3 I. Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan obyektiv omillarning ahamiyati


Ahloqiy qadriyatlarda intellektual salohiyat omili



Download 0,52 Mb.
bet6/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#74995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan

1.2. Ahloqiy qadriyatlarda intellektual salohiyat omili.

Inson qaysi jamiyatda yashamasin, u turli moddiy va ma’- naviy qadriyatlar qurshovida bо‘lib, о‘z turmush tarzi, mu- nosabati va xatti-harakati, xulq-odobi va urf-odatlarini namoyon etadi. Odam ibtidosidan boshlab son-sanoqsiz qadriyatlar olamida yashab kelmoqda. Umumbashariy, milliy va shaxsiy kadriyatlar majmuasi mavjuddir. Quyosh, yer, suv, xavo, о‘simlik va hayvonot dunyosidan iborat umumbashariy tabiiy qadriyatlar jamiyat va inson bо‘lmasa ham yashay ola- di, ammo inson bu kadriyatlarsiz yashay olmaydi.

Umumbashariy kadriyatlardan tashqari, insonning umrguzaronlik qilishi, turmush tarzi, faoliyati va ij- timoiy munosabatlarining barcha tomonlariga taalluqli bо‘lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar ham bor. Bu qadriyatlar siyosiy, iqtisodiy, moddiy, ma’naviy, tari- xiy xususiyatga ega bо‘lib, insoniyat va jamiyatga tegishli bо‘lgani uchun umuminsoniy qadriyatlar deb ataladi. Ular mutlaq qadriyatlardan farklansa-da, insoniyat hayotidagi mavjud о‘zgarish va rivojlanish, buning natijasida ki- shilar faoliyati, xatti-harakati va ijtimoiy munosabatlari umuminsoniy qadriyat mezonlari hamda meyorlari- ga mos kelishi yoki mos kelmasligi bilan belgilanadi va baholanadi. Umuminsoniy qadriyatlar nisbiy xarakterga ega bо‘lib, bu nisbiylik doim ham kо‘zga tashlanmaydi. U insoniyatning mavjudligi, о‘tmishi, buguni, kelajagi,; yashash xususiyatlari va yо‘nalishlari, qonun-qoida va talab- tartiblarini, odamlarning orzu-umidlari va ideallari,| maqsad, manfaat, ehtiyoj va zaruriyatlarini о‘zida aks etti- radigan qadriyatlarning umumiy shakllarini ifodalaydi10.

Umuminsoniy qadriyatlar sermazmun va serqirra bо‘lib,» ijtimoiy ma’no kasb etadi. Uning asosiy mohiyati jami- yat taraqkiyotining muayyan davrida yashayotgan kishilar uchun umumiy bо‘lgan kadriyatlar tizimini xosil qiladi, millat, elatlarga xos qadriyatlar bilan uzluksiz alokada, zaruriy bog‘lanishda namoyon bо‘ladi.

Insoniyat taraqqiyoti jarayonida ushbu qadriyatlarning ideallashgan, ijobiylashgan va foydalilik xususiyatlari saqlanib, davrlar osha rivoj topib boradi. Inson hayoti, ongi, qobiliyati, turmush tarzi, sihat-salomatligi, muo- mala vositalari, tinchlik, ozodlik, mehnat, baxt-saodat va boshqalar ushbu qadriyatlarga xos xususiyatlardir. Demak, har qanday davrda insonlar ideal kadriyatlarni tasavvur qilish, bilish, tushunish va unga intilish bilan yashaganlar va yashamokdalar. Shuni ta’kidlash kerakki, insoniyat tarixi doimo ku- rashlar tarixidan iborat bо‘lgan. Uning aksariyati inson- lar ma’naviy-axloqiy olamidagi о‘zgarishlar bilan bog‘lik holatda sodir bо‘lgan. Masalan, ezgulik - yovuzlik, yaxshilik - yomonlik, adolat - adolatsizlik, halollik - nopoklik, fidoyilik - xiyonat, jasorat - lokaydlik, hamdamlik - g‘arazgо‘ylik, dо‘stlik - sotqinlik kabi axlokiy xususiyat- lar о‘rtasidagi kurashda umuminsoniy, milliy va shaxsiy kadriyatlarni mujassam etgan xalqlargina abadiyatga daxl- dor bо‘lgan. Masalan, umuminsoniy mazmun bilan yо‘g‘rilgan boqiy qadriyat - muqaddas «Avesto»da insoniyat tarixiga xos kurash jarayonlari va u yaratilgan davrga xos axloqiy

meyorlar, ijtimoiy hayotdagi yaxshilik - yomonlik, gо‘zallik - xunuklik kabi axlokiy qadriyatlar, ular о‘rtasidagi ku- rash shakllari ifodalangan.

Yurtboshimiz aytganlaridek: «Kо‘hnatariximizni... kо‘z о‘ngimizdan о‘tkazib, tahlil qiladigan bо‘lsak,... ota-bobo- larimiz ruxiy olamining tomir-ildizlari aynan yuqorida zikr etilgan ma’naviy zaminda, tarixda qam, bugun ham, barchaning havasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan»11.

Milliy qadriyatlar millat, elatlarga xos moddiy, ij- timoiy, ma’naviy, axloqiy, madaniy, tarixiy belgilarni, xususiyat, munosabat, an’ana, urf-odat, udum, marosimlarni mujassamlashtirgan his-tuyg‘u, xislat-fazilat, ma’naviy- axloqiy meyor va qoidalarning yig‘indisidir.

Faylasuf olim Q. Nazarov ta’rificha, milliy qad- riyatlar tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarinigina emas, balki ular yashayotgan hudud, madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, о‘tmishi, turmush Tap- 34, millat hayotining tartib-qoidalari xamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarni ifo- dalaydi12.

Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan har bir shaxsga xos bо‘lgan qadriyatlarni bog‘lovchi halqalardan biridir. Jahonda kancha millat, elat, xalq bо‘lsa, uning qiyofasi, xususiyati, urf-odatlari shunchadir.

Binobarin, har bir fuqaro jamiyatimizda va jahonda yuz berayotgan о‘zgarish, taraqqiyot, inqiroz va mafkuraviy jarayonlarni anglashi, tahlil qilishi va zarur xulosalar chiqarib, ma’naviy-axloqiy xurujlarga qarshi tura olishi, kurashish usullarini egallashi, chukur iroda va matonat, kobiliyat egasi bо‘lishi lozimligini teran anglashi darkor. Ayniqsa, yurtdoshlarimiz, millatimiz uchun eng yuksak, eng oliy qudrat ekanligini chuqur his qilmog‘i va unga javoban istiqlol taraqqiyotiga hissa qо‘shmog‘i darkor.

Bizning mustaqil diyorimizda har bir inson jami- yat a’zosi, yurt fuqarosi sifatida eng oliy kadriyatdir. Xalqimiz hayoti qomusi bо‘lgan Konstitusiyada inson hayoti. faoliyati, ijtimoiy burch va mas’uliyati, erkinligi, teng- ligi, haq-hukuqlari, uning kamolotiga yо‘naltirilgan ja- miki sharoit va imkoniyatlar, lozim bо‘lgan imtiyozlar ka- folatlangan. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan «о‘zbek modeli»ga xos va tarakqiyotimizga mos keng qamrovli islohotlar asosida eng oliy maqsad - inson manfaati yotadi.

Inson о‘z faoliyati, ijtimoiy munosabatlari, tur- mush tarzi, axloqiy qiyofasi, yaxshilik, ezgulik amalla- ri, mehnati, individual kamoloti, qobiliyati, iste’do- di, his-tuyg‘usi, о‘zligini anglashi kabi holatlarda eng oliy kadriyat sifatida о‘ziga xos shaxsiy qadriyatlarning mazmun-moxiyatini namoyon etadi. Shaxsiy kadriyatlar in- son xayoti, maksadi, burch, vijdon, adolat, tenglik, erkin- lik, sha’n-sharaf, or-nomus, shon-shuhrat, mas’uliyatni anglash, yaxshilik, insonparvarlik, daxldorlik tuyg‘ularq axloqiy, estetik gо‘zallik orkali namoyon bо‘ladi.

Mazkur axloqiy fazilatlarni har bir fukaroda, ayniqsa, yoshlarda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga ay- lantirmasdan demokratik huquqiy davlat va fukarolik jamiyatini taraqqiy ettirish, uni «о‘zbek modeli» asosi- da yangilash va modernizatsiyalash qiyin kechadi. Jamiyat taraqqiyotini barqarorlashtirish, millatlararo totuv- likni, mulkchilikning yangi shakllarini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotini, boshqaruv tizimini takomillashti- rish hamda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini sog‘lom ijtimoiy muhit doirasida keng rivojlantirish, jamiyatda, ijtimoiy hayotda, har bir insonda aql-zakovat. yetuk ma’naviy-axlokiy sog‘lomlik, jasorat, fidoyilik, yurtparvarlik, mustaqillikka ishonch tuyg‘usini, istiklol yutuqlaridan iftixor tuyg‘usini shakllantirishning о‘rni va ahamiyati bekiyosdir. Bu jarayon jamiyatimiz tarak- qiyotida eng bebaho omil vazifasini о‘taydi. Ayniqsa, taraqqiyot jarayonida sog‘lom turmush tarzi, umr ma’no- si, ishonch-e’tiqodi, shijoati, jasorati, insonparvar- ligi, yetuk va mukammal shaxsga xos xislat-fazilatlari, ongu tafakkuri yuksakligi, bilim, kasb-hunarga sadoqati, mehnatsevarlik rivoj topib, yangicha mazmun kasb etmokda, haqikiy ma’naviy intellektual boylikka aylanmoqsa.

Umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar inson hayoti va jamiyat tarakkiyoti jarayonida bir-birini tо‘ldirib, av- loddan-avlodga о‘tib, boyib, takomillashmokda. Masalan, adolat, ezgulik, insonparvarlik hamma davrlarda ijti- moiy tarakqiyotning asosiy g‘oyalaridan va maqsadlaridan biri bо‘lib kelgan va hozir ham shunday.

Ayniqsa, istiqlolning 20 yili davomida mustaqillik, adolat, bag‘rikenglik, insonparvarlik eng yuksak oliy qadriyatlar sifatida millatimiz va ma’naviyatimizning yuqori darajadagi axloqiy xususiyatlariga aylanmokda va bu holatni butun jahon tan olmokda. A. Fitrat ta’rifi bilan aytsak, bu qadriyatlar insonlarni, ayniksa, yosh av- lodni shunday ruxda tarbiyalayaptiki, uning fe’l-atvori, xulk-odobi, amali о‘ziga ham, boshqalarga (ya’ni, jami- yatga - X.SH.) ham manfaat keltirmoqda. Bizning eng oliy maqsadimiz - Yurtboshimiz rivojlantirish konsepsiyasi- da aniq va ravshan ifodalab bergan strategik rejalarimiz - zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotning barqaror о‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida muno- sib о‘rin egallashdan iboratdir13. Bu maqsadlarni rо‘yobga chiqarish imkoniyat va asoslari taraqkiyotning «о‘zbek modeli»da о‘z ifodasini topgan. Ushbu modelning mazmun- mohiyati - davlat qurilishi va konstitusiyaviy tuzumni tubdan о‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash,... kuch- li ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat14.

Milliy qadriyatlar majmuasi, uning ijtimoiy hayotga keng kirib borishi mamlakatimizning taraqqiyot, farovon- lik va intellektual salohiyat yо‘lidan izchil borishida hal qiluvchi kuch va muhim omil bо‘lib xizmat qilmokda.

Bu borada tо‘g‘ri yо‘l tutish, maqsadlarga ongli yondashish uchun, avvalo, milliy qadriyatlarning о‘zi nima ekanligi- ni anglab olish va unga tо‘g‘ri ta’rif berish lozimligiga alohida ahamiyat bergan Yurtboshimiz milliy qadriyatni quyidagicha ta’riflaganlar: «Biz tarix sinovlaridan о‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu- intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga tо‘la javob be- radigan, yillar о‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va| tushunchalarni qadriyat deb bilamiz. Har qanday ijtimo- iy hodisa singari milliy qadriyatlarning ham о‘ziga xos rivojlanish qonuniyati bor»15. j

Biz milliy qadriyatlarni anglash, poklash va takomil- lashtirishga о‘ziga xos rivojlanish konuniyatlariga asos- langan holda yondashishimiz obyektiv zaruratdir.

Inson о‘z hayotida ijtimoiy jarayonlar, yuz berayotgan о‘zgarish, taraqqiyot jarayoni, milliy meros va qadriyatlar. milliy g‘oya va mafkura, ta’lim-tarbiya asosida aqliy- axloqiy salohiyatni rivojlantirib borib, yurt fidoyisigg aylanadi.

Jamiyat va uning fuqarolarini komillikka yо‘nal- tiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili milliy. ma’naviy va axloqiy qadriyatlardir. Chunki davlat bar- karorligi va taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ruhiy, madaniy-badiiy ildizlariga tayanadi.

Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat, xalq hayotidg tutgan о‘rni bekiyosdir. Bunda, ayniksa, axloqiy qadriyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki о‘zlikni anglash, ong- tafakkur, yangicha dunyoqarash, ruhiy teranlik, aqliy yetuklik. axlokiy mukammallik ma’naviyatning о‘zagi va intellek- tual salohiyatning asosiy tamoyillariga aylanmoqda. In- sonning axlokiy yetukligi, kamoloti jamiyatni ma’naviy- ruxiy va axloqiy sog‘lomlashtirishda katta ahamiyat kass| etadi. Xalqimiz juda boy axloqiy qadriyatlarga ega. Bu! kadriyatlar har bir fuqaro, ayniqsa, barkamol avlod uchun ibrat maktabidir. Ijtimoiy hayotning asosiy mezonk mehnat, bilim, gо‘zal xulq-odob, namunali xatti-harakat. о‘zaro insoniy munosabatlardir. Jamiyat va insonlarga xos ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiruvchi omil axloq va uning xususiyatlaridir. Ijtimoiy adolat va haqiqat g‘oyasiga e’- tibor qaratsak, ushbu qadriyatlar ijtimoiy xayotimizning barcha sohalarini qamrab oladi. Axloq bilan uzviy bog‘lik konunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yо‘nalishidir. Adolat va haqiqat jamiyatdagi sog‘lom munosabatlar, ij- timoiy taraqqiyot mezonidir. Axloqiy jihatdan adolat va haqikat iymon-e’tiqod, ezgulik, halollik, rostgо‘ylik, diyo- nat va saxovat kabi insoniy xislatlarni kamol toptiruvchi mezondir.

Buyuk alloma Ibn Sino о‘zining axloq haqidagi ri- solasida yozishicha, ijtimoiy adolat - inson xatti-hara- katlarining eng muhim bezagidir. Adolat - ruhiy laz- zatning bosh о‘lchovi. Adolat odamga xos sabr, jasurlik, donolik kabi xislatlar orqali namoyon bо‘ladi. Bu fazi- latlarga ega inson vijdon amri bilan о‘zini yomon xulq- odob, munosabatlardan saqlaydi. Ezgulik, ruhiy poklik, yaxshilikni о‘zida mujassam etishga harakat qiladi. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari, ruhiy poklanish, adolat haqidagi g‘oyalari uning ijtimoiy va ma’naviy-tarbiyaviy g‘oyalaridan kelib chiqadi.

Forobiy fozil shaharda baxt-saodatga erishishni is- tagan har bir inson fozillikka intilib yashashi darkor, deb hisoblagan. Inson birdamlik, yakdillik, adolat va haqiqatgо‘ylik, xushmuomalalik, ezgu niyatlar orqaligina baxtu saodatga erishadi1 16.

Beruniy ham ijtimoiy adolat va yaxshi fazilatlar haqida gapirib, rostgо‘ylik, ya’ni haqiqatgо‘ylikning ado- lat bilan uyg‘unligi, bilim va ma’rifat egasi bо‘lish, ijo- diy mehnat va yaxshilik insonlarni kamolotga, birdamlik va adolatli bо‘lishga yetaklashi haqida yozgandi.

Umar Xayyom о‘z ijtimoiy va axloqiy qarashlarida shaxsiy baxtni jamoa baxti bilan bog‘lab, uning asosini adolat, insonparvarlik, hurfikrlilik, insoniy burch tash- kil etishini, shundagina hayotning baxtli damlariga eri- shish mumkinligini yozgandi. Iirik alloma va mutafakkirlar inson ijtimoiy hayoti- ning ma’nosini axloqiy mukammallik va gо‘zallikda, ezgu- likni esa axloqiy kamolotning onasi, deb hisoblaganlar.

Buyuk alloma Alisher Navoiy inson adolatli huquqqa ega bо‘lmog‘i uchun о‘z manfaat va ehtiyojini xalq manfaati bilan moslashtirmog‘i lozimligini, uning qadr-qimmati, obrо‘-e’tibori ham о‘z xalqiga, boshqalarga keltirgan foy- dasi bilan belgilanadi, deb hakiqiy oliyjanob inson xalq dardi, maqsadi va manfaati bilan yashashi lozimligi- ni kuyidagi misralarda alohida kо‘rsatib о‘tgan edi:

Odami ersang demagil odami,

Onikim yо‘q xals gamidin gami.

Ma’rifatparvar Ahmad Donish ham kishining har bir hunar yoki xizmatdan kо‘zlagan maqsadi xalq uchun foyda yet- kazishdan iborat bо‘lishi zarurligini о‘z asarlarida ifo- da qilgan. Haqiqatan ham, Abu Nasr Forobiy aytganidek, qar bir inson о‘z maqsad va ehtiyojlarini rо‘yobga chiqarishi uchun unda jamiyatga ehtiyoj tug‘iladi. Shu jarayonda ja- moa va shaxs manfaati birligi mavjud bо‘ladi. Ammo bu uyg‘unlikni anglash uchun har bir shaxs о‘zining jamiyat- dagi о‘rni, vazifasi, burchi va mas’uliyatini chuqur anglab yetmog‘i lozim. Manfaatlar birligi va axloqiy munosabat- lar adolat talablariga mos kelmog‘i zarur. Ijtimoiy man- faat va umumxalq manfaati deganda, jamiyat a’zolarining tinch-totuv yashashi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining tо‘la qondirilishi, jamiyat manfaati yо‘lida, g‘ayrat bilan mehnat qilishi zarurligi anglanadi. Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy aytganidek, dunyoda yashash uchun gayrat qilmoq kerak. Gayrat iymon, salobat, vijdondan, yani insonning axloqiy kamolotidan darak beradi.

О‘tmishdagi allomalarimiz halol, erkin, xalqka manfa- ati tegadigan mehnatni va oqilona о‘zaro munosabatlarni orzu qilganlar. Ular bu jamiyatning sog‘lom taraqqiyoti yо‘li ekanligini anglab yetganlar.

Axloqiy qadriyatlar vaularning fazilatlarida ijtimo- iy va shaxsiy manfaatlar birligi mavjud. Jamiyatning har bir a’zosi qanchalik adolatli, mehr-oqibatli, mehnatsevar bо‘lsa, ijtimoiy boylik shunchalik kо‘payishi va har kim

shuncha kо‘p moddiy va ma’naviy boylik olishi hozirgi dam- da muhim ijtimoiy omilga aylanishi muqarrar. «Toma-to- ma kо‘l bо‘lur» deganidek, har bir kishining mehnati, hayot va turmushdagi yutug‘i, rivoji negizida erkinlik, tenglik va mehr-oqibat hukm suradi.

Bu jarayon «Forobiy ta’limotida о‘z zamonasidagi fozil, ideal jamoa, axlok, ma’rifat, aql-idrok, ishonch, hamma uchun baxt-saodat tantana qilgan sog‘lom jamiyat haqidagi orzu-istak va intilishlarning nazariy ifodasi edi»17. Axloqiy muhit sog‘lom bо‘lsa, har bir kishi о‘z tafak- kuri, e’tiqodi, о‘z kuch va qobiliyatini umumiy ishga ong- li va ixtiyoriy ravishda sarflash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Inson ijodiy faoliyati jarayonida shaxsiy manfaatini qondirish bilan birga ongli, foydali xatti-harakati bi- lan jamiyat, xalqiga ham xizmat qiladi, manfaatlar birli- gini namoyon etadi. Xullas, «axloqiy sog‘lom muhit jami- yatning sog‘lom tizimini ta’minlaydi»18, - deb ta’kidlagan edi Islom Karimov.

Haqiqatan ham, hukuqiy davlat va demokratik, er- kin fukarolik jamiyati taraqkiyotida sog‘lom ijtimoiy muhitning ahamiyati beqiyosdir.

Sog‘lom ijtimoiy muhit insonni о‘rab turgan, uning ongi va xulqiga faol ta’sir о‘tkazuvchi barcha shart-sharoit va faoliyatni belgilashga xizmat qiluvchi, jamiyatning ij- timoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan bog‘liq tushuncha, ya’ni voqelikdir.

Ijtimoiy muhit inson turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-odobi va muomala madaniyati, ma’naviy-axloqiy qiyo- fasi, ongu tafakkurining har tomonlama shakllanishi va takomillashib borishida katta ahamiyat kasb etadi, muhim ijtimoiy omil vazifasini о‘taydi19.Mustaqillikni mustahkamlash bilan birga, xalqi- mizning yuksak ma’naviy dunyosini kamol toptirishda, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tiklash, tako- millashtirishda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga alohida ahamiyat berilmokda.

Ijtimoiy muhitda inson ijtimoiy hayot, hodisa va voqealarning ijtimoiy mohiyatini anglashga, bilishga, tafakkur etishga intiladi. Voqelikdagi qaysi hodisa yoki holat kay darajada foydali-foydasiz, qadrli-qadrsiz, yaxshi yoki yomon ekanini baholashga tirishadi. Ularga о‘z ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashadi. De- mak, ijtimoiy muhit insonning moddiy va ma’naviy sharoiti, insonlar bilan о‘zaro munosabati, ijtimoiy ongi va tafakkuri, xatti-harakati majmuini ifodalay- di. Ijtkmoiy muhitning asosiy о‘zagi ma’naviy-axloqiy jihatlardir.

Tadqiqotchi M. Qahharova tavsiflaganidek, nafaqat in- son kamoloti, jamiyat ravnaqi, sog‘lom turmush tarzi, balki uning axloqiy tamoyil va omillarining rivoji ma’naviy- axloqiy muhit darajasiga bog‘liqsir20. Chunki inson tayyor fazilat, odat, hayotiy kо‘nikmalar bilan tug‘ilmaydi. Bu jarayon muhitda yuz beradi. U insonni komillikka yetak- laydi. Shu bois ma’naviyat va axloq, uning qadriyatlarini о‘rganish, ularni turmush va munosabat jarayonida takomil- lashtirish hayotiy zaruratdir!

Jamiyatda axloqiy munosabatlarni takomillashtirish mehnat, sog‘lom ijtimoiy muhit va ijtimoiy munosabat- larga bog‘liqdir. Axloqiy munosabatlarning о‘ziga xos xususiyati shundaki, deyarli har qanday axloqiy tushuncha konkret muhit, konkret vaziyatda turlicha baholanishi, tur- li vazifani bajarishi mumkin. Aqvol voqelikka bevosita emas, bilvosita bog‘lanadi, ammo uning voqelik va ijti- moiy muhitda qо‘llanish kо‘lami bag‘oyat keng. Mustaqillik davridagi eng oliyjanob insoniy fazilatlar - ezgulik, yaxshilik, bag‘rikenglik, muruvvat, himmat, sadoqat, inson- parvarlik, mehr-oqibat kabilar - uning mezonini tashkil qiladi. Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasida kо‘rsatilganidek, mafkuralar turli bо‘lishi mumkin, ammo xulq-odob normalari, qoidalari jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, maqsad va manfaati xalk ishi, fuqarolarning farovonligi, mil- latlarning tinch-totuv, teng va erkin kamol topishiga qaratilgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslan- gan bо‘ladi. Uning ijobiy ahamiyat kasb etishi aniq bо‘ladi. Shuning uchun hozirgi istiqlol va istiqbol taraqqiyoti ja- rayonida mafkuraviy va ma’naviy rivojlanish borasida olib borilayotgan ishlar davr talabiga mos bо‘lmog‘i lozim.

Yurtboshimiz aytganidek, tarakqiyot va kamolot vazifa- lari iymon-e’tikodi butun, irodasi baquvvat, toza maslak, ulug‘ kasb egasini, ma’naviy yetuk, axlokiy mukammal shaxs- ni tarbiyalashni taqozo etmokda. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya inson kamolotining eng muhim omillaridir. Biz yangi kuchli jamiyat tomon ildam borar ekanmiz, bugungi milliy xususiyatimizga xos, umuminsoniy talablarga mos axloqni va uning omillarini takomillashtirib, axloq rivoji, uning taraqqiyot yо‘llari, chekinish holatlari, ja- miyat ravnaqida tutayotgan mavqeini chuqur anglab tahlil etmog‘imiz, ijobiy saboqlar chikarmog‘imiz lozim.

Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tish davrida iqtisodiy, huquqiy, siyosiy barkamollik bilan birga ma’- naviy, ayniqsa, axlokiy omilning ta’sir doirasi oshib bormoqda.

Shuning uchun, avvalo, axloqning tarixiy genezisi va jamiyat rivojida tutgan о‘rniga alohida e’tibor qaratish lozim.

Axloq haqidagi g‘oya, qarashlar Urta asr Shark fayla- suflari ijodida eng qadimdan alohida о‘rin tutgan ta’li- motdir. Bu g‘oyalar, ayniksa, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, tasavvuf tariqati vakillari, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Azizidsin Nasafiy hamda Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi yirik mutafakkirlar ta’limotida muhim ahamiyat kasb et- gan. Axloq haqidagi g‘oyalar xalk og‘zaki ijodi, rivoyat, dos- ton, epos, ertaklarda о‘z ifodasini topgan. Agar xalqimiz tarixi borasidagi rivoyatlarga nazar tashlasak, har bir rivoyatda marjon kabi terilgan qator axloqiy tamoyil va xislatlar ifodalanganiga ishonch hosil qilamiz.

Qadimiy diniy ta’limotlarda ham eng asosiy omil - inson va uning kamoloti, hayoti va diniy kadriyatlarining mazmun-mohiyati belgilab berilgan. Zartushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da borlikni, hayotni ulug‘lovchi, ideallashtiruvchi yaxshilik va ezgulik, ya’ni «ezgu niyat, ezgu sо‘z va ezgu amal» singari tushunchalar bо‘lib, ular ezgu fikr, ezgu amal va muloyimlikni, sihat-salomatlik, umrguzaron- likni sog‘lom hayot tarzi sifatida qarashga undaydi. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, uning mazmun-mohiyatini boyitish xar bir inson gо‘zal xislat-fazilatlarni anglab yetishi, о‘z xatti-harakati, tafakkur jarayonida ularga amal qilishi zarurligini targ‘ib qiladi. Unda ijtimoiy hayotni insonparvarlashtirish hamda inson о‘zi har tomonlama ka- mol topishi uchun zarur bо‘lgan omillarga asoslanib yasha- shi zarurligi ilgari suriladi. Shuning uchun ham «Avesto» ilg‘or g‘oyalarga boy ma’naviy-axloqiy meros sifatida Shark xalqlarining bokiy qadriyatlarini aks ettiruvchi yodgorlik hisoblanadi.

Shuningdek, musulmon Sharqi Markaziy Osiyoda madaniyat, ma’naviyat, san’at, ayniqsa, axlokning о‘ziga xos xususi- yatlari, tamoyil va omillarini belgilashda yetakchi ahamiyat kasb etdi. Oxir-oqibat islom diniy qadriyatlari rivoj topdi. Uzbekistonning ilk uyg‘onish davri tarixini taxlil qilarkanmiz, bu davrda ma’naviy-madaniy yuksalish jara- yoni, о‘ziga xos ulkan xususiyatlari, ya’ni xarakterli tomonlarini anglab olish mumkin.

Bu davrdagi g‘oyalarning asosiy mohiyati koinotning vujudga kelishi va olamning tuzilishiga doir g‘oyalar Iqatorida ilm-fan, inson aqli, tafakkurini ulug‘lash, unga I ishonch bildirish, ularni yaratuvchilikning eng ulug‘ va yuksak ijodi deb baholash, ma’rifat tarqatish, jamiyat a’zolarini kamol toptirishdan iborat ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Buning uchun odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilish, insonning adolat, yuksalish, ma’naviyatga intilishi uchun tо‘liq imkoniyat yaratildi. Aqlda, axlokda, ma’naviyatda yetuk bо‘lish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish, insonparvarlik, Vatan- ga, odamlarga xizmat qilish, insonlar orasida dо‘stlik, bag‘rikenglik, о‘zaro yordam, kо‘maklashuvga chaqirish ilk Uyg‘onish davrining yetakchi tamoyil va omillari, mada- niyat, ma’naviyat va axloqni kamolga yetkazuvchi zaruriy jiqatlardan biriga aylandi.

Urta asrlar mutafakkirlari ham ilk Uyg‘onish dav- ri madaniyatiga, axlok va madaniyat rivojiga ulkan hissa kо‘shdilar. Urta asrlar, Uyg‘onish davri ma’rifatpar- varlari, allomalari, mutafakkirlarining karashlari hamda g‘oyalari axloq, mehr-oqibat tamoyillarini atrof- licha ochib berdi. Ularning ilg‘or ta’limotlari, karash va g‘oyalarining shakllanishida islom dini, madaniyat va axloq-odob haqidagi ta’limotdan keng foydalanish va ularni amalda qо‘llash muhim rol о‘ynaydi. Islom diniy qadriyatlari va hadislardagi axloqqa oid ibratli xislat- fazilat, urf-odat, udum va an’analar necha-necha asrlar mo- baynida shakllanib, avlodlar sinovidan о‘tib, ijtimoiy hayot pog‘onalarida sayqal topib, о‘zining haqqoniyligi, pokligi, yaxshilik, ezgulikka yetaklovchi va adolatga inti- luvchi jamiyatga mos ta’limotligini, insonni komillik, barhayotlik va mukammallikka yetaklovchi ma’naviyat asosi ekanligini isbotlab kelmoqda.

Masalan, hadis ilmida «Amir al-mо‘minin» sharafli nomiga sazovor bо‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tibor- ga molik shaxsdir. Uning «al-Jomi’ as-sahih» kitobida islom ta’limotiga oid umumiy koidalar aks ettirilishi bilan birga, eng insonparvar, har bir insonga daxldor axlokiy fazilatlar majmui mazmun-mohiyati, ijtimoiy, ma’naviy-axlokiy va tarbiyaviy ahamiyati, pand-nasihat, о‘git va hayotning zarur sifatlari yoritilganligi islom ma- daniyatida alohida ahamiyat kasb etadi.

«Al-Jomi’ as-sahih»da mehr-muhabbatga, saxiylikka, ochiq kо‘ngillikka, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmatga, yetim-yesirlarga muruvvatga, faqir-bechoralarga himmatga, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat' 21

etilgan. «Al-Adab al-mufrad»da esa Alloh taolo senga axloq gо‘zalligi, jism pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslikni bergan bо‘lsa, dunyoviy ishlardan chet- da qolgan bо‘lsang ham zarari yо‘qdir1, deb yozilgan.

Bu kadriyatlar biz, mustaqil yurt fuqarolari, barkamol avlod uchun ham iymon-e’tiqod, axlok-odob, ma’naviyat va ma’rifat mezoni ekanligini unutmasligimiz kerak. Har bir jabhada ularga amal qilish istiqlol talablaridan biridir. Chunki axlok, xulq-odob hakidagi islomiy ta’li- motlar odamlarni eng oliyjanob maqsadlar yо‘lida birla- shishga, hamjihatlik, tinchlik-totuvlik, osoyishtalik va bag‘rikenglikka yetaklaydi.

Buxoriyning ushbu asarlari bashariyat tomonidan yara- tilgan kitoblarning eng ulug‘i, mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudrati, bizga hamisha madadkor bо‘ladigan, ezgulik, iroda, sabot-matonat baxsh etuvchi axloqiy manbadir.

Bunyod etilgan islom madaniyati durdonalari jahon musulmon dunyosi kishilari, ulamolarini yurtimizga ohanrabodek tortmoqda. Ayniqsa, AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga Islom madaniyati poytaxti unvoni be- rilishi hammamizda faxr va g‘urur uyg‘otdi. Shu munosa- bat bilan 2007 yil «О‘zbekistonning Islom siviliza- siyasi rivojiga qо‘shgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yurtimizda о‘tishi olam- shumul ahamiyatga molik voqea bо‘ldi. Prezident I.A. Ka- rimov aytganidek: «Bu anjuman nafaqat О‘zbekiston ahli uchun, balki yaqin va uzoq atrofimizdagi xalqlar uchun ham tarixiy vokea» bо‘ldi22 23. Haqiqatan ham, bu anjuman mustaqillik tufayli tiklanayotgan va sayqal topayotgan diniy qadriyatlarimiz yog‘du, nur, bilish va tо‘g‘rilik man- bai ekanligini yana bir bor isbotladi. Mustaqil jami- yatimizda kamol topayotgan avlod о‘z davriga xos axloqiyqadriyat, xislat-fazilat, odob-axloq koidalarini yaratib- gina qolmasdan, balki ajdodlardan meros bо‘lib qolgan, ijtimoiy hayotda sayqal topayotgan axloq-odob, ma’navi- yatni, ezgulikka yetaklovchi g‘oya va qarashlarni asrab-avay- lab, ularni ongi, shuuri, tafakkuri va dunyoqarashiga singdirish bilan birga, sog‘lom turmush tarzi, muomala madaniyatini yuksaltirib, bu axloqiy qadriyatlar bilan kelajakka qadam qо‘ymoqda.

Mutafakkir Sitseron: «Tarix - о‘tmish guvohi, haqikat nuri, jonli xotira, hayot muallimi, moziy darakchisi»24, - degandi. Tarix hayotning uzilmas halqalaridir. Zero, tarix g‘ildiragi ortga aylanmaydi. Bu azaliy qonuniyatga kim nima deya olishi mumkin? Bizning yо‘limiz aniq va ravshan: istiqlol iulidan, ozodlik, erkinlik iulidan izchil borish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, xalqimiz uchun farovon hayot qurish, jahon hamjamiyatidan munosib о‘rin olishdir. Bunday kuchli jamiyatni barpo etish, barkamol avlodni shakllantirish, madaniy-ma’- naviy merosimizni, axloqiy kadriyatlarimizni tiklash, poklash, ularni ijtimoiy hayotimizning eng muhim omi- liga aylantirish orqali umuminsoniy taraqqiyotga beqiyos qissa qо‘shgan bо‘lamiz. Bu fikr va mushohadani anjumanda ishtirok etgan 30 xorijiy davlatlar olim va ulamolari ham tasdiqladilar. Islom Taraqqiyot banki mintaqaviy vakolatxonasi direktori Nik Zaynil Abidin: «Mamla- katingizda ajdodlar merosini asrab-avaylash hamda mu- sulmon olami bilan hamkorlikni kuchaytirish sohasida ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan keng kо‘lamli

islohotlar zamirida Uzbekistonda vijdon erkinligi va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashga katta e’tibor qaratilayotganini tasdiqlamoqchiman», - dedi. Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Abdurahmon Avoziy: «Islom dini tinchlik, ezgulik, salomatlik, о‘zaro mehr-oqibat dinidir. Shu bois, mamlakatingizda Prezi- dent I.A. Karimov rahnamoligida diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotganligini alo hida ta’kidlamoqchiman», - dedi. Saudiya Arabistoni podshohligi madaniyat va axborot vaziri: «Hazrati Imom majmuasi 4 oyda kayta bunyod etilgani - sizlar yaratgan yana bir mо‘jiza», - deb ta’kidladi.

Islom madaniyati va qadriyatlari hamda uning olamga ziyo taratuvchi g‘oyalari bu tinchliksevarlik, ma’rifatparvarlik, ezgulik, axlokiy gо‘zallik ramzi ekanligidan dalolat be- radi. Haqiqatan ham, islom diniga xos ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ularning zaminida yotuvchi haqqoniylik, pok- lik, halollik, saxiylik, insonparvarlik, kishilarning bir-biriga daxldorligi, ayniksa, oliyjanob umuminso- niy kadriyatlar, udum va an’analarning davomiyligini saqlab, ularning ajdodlardan avlodlarga о‘tishida katta ahamiyat kasb etishi bilan jahon sivilizatsiyasiga qо‘shgan va qо‘shayotgan hissasi bebahodir.

Yurtboshimiz Islom Karimov anjuman qatnashchilariga yо‘llagan tabrigida islom madaniyati biz uchun ham axloq, ham ma’rifat ekanligini ta’kidladi: «Kо‘hna Movarounnahr zaminida tug‘ilib kamolga yetgan, о‘zining ilmiy jasorati, buyuk kashfiyotlari bilan islom dunyosida ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy va Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy va Baxouddin Nakshband, Xoja Axror Valiy kabi aziz-avliyolarimiz, Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mir- zo Ulug‘bek va Alisher Navoiy singari alloma va mutafak- kirlarimizning hayoti va faoliyati islom madaniyati va si- vilizatsiyasi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, biz dinimizni bu ulug‘ zotlarsiz, bu ulug‘ zotlarning nomla- rini esa islom dinisiz aslo tasavvur kilolmaymiz»25.

Umuminsoniy, diniy va milliy-axlokiy qadriyatlarni noyob va bebaho boylik sifatida anglab, bugungi avlod ongu shuuriga, kundalik xulq-odob qoidalariga aylantirish milliy, ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb vazifa- sidir.

Islom madaniyati va ulug‘ ajdodlarimizning tabarruk hamda muqaddas meroslari ma’naviy va axloqiy jihatdan shu kadar boyki, uni tubsiz ummonga о‘xshatish mumkin. Bu ummondan о‘z qalbi va ongini qondirgan har bir inson ma’naviy-axlokiy oziqa egasi bо‘lib, komillik kasb etib, о‘zligini anglab, ajdodlarga munosib voris, millatiga va uning axlokiy qadriyatlariga mos avlod bо‘lib yetishadi. Chunki islom dinining muqaddas kitobida, payg‘ambar hadislarida, allomalar merosida yuksak axloqiy fazilat- larning keng qamrovli majmui bayon etilgan. Prezidentimiz aytganlaridek: «Uzbekistonning taraqqiyot dasturi, uzoq va davomli maqsadlarini belgilashda biz xalqimizning mod- diy va ma’naviy olamini yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlo- dimizni ota-bobolarimiz qoldirgan о‘lmas merosni chukur о‘rganish, qadrlash bilan birga, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan chо‘qqilarini egallash ruxida tarbiyalash masalasini о‘zimiz uchun ustuvor vazifa qilib qо‘yganmiz»26.

Axloqning mazmun-mohiyatini anglash, ijtimoiy hayot- da unga amal kilish komillikka eltadi. Komil, yetuk shaxs- ni tarbiyalashning eng muhim va zarur mezonlari iymon- e’tiqod, ishonch, burch, umr ma’nosi, mas’uliyat va aql- idrokdir. Iymon-e’tiqodli, qat’iyatli, aniq maqsadni kо‘zlovchi umr sohibi har tomonlama yetuk, barkamol, ikti- dorli va salohiyatli shaxs bо‘ladi. Bu jarayon aql va bilim birligini taqozo etadi. Bunga bozor iqtisodiyotini ri- vojlantirish vazifalariga tayanib, foydali kasb-xunar- ni egallab, jamiyat, yurt uchun unumli, xalol mehnat qilish orqali erishiladi. Chunki inson kim bо‘lishidan qat’i Ha- sap, mehnat orqali о‘zligini namoyon etadi, iste’dod va salohiyatini takomillashtiradi, komillik tomon qadam tashlaydi. Jamiyat va ijtimoiy xayotda nufuzli mavqeni egallaydi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish