3 I. Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan obyektiv omillarning ahamiyati


II. Hozirgi sharoitda intellektual yoshlarni tarbiyalashning subyektiv omillari



Download 0,52 Mb.
bet7/10
Sana29.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#74995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bmi Intellektual yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazilishida yaratilayotgan

II. Hozirgi sharoitda intellektual yoshlarni tarbiyalashning subyektiv omillari.

2.1. Intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy omillarni о‘ziga xos ahamiyati.
Ma’rifat insonlarning ongu tafakkuri rivoji, ezgulik, oliyjanoblik, insoniy xislat-fazilatlar, muno- sabatlarni kamol toptirish, bilimlarni egallash, yaxshi yashash, shaxsni xalqi, yurti va millati maqsadlariga e’tiqod ruhida tarbiyalovchi, san’at, adabiyot va madaniyat- ning muhim jihatlarini qamrab olgan tushunchadir.

Ma’rifat bunyodkor g‘oyalarga suyanadi. Ulug‘vor ezgu ishlarga, maqsadlarga safarbar etadi. Biz demokratik islohotlarni chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, boshqaruv tizimini yangilash, xalq tur- mush farovonligini oshirish, XXI asr barkamol avlodi- ni shakllantirish davrida yashamoqdamiz. Bu ham ma’na- viy, ham axloqiy, ham ruhiy poklanish, yetuklik, mukam- mallik darajasiga erishish zarurligini takozo etmoqda. Istiqlol vazifalari shu maqsadga yо‘naltirilmoqda. Tasavvuf ta’limotining buyuk allomasi Aziziddin Na- safiy g‘oyalariga asoslanib aytsak, komil, ma’rifatli, salohiyatli inson bо‘lish uchun yaxshi aql, yaxshi sо‘z, yaxshi axloq, yaxshi bilim va yaxshi ma’rifat bunyodkor g‘oyalarga suyanadi. Ulug‘vor ezgu ishlarga, maqsadlarga safarbar etadi. Biz demokratik islohotlarni chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, boshqaruv tizimini yangilash, xalq tur- mush farovonligini oshirish, XXI asr barkamol avlodi- ni shakllantirish davrida yashamoqdamiz. Bu ham ma’na- viy, ham axloqiy, ham ruhiy poklanish, yetuklik, mukam- mallik darajasiga erishish zarurligini takozo etmoqda. Istiqlol vazifalari shu maqsadga yо‘naltirilmoqda. Tasavvuf ta’limotining buyuk allomasi Aziziddin Na- safiy g‘oyalariga asoslanib aytsak, komil, ma’rifatli, salohiyatli inson bо‘lish uchun yaxshi aql, yaxshi sо‘z, yaxshi axloq, yaxshi bilim va yaxshi amallarni ado etmoq lozim. YA’ni, kishilarni izzat-hurmat kilmoq, ularga nisba- tan e’tiborli, muloyim, adolatli bо‘lmoq, oriyatlilik, yaxshi axlok bilan о‘rnak bо‘lmoq, ma’rifatni, bilimni chuqur egallamoq taqozo etiladi.

Yusuf Xos Hojib fikricha, ezgulik, yaxshilik, mehnat- sevarlik, yurtparvarlik, insonparvarlik faqat aqlu idrok egasidan, dono, bilimli, ma’rifatli kishilardan chiqishi mumkin.

Haqiqatan xam, bugungi о‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’ri- fiy islohotlar yangicha tafakkur, yangicha izlanish va inti- lishlar mevasidir. Bu jarayonlar tubida eng muhim omil - ma’rifat va ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan kuchi yotadi.

Ma’rifat ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, axloq va ta’- lim-tarbiya bilan о‘zaro mushtarak tushunchadir. Ma’rifat, shuningdek, borlik, tabiat, jamiyat, ijtimoiy qayotdagi ijobiy va salbiy holatlar, voqealar, jarayonlarni anglash, bilish, tushunish haqidagi fikr, mushoxada va ma’lumotlar majmuasi, desak xato bо‘lmaydi. Ma’rifat milliy xususi- yatiga kо‘ra bilimli, ziyoli, о‘qimishli kabi fazilatlarni va ta’lim-tarbiyaning boshqa jihatlarini qamrab oladi.

Olim A. Ibrohimov ta’rifi bilan aytganda, marifat kishilarning bilimini, ma’naviyati, madaniyatini angla- tish bilan birga, ularni komillikka yetaklovchi ta’lim-tar- biya, ilmu urfon ma’nolarida ham ishlatiladi. Chunki ma’- rifatni yoshlar tafakkuriga va hayotiga singdirish maorif (ya’ni, ta’lim - SH.X.) tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ma’rifat tushunchasi maorif yoki ta’limga karaganda kengroq bо‘lib, bilim va madaniyatni yoyish hamda yuksalti- rishning hamma turlari, sohalarini qamrab oladi'.

Millatimiz о‘tmishi va tarixiga nazar tashlar ekanmiz, biz bilimga chanqoq, ma’naviyat, ma’rifat va intellektual salohiyatga boy ajdodlarning avlodi ekanligimiz ma’lum bо‘ladi. Bundan millatimiz har bir vakili qalbi iftixor- ga tо‘ladi. Yurtimiz buyuk ma’rifatparvar alloma, mutafak- kir, olimu fozil, ulamolarning vatani bо‘lgan. Xalqimiz о‘troq hayot kechirib, doimo mehnat qilgan. Tarixda о‘chmas iz koldirgan mо‘tabar alloma va daholarimiz mehnatsevar bо‘lgani holda, ilm-ma’rifat mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetganlar, xalqning tinchligi, adolat, ezgulik, inson- parvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ma’rifat va taraqqiyot 27 uchun kurashga yetaklaganlar. Uz ilg‘or g‘oya, qarash va ta’li- motlarida adolatli jamiyat orzu-istagi bilan yashaganlar.

Prezidentimiz iboralari bilan aytganda, о‘tmish ma’ri- fatparvarlari ularning sulolasiga qarab emas, jamiyat ri- vojiga qо‘shgan hissalari, xalq о‘rtasida targ‘ib etgan ma’na- viy, ma’rifiy g‘oyalari, qoldirgan madaniy, ilmiy, irfoniy meroslariga qarab baho berish lozim. Biz tarixga nazar tash- laganda bir narsani doimo e’tirof etishimiz lozimki, in- songa xos xususiyatlar, qobiliyat, salohiyat, kо‘nikma, odat, bi- lim, ma’rifat avloddan-avlodga biologik meros tariqasida о‘tmaydi, bal ki yangi avlod ijtimoiy hayoti va turmush tarzida madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya udumlarini о‘zlashtirish, anglash, tiklash, takomillashtirish orkali shakllanadi va rivoj topadi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz, о‘tmishsiz kelajak yо‘q deb, XXI asr yoshlari bizga yetib kelgan barcha ma’naviy, ma’rifiy boyliklarning haqiqiy egasi va vorisi ekanligini takror va takror ta’kidlaydilar.

Shu jihatdan tarix va о‘tmishni anglash о‘zligini anglash demakdir. Uzbek xalqi shakllanibdiki, о‘z yurtini, milla- tini sevish, kadrlash, baxt-saodatga erishish, birlashish, bor bilimlarni, kasb-hunarlarni egallash, yurt ravnaqi va ijtimoiy taraqqiyotga hissa qо‘shish uning muhim milliy- ma’rifiy fazilatlaridan biri bо‘lgan.

Ma’rifat, ta’lim-tarbiya, bilim va tafakkur rivoji tufayli har bir shaxs о‘zligini,о‘zining kimligini, qaysi ajdodlar vorisi ekanligini, xayot ne’matlarini nimalarga sarflash lozimligini chukur anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘lmoqda.

Ulug‘ alloma Abu Nasr Forobiy ma’rifatli, ezgu amallar asosida shakllangan jamiyatni barpo etish uchun birlashish, hamjihatlik zarur, degan bо‘lsa, sohibqiron Amir Temur ja- myyat barkarorligi adolatdadir, degan. Yurtboshimiz Islom Karimov demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining, XXI asr avlodining kuchi bilim va tafakkurda, degan purma’- no iboraga urg‘u berib, istiqbolni teran kо‘rib, islohot va istiklol tamoyillarining anik mezonlarini belgilab, ta’- lim tizimiga alohida axamiyat qaratib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini shijoat va jasorat bilan hayotga tatbiq qilish vazifasini belgilab berdilar. Bu dasturni amaliy hayotga boskichma-boskich tatbiq etish natijalaridan yurt- doshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bahramand bо‘lmokdalar.

Ma’rifat bilimlarni о‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya orqali yetuklik, mukammallik chо‘qqisini egallash, bilim, tajriba orqali zamonaviy va milliy kasb-hunar egalari bо‘lishning asosiy vositasi bо‘lib xizmat qilmokda. Ma’- rifat ma’naviy-axloqiy targ‘ibot, tashviqot rivojigina emas. U ilm-fan, texnika, texnologiyalarni takomillashti- rish, zamonaviy ilg‘or jahon tajribalarini rivojlanti- rishda ham katta ahamiyat kasb etmokda.

Bugungi kunda xalqimiz ma’rifat, ilm-fan, texnika, madaniyat, ta’lim, san’at, sport, adabiyot sohasida jahon miqyosidagi yangi va ilg‘or jihatlarga dadillik bilan intilmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, о‘zbek diyori- da tarixda kо‘p marta bо‘lganidek, yana yangidan о‘zimizning betakror, ilg‘or va eng muhimi - insonlarga kerakli kadriyatlarimiz barpo etilmoqsa'.

Bu qadriyatlar tizimida ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘liq maqsad, reja va vazifalar alohida ahamiyatga molik. Chunki ta’lim-tarbiya tizimi muhim hayotiy omil sifatida inson kamoloti, millat ravnaqi va jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti va garovidi28 29.

Zotan, kelajagimiz poydevori intellektual salohiyat egalari bо‘lgan barkamol avlod tomonidan bilim dar- goxdarida va oilada shakllantiriladi. Shuning uchun ta’lim- tarbiya ishi umummilliy masala sifatida keng jamoatchilik, butun xalqimiz, ayniqsa, о‘qituvchi, ustoz-murabbiylarning ishtiroki, salohiyati, tashabbus va faolligini talab qiladi.

Har bir yangi avlod timsolida kamol topgan, har jihatdan mukammal shaxsni shakllantirish, uni mustaqil, keng va erkin fikrlovchi, mantiqan teran, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga e’tiqodli, ezgu va adolatli, maqsadlarga sodiq, yurtparvar, mehnatsevar, ruhan pok, vijdonan halol komil inson qilib voyaga yetkazish davr talabidir. Chunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli sifatida mohiyatan XXI asr avlodida yangicha ong-tafakkurni shakllantiradigan, xalq, millat ma’naviyatini mukammal boyitadigan muhim omil vazifasini о‘taydi. Har bir yoshning qobiliyati, iste’dodi va salohiyatini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Mustaqillikning eng dolzarb va siyosiy ahamiyatga molik yuksak maqsadlaridan biri - ta’lim-tarbiya uyg‘un- ligiga asoslangan holda ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb- hunar tizimlarini mamlakat miqyosida isloh qilishdan iborat bо‘ldi. Bu islohotning olamshumul, jahon tan olgan bebaho yutuklari har bir yurtdoshimizda, о‘g‘il-qizlarimiz- da mamnunlik va iftixor tuyg‘usini rivojlantirmokda.

Ushbu muvaffaqiyatga boy islohotlar natijasi va mohi- yatini birgina «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi ne- gizida erishilgan ijobiy samara asosida ham baholash mumkin.

Yurtboshimiz Islom Karimov ta’lim tizimini rivoj- lantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi о‘kuv muassasalarini qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash masalasiga e’tibor kuchayti- rilganligini alohida ta’kidlab: Kadrlar tayyorlash mil- liy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi natijasi- da 1 ming 536 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, umumta’lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya’ni de- yarli hammasi, 1 ming 800 dan ortik sport zali namunaviy loyihalar asosida barpo etilganligi yoki kapital rekon- struksiya qilinganligini aytib о‘tgandilar30.Barcha о‘kuv maskanlari zamonaviy kompyuter texnika- si, о‘quv-laboratoriya uskunalari, о‘kuv anjomlari bilan qayta jihozlandi. Ulardan unumli va maqsadli foydala- nish maqsadida nodavlat tuzilma - О‘zbekiston Respubli- kasi Moliya vazirligi qoshida jamg‘arma tashkil etildi. Uning hisob raqamiga 2010 yilning о‘zida 315 milliard sо‘m, 2011 yilda esa 370 milliard sо‘m mablag‘ ajratildi. Yurtimizda kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomil- lashtirilib, oliy ta’lim bakalavriat bosqichining 50 ta yо‘nalishi va magistratura bosqichining 74 ta mutaxassis- ligi unifikatsiya kilindi31.

Dastur doirasida 2010 yilda 560 ta yetakchi klaster mak- tablari qiymati qariyb 6 million AQSH dollari bо‘lgan 13 ming 500 ta kompyuter texnikasi, 750 dan ortiq qishloq mak- tablari о‘quv-laboratoriya uskuna va multimedia vositalari bilan jihozlandi. 1,5 mingta qishloq maktabi о‘qituvchilari umumiy qiymati 13 million AQSH dollari bо‘lgan 3 ming 400 ta shaxsiy kompyuter bilan ta’minlandi32.

Minglab о‘quv maskanlari mamlakatimizning axborot texnologiyalari, Internet tarmoqlaridan keng kо‘lamda foydalanish borasidagi taraqqiyot darajasini kо‘rsatuvchi mezon bо‘lib xizmat qilmoqsa.

Bugungi kunda XXI asr yoshlari uchun о‘z intellektual salohiyatini, ilm-fanga yо‘naltirilgan innovatsion g‘oya va loyihalarini rо‘yobga chiqarishga keng yо‘l ochib berish, zarur shart-sharoit yaratish siyosatimizning eng muhim yо‘nalishlaridan biriga aylanayotganligini alohida izoh- lash zarur. Shu maksadda yurtimizda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yuzasidan Prezident qarorlari kabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmokda.

XXI asrda jahon miqyosida ham, mustaqil yurtimizda ham jamiyat taraqqiyotining muhim omili ta’lim va ilm- fan bо‘lib koladi. Ma’lumki, jamiyat va har bir shaxsning intellektual rivoji, yetuklik, bilimdonlik, iktidorlilik darajasi ta’lim-tarbiya orqaligina rivojlanadi. Shuning uchun ham ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajra- tib bо‘lmaydi.

Haqiqatan ham, ta’lim taraqqiyot, demokratiya va fa- rovon hayot asosidir. Avlod kamoloti ham ta’lim-tarbiya, ma’naviy yetuklik, axloqiy poklik, jismoniy tetiklik, mukammal salohiyatdan boshlanadi.

Yoshlarimizning ezgu axloqiy fazilatlarga, bilim va kasb-hunarni egallashga intilib, izlanib yashashi, ular qalbida toblangan oqil va sof ijodkor kuch-qudratni, mav jud bо‘lgan intellektual boylikka xos salohiyatni rо‘y-rost rо‘yobga chiqarish bugungi taraqqiyotning muhim vazifasi vamaqsadidir. Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat - yen-gilmas kuch» asarida: «Yeshlarimizning ma’naviy olamida bо‘shlik vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongi- da sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy kadriyatlarga hurmat-eqtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakl- lantirishimiz zarur»1, - deyilgan. Buning uchun yoshlarni jismonan bakuvvat, ma’naviy yetuk, ruhan tetik, axloqan pok, ziyrak, sergak, hushyor, jonkuyar, bag‘rikeng qilib tar- biyalashimiz hamda beparvolik, loqaydlik tuyg‘usidan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan saqlashimiz darkor. Binobarin, ta’lim-tarbiya, ma’rifiy-mafkuraviy, targ‘ibot ishlari- mizda fikrga karshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni davr takozo etmokda. Ayni mahalda yoshlar tashabbusi, intilishi va izlanishi rо‘yobga chiqishiga katta imkoniyat yaratish lozim. Bu jarayonda yosh- lar didi, aql-farosati, qiziqishi, talab va ehtiyojlarini teranlik bilan hisobga olish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ularga xos hududiy va mintaqaviy xususiyat va sharoitni ham hisobga olish zarur.

Barkamol avlodni kamolga yetkazishda tarixga murojaat etish, bu avlodni boy merosimizni qadrlash, uni boyitish- da faol ishtirok etish ruhida tarbiyalash lozim.

XXI asr yoshlari о‘z burchlarini chuqur idrok etib, о‘zlarida davr talabiga monand ishonch, iymon-e’tiqod, if- tixor va g‘urur bilan: «Hech qachon bо‘sh kelmaymiz. Ertangi kun bizniki, marra bizniki», «Biz hech kimdan kam emas- miz, kam bо‘lmaymiz», degan tuyg‘uni shakllantirib, aql- zakovatni ishga solib, chuqur tafakkur, yuksak idrok, shijo- at va jasorat bilan jamiyatni sog‘lomlashtirish, taraqqiy ettirishga hissa kо‘shmoqdalar. О‘z о‘rni, burchi, farzand- lik mas’uliyatini sergaklik bilan teran anglab, bilim chо‘qqilarini egallamokdalar. Bunyodkorlik ishlarida faol qatnashib, jamiyat, yurt va millatimiz ravnaqiga salmoqli hissa kо‘shmokdalar. Shuningdek, mavjud imkoniyat, sharoit, g‘amxо‘rlik va imtiyozlar mazmun-mohiyatini teran anglab, zamonaviy kasb-hunarlarni mukammal egallab, namunali xulki, bilimga ishtiyoqi, halol mehnati, salohiyati, yonib yashashi, ma’naviy jasorati bilan yurtiga fidoyi farzand sifatida kamolga yetmokdalar.

Bunyodkorlik hamda taraqqiyot yо‘lida keng qamrovli ijodiy faoliyat va tashabbuskorlik qobiliyatlarini na- moyon qilmokdalar. Milliy hamda umuminsoniy axloqiy qadriyatlar qurshovida jamiyat, davlat va millat manfaatla- riga sadoqatni, maqsad va vazifalarini rо‘yobga chiqarishga daxldorlikni, insonparvarlik va bag‘rikenglik, ezgulikka sodiqlikni namoyon etmoqdalar.

Yurtboshimiz, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bо‘lmaydi, deya uning uyg‘un rivojiga yuksak baho be- rib, mustabid tuzum davrida ushbu uyg‘unlik poymol etilga- ni, mustaqillik sharofati bilan ta’lim-tarbiya vazifala- ri sharqona hayot falsafasi va zamon talabi asosida yangicha mazmun-mohiyat kasb etayotganligini atroflicha asoslab ber- dilar1. Ajdodlarimiz barkamol avlodni shakllantirishda bebaho sharqona boyligimiz bо‘lgan ilmu ma’rifat, axloqiy kamolotni, ayniqsa, ta’lim va tarbiyani inson va millat- ning rivojida eng asosiy omil va mezon deb hisoblashgan. Ta’lim-tarbiya tizimini о‘zgartirmasdan turib ongni о‘zgartirib bо‘lmaydi. Ongni, tafakkurni о‘zgartirmasdan turib kо‘zlangan oliy maqsad - obod va ozod jamiyatni bar- po etib bо‘lmaydi. Binobarin, bularning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq masalalardir.Chunki ta’lim-tar- biya uyg‘unligi bolaga nafaqat bilim, malaka va kasb-hunar egallashni о‘rgatadi, balki bu tizim yosh avlodda ma’naviy- axloqiy va mafkuraviy tarbiya asoslarini shakllantiradi, uning ijtimoiy hayotda nufuzli о‘rin egallashi, о‘z burchini chuqur anglab, jamiyat va millatiga sadoqat bilan xizmat qilish xususiyatlari kamol topishiga xizmat qiladi.

Barkamol avlodni yetuk shaxs kilib voyaga yetkazishda, jamiyat rivojini barqarorlashtirish va taraqqiy etti- rishda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uningijtimoiy qayotdagi ahamiyatini oshirish XXI asrda dol- zarb vazifa sifatida ilgari surilmokda. Bu vazifalar Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qo- nuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida о‘z ifodasini topdi. 2009 yili eng muhim ijtimoiy dasturlar - Kadr- lar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini ri- vojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. Tо‘kkiz yillik umumta’lim maktab bosqichi va 3 yillik о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li- mi bosqichini о‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yara- tildi. Bir sо‘z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bо‘lish imkoniyatini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga о‘tish yakunlanmokda.

Yurtboshimiz, ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim stan- dartlarini joriy qilish bilan birga, bolalarimizni komil inson qilib tarbiyalashda jonbozlik kо‘rsatish, ustoz-murabbiy va о‘qituvchilarni rag‘batlantirish hamda ularning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ulligini oshi- rishga ahamiyat berish zarurligiga alohida urg‘u bermokda. Sо‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida ta’lim tizimiga xos yangi standartlar, keng kо‘lamli ma’rifiy, mafkuraviy va tarbiyaviy maqsadli ishlar natijasida kо‘zlangan ezgu niyatlarimiz rо‘yobga chiqib, barkamol avlodning ma’naviy- axloqiy yuksalishi uchun zamin yaratilmoqda.

Ta’lim tizimida asrlarga tatigulik olamshumul ishlar amalga oshirilmokda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yurtimizda minglab litsey va kollejlar, yangi za- monaviy maktablar barpo etildi, 65 oliy о‘quv yurtida 850 yо‘nalish va ixtisoslik bо‘yicha kо‘plab talabalar bilim olmokda. Ta’lim tizimining asosiy maqsadi, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, yoshlarimizni yanada bilimli, aqlli, dono va baxtli kilishdan iboratdir. Vazifalarning muhimligi va dolzarbligini «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi- dan anglash mumkin. Ta’lim tizimining eng oliy maksadi XXI asr avlodini ilmli, salohiyatli, intiluvchan, nurli kelajakni yaratishga har jihatdan yetuk va qodir qilib tarbiyalashdan iborat ekanligi ushbu Dasturda belgilab berilgan. Demak, Dasturdagi vazifalar barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida komil inson qilib tarbiyalashda davr talablari va milliy uslublardan keng foydalangan holda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Bu vazifalar yoshlar iqtidor va salohiyatini rivojlantirishga tо‘la xizmat qiladi.

Ta’lim tizimidagi hamma muassasa va jamoalar mod- diy-texnika bazasini zamon talablari darajasida mus- tahkamlash hamda о‘quvchi va talabalarning sog‘lom oziq- lanishi; jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoit yara- tish, ekologik madaniyat va odob koidalarini xayotga keng tatbiq qilishga da’vat etilgan. Shuningdek, ushbu sohada davlat ta’lim standartlari, о‘quv dasturlari, о‘quv-uslubiy kо‘llanma va darsliklarni yanada takomillashtirish nazar- da tutilgan. Modernizatsiyalash vazifasini nazarda tutib, barcha о‘quv maskanlarida kompyuter sinflarini tashkil etish, axborot-resurs markazlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, zamonaviy axboros-kommunikatsiya tex- nologiyasidan keng foydalanish ishlarini maqsadli yо‘lga qо‘yish dasturda alohida belgilangan. Yosh avlodni barka- mol, sog‘lom kilib tarbiyalash, ularni sportning zamonaviy va milliy turlariga keng jalb etish, buning uchun malaka- li ustoz va murabbiylar bilan ta’minlash kо‘zda tutilgan. Sportda iste’dodli va qobiliyatli, intiluvchan yoshlarni aniqlash, qishlok joylarda suv sporti turlarini, shu jum- ladan gimnastikani rivojlantirishga alohida urg‘u beril- gan. Sport musobaqalari, spartakiada, olimpiada, festi- val va musobaqalar о‘tkazish rejalashtirilgan va doimiy о‘tkazilmokda.

Ijtimoiy rivojlanish, birinchi navbatda, ta’lim va sog‘likni saqlash sohalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 2011 yilda ham hukumatimiz diqqat mar- kazida turibdi.

Davlat byudjeti barcha xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy maqsadlarga yо‘naltiriladi. Ushbu xodimlar- ning ish haqi о‘rtacha 25 foizga oshiriladi. Ta’lim mu- assasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mir- lash va jihozlash jamg‘armasining 367 milliard sо‘m mikdoridagi mablag‘i hisobidan joriy yilda 336 ta ta’- lim muassasasini, 65 ta bolalar musika va san’at makta- bini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularda 1500 ta kompyuter sinfini tashkil qilish, shuningdek, 118 ta sport zalini kurish kо‘zda tutilmokda. Shuningdek, Koreya Eksimbankining 30 million dollar miqdoridagi krediti hisobidan umumta’lim maktablarida kо‘shimcha ravishda 1,5 mingta kompyuter sinfi jihozlanadi33.

Shuningdek, 2011-2015 yillarda Oliy о‘quv yurtlarini rivojlantirish dasturi tayyorlanmoqda.

Ushbu rejalardan kelib chiqib, tarakkiyotning muhim ustuvor vazifalaridan biri ta’lim-tarbiya tizimini ta- komillashtirish ekanligini yaqqol tasavvur etish mumkin.

Masalan, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi asosida barka- mol avlod kanchalik komil bо‘lib yetishsa, yurt va millat taraqqiyotining ma’naviy о‘zagi shunchalik yuksak bо‘ladi.

Komil inson masalasi qomusiy olimlar Abu Rayhon Be- runiy va Abu Ali ibn Sinolarning axloqiy hamda estetik qarashlarida markaziy о‘rinni egallagan. Beruniy bu hakda: «Komil kishi bо‘lishning birinchi sababi - ilm va ma’ri- fat, ikkinchisi - san’at va amal hosil qilish bilan bо‘- ladi»34, - deydi. Shuningdek, u inson kamolotini gо‘zallik, yetuklik, oliyjanoblik, jasorat va mardlikda deb bilgan. Mehnat tarbiyasini komillikning kaliti hisoblab, yosh- larni mehnat qilishga о‘rgatish zarurligini ta’kidlagan.

Alloma Aziziddin Nasafiyni tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov «komil inson ilmining nazariyotchi- si» deb atagani bejiz emas. Chunki, Nasafiyning yozishicha: «Komil inson bu shariat va tariqat va haqikatda yetuk bо‘lgan odamdir. Komil insonda tо‘rt narsa: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq, yaxshi maorif kamolga yetgan bо‘lishi kerak. Odamlar koinotning qaymog‘i va xulosasi hamda mavjudot- ning qaymog‘i va xulosasidir. Komil inson olamning siri- dir va olam qutbidir, chunki u ilm muhiti - dengizidir»35.

Ta’lim-tarbiya tizimi barkamol avlod kamolotiga xos muxim omil va tamoyil ekanligi yuqoridagi fikrlardan va bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar mazmun-mohiyatidan kо‘rinib turibdi, Ta’lim muassasa- larida ta’lim-tarbiya sifatini tubdan yaxshilash, о‘kuv bazasini zamonaviy talab darajasida takomillashtirish lozimligi yorqin ifodalangan. Milliy ta’lim tizimining asosiy maqsadi yosh avlodni ilm-fan va ma’rifat orqali sog‘lom fikr, ziyrak aql va о‘tkir zehnli yetuk inson qilib shakllantirishdan iborat. Bu vazifani esa ta’lim orqali bilim berish yо‘li bilangina amalga oshirish mumkinli- gini xayot isbotlamoqda. Insonning ma’rifat kasb etishi, uning bilim darajasi ta’lim bilan birga tarbiyaning si- fatiga chambarchas bog‘liq jarayondir.



XXI asr yoshlarining yetuk, mukammal, yuksak ong, ta- fakkur, dunyoqarash, chuqur bilim, ma’naviyat, madaniyat, xulq-odob, о‘zaro munosabat mohiyatini anglab yetgan, aql- farosat, salohiyat va nafosatga ega shaxs sifatida kamol topishi zarurligini sog‘lom turmush tarzi talab etmokda. Bu jarayon jamiyatni sog‘lomlashtirish, sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadokatni, sog‘lom ma’naviy-axlokiy fazilatlarni shakl- lantirish uchun xizmat qiladi. Oqilona turmush tarziga xos axloqiy fazilatlar insonparvarlik, Vatanga muhabbat, ezgulik, adolatparvarlik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi ma’naviy qadriyatlar bilan boyitilmoqda. Alloma Forobiy aytganidek, inson bilim olish orqali haqiqatni anglasa, axloq va odobli kishi yaxshilikni anglaydi va ama- liy hayotida unga asoslangan holda yashaydi. Aziziddin Na- safiy ezgulik va musaffolik tarbiyaning eng muhim xusu- siyatlari ekanligiga tо‘xtab shunday deydi: «Insonning eng oliy vazifasi uzluksiz ma’rifatga intilish va nur bilan tо‘lishish va bilim topib, musaffolik sari intilishdir. Har bir kishining maqomi, ya’ni komilligi bilim va amal- ga, qobiliyat va XXI asr yoshlarining yetuk, mukammal, yuksak ong, ta- fakkur, dunyoqarash, chuqur bilim, ma’naviyat, madaniyat, xulq-odob, о‘zaro munosabat mohiyatini anglab yetgan, aql- farosat, salohiyat va nafosatga ega shaxs sifatida kamol topishi zarurligini sog‘lom turmush tarzi talab etmokda. Bu jarayon jamiyatni sog‘lomlashtirish, sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadokatni, sog‘lom ma’naviy-axlokiy fazilatlarni shakl- lantirish uchun xizmat qiladi. Oqilona turmush tarziga xos axloqiy fazilatlar insonparvarlik, Vatanga muhabbat, ezgulik, adolatparvarlik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi ma’naviy qadriyatlar bilan boyitilmoqda. Alloma Forobiy aytganidek, inson bilim olish orqali haqiqatni anglasa, axloq va odobli kishi yaxshilikni anglaydi va ama- liy hayotida unga asoslangan holda yashaydi. Aziziddin Na- safiy ezgulik va musaffolik tarbiyaning eng muhim xusu- siyatlari ekanligiga tо‘xtab shunday deydi: «Insonning eng oliy vazifasi uzluksiz ma’rifatga intilish va nur bilan tо‘lishish va bilim topib, musaffolik sari intilishdir. Har bir kishining maqomi, ya’ni komilligi bilim va amal- ga, qobiliyat va insoniy xususiyatlariga bog‘liqdir»36. Ko- mil insonni tarbiyalashda oila, о‘quv maskani bilan bir- ga tashqi omillar ham katta ta’sir kо‘rsatmokda. Forobiy aytishicha, inson kamolotga yolg‘iz о‘zi erisha olmaydi, u boshqalar bilan aloqada bо‘ladi, ularning munosabatlari jarayonida о‘zini kо‘zguda kо‘rgandek his qilib, hayot uchun za- ruriy xislat va fazilatlarni о‘zida mujassamlashtirishga harakat qiladi, aql nuri orqali tafakkur qilishga odatla- nadi. Demak, aql nuri bilan axloqiy fazilatlar mushtarak- ligiga intiladi. Forobiy ham, Ibn Sino ham bu mushta- raklik asosini aql va axloq birligida, deb hisoblashsa, Amir Temur adolatda, Yurtboshimiz Islom Karimov bilim va tafakkurda, deb hisoblashadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish