29-mavzu. Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati. Neoliberalizm konsepsiyasi F. Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#746489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
29-neoberalizm

 
3.V.Oyken 
“iqtisodiy tizim” tiplari to‘g‘risida 
Valter Oyken (1891-1950) 
o‘zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) 
kitobida x
o‘jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) kursatib beradi. 
Mazkur kitobning 
“Iqtisodiy tizimlar” bobida “xo‘jalikning ideal tiplari” to‘g‘risidagi g‘oya 
ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: har 
qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda k
o‘p bir xil elementlardan tashkil topgan, ya’ni 
pul, baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish haqi va shu kabilar. Nega b
o‘lmasa turli 
mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? V.Oyken b
o‘yicha, buning sababi bosh 
elementlarda yashiringan. Bunday elementlar, bir tomondan - bu erkin bozor x
o‘jaligi, 
ikkinchi tomondan - markaziy boshqaruv x
o‘jaligi hisoblanadi. Bu bosh elementlar ideal 
yoki sof x
o‘jalik tiplari hisoblanadi va 
boshqaruv uslublari b
o‘yicha bir-biridan farq 
qiladi
. Birinchi x
o‘jalik tipida buyruq berishga, o‘z xukmini o‘tkazishga hech kimning haki 
y
o‘q. Ikkinchisida - barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o‘z-o‘zidan yuzaga 
kelish holatlari b
o‘lmaydi. 
V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday ideal x
o‘jalik 
tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun 
“xo‘jalikning ideal tipi” tushunchasi bilan birga, u 
iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan 
“xo‘jalikning real tipi” tushunchasini kiritadi. 
Lekin har xil iqtisodiy tizim x
o‘jalikning ideal tipiga intiladi. Bu yerda xo‘jalik tiplari 
nima bilan aniqlanadi degan savol tu
g‘iladi? Buning sababi, V.Oykenning fikricha, 
mamlakatning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya
’ni an’ana, urf-odat, ahloq, din, 
madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi. 
Boshqacha aytganda, x
o‘jalik tiplari xalqning o‘z tanloviga bog‘liq. V.Oykenning fikriga 
k
o‘ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan, 


sotsialistik iqtisodiyot markazdan boshqariladigan x
o‘jalikka intiladi. Xalq qancha 
madaniylashgan b
o‘lsa, u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. 
Bunday vaziyatda davlat 
o‘zini qanday tutishi kerak? Neoklassiklar nuqtai 
nazariga k
o‘ra, bozorni tanlash - tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini 
- erkin bozor x
o‘jaligini tan oladi. V.Oyken bo‘yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning 
ikki tipi tabiiy; markaziy-boshqaruv x
o‘jaligi o‘zining amal qili
sh
ida ancha uzoq tarixiga 
ega. Shuning uchun, xalqning x
o‘jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq 
solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor 
b
o‘lmasa, bozorni tashkil etish, keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor 
ishtirokchilarining 
o‘yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol 
komandasini misol tariqasida k
o‘rsatadi. Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, davlat - bu 
futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz k
o‘cha futbol komandasiga 
o‘xshatadi. 
Neoliberal y
o‘nalishning keynschilik va neoklassik yo‘nalish bilan o‘xshashlik 
tomoni b
o‘lsada, ulardan farq qiladi. Neoliberalizm - iqtisodiyotni tartiblash variantlaridan 
biri, ammo keynschilikka nisbatan tabiiy bozor mexanizmini k
o‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. 
Neoliberallar fikriga k
o‘ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash to‘g‘risidagi ta’limotni 
shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik tizimni k
o‘zi bog‘langan, ertami-kechmi 
o‘raga qulab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi deb hisoblangan 
b
o‘lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‘jaligini iqtisodiyotning tabiiy varianti 
deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib chiqqanku (Rossiyada - 
podshox, Sharq xalqlarida - xon v b.). Shuning uchun neoliberallar fikriga k
o‘ra, 
markaziy-boshqaruv x
o‘jaligi tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, 
o‘zida erkin tadbirkorlik unsurlarini, albatta, mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon 
hisoblanadi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish