II BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XUQUQIY
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA
METODLARI.
2.1 Kichik yoshdagi o’quvchilarda dars jarayonida xuquqiy tushunchalarni
shakllantirishning pedagogik jixatlari.
Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o’quvchilarning yosh hususiyatlarini
hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan.
Konstitusiyani o’rganish bo’yicha dasturlar, darsliklar, adabiyotlar va metodik
tavsiyalar yaratish kun tartibiga qo’yiladi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib
umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarida 10 soatdan «Konstitusiya
alifbosi» va 5-7 sinflarda «Konstitusiya olamiga sayohat»dan 14 soatlik darslar
joriy etildi.
Boshlang’ich sinflardan ona tili, atrof olamni muhofaza qilish va o’qish
singari darslarini o’rganish tarkibida o’rganiladigan bo’ldi. Bunda ko’zda
tutiladigan asosiy maqsad kichik o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha va ilk
ko’nikmalarni tarkib toptirishdir. Xalqimizda dunyo xalqlari tarixidan ma’lumki,
har bir millat va elatdan faqat erkinliklarini qo’lga kiritgandan so’nggina ravnaq
topganlar. Tarixda «Turon, Turkiston va Movaraunnuxr» nomi bilan mashhur
bo’lgan Markaziy Osiyo, ayniqsa O’zbekiston hududida ming yillar davomida
yuksak madaniyat gullab yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo’ldi. Ular insoniyat
tarixida sezilarli iz qoldirdi»,-deb ta’kidlangan. I.A.Karimov haqiqatdan ham
hozirgi O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega bo’lgan davlat mavjud
edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida o’ta rivojlanganligini
isbotlab turibdi.Chunki adolat va huquq hukmron bo’lmagan davlat kuchli va
qudratli davlat bo’la olmaydi. Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham
isbotlab turibdi.
O’z zamonasida Mirzo Ulug’bek ham kishilarning huquqiy ongi yuksak
bo’lishi haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun
farzdir va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi.
35
Insonning kamol topishida ilm bilan birga o’z haq-huquqini bilishi hamma
zamonlarda asosiy hal etuvchi omil bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ana shu maqsadni umumiy o’rta ta’limning quyi
bosqichi boshlang’ich sinf o’quvchilari zimmasiga yuklatildi. Buning uchun
o’qutuvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy
asosda bilishi va o’z o’quvchilariga o’rgata olishi juda muhim. O’qituvchi
o’quvchilar ongida quyidagi tushunchani singdirishga erishmog’i darkor.
Qonunchilik-bu ijtimoiy hayotning alohida tartibi bo’lib, uning asosiy mohiyati
qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir.
Yoshlarni huquqiy ijtimoiylashtirishimizda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi «Yoshlarni huquqiy ta’limini
takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi
bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani
ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va
ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv
yili davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan
huquqiy hususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya muassasalarida, umumta’lim
maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy
mezonlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish
demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida gap yuritmoqchi bo’lsak,
respublikamizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurulishi, huquqiy tizim va jamiyatni
ma’naviy o’rganish sohasida keng ko’lamli islohatlar o’tkazilmoqda.
O’tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy
hayotning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va takomillashmoqda. Shu
munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-
avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi. Huquqiy madaniyat-umumiy
36
madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror
topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy
dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy
bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi qanday vazifalarni ko’zda
tutadi;
Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish;
Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga
hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish;
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
Fuqarolarning ijtimoiy huquqiy faolligini oshirish singari ustivor
yo’nalishlarga erishishdan iboratdir. Mazkur milliy dastur fuqarolarning huquqiy
ta’limi va huquqiy tarbiyasi yuridik organlar, bolalar muassasalari, boshlang’ich
ta’lim, barcha turdagi maktab va oliy ta’lim qatlamlariga daxldor bo’lib, uni
joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb
vazifasidir. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati
darajasida ko’tarilishi lozim. Bu Prezidentimizning hayotiy kuzatishlari asosida
kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir.
-Inson huquqlari eng avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy
ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov.
Prezidentimizning huquq to’g’risidagi ma’ruzalariga odamlarimiz ongida
eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirish,
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning talabidir. Ana
shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo etish mumkin
bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy
burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan
ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy bilimga ega bo’lgan
37
inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi. Huquqiy ta’lim maktabda
maktabda uzluksiz olib boriladi.
Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor
yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini
tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy
bilimga ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim
oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi
alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir
o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan
davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan
iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni skakllantirishda
ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma, onatili,Konstitutsiya alifbosi kabi
fanlarning ahamiyati katta.“Konstitutsiya alifbosi” kursining asosiy vazifasi
o’quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat. Bunda eng avvalo
o’quvchilar diqqatini “huquq” so’zining ma’nosini, inson huquqlarining
mohiyatini, bolalar huquqlarini, odamlar bilan munosabatda huquqiy madaniyat
me’yorlariga mos munosabatda bo’lish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.
Darslar o’tilishi davomida o’qituvchi jamiyatda sodir bo’lgan voqelikka
munosabat bildirishiga to’g’ri kelib qolsa, mavzudan kelib chiqib, o’zi lozim
topgan metodda yoki yo’nalishda dars tuzilishini o’zgartirishi mumkin (mavzular
ketma-ketligi yoki biron-bir mavzu matni).
“Konstitutsiya
alifbosi” mashg’ulotlari orqali o’quvchilar O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa huquqiy hujjatlarda aks topgan o’z
huquqlarini bilishlari, huquqiy madanyatli bo’lish nima uchin kerakligini tushinib
yetishlari zarur. Insonparvarlik munosabatlari shakllangan, madanyati rivojlangan
jamiyatdagi insonlar o’z qadr-qimmatlarini bilishlari, o’zgalar huquqini hurmat
qilishlari muhimdir.
38
Mashg’ulotlarni o’quvchilar tez qabul qila oladigan didaktik o’yinlar, rasmlar
bo’yicha ishlash, hikoyalar yozish, psixotreninglar, viktorinalar kabi shakl va
metodlarda olib borish maqsadga muvofiq.
Ko’zlangan natijalarga erishish uchun o’quvchi shaxsiga hurmat bilan
qarash muhitini yaratish lozim. Ularda shu yo’l bilan o’z qadrini bilish bilan birga,
o’zgalar hurmat va ishonchiga javoban atrofdagilar huquqlarini hurmat qilish
fazilatlari shakllanilishiga erishiladi. Dars davomida doira bo’lib bir-birlariga
yuzlanib o’tirishlariga imkon yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |