3 bob. "Tungi turna" pyesasida yozuvchi mahorati


Yapon dramaturgiyasida “shingeki” teatrining xususiyatlari



Download 144,47 Kb.
bet13/23
Sana04.02.2022
Hajmi144,47 Kb.
#430842
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
md.mastura3 ASOSIY

Yapon dramaturgiyasida “shingeki” teatrining xususiyatlari.

Yaponiya – an’anaviy qadriyatlarini o‘z teatrida saqlab qolgan mamlakatdir. Uning teatri o‘zining g‘ayrioddiy janrlari bilan ajralib turadi. Har bir janr o‘ziga xos ekspressiv vositalar quroliga ega bo‘lib, u orqali tomoshabinga ta’sir etadi. Yapon teatrshunosligida Meyji inqilobidan so‘ng, XX asr boshlarida Yevropa teatri ta’sirida yangi teatr janrlari yuzaga kelgan. Ularga quyidagilar kiradi:



  1. Shimpa (新派) – o‘tgan asrning oxirida an’anaviy teatr asosida vujudga kelgan teatr san’atining yangi turi;

  2. Shinkokugeki (新国劇) – yapon an’anaviy teatri asosida yaratilgan mashhur teatr janri;

  3. Shingeki (新劇) – bu Yevropa teatrining bevosita ta’siri ostida yuzaga kelgan zamonaviy dramalar22.

Ushbu janrlarning barchasi yapon teatrlari sahnalarida yashagan, ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatga erishgan, turli tomoshabinlar o‘rtasida o‘z muxlislariga ega bo‘lgan va shuningdek, mamlakat teatr hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu janrlarning hech biri klassik teatrning badiiy formalariga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, ularning har biri o‘z uslubi bilan muvaffaqiyat qozonib, klassik teatrdan ko‘ra ko‘proq tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Shu sababli, zamonaviy Yaponiyaning teatr manzarasini bu yangi janrlarni ko‘rib chiqmasdan turib, to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi.
Qadimgi yunonlardan to Shekspirgacha, Fyodor Dostoevskiydan Samuel Bekketgacha bo‘lgan ko‘plab G‘arb dramaturglari pyesalari Tokyo teatrlarida namoyish etildi. Tokyo dunyoning yetakchi teatr markazlaridan biriga aylandi va har yili juda ko‘p sonli, deyarli 3000ga yaqin spektakl namoyish etilar edi. Globus Teatri nusxasining ochilish marosimi Shekspirning barcha tarixiy asarlarini ijro etish uchun Britaniyadan kelgan ingliz jamoasi tomonidan nishonlandi, boshqa Tokyo teatrlarida esa Shekspirning boshqa spektakllari, shu jumladan “Gamlet” va “Qirol Lir”ning turli xil talqinlari namoyish etildi.
Shingeki (新劇, so‘zma-so‘z – yangi drama) – Yevropa tipidagi zamonaviy teatr – XX asr boshlarida Yaponiyada Tsubouchi Shoyo va Osanai Kaoru sa’y-harakatlari natijasida paydo bo‘ldi. “Osiyo teatriga Kembridj qo‘llanmasi”da shingeki teatri tarixi 4 davrga bo‘linadi:

  1. 1887-1928 yillar – zamonaviy teatrning tashkil topishi;

  2. 1928-1945 yillar – siyosiy modernizm;

  3. 1960-1973 yillar – modernizmdan voz kechish;

  4. 1973 yildan hozirga qadar – turli tuman yo‘nalishlar vujudga kelishi23.

1906 yilda Vaseda universiteti professori Tsubouchi Shoyo “Bungey kyokay” (「文芸協会」 ― “Adabiy-badiiy jamiyat”) nomli jamiyat tuzdi. Dastlab, bu jamiyat umuman sa’natning barcha yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga intildi. Biroq asta-sekin jamiyatning qiziqish doirasi faqat teatrga qaratila boshlandi. 1909 yil boshlarida “Bungey kyokay” teatr jamiyatiga aylandi. Tsubouchi ota-onasidan qolgan katta boylikning bir qismini kabuki teatri uslubiga bog‘liq bo‘lmagan aktyorlar tayyorlovchi teatr studiyasiga berdi. U avval o‘n yettita yigit va to‘rtta qizdan iborat kichik yoshlar guruhi bilan ish boshladi. Keyinchalik ularning orasida ko‘pchiligi yangi yapon teatrining mashhur namoyondalariga aylandi. Ular orasidan Kato Seichi va Kavatake Shigetoshi taniqli teatr mutaxassislariga aylandi. Ular XX asr 70-yillariga qadar Vaseda Universitetida ishlashdi. Savada Shojiro “shinkokugeki” (「新国劇」 – yangi davlat teatri) asoschisi bo‘ldi. Shu bilan birga, Hayashi Chitose, Matsui Sumako va Yamakava Uraji ko‘p yillar davomida shingeki teatri sahnalarida chet el spektakllarini mahorat bilan ijro etgan eng mashhur aktyorlar sifatida tarixda o‘z nomlarini qoldirdi.
Tsubouchining studiyadagi yoshlar bilan mashg‘ulotlari ikki yil davom etdi. Bu yillar davomida Tsubouchiga faylasuf hamda bo‘lajak teatr arbobi Shimamura Xogetsu katta yordam berdi. Shimamura Vaseda Universitetini tugatgan, shuningdek, Oksford hamda Berlin universitetlarida psixologiya va estetika bo‘yicha tahsil olgan edi. Shu bilan birga, u o‘qish mobaynida Yevropa teatri bilan jiddiy tanishishga ulgurgan edi.
“Bungey kyokay” guruhining birinchi spektakli Tsubouchi tomonidan tarjima qilingan Shekspirning “Gamlet” asari bo‘ldi. Tsubouchi Shoyo Shekspir asarlarining to‘liq saylanmasini yapon tiliga tarjima qilgan birinchi tarjimon hisoblanib, uning dramalarini astoyidil ommaga targ‘ib qilgan. Shimamura esa yangi teatr o‘z faoliyatini barchaga tanish bo‘lgan Ibsen, Zuderman, Chexov va Gorkiyning asarlarini sahnalashtirish bilan shug‘ullanishi kerak deya hisoblar edi. Ayni shu vaqtda, Tsubouchi Shekspirning “Venetsiyalik savdogar” asarini sahnalashtirishga kirishdi, Shimamura esa Ibsenning “Qo‘g‘irchoq uyi” asarini tarjima qilib, uni sahnalashtirishni taklif qildi24.
Ikkala spektakl ham 1911 yilning kuzida ommaga taqdim etildi. Shekspir pyesasi deyarli e’tiborga tushmadi, lekin “Qo‘g‘irchoq uyi” o‘zining dramaturgiyasi va Nora rolini ijro etgan yosh aktrisa Matsui Sumakoning iste’dodi tufayli shuhrat qozondi.
Ibsenning “Yun Gabriel Borkman” asari sahnalashtirilayotgan vaqtda shingekining boshqa truppasi “Jiyu gekijo” (「自由劇場」 – “Erkin teatr”) nomi bilan Osanai Kaoru va unchalik mashhur bo‘lmagan kabuki teatri aktyori Ichikava Sadanji boshchiligida o‘z faoliyatini boshladi25. Ularning maqsadi Yaponiyada zamonaviy Yevropa daramalarini targ‘ib qilish va aktyorlarni kabuki va shimpa teatrlari aktyorlariga o‘xshamagan holda, mutlaqo yangi sistema bo‘yicha qayta tayyorlash edi. Spektakl juda katta muvaffaqiyatga erishdi. U yapon xalqining teatr haqida yangi tasavvurlarini shakllantirdi.
“Bungey kyokay” va “Jiyu gekijo” yangi teatrda kadrlar tayyorlash masalasiga turli xil yondashdi. “Bungey kyokay” havaskor akytorlarni sahnaga olib chiqishni afzal ko‘rgan bo‘lsa, “Jiyu gekijo” faoliyatini professional aktyorlar bilan olib borishni ma’qul ko‘rdi. Ammo ularning ko‘pchiligi kabuki teatri vakillari bo‘lganligi sababli, bu teatrda sahnalashtirilgan pyesalarda begona element, ya’ni kabuki elementlari mavjudligi ko‘zga yaqqol tashlana boshlandi. Mohir aktyorlar tomonidan “Yun Gabriel Borkman” spektakliga tayyorgarlik tezda yakun topgan bo‘lsa ham, ularning kabuki onnagata – ayollar rolini ham ijro etib kelganligi bu spektaklning biroz g‘ayrioodiy chiqishiga sabab bo‘ldi.
1914 yilda muvaffaqiyatsizlik, ichki kelishmovchilik sababli “Bungey kyokay” guruhi parchalanib ketdi. Uning o‘rniga uchta teatr uyushmasi vujudga keldi: “Geyjutsuza” (「芸術座」– “Badiiy teatr”), “Butay kyokay” (「部隊協会」– “Sahna jamiyati”), “Mumeykay” (「無名会」– “Nomsiz jamiyat”). Ularning ichida shingeki tarixida sezilarli iz qoldirgan truppa “Geyjutsuja” bo‘ldi26.
“Geyjutsuza” aktyorlari “Teykoku gekijo” (「帝国劇場 」– “Imperator teatri”) sahnasida L.Tolstoyning “Tirilish”, “Anna Karenina”, A.Chexovning “Ayiq”, Ibsenning “Qo‘g‘irchoq uyi”, O.Uayldning “Salomeya”, P.Merimening “Karmen” va boshqa asarlarini sahnalashtirdi. 1918 yil Shimamura Hogetsu vafot etdi. 1919 yil Matsui Sumako o‘z joniga qasd qildi. Bu voqealar truppa parchalanib ketishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib xizmat qildi.
Haqiqiy shingekining tug‘ilishi esa “Tsukiji shogekijo” (「築地小劇場」 – “Tsukiji kichkina teatri”) barpo etilishi bilan bog‘liq. Bu teatr Xijikata Yoshi tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda 497 kishiga mo‘ljallangan joy bo‘lgan. Bu teatr Yaponiyadagi birinchi Yevropa dizaynidagi teatr hisoblanib, teatrda sahnani yorituvchi maxsus asboblar, yevropacha jihozlar mavjud edi.
“Tsukiji shogekijo” o‘z faoliyatini R. Geringning “Dengiz jangi” asari bilan boshladi. Xijikata R.Rollanning “Bo‘rilar”, A.Chexovning “Olcha bog‘i”, “Uch opa-singillar”, “Vanya buvi”, Gogolning “Revizor” asarlarini sahnalashtirdi. Dastlabki ikki yil davomida teatrda faqat tarjima pyesalar namoyish etildi. 1926 yilda 44ta chet el dramalaridan so‘ng birinchi yapon pyesasi – Tsubouchi Shoyoning “Enno gyoja” (「役行者」– “Piligrim”) pyesasi sahnalashtirildi. Shundan so‘ng Mushanakoji Sanaetsuning “Aiyoku” (「愛欲」– “Ishq”), Nakamura Kichijoning “Osio Xeyxatiro”, Satomi Ton “Tanomu” (「頼む」– “Iltimos”), Kubota Mantaroning “Otera gakko” (「御寺学校」– “Ibodatxona maktabi”), Kitamura Komatsuning “Sarukara moratta kaki-no tane” (「猿から貰った柿の種」– “Maymundan olingan mayda xurmo”) asarlari sahna yuzini ko‘rdi27.
“Tsukiji shogekijo” teatri faoliyati yillari Yaponiyada inqilobiy sotsialistik g‘oyalarning keng tarqalish davriga to‘g‘ri keldi. Shuning uchun teatr repertuarida inqilobiy mavzudagi pyesalar paydo bo‘la boshladi. Bu mavzular borasida teatr xodimlarining dunyoqarashi bir xil bo‘lmaganligi sababli, ular orasida kelishmovchiliklar boshlandi.
“Tsukiji shogekijo” truppasi qulagandan ko‘p o‘tmay, sotsialistik g‘oyalarga sodiq qolgan Xijikata Yoshi o‘zining hamfikrlari bilan birgalikda “Shintsukiji gekidan” truppasini (「新築地劇場」– Yangi Tsukiji teatri”) tashkil etdi. Uni yaratishda Maruyama Sadao, Ito Koichi, Susukida Kenji, Yamamoto Yasue, Xosokava Chikako, Shimada Keiichi va Takahashi Toyoko ishtirok etdi. Hijikata truppasi o‘sha paytda Yaponiyada tarqalib borayotgan “Yapon Proletar Teatrlari Ittifoqi” (「日本プロレタリア劇所同盟」 – Nihon puroretaria gekijyo domey) nomli proletar teatr harakatiga qo‘shilish natijasida bu truppa parchalana boshladi28
“Tsukiji shogekijo” aktyorlarining qolgan a’zolari “Gekidan Tsukiji Shogekijo” (「劇団築地小劇場」– “Tsukiji kichkina teatri birlashmasi”) truppasini tashkil etdi. Tarqatilgan guruhning qolgan qismi boshqa turli xil shingeki guruhlariga qo‘shilishdi.
1928 yil mart oyida Yaponiyada “15 mart voqeasi” deb nomlangan butun jamoatchilikni hayratga solgan voqea yuz berdi. Shu kuni kommunistlarni ommaviy hibsga olish ishi amalga oshirildi. Ularga qarshi – chap yo‘nalishdagi teatr arboblari ushbu hodisaga kuchlarni birlashtirish bilan javob berishdi. Keyingi oyda tarqalib ketgan aktyorlar guruhlari “Sayoku Gekijo” (「左翼劇所」– Chap teatr”)ga birlashdilar. Qiyinchiliklar va repressiyalarga qaramay, “Sayoku Gekijo” teatri olti yil davomida o‘z faoliyatini davom ettirdi. U bayram va tantanalarda o‘z spektakllarni namoyish etdi va viloyatlarda ko‘plab teatr truppalarini shakllantirishga yordam berdi.
Biroq, Manjuriyada harbiy harakatlar boshlanishi munosabati bilan chap qanot teatr arboblariga qarshi repressiyalar yanada kuchaydi va bu truppalar amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Uning ko‘plab aktyorlari hibsga olindi. 1934 yilga kelib repressiya shu qadar kuchayganligidan biron bir spektaklni sahnalashtirish imkonsiz bo‘lib qoldi. Hech bo‘lmaganda bir muddat hokimiyat ta’qibidan yashirish uchun uning nomi “Chuo gekijo” (「中劇場」– Markaziy teatr”) deb o‘zgartirildi. Ammo yangi nom bilan ham teatr o‘z ishini davom ettira olmadi.
Yana bir shingeki teatrining mashhur guruhlaridan biri “Bungakuza” (「文学座」– “Adabiy teatr”) edi. Qatag‘on va ta’qiblardan omon qolgan yagona shingeki truppasi “Tsukijija” truppasi asosida 1937 yilda tuzilgan edi. “Bungakuja” teatr asoschilari taniqli yapon yozuvchilari M.Kubota, K.Kishida, T.Ivatalardir. Birinchi spektakl 1938 yilning martida namoyish etilgan. Programmada uchta spektakl mavjud bo‘lib, bu dramalar tomoshabinlar uchun katta yangilik bo‘lmadi29. Ushbu truppa “San’at – san’at uchun” shiorini ilgari surdi va barcha siyosiy harakatlar va guruhlardan qochib qutuldi. Biroq, teatr urush davridagi qiyinchiliklardan qochib qutula olmadi, ayniqsa 1941 yildan so‘ng, Tinch okeanida urush boshlanganda ko‘ngilochar namoyishlar taqiqlandi. Harbiylarga ilhom bag‘ishlashga yordam berish uchun teatr kuchlari safarbar qilindi. Aktyorlar askarlar oldida, qishloqda yoki fabrikalarda faqat millatni birlashtirish, odamlarni ilhomlantirish, ularni g‘alaba uchun yangi harakatlarga safarbar qilish maqsadida chiqishlari mumkin edi.
Tabiiyki, bunday sharoitda har qanday jiddiy ijodiy faoliyat haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi. Teatr jamoalarining asosiy vazifasi teatrni omon saqlab qolish edi. Bu yillardagi teatr repertuaridagi yagona asar, Morimoto Kaoruning “Onna no issyo” (「女の一生」– Ayolning hayoti”) dramasi edi. Pyesani sahnada namoyish etish qiyin edi, chunki Tokyoga bo‘lgan havo hujumlari natijasida teatr xonalarining aksariyati buzilgan yoki yoqib yuborilgan edi. Asar birinchi marta urush tugashidan to‘rt oy oldin namoyish etildi. 1947 yilda teatr faoliyati qayta tiklandi. Sugimura Xaruko Nonobiki Key tomonidan yozilgan pyesada bosh qahramoni rolini mukammal ijro etganligi uchun Yaponiya Badiiy akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1973 yilga kelib, “Onna no issyo” pyesasi teatrda 700 martadan ko‘p namoyish etilgan edi.
XX asr o‘rtalaridan boshlab truppaga dramaturg Fukuda Tsuneari qo‘shildi. Uning pyesalari ichida she’rlardan iborat bo‘lgan “Meyan” (「明暗」– “Nur va zulmat”) pyeasasi katta shuhrat qozondi. Unda ko‘r insonning ayanchli qismati va oilaviy munosabatlardan so‘ng ko‘rish qobiliyatining qaytganligi haqida hikoya qilinadi. Spektaklga bo‘lgan qiziqish, asosan, spektaklning she’riy shakliga bog‘liq bo‘lib, tomoshabinlarga yapon tili talaffuzining naqadar go‘zalligini yana bir bor anglash imkoniyatini yaratdi.
Ikkinchi jahon urushi teatr faoliyati uchun qora yillar bo‘ldi. Harbiy muvaffaqiyatga hissa qo‘shmagan har qanday narsa mutlaq ta’qiqlangan edi. Hattoki, namoyishga ruxsat etilgan pyesalar ham qattiq nazorat ostida bo‘lgan. 1944 yilning qish kunlarining birida aktrisa Akiko Tamuraning uyida shingeki teatrining sobiq aktyorlari yig‘iladi. Ular teatr haqida suhbatlashishadi. Shunda aktrisa Teruko Kishi qamoqxonadagi eridan xat olganligi haqida boshqalarga aytadi. Uning eri aktyor va rejissor Koreya Senda teatr ishlari tufayli qamoqqa olingan edi. U o‘z xatida shunday yozgan edi: “Truppa yig‘ va spektakl sahnalashtirish bilan shug‘ullan. Urushdan so‘ng darhol teatr tashkillashtirish uchun hozirdan tayyorlanishni boshlash kerak...”30.
Urush qiyinchiliklariga qaramasdan 1944 yilda “Xayyuza” (「俳優座」– “Aktyorlar teatri”) truppasi tashkillashtirildi. Unda atigi 10 kishi faoliyat ko‘rsata boshladi. Bunday nom berilishiga asosiy sabab, truppa a’zolari teatr faoliyatini aktyorlik san’atini o‘rganishdan boshlashni xohlaganida edi31. Truppa urushdan keyingi faoliyatga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu sababli aktyorlar biror pyesani sahnalashtirishga harakat qilishmadi, aksincha, ular o‘z san’atlarini takomillashtirib, pyesalarni namoyish etish uchun yaxshi vaqtlarni kutishdi. Dramatik san’at bo’yicha ma’ruzalar o‘tilib, yoshlarga aktyorlik mahoratidan dars berib borildi.
Urushdan keyingi yillarda shingeki rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan jiddiy muammo teatr binolarining yetishmasligi edi. Tokyoning to‘qqiz yirik teatrlardan oltitasi bombardimon va yong‘in natijasida barbod bo‘lgan, omon qolgan atigi uchta teatr xalqning barcha teatr janrlari san’atiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak edi. Janrlar o‘rtasidagi raqobat va og‘ir soliqlar shingeki pyesalarining sahnaga chiqishiga imkoniyat bermasdi. Bundan tashqari, omon qolgan bir nechta teatrlarning sahnalari dramatik tomoshalar uchun juda katta edi. Shingeki chiqishlari uchun yagona mos joy Mitsukoshi univermagining birinchi qavatida tashkil etilgan kichik zal edi. Ushbu zal 1947 yilda ochilgan va barcha shingeki truppalari 1952 yilgacha, ya’ni do‘kon ma’muriyati univermagni boshqa maqsadlarda ishlatishni boshlaguniga qadar shu yerda namoyish etilgan. Shundan so‘ng sahna muammosi yanada keskinlashdi.
Ushbu muammoni hal qilishni “Xayyuza” truppasi aktyorlari o‘z zimmalariga oldilar. Truppa xodimlari filmlar va televideniye orqali ishlab topgan pullarini yig‘ib, o‘z hisobiga Tokioning Rappongi tumanida 400 kishiga mo‘ljallangan, yaxshi jihozlangan teatr qurishdi. Teatr ochilishi Aristofanning “Lisistrata” spektakli bilan boshladi.
Teatr qurilishi bilan bog‘liq qarzlar aktyorlarni 1961 yilgacha tez-tez filmlarda suratga tushishga va televizion filmlarda ishtirok etishga majbur qildi va ishlab topilgan pul qarzni to‘lashga sarflandi. Teatrdan tashqarida olib borilgan ishlar jamoaning ijodiy ishini susaytirgan bo‘lsa-da, ammo truppa shu yillar davomida bir qator qiziqarli spektakllarni namoyish etdi. 
1946 yil hali urush asoratlari ketmagan paytda, Tokioda to‘rtta shingeki truppalari mavjud edi. Bular: “Shinkyo gekidan” (「新協劇団」– “Shingeki truppasi artistlar uyushmasi”), “Tokyo geyjutsu gekijo” (「東京芸術劇場」– “Tokyo badiiy teatri”), “Bungakuza” (「文学座」– “Adabiy teatr”), “Xayyuza” (「俳優座」– “Aktyorlar teatri”) edi. Bu teatrlar urushdan so‘ng ozod qilingan ko‘plab aktyorlarni birlashtirgan edi32.
Urushdan so‘ng ozod etilgan arboblardan biri Hijikata Yoshi bo‘lib, 1941 yil Moskvadan qaytib kelganda darhol hibsga olingan edi. 1945 yil oxirida Hijikata Yoshi qamoqdan ozod qilindi va mamlakatning teatr jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. 1946 yilda u Kommunistik partiya a’zosiga aylandi. Ikki yildan so‘ng u Markaziy teatr maktabining direktori lavozimini egalladi. Yaponiyaning ushbu ilg‘or arbobining mamlakat yangi teatr san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi juda katta. Uning yutuqlari 1959 yilda vafotidan keyin Hijikata Yoshiga Yaponiya madaniyat xodimlari kongressi mukofotini topshirish bilan tan olingan.
1947 yilda bu to‘rt teatr uyushmasiga “Minshyu geyjuja”, qisqartmasi “Mingey” (「民芸」– “Xalq badiiy teatri”) nomli yana bir truppa qo‘shildi. Bu truppa namoyish etgan Shimazaki Tosonning “Xakay” (「破戒」– “Buzilgan ahd”) romani Yaponiyadagi eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan elita qatlam va quyi tabaqa o‘rtasidagi an’anaviy kamsitishlar borasidagi muammolarga bag‘ishlangan edi. 70-yillarda bu truppa asosan, sovet dramaturgiyasiga murojaat qilgan.
Aynan shu yili yana bir shingeki truppasi – “Budo-no kay” (「ぶどうのかい」– “Uzum jamiyati”) vujudga keldi. Bu truppani dramaturg Kinoshita Junjining rafiqasi, aktrisa Yamamoto Yasue boshqargan. Jamoa o‘z ishini Kinoshita Junjining “Yuzuru” (“Tungi turna”) pyesasini sahnalashtirish bilan boshlagan. Bu pyesa turna qiz haqidagi poetik xalq rivoyati bo‘lib, unda turna dehqon yigitni yaxshi ko‘rib qoladi va yigitning mol-dunyoga nisbatan ochko‘zligi tufayli nobud bo‘ladi. Bu truppa Kinoshitaning boshqa ko‘plab pyesalarini ham namoyish etdi. Bosh rejissor Okakura Shironing vafoti nafaqat “Mingey” truppasiga, shuningdek, “Budo-no kay”ga ham katta ta’sir qildi. Shundan so‘ng, 1964 yilda bu guruh o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
1964 yil kuzida Yamamoto Yasue “Budo-no kay” parchalangan so‘ng “Yamato Yasue-no kay” (「山本康江の会」– “Yamato Yasuening guruhi”) nomli guruh tashkil etadi va Kinoshita Junjining pyesalarini tomoshabinlarga taqdim eta boshlaydi. 1966 yilda “Do‘zaxning yemirilishi”, “Xanavaka” pyesalari sahna yuzini ko‘rdi. Oxirgi spektaklga Yamato musiqa va raqsni qo‘shdi va bu tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. “Yamato Yasue-no kay” Kinoshita Junjining “Yuzuru” pyesasini qayta sahnalashtirdi. Bu spektakl Tokio va Yaponiyaning boshqa provinsiyalarda 456 martadan ortiq namoyish etildi. Yamamoto bu spektaklda turna qiz Tsu rolini ijro etdi33.
Shingeki teatri janrlarining zamonaviy holati yapon teatrshunoslari va tanqidchilarini ko‘plab bahslarga chorlardi. Fikrlar turli xil edi. Kimdir bu janr inqirozga yuz tutmoqda deb hisoblasa, kimdir u o‘zining yuksalish cho‘qqisida deb ta’kidlardi. Ammo mutaxassislar nima deyishidan qat’i nazar, Shingeki truppalari faoliyati yapon zamonaviy teatrida o‘chmas iz qoldirdi. Bu janr Yaponiyaga Yevropa teatri asoslarini tanishtirdi. Yevropa muhitini yapon xalqi tasavvurida shakllanishida katta xizmat qildi. Shuningdek, shingeki o‘zida Yevropa va yapon teatrining birlashmasini yaratdi. Shingeki teatrida faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab taniqli namoyondalar zamonaviy dramaning rivojlanishida turli xil o‘ziga xos yo‘llar qidirdi va bu izlanishlar natijasida katta muvaffaqiyatlarga erishishdi.


Download 144,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish