ishga o‘xshab tuyuladi. Lekin har bir charm parchasi o‘zining shakli, o‘lchovi, yaqqol
ko‘zga ko‘rinib turgan va ko‘rinmay turgan sifatlari bo‘yicha boshka hech bir
shunday charm parchasiga o‘xshamaydigan darajada betakrordir (charmning turli
joylari qalinligi
bilan bir-biridan farq qiladi, turlicha deformatsiyalanadi, unda
yorilgan, kesilgan joylar va boshqa shunga o‘xshash nuqsonlar mavjud bo‘ladi,
materialning turli kismlari poyabzalning muayyan detallarini tayyorlash uchun
yaroqli bo‘ladi). Charm — kimmatbaho material, shuning uchun undan juda oz
darajada chiqindi chikadigan qilib bichish ayniksa muhim ahamiyatga egadir. Har bir
material parchasi ko‘lga olinganida bu haqda uzoq o‘ylab o‘tirish uchun vaqt yo‘q.
Shunday bo‘lgach, har safar ayni mana shu charm parchasi bichig‘ining kanday kilib
eng yaxnsh
variantini topish mumkin, kanday qilinganda eng tejamli va eng sifatli
variant bo‘ladi, degan murakkab vazifa ko‘ndalang bo‘lib turadi.
O‘zgartiruvchi turkumdagi kasblarga razmetkachilik (kemasozlik sohasida, metallga
ishlov berish sanoatida), yakka tartibda kiyim tikish atelyesining bichikchilik kasbini
va boshka shunga o‘xshash kasblarni kiritish mumkin.
Quyida keltirilgan ikki xil kasb ishchilari mehnatini bir-biriga taqqoslang.
Ulardan
qaysi biri ko‘proq murakkab amaliy vazifalarni hal etadi?
Ko‘chma beton qorish mashinasining motoristi. Belgilangan re-tseptlarga muvofik u
yuk tashish qurilmalarining yordamida sement, qum va boshqa zarur komponentlarni
aralashtirish agregatlariga to‘kadi. Mana shu agregatlarni tokka ulab yurgizadi,
o‘chiradi va shu yo‘l bilan beton, qorishma hamda boshqa shunga o‘xshash narsalar
ishlab chiqarish bo‘yicha berilgan rejimni bajaradi.
Skreper mashinisti (er qazish-transport mashinasi mashinisti). Kurilishda skreper
mashinistlari qurilishga birinchi bo‘lib qadam qo‘yadigan kishilardir. Ular hali yo‘l
qurilmagan sayhonlikda birinchi bo‘lib ish boshlaydilar; ba’zan
juda chuqur
joylardan, masalan, kotlovanlardan yurib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Mashinist kovshning
holatini kuzatib boradi, kovsh tuproqqa qanday to‘lib borayotganligini tekshirib
turadi. Tuproqning xususiyatiga qarab (u yaxlagan bo‘lishi, sochma bo‘lishi, loy
aralashgan toshloq bo‘lishi mumkin va hokazo) uni surish rejimini muvofiqlashtirib
turadi, ya’ni surib tekislanadigan tuproq qatlamining qalinligini o‘zgartiradi.
Mashinist o‘z ishida texnika hujjatlariga (texnologiya kartasiga,
barpo etilayotgan
inshoot sxemasiga) amal qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan kasblarning uch turkumga bo‘linganligi — shartli
bo‘linishdir. Shunday kasblar ham borki, ular ikki yoki hatto mana shu uchala
turkumdagi kasblarning hammasiga xos bo‘lgan belgilarni turli darajada o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘ladi. Chunonchi, o‘qituvchilik kasbi o‘zgartiruvchi
kasblar
sinfiga mansubdir, biroq imtihonlar davriga kelib, o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini
tekshirayotgan, baholayotgan vaqtda meh-natning maqsadi ko‘proq gnostik kasblarga
xos bo‘lib qoladi. Sozlovchi-chilngar dastlab mexanizmning buzilgan joyini topadi,
keyin uni tuzatadi, bunday buzilish boshqa takrorlanmasligi uchun nimalar kilish
kerakligi to‘g‘risida o‘ylaydi. Bu erda mehnat maqsadining har uchala turi bilish,
o‘zgartirish va tadqiq etish turlari mavjud. Lekin har qanday kasbda ham mehnatning
asosiy maqsadi nimadan iborat ekanligini belgilab
olish mum-kin va u mana shu
maksadga qarab muayyan bir turkumga kiritiladi.