanada yuk- saltirish, ularni intellektual boylik va salohiyat egasi- ga aylantirish «Barkamol avlod yili»ning eng nufuzli maksadlari sifatida tan olindi. Chunki jamiyat va davla- timiz qurilishi borasidagi maqsadli vazifalarni rо‘yobga chiqarish har bir fuqaroning, ayniqsa, barkamol avlodning aql-zakovati, ongu tafakkuri, intellektual salohiyati da- rajasiga bog‘liqsir.

Mamlakatning iktisodiy qudratini, uning ertangi ku- nini, boringki, takdirini pirovard natijada aql-zakovat, ma’naviyat hal qiladi. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlagan- laridek, ilmga intilish yо‘qolsa, fan taraqkiy etmaydi, ilm-fan rivojisiz jamiyatning kelajagini tasavvur etib bо‘lmaydi. Bu haqiqatni barcha teran his qilmog‘i darkor. Ilm-fan, ma’rifat, axloq, ma’naviyat esa intellektual salohiyat mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Inson idrok etish, anglash, ijodiy tasavvur va tafak- kur orkali butun borliq, ijtimoiy hayotdagi vokea, hodisa, munosabat, maqsad, manfaat va ehtiyojni, ya’ni obyektiv za- ruriyatni teran anglab yetadi, turmush tarzi, faoliyati, xulk- odobi, xatti-harakati vositasida uni hayotga tatbik etish yо‘llarini topishga intilib, izlanib, kurashib yashaydi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq intellek- tual salohiyatga, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-axloqiy fazilatlarga ega, kelajakda taraqqiyotimiz poydevori bо‘ladigan yoshlarni yetuk, mukammal, ijodiy qobiliyat ega- si qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu vazifalar ijtimoiy hayotning barcha soxalarida bosqichma- bosqich va izchil amalga oshirilmoqda.

Yurtboshimizning xalqimiz, ayniqsa, barkamol avlod- ning intellektual boylik va saloxiyat egasi bо‘lishi bo rasidagi say-harakati va kelajak avlodning kamoloti borasidagi otalarcha g‘amxо‘rligi uning uzokni kо‘ra bilish kobiliyati va zukkolik salohiyatining amaliy ifodasidir. Buni quyidagi haqiqatdan anglash mumkin.

Mamlakatimiz raxbari I.A. Karimov YUNESKO ning Ijroiya Kengashida 1996 yili kilgan ma’ruzalarida о‘t- mishsiz kelajak, hamkorliksiz tarakkiyot bо‘lmasligiga alohida urg‘u berib, madaniy va intellektual makonni in- tegratsiyalash asosidagina rivojlantirish mumkinligini chuqur asoslab, О‘zbekistonda yoshlar orqali taraqqiyotning intellektual qadriyatlarini, madaniyat ma’naviyatini ke- lajak jamiyat shuuriga singdira olamiz5 6, degan edilar. XXI asr intellektual kuchlar, aql-idrok kuchi, ezgulik va adolat kuchlari tantana qiluvchi ma’naviyat asri, ma’ri- fat asri, madaniyat va axborot asri bо‘lishiga chuqur ishonch bildirib, О‘zbekiston davlati bu gumanitar maksadlarni samarali muvofiqlashtirish markazi bо‘lishini ta’kidla- gan edilar.

Mustaqil yurtimiz intellektual asr avlodlari oldi- da turgan ezgu va adolatli maqsadlarni rо‘yobga chiqarish, barkamol avlodning har tomonlama bilimli, donishmand, iqtidorli, keng intellektual salohiyatga xos xislat-fa- zilatlarga ega hamda umuminsoniy talablarga xos va mil- liy xususiyatlarga mos shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur imkoniyat, sharoit va imtiyozlarni yaratib bermokda. Prezidentimiz farmonlari, farmoyishlari hamda Barka- mol avlod yili, Kichik biznes va tadbirkorlik yili davlat dasturlarida bu maqsad, vazifa, reja va chora-tadbirlarni hayotga tatbiq qilish jarayoni atroflicha tavsiflangan, ja- miyatimizda intellektual salohiyatni rivojlantirish me- zonlari kо‘rsatilgan. О‘zbek millati intellektual mulki- ning ildizi chuqur, tarixi boy. Millatimiz tarixi, uning madaniy, ma’naviy boyliklari, shoir G‘.G‘ulom aytgani- dek, Misr ehromlaridan ham kadimiydir. Jahonda о‘zbek xalqi kabi ajdodlari merosi boy bо‘lgan va uning nuridan bahramand bо‘lgan millat yoki xalk kam.

Yana bir muhim jihat shuki, «dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bо‘lishda aholining bilimdon- ligi muhim ahamiyat kasb etmokda. Faqat bilimli, ma’ri- fatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzal- liklarini qadrlai olishini... hayet о‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda»1. Shuning uchun har bir fuqaro о‘zida jami- yatning eng oliy boyligi sifatida kudratli salohiyatni mu- jassamlashtirishi va о‘z ijtimoiy hayoti jarayonida jam- lashi istiqlol va taraqqiyotning vazifalaridan biridir.

Insoniyat tomonidan ushbu salohiyat majmuini yuzaga chikarish va mukammallashtirish jamiyatimizni rivojlan- tirish, modellashtirish hamda taraqqiy ettirishda kuchli omil bо‘lib xizmat qiladi. Inson salohiyati faol, bunyod- kor omil bо‘lib, u fuqarolik jamiyatining istiqboli va demokratik islohotlar rivojida katta ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatimizda yuz berayotgan tub о‘zgarishlar yangila- nish va yuksalishni ta’minlovchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak ma’naviyat bilan, jamiyat- ning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi»7 8.

XXI asr avlodi - intellektual asr yoshlari ezgulik va adolat, ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalari, komil inson qadriyatlari bilan sug‘orilgan boy meros davomchilari va vorislaridir. Haqiqatan ham, intellektual salohiyat jamiyat va inson faoliyatining hamma qirralarida namoyon bо‘ladi. Mazkur jarayon ma’naviy barkamollik, bilim, ijodiy izlanish, ta’lim-tarbiya, mafkuraviy yetuklik, mas’uliyat, fidokor- lik orqali yuzaga chikadi. Bu vazifalarni amalga oshirish- dan maqsad XXI asr barkamol avlodini kamol toptirish- dir.

Yurtimiz aholisining 64 foizini yosh avlod vakillari tashkil etadi. Ushbu haqiqatdan kelib chiqqan holda yoshla- rimiz tobora kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoatga tо‘lib bora- yotganiga, barkamollik sari intilib, jamiyat va ijtimoiy hayot oldida turgan ulkan vazifalarni ado etishga kodir bо‘lib borayotganiga, nafaqat kelajagimiz, balki bugun- gi va ertangi kunimizning ham hal qiluvchi kuchi ekanli- giga ishonch bildirib, ularning fikri-zikri, aql-idroki, salohiyati va iste’dodini, yetukligini baholash imkoni yaratilmoqda.

XXI asr yoshlari jamiyat rivojining hamma sohalarida yetuklik va mukammallikka intilib, zarur bilim, zamona- viy kasb-xunarni chuqur egallab, madaniyat, san’at, sport, ilm-fan, texnika, tadbirkorlik, fermerlik, menejer- lik, brokerlik, auditorlik, hunarmandlik, kasanachilik, neft-gaz, aviatsiya, sanoat, bank, huquq-tartibot va harbiy sohalarda fidokorona mehnat qilmoqsalar. Zamonaviy kasb-hunarlarni, bir necha tillarni chuqur о‘rganmoqdalar. Fidoyi va qobiliyatli yoshlarimiz ilm, kasb-hunar egal- lash bilangina chegaralanib qolmasdan, jamoat va nodav- lat tashkilotlarda ham faollik, tashabbuskorlikda ibrat bо‘lmoqdalar.

Yoshlarimiz har tomonlama qо‘llab-quvvatlanayottan- liklari bois ham ular ilm-fan, san’at, madaniyat, sport, ishlab chiqarish, qishloq xо‘jalik va boshqa sohalarda yuk- sak chо‘qqilarni egallamokdalar, ular yurtimiz, millatimiz faxri, g‘ururiga, ma’naviy timsoliga aylanib bormoqdalar.

Buning yorqin dalili yoshlarimizning Prezident sti- pendiyasiga sazovor bо‘layotganliklari, «Zulfiya», «Ke- lajak ovozi», «Nihol», «Yosh tadbirkor», «Tashabbus», «Oltin qalam», «Zakovat», «Iil ayoli» kо‘rik-tanlovlari hamda turli fanlar bо‘yicha о‘tkazilayotgan olimpiadalar- da, sportning hamma turlari bо‘yicha nafaqat О‘zbekiston, balki jahonda ham sovrindor va g‘olib chiqib, ijodiy chо‘qqilarni egallashga qodirliklarini isbotlayotganlikla- ridir. Ulardagi intilish, jasorat va mahorat keng quloch yozayotganligi tufayli siyosiy partiyalar qoshida «Yoshlar qanoti», «Kamolot» Yeshlar ijtimoiy harakati qoshida «Kamalak» tashkiloti, «Zulfiya qizlari» klubi, «Murab- biy va shogird» uyushmalari, «Ibratli kizlar», «Ibratli yosh oilalar», «Barkamol о‘g‘lonlar maktabi» kabi uyush- ma, klub va boshka jamoat tashkilotlari rivoj topmoqda. Yoshlar fikriy teranlikni, tafakkur doirasi kengligini, ma’naviy yuksalishga, yangilikka intilib yashashni, shijo- at, sabr-matonatni, kelajakka ishonch-e’tiqodni moddiy vama’naviy hayot tamoyillari bilan uyg‘unlashtirmoqdalar.

Bu jarayon ma’naviy jasoratning haqiqiy zaminini yara tishga xizmat kilmoqsa. Yeshlarimiz jismoniy, ruhiy va ma’naviy kuchni uyg‘unlashtirgan holda, mukammallik chо‘qqilarini egallashga intilib yashamoqdalar.

Yuksak chо‘kqilarga va kamolotga erishishda bilim zako- vat xazinasini tо‘ldiruvchi ziyo ekanligini anglash zarur. Buning uchun ezgulik, yetuklik, komillikka intilib yashash, bilim, tafakkur, oliy maqsadga xizmat qilish, mehnat bi- lan band bо‘lish, zamonaviy va milliy kasb-hunarni egal- lash, ilmga va ijodga intilish lozim.

«Intellektual» sо‘zi «intellekt» (lot.)dan olingan bо‘- lib, aql, idrok, zehn ma’nolarini anglatadi. Intellekt insonning bilish kobiliyati, fikrlash, anglash, tafakkur qilish salohiyatini belgilaydi. U ma’naviyatga yakin bо‘lib, insonning ruhiy-hissiy tuyg‘usi, bilish qobiliyati va akl- zakovati, aqliy yetukligi va yuksaklikka intilishi bilan uyg‘unlashadi.

Intellekt insonning zakovati, ma’naviyatini belgi- lovchi tushunchadir. U inson faoliyati va unga xos omillar yig‘indisi, desak xato bо‘lmaydi. Binobarin, intellektual salohiyat inson omili bilan uzviy bog‘likdir. Bugungi globallashuv sharoitida inson intellektual salohiyati, hissiy, ma’naviy va axlokiy faoliyati orkali bilim, aql-zakovatga erishadi. Bu jarayon faqat tarbiya, bilim, tajriba, qadriyatlar, hayotdan olingan ijobiy saboqlar orqali salohiyat asosiga aylanadi. Salohiyat esa insonning kо‘p qirrali kobiliyati, chidami, ishonchi, shi- joati, iqtidori, izlanishi va intilishi, kurashi orqali rivojlanadi. Oxir-oqibat har bir inson aql-zakovat, qobiliyat, iroda, zehn, iqtidor, yetuklik, kamolotga chorlov- chi intellektual salohiyat egasi, oliy qadriyatlarni о‘zida mujassamlashtirgan yetuk qadriyat sohibiga aylanadi. De- mak, о‘z faoliyati va turmush tarzida yuksak umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlarni mujassamlashtiradi.

Prezident Islom Karimov: «Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obrо‘-e’tibori avvalambor farzandlari- mizning unib-о‘sib, qanday inson bо‘lib hayotga kirib bori- shiga bog‘liqdir»9, - deb uktirganlari bejiz emas.

«Biz bunday о‘tkir hakiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak» deb, xalqimizni, ayniksa, yosh avlodni har jihatdan kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bо‘lib yashashi im- koniyatini yanada oshirish orqali sezgirlik hamda xushyorlik bilan ta’lim-tarbiya, ayniqsa, milliy va ma’naviy tarbiya masalasiga beqiyos ahamiyat berish zarurligini alohida ta’kidlaganlar.

Ma’naviy yetuklik jamiyat rivojida, yoshlarning mukammallik sari intilishida omil bо‘lib xizmat qilmokda. Yeshlar bu omilni egallashga kodir ekanligini ijtimoiy hayotning har bir jabhasida namoyon etmokda. Abdurauf Fitrat sо‘zi bilan aytganda, yoshlarning fe’l-atvori, xulq- odobi, yetuklik va kamoloti, jasoratu shijoati о‘ziga ham, jamiyat, millatga ham manfaat keltirmoqsa va teran aql, irfoniy zakovat, axloqiy yetuklik, о‘zligini anglash, mil- liy g‘urur va iftixor, ilmu ma’rifat, ma’naviy jasorat orqali rivojlanmokda.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarimiz yurtparvarlik, Va- tanga sadokat, insonparvarlik, jonkuyarlik, fidoyilik kо‘rsatib, buyuk kalb, metin iroda egasi bо‘lishga intilib, istiklolni mustahkamlash yо‘lida tinimsiz kurashib, qiyinchilik va tо‘siklarni yengib, bunyodkor, ijodkor yurtu millatiga munosib farzand bо‘lish yо‘lida ma’naviy ja- soratni egallamoqdalar, bor gо‘zallik, ezgulik, yaxshilik, kadriyat va olijanob fazilatlarni boyitishga kodir ekan- liklarini amalda kо‘rsatmokdalar. Yurtboshimiz aytgan- laridek, xalk ma’naviyati jasorat xissi bilan sug‘orilgan bо‘lib, undan bugungi avlod ham kuch-kudrat, ilhom olib, ulkan ishlarga qodirligini, yetuk, mukammalligini va ijod pog‘onalarini egallashga tayyorligini ijtimoiy fa- oliyatda namoyon etmoqda.

Bugungi yoshlar asriy kadriyatlarimizning xaqiqiy yetuk vorisi va shijoatli davomchisi sifatida, kuch-qudrat, aql- zakovat, iqtidor-salohiyat, g‘ayrat-jasoratlarini namoyon etib, zamonaviy va dunyoviy bilim, milliy hamda umumin- soniy kasb-hunar va ixtisoslarni chuqur egallamoqdalar.

Intellektual salohiyat har bir millatning madaniya- ti, ma’naviyati va ma’rifiy yetukligi asosida rivojla- nadi. Uning ijtimoiy voqelik sifatida rivojlanishi davomiylik, vorisiylik, tarixiylik kasb etadi. Intel- lektual salohiyat ham, boshqa madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar qatorida, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllanib boradi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish