Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi: Mazkur ish kirish, ikki bob,
olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat bo’lib,
uning umumiy hajmi 66
-
sahifani tashkil qiladi.
9
I BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XUQUQIY
TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISHNING
ILMIY-
METODOLOGIK ASOSLARI.
1.1.
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarida
xuquqiy
tushunchalarni
shakllantirishning ijtimoiy zarurati.
I.A.Karimov «O’zbekistonning siysiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining
asosiy tamoyillari» asarida: «Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni
bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U
qonunlarga amal qilishi va ularga bo’ysunish madaniyati demakdir.U odil sudni
hurmat qilish, o’z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish
ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani turli majorolarni hal qilishda
qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»,-deb bildirgan fikri
maktab o’quvchilarida huquqiy madaniyatni tarkib toptirishda amaliy ahamiyatga
egadir. Ammo o’quvchilarda huquqiy madaniyat tezlikda tarkib topmaydi. Buning
uchun avvalo o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha, bilim va yetarlicha
ma’lumot tarkib topmog’i kerak.
Boshlang’ich sinflarda ana shu maqsadning ilk bosqichi, ya’ni huquqiy
tasavvur, tushuncha tarkib toptiriladi. Bu jarayon boshlang’ich sinflarda
o’rganiladigan predmetlar negizida olib boriladi.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi
«O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish» to’g’risidagi
farmoni asosida mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida O’zbekiston
Konstitusiyasini o’rganish o’quv kursi joriy qilindi. (Karimov I.A.
O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.
Toshkent «O’zbekiston», 1995-yil, 29-bet.)
Farmoyishda asosan 2001-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikamizda
uzluksiz ta’lim tizimida bog’chadan to oliy ta’lim yuqori bosqichi-
magistraturagacha huquqiy bilimlarni o’rganish avvalombor Konstitusiyadan
boshlanadi. Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o’quvchilarning yosh
10
hususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga
qaratilgan. Konstitusiyani o’rganish bo’yicha dasturlar, darsliklar, adabiyotlar va
metodik tavsiyalar yaratish kun tartibiga qo’yildi.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich
sinflarida 10 soatdan «Konstitusiya alifbosi» va 5-7 sinflarda «Konstitusiya
olamiga sayohat»dan 14 soatlik darslar joriy etildi.
Boshlang’ich sinflardan ona tili, atrof olamni muhofaza qilish va o’qish
darslarini o’rganish tarkibida o’rganiladigan bo’ldi. Bunda ko’zda tutiladigan
asosiy maqsad kichik o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha va ilk
ko’nikmalarni tarkib toptirishdir.
Xalqimizda dunyo xalqlari tarixidan ma’lumki, har bir millat va elatdan
faqat erkinliklarini qo’lga kiritgandan so’nggina ravnaq topganlar. Tarixda «Turon,
Turkiston va Movaraunnuxr» nomi bilan mashhur bo’lgan Markaziy Osiyo,
ayniqsa O’zbekiston hududida ming yillar davomida yuksak madaniyat gullab
yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo’ldi. Ular insoniyat tarixida sezilarli iz
qoldirdi»,-deb ta’kidlangan I.A.Karimov.
Haqiqatdan ham hozirgi O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega
bo’lgan davlat mavjud edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida
o’ta rivojlanganligini isbotlab turibdi. Chunki adolat va huquq hukmron bo’lmagan
davlat kuchli va qudratli davlat bo’la olmaydi.
Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham isbotlab turibdi. O’z
zamonasida Mirzo Ulug’bek ham kishilarning huquqiy ongi yuksak bo’lishi
haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun farzdir
va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi.
Insonning kamol topishida ilm bilan birga o’z haq-huquqini bilishi hamma
zamonlarda asosiy hal etuvchi omil bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ana shu maqsadni umumiy o’rta ta’limning quyi
bosqichi boshlang’ich sinf o’quvchilari zimmasiga yuklatildi. Buning uchun
11
o’qituvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy
asosda bilishi va o’z o’quvchilariga o’rgata olishi juda muhim.
O’qituvchilar o’quvchilar ongida quyidagi tushunchani singdirishga
erishmog’i darkor. Qonunchilik-bu ijtimoiy hayotning alohida tartibi bo’lib, uning
asosiy mohiyati qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir.
Yoshlarni huquqiy ijtimoiylashtirishimizda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi «Yoshlarni huquqiy ta’limini
takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi
bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani
ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va
ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv
yili davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan
huquqiy hususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya ta’lim muassasalarida, umumta’lim
maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy
mezonlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish
demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida gap yuritmoqchi bo’lsak,
respublikamizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurulishi, huquqiy tizim va jamiyatni
ma’naviy o’rganish sohasida keng ko’lamli islohatlar o’tkazilmoqda.
O’tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy
hayotning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va takomillashmoqda. Shu
munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-
avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi. Huquqiy madaniyat-umumiy
madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror
topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy
dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy
12
bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi qanday vazifalarni ko’zda
tutadi?
Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish;
Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga
hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish;
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
Fuqarolarning ijtimoiy huquqiy faolligini oshirish singari ustivor
yo’nalishlarga erishishdan iboratdir. Mazkur milliy dastur fuqarolarning huquqiy
ta’limi va huquqiy tarbiyasi yuridik organlar, bolalar muassasalari, boshlang’ich
ta’lim, barcha turdagi maktab va oliy ta’lim qatlamlariga daxldor bo’lib, uni
joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb
vazifasidir. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati
darajasida ko’tarilishi lozim. Bu Prezidentimizning hayotiy kuzatishlari asosida
kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir.
-Inson huquqlari eng avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy
ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov.
Prezidentimiz Islom Karimovning huquq to’g’risidagi ma’ruzalarida
odamlarimiz ongida eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy
ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning
talabidir. Ana shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo
etish mumkin bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi
nima? Huquqiy burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan,
pokni-nopokdan ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy
bilimga ega bo’lgan inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi. Demak biz
maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor yaratishimiz
kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini tarkib
toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy bilimga
13
ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston
Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim
oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi
alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir
o’quvchiga
amaliy
faoliyatida
zarur
bo’ladigan
huquqiy
bilimlarni
belgilangandavlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini
berishdan iboratdir. Huquqiy ta’lim maktabda maktabda uzluksiz ravishda olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |