Microsoft NetMeeting dasturining ishlash tartibi. Microsoft NetMeeting dasturi konferentsiyalar o`tkazish uchun mo`ljallangan. U foydalanishga qulay va oddiy dasturdir. Dastur boshqa kompyuterdagi foydalanuvchilarni lokal yoki Internet tarmog`i yoki modem orqali chaqirish imkonini beradi. Chaqiruvda kompyuterning tarmoq nomi yoki TCP/IP adresidan foydalanish mumkin. Ovozli aloqa uchun kompyuterda quyidagi qurilmalar bo`lishi shart: ovoz kartochkasi, audiomikrofon va dinamik. TCP/IP protokoli bo`lishi zarur. Microsoft NetMeeting dasturi ovozni avtomat tarzda sozlaydi. NetMeetingning ovoz imkoniyatidan bir paytda faqatgina 2 foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Agar Sizni hech kimsa bezovta qilmasligini istasangiz Ne trevojit komandasini kiriting.
Microsoft NetMeetingning ilovalaridan barcha ishtirokchilar konferentsiya davomida foydalanishi mumkin. Ilovalardan birgalikda foydalanish va natijalarni kuzatish mumkin. Chat dastursi konferentsiya ishtirokchilariga aynan shu daqiqada matnli ma'lumotlar bilan almashish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilarning birortasi Chat dastursini ishga tushirsa, muloqot darchasi barcha foydalanuvchilar ekranida paydo bo`ladi.
Yangiliklarni muntazam ravishda olish Internetda yangiliklarni muntazam ravishda olish imkoniyati bor. Bu imkoniyatni Server ta'minlaydi. Serverga yangi ma'lumot kelib tushganda, ma'lumot avtomatik tarzda shu ro`yxatga yozilgan foydalanuvchilar adreslariga jo`natiladi. Har bir ro`yxat biror mavzuga bag`ishlangan bo`ladi. Shu ro`yxatdagi ma'lumotlarni muntazam ravishda olish uchun unga ismingizni yozishingiz zarur. Ikki turdagi ro`yxatlar mavjud: munozara va axborotlashgan.
Munozara ro`yxatda foydalanuvchi boshqalar fikrini bilish imkoniyatiga ega. Bunda barcha foydalanuvchilar muhokamada qatnasha oladi.
Axborotlashgan ro`yxatlar yangiliklarni keng doiraga tarqatadilar. Ya'ni foydalanuvchi ma'lumotlarni qidirishga vaqtini sarflamaydi. Odatda bu ma'lumotlarda yangiliklar va foydali ma'lumotlar bo`ladi.
qanday qilib ro`yxatlarga yozilish mumkin. Odatda biror ommabop sahifaga kirsangiz va unga yozilsangiz, u sizga imkoniyatlar ro`yxatini taklif qiladi. U erda ro`yxatga yozilish ham taklif qilinadi. Masalan, yandex yangiliklarini muntazam ravishda olmoqchisiz.
Ularga yozilish tartibi quyidagicha:
Avval yandex.ru da o`zingizga login (ism) qayd qilish zarur. Buning uchun login va parolni kiritib, Zavesti pochtovыy yaщik tugmachasini bosing. Ekranda quyidagi shakl hosil bo`ladi (3.20-rasm). Shakl maydonlariga o`zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiritib, Ok tugmachasini cherting.
Yandex yangiliklarini muntazam ravishda olish uchun ro`yxatdagi Podpiska tugmachasini kiritish zarur. Podpishites na tematicheskuyu rassыlku novostey komandasini tanlang. Natijada ekranning o`ng qismida quyidagi darcha hosil bo`ladi.
Unda ismingiz va parolingizni kiriting. Ekrandagi darchadan Zapros komandasini tanlang. Hosil bo`lgan darcha maydonlariga ma'lumot kiriting. Darcha pastki qismidagi ro`yxatdan kerakli bo`limni tanlang. Keyin Soxranit tugmachasini bosing. Bir necha mavzuga buyurtma berishingiz mumkin. Yangiliklarni muntazam ravishda qabul qilish uchun ko`rsatilgan manzilingizga yuborilgan elektron xatda uni tasdiqlashingiz zarur. Shundan so`ng ekranda, Sizning yangiliklarga obuna bo`lganingiz haqida xabar beriladi.
Shunday qilib, Siz endilikda Yandex yangiliklarini muntazam ravishda o`qib borishingiz mumkin.