Karboksil va aminoguruhlarning dissotsialanish konstantasi (K
1
va K
2
)
dissotsialangan ionlarning dissotsialanmagan shakllariga nisbati 1 ga teng, ya’ni
aminokislotalarning 50% i di’ol va 50% i ion shaklida bo`ladi.
Barcha aminokislotalar suvli eritmalarida ikki qutbli ionlar yoki svitter ionlar
shaklida, ya’ni aminokislotalarning karboksil guruhi dissotsialangan, aminoo’uruo’i
protonirlangan holatda bo`ladi.
Demak, aminokislotalar muhit RNK iga qarab zaryadlar yig`indisi 0
ga teng
bo`lishi, musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin.
Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb aytiladi.
Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham harakatlanmaydigan
RNK qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va RNKi bilan belgilanadi. Izoelektrik
nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-ishqoriy xususiyatlarini aniq
namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan
eng muhim konstanta
hisoblanadi.
Odam organizmi va hayvonlardagi hujayra va hujayralararo suyuqlikda muhit
RNK i neytralga yaqin bo`ladi, shuning uchun ishqoriy aminokislotalar (lizin,
arginin) musbat zaryad (kationlar), kislotali aminokislotalar (asparagin va glutamin
kislotalar) manfiy zaryad(anion)ga, qolgan aminokislotalar esa di’ol ko`rinishiga ega
bo`ladi.
Deyarli hamma aminokislotalar optik faoliyatga ega, ya’ni
qutblangan nur
sato’ini burish qobiliyatiga ega (faqat glisin bu qatorga kirmaydi). Bu xususiyat
ularning alfa-uglerod atomi to`rtta valentligi bilan to`rt xil guruhga bog`langanidan
kelib chiqadi. Bunday tuzilishdagi molekula xirallik xususiyatiga ega, ya’ni unda
simmetriya markazi va simmetrik sato’ bo`lmaydi. Xirallikka
ega birikma tuzilishi
bo`yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo`sh izomerlar shaklida bo`ladi.
Ular bir-biridan alfa atomga bog`langan guruhlarning fazodagi yo`nalishlari bilan
farqlanadilar. Buning natijasida paydo bo`ladigan ikki konfiguratsiya D- va L-
stereoizomerlar deb yuritiladi. Bu izomerlarning biri ikkinchisining ustiga qo`yilsa,
o`ng va cha’ kaft kabi bir-birini qo’lamaydi. Ular enantiomerlar deb ataladi. Xiral
birikmalar bir xil kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo`lib, faqatgina qutblangan nur
sato’ini cha’ga yoki o`ngga burish belgisi
bilangina farqlanadilar, ularning burish
burchaklari ham bir-biriga teng. Bu xildagi qobiliyat + yoki - belgisi bilan
ko`rsatiladi, lekin nur sato’ini burish belgisi
molekulaning D yoki L
konfiguratsiyasiga muvofiq kelishi shart emas. L (leve, cha’) va D (dexter, o`ng)
belgilar enantiomerlarning tuzilishi jihatdan qaysi qatorga kirishini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: