Falsafaning asosiy funksiyalari.:
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasiinsonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek, turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek, borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi (bu tushuncha yunoncha «methodos» – «yo‘l»,«tadqiqot», «tekshirish» so‘zidan kelib chiqqan).
Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek, ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.
Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi (yunon. «axia» – «qadriyat») hayotning ma’nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga «yaxshi», «yomon», «muhim», «foydali», «foydasiz» kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori.
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati - falsfa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.
Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan, ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.
.
E’tboringiz uchun rahmati !
Do'stlaringiz bilan baham: |