New Tab tugmachasi – yangi oyna yaratadi.
Navigator bir vaqtning o`zida bir nechta oynalarda Web ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. Yangi oyna ochish uchun File menyusidagi New Window yoki New Tab buyrug`i tanlanadi.
Oyna o`lchamlarini o`zgartirish, ularni bir joydan ikkinchi bir joyga osonlik bilan ko`chirish, ixtiyoriy minimal o`lchamga keltirish mumkin. Bu odatdagi tartibda bajariladi.
Navigator o`zingizga yoqqan sahifalarni belgilab qo`yib, istalgan vaqtda ularga tezda o`tish mumkin. Ular Bookmarks yordamida belgilanadi va avtomatik tarzda Bookmarks menyusiga joylashtiriladi. Bookmarksdagi belgilangan guruhni mantiqiy guruhlarga ajratish, ularni o`chirish va yangilarini yaratish mumkin.
Netscape Navigatorning View menyusida uning ko`rinishini o`zingizning didingizga moslatirishingiz, uning ishlashini istaganingizcha o`zgartirishingiz mumkin.
Kompyuter yoqilishi bilan Netscape Navigatorning yuklanishini va belgilangan sahifani avtomatik tarzda yuklanishini ta'minlash mumkin. Netscape Navigatorning Tools menyusida mavjud Options yordamida amalga oshiriladi. Ya'ni hosil bo`lgan oynada zarur o`zgartirishlar kiritish lozim
Netscape Navigator kompyuteringizda siz qidirib topgan ma'lumotlar, kliplar va suratlarni saqlash, bosmadan chiqarish va namoyish qilish imkonini beradi. Fayllarni yuklash (qattiq diskka)ning bir nechta usullari mavjud. Navigator yordamida qattiq diskka yuklangan fayl nafaqat Netscape Navigator yordamida, balki yordamchi dastur orqali ham ochilish va namoyish qilinishi mumkin.
Lekin Netscape Navigator ham to`la mukammal emas. Masalan fotorasmlar, tovush va videoyozuvlarni namoyish qila olishi uchun Helper applications deb nomlanuvchi dasturlarning mavjud bo`lishi lozim. Bu dastur ommaviy va bepuldir. Shunday faylni yuklaganda Netscape Navigator ushbu faylni kompyuterga uzatadi va Helper applications dastursiga faylni yuklaydi va uning namoyish etilishiga imkon beradi.
Elektron pochta xizmatidan foydalanish
Internet elektron pochta xizmatini ko`rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus dastur bo`lib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, ma'lumot va umuman ixtiyoriy faylni jo`natishingiz hamda qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun Siz maxsus pochta tarmog`i yoki Internet tarmog`iga bog`langan bo`lishingiz va elektron adresga ega bo`lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi hamda Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o`zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Bu – www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.mail.ru, www.yandex.ru va hokazolar. O`zbekistonda - www.esezam.com. Bu sahifalarga kirib anketa savollariga javob berib, o`zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron adres odatda e-mail deb ko`rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotganday, uning kimga, qaerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so`ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so`ng xat ko`rsatilgan manzil pochta qutisiga etkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya'ni har bir foydalanuvchi o`zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |