Ma’ruza: Aminokislotalar oqsillar va nuklyen kislotalar mavzusini o’qituvch va o’quvchi hamkorligida o’qitish texnologiyasidan foydalanib ishlab chiqish.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, tarixiy va madaniy merosimizga, O’zbek xalqining buyuk siymolariga, Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. O’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish.
Kompetensiyalar:
1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
3. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
4. Kommunikativ kompetensiya:
5. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
6. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
7. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
8. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
Dars shiori: Kimki bilsa kimyoni, qo’lga olar dunyoni.
Darsning jihozlari: Plakatlar, texnik vositalar, darslik, davriy jadval, mavzuga doir tarqatmalar, slaydlar, bor, doska.
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
6
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
7
|
J A M I :
|
45 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar: Organik kimyo 10. Toshkent-2017. A. Mutalibov, E. Murodov, S. Masharipov, H. Islomova.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida o’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Aminokislotalarning turlari, aminokislotalarning tuzilishi, -aminokislotalar va oqsillar, almashtirib bo‘lmaydigan -aminokislotalar, oqsillarning tuzilishi, xossalari va ahamiyati
Aminokislotalar-molekulasi tarkibida ham amino-(NH2), ham karboksil -(COOH) guruhi bo‘lgan moddalardir. Oqsillar esa turli xil -aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqorimolekulyar polipeptid birikmalardir. Oqsillar tirik hayotning asosi bo‘lib murakkab tuzilishga egadir.
Aminokislotalar tarkibidagi 2 ta funksional guruhning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab -, - va -aminokislotalar bo‘ladi. M-n:
|
α-aminomoy kislota, 2- aminobutan kislota
β-aminomoy kislota, 3- aminobutan kislota
γ-aminomoy kislota, 4- aminobutan kislota
|
Aminokislotalar tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo‘lganligi uchun ularga ham optik izomeriya xosdir. Ular ham qutblangan nurni o‘ngga (Q) yoki chapga (-) buradi. D âà L qatorlarga bo‘linadi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar o‘ziga xos nomlarga ega. M-n:
NH2-CH2-COOH glikokol, glitsin
Aminokislotalar ham aminlarning, ham karbon kislotalarning xossalariga ega. Ular odatda, ichki tuz shaklida bo‘ladi va shuning uchun suvda eruvchan, kristall moddalardir.
Oqsillar tarkibiga 20 taga yaqin -aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalarning bir qismi organizmda sintez bo‘ladi, bir qismi esa tayyor holda ovqat bilan organizmga kirishi kerak. Organizm uchun zarur bo‘lgan, ammo organizmda sintez bo‘lmaydigan -aminokislotalar almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Ular quyidagilardir:
metionin
treonin
valin
leytsin
izoleytsin
lizin
fenilalanin
triptofan
|
|
2-amino-4-metiltiobutan kislota
2-amino-3-gidroksibutan kislota
2-amino-3-metilbutan kislota
2-amino-4-metilpentan kislota
2-amino-3-metilpentan kislota
2,6-diaminogeksan kislota
2-amino-3-fenilpropan kislota
2-amino-3-(3-indolil) propan kislota
|
Aminokislotalarni olish usullari ham aminobirikmalar va karbon kislotalarni olish usullariga o‘xshash. M-n -aminokislotalarni -galogenkislotalardan va aldegidlardan quyidagi reaksiyalar yordamida olish mumkin:
-Aminokapron kislotasi kaprolaktamni gidroliz qilib olinadi:
-Aminokislotalar to‘yinmagan kislotalarga ammiak biriktirib olinadi:
-, -va -aminokislotalar bir-biridan qizdirish vaqtida qanday moddalarga aylanishi bilan farq qiladi. Bunda -aminokislotalar diketopiperazinlar, - aminokislotalar -to‘yinmagan kislotalar va -aminokislotalar esa laktamlar hosil qiladi:
-Aminokislotalar qizdirilganda ochiq zanjirli oligopeptidlar yoki polipeptidlar hosil bo‘lishi mumkin. Umuman, aminokislotalar amfoter birikmalar bo‘lib, asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ular aminoguruh hisobiga va karboksil guruh hisobiga alohida reaksiyalarga kirishadi. M-n, nitrit kislota ta’sirida -aminokislotalar diazobirikmalarga aylanadi. Odatda bu reaksiyada aminokislota efiridan foydalaniladi:
Aminokislotalar og‘ir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi, M-n:
Suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi aminokislotalar kompleksonlar deb ataladi. Eeng muhim kompleksonlardan biri etilendiamintetrasirka kislota(trilonB)dir:
Oqsillar ham amfoter xossaga ega bo‘lib birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tuzilishga egadir. Oqsillarning polipeptid molekulasidagi -aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasi deyiladi. Oqsillarning ichki (-) va molekulalararo (-) vodorod bog‘lari hosil bo‘lishi tufayli spiralsimon tuzilishi ularning ikkilamchi strukturasi deb ataladi. Silindrsimon -spirallarning fazoda turlicha joylashishi va makromolekula turli qismlarida S-S disulfid ko‘priklarini hosil qilishiga oqsillarning uchlamchi strukturasi deb ataladi. Bir nechta polipeptid
zanjirlarning vodorod bog‘lari, ion juftlari hosil qilib birlashishi oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi deb ataladi.
Oqsillarga biuret, ksantoprotein, Millon va ningidrin reaksiyalari xosdir. Oqsillar organizmda muhim hayotiy vazifani bajaradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga qarab Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish va kerakli ma’lumotlarni yod olish. Mavzuga oid testlarni ishlash. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
Nazorat savollari:
Aminokislotalar necha turli bo‘ladi. Misollar keltiring.
-,-va -aminokislotalar bir-biridan qaysi reaksiya bilan farqlanadi.
Qanday aminokislotalar almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Ularga misollar keltiring.
Shtrekker-Zelinskiy usuli bo‘yicha -aminokislotalar qanday olinadi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Glitsindan di- va tripeptid olish reaksiya tenglamasini yozing.
Alaninga a) xlorid kislota; b) metilamin; v) ammiak ta’sir ettirilsa qanday birikmalar hosil bo‘ladi.
Rux xloridning alanin va trilon-Blarninng natriyli tuzlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning tuzilish formulalarini yozing.
Oqsillarning biuret va ksantoprotein reaksiyalarini tushuntiring. Qanday tashqi o‘zgarishlar bo‘ladi.
Adabiyot:
O.YA.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Viysshaya shkola». 1990. S. 615-634.
A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 484-
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o’quv adabiyotlar:
1. Chernobelskaya G.M. Osnovi metodiki obucheniya ximii. Uch.
posobiye. M., Prosvesheniye, 1987, 255 s.
2. Verxovskiy I.N. Smirnov A.D. Texnika ximicheskogo eksperimenta: v 2-x t. M. Prosveщyeniye,1973-83.
3. Pletner Yu.V., Polosin V.S. Kimyo o’qitish metodikasidan praktikum: O’q.qo’llanma. M. Prosvesheniye. 1977, 206 b.
4. Xamidova G.R. Kimyo o’qitish metodikasi umumiy kursidan ma’ruzalar matni. Toshkent, 2001y.
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. Obucheniye ximii v 9-m klasse. Pod red. Chertkova M. Prosveщyeniye, 1992.
6. Obucheniye ximii v 10-m. Pod red. Chertkova M. Prosveщyeniye,1992.
7. Obucheniye ximii v 11-m klasse. Pod red. Chertkova.M. Prosveщyeniye.
8. Gorskiy M.V. Obucheniye osnovam obshey ximii. M. Prosveщyeniye,1991.
9. Ximiya v shkole. Nauch.-teor.i met jurnal. Izd."Shkola-press".
10. Mamajonov J., Musayev O’.N. Yuqori molekulali birikmalar kimyosining asoslari to’g’risida. T. 1995.
11. Maktabda ximiya. Normativ xujjatlar to’plami. Tuzuvchi V.I.Sushko. T.,"O’qituvchi".1991.
12. I.R.Asqarov, N.H.Toxtaboev, K.Gopirov/ Umumiy orta maktablarining 9-sinfi uchun kimyo darsligidan foydalanishga doir metodik qollanma. T.2002
13. Surovseva R.P., Guzey L.S., Lыsova G.G. Ximiya 10-11 klassы. Metodicheskoye posobiye. www/internet-school.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |