3 bob. "Tungi turna" pyesasida yozuvchi mahorati


BOB. KINOSHITA JUNJINING “TUNGI TURNA” PYESASIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI



Download 144,47 Kb.
bet15/23
Sana04.02.2022
Hajmi144,47 Kb.
#430842
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
md.mastura3 ASOSIY

2 BOB. KINOSHITA JUNJINING “TUNGI TURNA” PYESASIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI.


2.1. Kinoshita Junji pyesalarida xalq ertaklari mavzusi.

Yaponiyada davlatlararo aloqalar natijasida zamonaviy teatr XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kela boshladi. Bu davrda yaratilgan zamonaviy teatrlar yapon xalqi madaniyatining ajralmas bir bo‘lagiga aylanishiga, mahoratli dramaturg, aktyor, aktrisalarning yetishib chiqishiga tayanch bo‘ldi.


Shunday mahoratli dramaturglardan biri Junji Kinoshita (順二木下, 1914-2006) taniqli zamonaviy yapon dramaturglaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy asarlari xalq og‘zaki ijodi va tarixiy voqealar asosida yaratilgan bo‘lib, asosiy mavzu urush, aybdorlik hissi, javobgarlik tushunchalarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Dramaturg ilk pyesalarini yoza boshlaganda hali 30 yoshga ham to‘lmagan edi. Yozuvchi 1914 yil 2 avgustda Tokioda tavallud topgan. Uning oilasi 1923 yilda Tokiodan Kumamoto shahriga ko‘chib o‘tadi va 1936 yilda bakalavr darajasini beradigan Kumamoto yuqori maktabini bitiradi. Shundan so‘ng Tokio davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qishni maqsad qilgan bo‘lajak dramaturg 1939 yilda shu yo‘nalish bo‘yicha magistrlik darajasini tamomladi. Hali talabalik paytida Kinoshita “shingeki” teatri aktrisasi Yasue Yamamoto bilan uchrashib qoladi. Ushbu uchrashuv bo‘lajak dramaturg va yangi teatrning iste’dodli aktrisasi bilan yaqin ijodiy hamkorlikning boshlanishi bo‘ldi. “Hatto urush paytida ham, bir marta men bilan suhbatda, – deb yozadi Yamamoto o‘z xotiralarida, Kinoshita dramaturg bo‘lishni istashi haqida gapirdi va mendan maslahat so‘radi. Men uning qarorini mamnuniyat bilan ma’qulladim...”34. Kinoshita aktrisadan ilhomlanib, o‘zining birinchi dramalarini yozishni boshladi. Yamamotoga bu pyesalar yoqdi va ularda rol ijro etish istagini bildirdi. Biroq, urush davrida truppa tashkil etish va tomoshabinlarga spektakllarni namoyish etish uchun imkoniyat yo‘q edi. Faqat 1947 yil aprel oyida shingeki ixlosmandlari Kinoshita va Yamamoto bilan birgalikda “Uzum jamiyati” (「ぶどうの会」 – Budo no kai) nomli teatr truppasiga asos soldi. 1964 yil sentyabrga qadar (“Uzum jamiyati” o‘z faoliyatini tugatguncha) dramaturgning ushbu teatr bilan samarali hamkorligi davom etdi. Kinoshitaning deyarli barcha spektakllari ushbu truppa ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan. Bosh rollarni ajoyib aktrisa Yamamoto mahorat bilan ijro etdi.
Dramatik san’atning yosh ixlosmandlari tomonidan tashkil etilgan truppa o‘z oldiga realistik teatr san’ati asoslarini o‘rganish vazifasini qo‘ydi. “Uzum jamiyati” truppasi haqiqatan ham uzoq vaqt davomida Stanislavskiyning kitoblari asosida teatr san’atini qat’iy va vijdonan o‘rgandi. Rejissor Shiro Okakura truppa ishi va o‘qishini nazorat qildi. 1950-yillarda truppa tomonidan Stanislavskiy tizimini g‘ayrat bilan o‘rganish Stanislavskiy ta’limotlarini yapon teatri rahbarlari orasida tez tarqalishiga yordam berdi35.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan ko‘p o‘tmay, 1946-1949 yillarda, yapon matbuotida yosh dramaturg Junji Kinoshitaning yapon xalq ertaklari, rivoyatlari va afsonalari motivlari asosida yozilgan bir nechta pyesalari nashr etila boshlandi. Ushbu spektakllar darhol omma e’tiborini torta boshladi va Kinoshita nomi minvageki janri – xalq ertaklari mavzusidagi pyesalar yaratuvchisi sifatida tilga olina boshlandi36.
Kinoshitaning so‘zlariga ko‘ra, afsonalar teatr uchun qiziqarli material ekanligi haqidagi fikrni Kinoshitaning dramaturgiya sohasidagi birinchi tajribalari haqida bilgan Tokio universiteti ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilardan biri va Yoshio Nakano taklif qilgan37. Junji Kinoshitaning ta’kidlashicha, u xalq ertaklarini dramatik asarlarda qayta ishlash g‘oyasi bilan qiziqib, darhol Tokioning mashhur do‘konlari tumani – Kandaga borgan va u yerdan 3 jildlik “Yaponiyadagi barcha mintaqalarning eski ertaklari to‘plami” (「全国昔ばなし記録」– “Zenkoku mukashi banashi kiroku”) nomli kitobni sotib olib, uni o‘rganishni boshladi. Kinoshitani uning oldiga ochilgan xalq poetik olami egallab oldi. Uning xalq ertaklari mavzusidagi asarlari shu tarzda tug‘ildi38.
Yaponiya xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida kosmogonik afsonalardan tortib, kundalik ertak va qissalarga qadar turli xil janrlarda eng boy folklor asarlarini yaratdi. Ushbu ulkan merosni o‘rganib chiqib, Kinoshita yapon dramaturglari o‘zlarining folklorlar asarlaridan Yevropa dramaturglaridan ko‘ra ko‘proq turli xil materiallarni oldi degan xulosaga keldi. Agar Yevropa teatri, Kinoshitaning fikriga ko‘ra, Rasin va Kornil davriga qadar va bir muncha vaqt o‘tgach, asosan mifologiyadan syujetlar chizgan bo‘lsa, aksincha, Yaponiyada xalq ertaklari, afsonalari va rivoyartlari eng muhim ahamiyatga ega bo‘ldi39. Yozuvchi o‘z e’tiborini aynan shu narsalarga qaratgan.
Kinoshita dramalarida hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, qadimiy afsonalar va G‘arbiy Yevropa fablosiga yaqin kundalik hikoyalar ishlatgan. Albatta, og‘zaki folklor san’atini tasniflashda keng tarqalgan syujet-tematik mezon bo‘yicha bu bo‘linishni faqat shartli ravishda qabul qilish mumkin, chunki individual ertak motivlarining chambarchas bog‘lanishi va o‘zaro to‘qilishi har qanday janrni ajratib turishi deyarli imkonsiz edi. Bundan tashqari, Kinoshita qalamiga mansub asarlarda xalq ertaklari jiddiy o‘zgarishlarga duch kelmasligi mumkin emas edi. Yozuvchining o‘zi barcha hollarda manbaga ko‘r-ko‘rona ergashishni zarur deb bilmaganligini tan oladi40.
Xalq ertaklariga asoslangan pyesalar yozishni boshlagan Kinoshita nafaqat zamonaviy hayotdagi ertakning unutilgan poetik muhitini tiklashga intildi, shuningdek haqiqatan ham ommabop g‘oyalarni tushunarli va eng muhimi, aholining keng demokratik qatlamlari uchun yaratishni nazarda tutdi. Shu nuqtai nazardan, muallifning o‘zi tomonidan aytilgan Kinoshitaning birinchi pyesalaridan birini yaratish haqidagi hikoya juda xarakterlidir.
1943 yildan boshlab Kinoshita ancha vaqtgacha tog‘li qishloqda yashadi. Bir kuni mahalliy yoshlar uning oldiga yaqinlashib kelayotgan qishloq bayramiga biror narsa yozib berishini iltimos qilib kelishdi. Kinoshita rozi bo‘ldi va bir pardali “Yigirma ikkinchi kecha bayrami” (「二十二夜待ち」-“Nijuni-ya machi”) nomli pyesasini yozdi.
Asar ota-onaga va keksa odamlarga hurmat-ehtirom haqida gapiradigan kundalik axloqiy ertaklar, hikoyalar asosida yozilgan. Ushbu mavzu dunyoning deyarli barcha xalqlari folklorida keng tarqalgan. Yaponiyada ushbu turdagi ertaklar bir qator hollarda Konfutsiy ta’limotining qo‘shimcha ta‘siriga duchor bo‘lgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, Kinoshitaning pyesasida ushbu mavzu axloqiy jihatdan to‘liq hal qilingan va hech qanday diniy mazmunga aloqasi yo‘q. Pyesada bolaligida ota-onasidan judo bo‘lgan bechora dehqon o‘g‘li Toroku, uni tarbiyalagan buvisiga vazifasi bo‘lganligi tufayli emas, balki shunchaki yuragi shunga buyurganligi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Aynan o‘zaro muhabbat va hurmat bu ikki kishini ularning boshiga tushgan barcha mashaqqatlar va qiyinchiliklarga qaramay baxtli qiladi.
Voqealar rivoji juda qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladi. U faqat bir oqshom va keyingi tunni qamrab oladi. Pyesa bayram oqshomining tasviri bilan boshlanadi. Bu yerda Kinoshita xalq hayotining bir qismini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Mahalliy ibodatxonadagi xizmat tugaydi va oyning ko‘tarilishini kutayotgan dehqonlar ovqat yeb, sharob ichishadi, hazillashadilar va qo‘shiqlar kuylashadi. Ushbu sahnada yozuvchining Vataniga, urf-odatlariga, oddiy xalqiga bo‘lgan samimiy sevgisini his qilish mumkin. Spektakl ustida ishlayotganda, Kinoshita teatrlashtirilgan tadbirni tomoshabinlariga iloji boricha yaqinlashtirmoqchi edi. “Yigirma ikkinchi kecha bayrami” spektakli to‘g‘risida”gi maqolasida Kinoshita aynan shu paytda u dastlabki marosim raqslari, sehr-jodu va boshqalar singari folklor tomoshalari sahnalashtirilganda tomoshabinlar paydo bo‘lganligi haqida o‘ylardi41.
“Yigirma ikkinchi kecha bayrami”da Kinoshita haqiqatan ham mashhur spektakl yaratishga harakat qildi. Shu maqsadda, hanamichi42ning o‘lchamlari odatda qabul qilingan me’yorlarga nisbatan ko‘paytirildi. Natijada spektakl tomoshabinlar o‘rtasida o‘tkazilishi imkoniga ega bo‘ldi. Qishloq bayrami epizodlari iloji boricha ko‘proq aktyorlar uchun yozilgan bo‘lib, ularga Kinoshita bir yarim chiziqli qisqa rollar bergan. Spektaklning barcha ishtirokchilari sahnada o‘zini odatdagi bayramlarda qanday tutgan bo‘lsa, shunday tutishi kerak edi. Ular ovqatlanishlari, qo‘shiq aytishlari, hazillashishlari mumkin edi. Shunday qilib, spektaklda hatto improvizatsiyaning ba’zi elementlari ham bo‘lgan.
1943 yilda Kinoshita yettita sahna ko‘rinishidan – “Xikoichi haqida ertak” (「彦市ばなし」– “Xikoichi banashi”) pyesasini yozdi43. Ushbu asarda dramaturg tomoshabinga xalq ijodiyoti durdonalarining barcha jozibasi va ochiqligi yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. “Xikoichi haqida ertak”da xalq hazil ruhi, hiyla-nayrang va ahmoqlik, beparvolik va qo‘rqoqlik haqidagi xalq ertakalari g‘oyalari jonli ravishda yetkazilgan. Bu fazilatlarning barchasi asar qahramoni – ashaddiy yolg‘onchi Xikoichi obrazida mujassamlashgan. Tabiatiga xos makkorlik Xikoichini doimiy hiyla va nayranglarga undaydi. Uning har xil ixtirolarga bo‘lgan g‘ayrati uni qiyin ahvolga solib qo‘aydi. Ulardan qutulish uchun u zukkoligini namoyish etadi, lekin yolg‘on gapirishni to‘xtatmagani uchun oxir-oqibat u yanada chalkashib ketadi.
Uning barcha kulgili sarguzashtlarida Xikoichining sheriklari: oddiy odam – tengu, o‘rmonlar va tog‘larning tubida yashovchi ajoyib jonzot, goblin, ahmoq janob, yaqin atrofdagi qal’aning egasi edi. Xikoichi uchun ularni aldash qiyin ish emas. Ko‘rib turganimizdek, Kinoshita o‘z qahramonining ajoyib ongiga qoyil qolsa-da, shunga qaramay, xalq axloqi nuqtai nazaridan kelib chiqib, uni yolg‘ondan foydalanganligi uchun qoralaydi. Biroq, bu qoralash keskin ayblov emas. Kinoshitaning asosiy quroli – quvnoq kulgi. Asarga quvnoqlik ruhi singib ketgan. Cheksiz tushunmovchiliklar bir-birini ulanib ketadi. Xikoichi va uning qurbonlari navbatma-navbat kulgili holatda bo‘lishadi.
Ushbu asarda Kinoshitaning eng katta boyligi – Xikoichi. Yozuvchi, hech qachon tushkunlikka tushmaydigan, bitmas-tuganmas yolg‘onlarga ega chinakam mashhur obrazni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Mimpey Sugiura “Kinoshitaning dramatik asarlari”44 maqolasida “Xikoichi haqida ertak”ning qahramoni haligacha odamlar orasida yashayotganini ta‘kidlaydi.
Universitetni tamomlagandan so‘ng Junji Kinoshita turli pyesalar yozishni boshladi. U o‘z asarlarida ham zamonaviylikni ham xalq og‘zaki ijodini mujassamlashtirishga intildi. Bo‘lajak dramaturg “Shamol va to‘lqinlar” (「風浪」 – “Furo”) nomli ilk pyesasini 1939 yilda yaratdi. Lekin Ikkinchi jahon urushi davridagi senzura tufayli bu pyesa 1947 yilgacha chop etilmadi.
Keyingi yillar davomida ketma-ket “Qurbaqaning o‘limi” (「蛙昇天」 – “Kaeru shouten”), “Tog‘ tizmalari” (「山脈」 – “Sanmyaku”), “Qorong‘u uchqun” (「暗い火花」 – “Kurai hibana”), “Okinava oroli” (「沖縄」 – “Okinava”) pyesalari, shuningdek, “Tunggi turna” (「夕鶴」 – “Yuzuru”), “Malika Uriko – o‘jar qiz” (「瓜コ姫コとアマンジャク」 – “Uriko himeko to amanjaku”), “Qirmizi plash” (「赤い新馬折」 – “Akai shinbaori”), “Ajdarhoning haqiqatan namoyon bo‘lishi ertagi” (「竜が本当に現れた話」 – “Ryuga hontoni aravareta banashi”) nomli ertak-pyesalari yaratildi. Ular asosan yapon va xitoy xalqlarining rivoyat, afsonalarini o‘zida mujassamlashtirgan edi. 1962 yilda Kinoshita “Mingey” teatri uchun “Otto nomli yapon” (「オットーと呼ばれる日本人」 – “Otto to yobareru nihonjin”) dramasini yozdi45. Bu drama Richard Sorge bilan birga faoliyat olib borgan va 1944 yilda u bilan birga qatl etilgan yapon vatanparvari – Hotsumi Ozaki haqida46 edi.
Kinoshita 1964 yilda “Mingey” teatri uchun maxsus “Qish vaqti” (「冬の時代」– “Fuyu-no jidai”) dramasini yozdi. Asarda birinchi yapon sotsialistlari haqida hikoya qilinadi. XX asrning boshlarida Yaponiya sotsialistik harakati tez-tez “qish vaqti” deb nomlanar edi. O‘sha paytda hibsga olish va o‘lim jazosidan omon qolgan sotsialistlar o‘zlarining harakatlarini rivojlantirishning eng qiyin davrini – “qish”ini boshidan kechirgan edilar47.
“Mingey” teatri jamoasining Kinoshita dramasi bilan uchinchi hamkorligi 1967 yilda bo‘lib o‘tdi. Shu yili dramaturg teatr uchun “Oq tunda ziyofat” (「白い夜の宴」 – “Shiroi yoru-no en”) nomli yozdi va asar teatrda ikki avvalgi dramalar singari rejissyor Uno tomonidan sahnalashtirildi.
“Men tez-tez o‘z asarlarimda fidokorona hayot kechirgan odamlar hayotidagi haqiqiy faktlardan ochiqchasiga foydalanaman, – deb yozadi Kinoshita. – Ammo, men bu odamlar mening qahramonlarimning prototiplari deb ayta olmayman. Men ko‘plab materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri atrofdagi haqiqatdan tortib olaman”48.
“Otto ismli yapon” (「オットーと呼ばれる日本人」 – “Otto-to yobareru nihonjin”) pyesasida muallif “Zorge va Ozaki ishi”ning tarixiy voqealarini aniq takrorlashni o‘z oldiga maqsad qilmadi. Aksincha, u asarni yozishdagi vazifasini o‘zining e’tiqodlariga sadoqat yo‘lida o‘limdan qo‘rqmasdan katta tavakkal qilgan yapon vatanparvarining qahramonlik obrazini yaratishda ko‘rdi. Dramada Otto (Ozaki) bilan birga Jonson (Richard Sorge) ismli kommunistik razvedka agenti asosiy personajlar hisoblanib, uchta akt va epilogdan iborat.
Kinoshitaning bu pyesasi ham Dzyukichi Uno tomonidan sahnalashtirilgan. 1962 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan premeradan so‘ng pyesa jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Spektaklning muvaffaqiyatiga sabab yaponlarning “Zorge va Ozaki ishi”ning o‘tmishdagi, ammo dolzarb voqealariga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq edi. Spektaklda sosiy e’tibor vatan taqdiri uchun mas’uliyat muammosiga qaratildi. Rejissyorning spektaklni sahnalashtirishdagi mashaqqatli mehnati katta, chinakam real asar yaratilishiga olib keldi. Spektaklda olomon sahnalari mavjud bo‘lmay, aksincha sahna ko‘rinishda ijodkorlarining butun diqqat-e'tibori qahramonlarning ichki dunyosini, murakkab voqea va vaziyatlarning rivojlanish dinamikasini ochib berishga qaratilgan edi. Dramaturg va teatr a’zolari yapon tomoshabinlari uchun o‘sha davrdagi kunning eng muhim muammolarini faol, jiddiy mulohaza qilishga chaqiradigan spektakl yaratganligi bilan yanada mashhurlikka erishgan edilar.
Junji Kinoshita va uning rafiqasi Yasue Yamamoto tomonidan tashkil etilgan “Yasue Yamamoto va Uzum dastasi” (「山本安英とぶどうの会 」– “Yamamoto Yasue to Budo no kai”) nomli truppada 1950-yilda dramaturgning “Tungi turna” pyesasi namoyish etildi. Bu spektakl katta muvaffaqiyatga erishdi. Yamamoto bosh qahramon – Tsu obrazini qoyilmaqom qilib ijro etdi. Kinoshita pyesasi uchun, Yasue qoyilmaqom ijrosi uchun bir qancha milliy mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. 1952-yildagi qayta namoyishdan so‘ng maqtovlar yana ko‘paydi49. Bu pyesa XX asrning 70-yillarida Tokio va uning provinsiyalarida 456 marta namoyish etildi va xalq mehrini qozondi50.
Keyinchalik dramaturg va uning pyesasi “g‘oyaviy tarafkashlik”da ayblanib, 1980-yillarda siyosiy bosim natijasida maktab darsliklaridan chiqarib tashlandi. Raqiblar pyesada “anti-kapitalistik mavzu” yotganligini ilgari surishdi. Bu narsa xalq orasida norozilik keltirib chiqarganligi tufayli, pyesaga nisbatan senzura olib tashlandi51.
Yapon ertaklari odatda qisqa shaklda bo‘lib, qahramonlar ham 3-4 kishini tashkil etadi. Dramaturg Kinoshita ijodida ham bu hodisani kuzatishimiz mumkin. Uning “Tunggi turna” pyesasi qahramonlari turna qiz – Tsu, uning turmush o‘rtog‘i – Yohyo, shuningdek, Sodo, Unzu va bir necha bolalardan iborat. Bu pyesa “Turnaning iltifoti” nomli yapon xalq ertagi asosida yozilgan.
Bosh qahramon Yohyo oqko‘ngilligi sababli jarohatlangan turnani davolaydi. Turna uning mehribonligiga javob tariqasida ayol kishi qiyofasiga kirib, unga turmushga chiqadi. Kinoshita Yohyo obraziga mehribonlikdan tashqari qiziquvchanlik xususiyatini ham qo‘shdi. Qiziquvchanligi va Sodo bilan Unzuning undovi tufayli, Tsuning yagona iltimosi, ya’ni mato to‘qiydigan xonasiga kirishdan o‘zini tiyib tura olmaydi. Natijada, bu narsa oilaning buzilishiga sababchi bo‘ldi.
Yaponiyada turnaga nisbatan alohida hurmat mavjud. Hatto, unga “donishmand” sifatida qaralib, ehtirom ko‘rsatiladi. Yaponlar bu qushga mehribonlik, saxiylik, muloyimlik, tinchlik, hokisorlik kabi xislatlar xos deb hisoblaydi. Bosh qahramon ismi – Tsu ham yaponcha “tsuru” degan so‘zdan olingan bo‘lib, turna degan ma’noni anglatadi. Shu sababdan ham yapon xalqi ertaklarida biz turna obrazini ko‘p uchratishimiz mumkin.
Kinoshitaning xalq ertaklariga asoslangan pyesalari, shubhasiz, urushdan keyingi davr yapon dramaturgiyasi uchun qiziqarli va ahamiyatli hodisa edi. Bu pyesalar zamonaviy yapon adabiyotiga yangi materiallar kiritdi va yapon taraqqiyparvar jamoatchiligining folklor, madaniy meros, milliy urf-odatlar va boshqa ma’naviy sohalariga oid muammolariga qiziqishni uyg‘otdi. Rezonans (keskin o‘sish) shu qadar kuchli ediki, hatto maxsus “Minva no kai” (「民話の会」– “Xalq afsonalarini o‘rganish jamiyati”) ham yaratildi52.
Xalq ertaklari va afsonalariga murojaat qilib, Kinoshita ularni birinchi navbatda xalq hayotining aksi sifatida qabul qildi. Uning pyesalarida “qadimgi yaxshi kunlar”ni g‘oyaviylashtirishga o‘xshash narsa yo‘q. Uning asarlari “farishta” ertaklarga emas, balki dehqonlar ertaklariga asoslangan. Kinoshita o‘zining xalq ertaklari mavzularidagi dramatik asarlarida “minvageki” atamasini yoritib bergan. Yapon folklorshunosligi va etnografiyasida “mukashi-banashi” – ertak, “densetsu” – afsona, rivoyat va “seken-banashi” – ertak-qissa atamalari qabul qilingan. Yozuvchi ushbu atamalarning hech birida to‘xtamadi va o‘zining “minva” (「民話」) – xalq ertaklarini taqdim etdi. Kinoshita o‘zining “Minva ni tsuyte” (「民話について」– “Xalq ertaklari to‘g‘risida”)gi maqolasida buning sabablarini tushuntirdi. U mavjud terminologiyadan foydalanishni xohlamagan edi, chunki bu atamalar zamonaviy hayotda endi o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan hodisalarni belgilash uchun yaratilgan edi. Ushbu yangi atama bilan barcha eng ajoyib afsonalar va ertaklar o‘zida yodgorlik qiziqishini uyg‘otdi. Kinoshita ularni aynan shu kungacha davom etib kelayotgan xalq ertaklari kabi his qildi53.
Xalq ertaklari va ular bilan bog‘liq holda yozilgan pyesa va maqolalarida Kinoshita zamonaviy yapon adabiyoti va teatri oldida turgan bir qator muhim nazariy muammolarni ko‘targan. Ulardan biri milliy adabiy tilda mahalliy lahjalardan foydalanish muammosi edi.
Yana bir o‘ta qiziqarli jihat shunda ediki, zamonaviy dramaturgiyada xalq donoligi aks etgan taniqli syujetlardan foydalanish qonuniyligi bilan bog‘liq edi. Aynan shu asosda qadimgi eng buyuk tragediyaga oid asarlar va keyinchalik Yevropa adabiyotida o‘zining doimiy ahamiyatini saqlab qolgan ko‘plab durdonalari yaratilganligiga asoslanib, Kinoshita bugungi kunda ham bunday dramaning mavjud bo‘lish huquqiga ega ekanligini isbotlaydi. Yozuvchi syujet bilan oldindan tanishish hech qanday tarzda tomoshabinning teatr tomoshalariga bo‘lgan qiziqishini susaytira olmaydi deb hisoblaydi. Buni Yevropa teatr tarixi misolida ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, haqiqatan ham mashhur xalq ijodi va hissiyotlar dunyosiga murojaat qilish san’atni boyitmasdan iloji yo‘q edi54.
Shu munosabat bilan Kinoshitaning zamonaviy madaniyatda milliy meros muammosiga munosabati to‘g‘risida bir necha so‘z aytish mumkin. Yozuvchi zamonaviy san’at arbobi eng yaxshi xalq an’analarini rivojlantirishga intilishi kerak deya hisoblaydi, ammo shu bilan birga uning ijodi nafaqat o‘tmish, balki hozirgi zamon bilan ham bog‘liq bo‘lishi kerakligini doimo yodda tutadi. Kinoshitaning qarashlari uning badiiy amaliyotida aks etadi. Uning xalq ertaklari mavzusidagi pyesalari Yevropa tipidagi zamonaviy teatr uchun yozilgan bo‘lsa-da, shu bilan birga Kabuki va qo‘g‘irchoq teatri kabi an’anaviy yapon teatr turlari uchun maqbul bo‘ladigan bir qator xususiyatlarga ega. Buni “Xikoichi haqida ertak” spektaklining Kabuki teatrida sahnalashtirilganligi tasdiqlaydi. Ba’zilar hatto Kinoshitaning bu dramasi Kabuki repertuarini yangilashga ta’sir qilishi mumkin degan fikrlarni ham bildirgan55.
Yozuvchi ataylab o‘z xalqining eng yaxshi madaniy an’analarini o‘z asarlarida yoritib berishga intildi. “Xalq ertaklariga asoslangan spektakllar ustida ishlayotganda,” – deydi dramaturg, men har doim o‘zimdan oldin bu hikoyalarni aytib bergan ko‘plab noma’lum o‘tmishdoshlar bilan birga ishlayotganimni his qilaman”56.
Aynan shu xalq san’ati an’analari bilan aniq bog‘liqlik tufayli Kinoshita zamonaviy sharoitlarda yaxshilik va yomonlik, yuksak axloqiy ideal haqidagi mashhur tushunchalarni aks ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu, bizning fikrimizcha, Junji Kinoshitaning xalq ertaklari mavzusidagi pyesalarining asosiy g‘oyaviy va estetik qiymati hisoblanadi.
Yapon zamonaviy dramaturgiyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, shuningdek, ko‘p yillar davomida Meyji Universitetida talabalarga dars bergan mashhur dramaturg 2006 yil 30 oktyabrda pnevmoniya kasalligiga chalinib, 92 yoshida olamdan o‘tdi57.

Download 144,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish