29-mavzu. Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati. Neoliberalizm konsepsiyasi F. Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy


F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#746489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
29-neoberalizm

 
2.F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy 
g‘oyalari 
Fridrix fon Xayek (1899-1992 y.) 
neoliberalizmning otasi hisoblanadi. U juda 
k
o‘p iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy mazmundagi asarlarning muallifi, ularning ichida 
asosiylari: 
“Baholar va ishlab chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqtisodiy sikl” 
(1933), “Foyda, foiz va investitsiyalar” (1939), “Kapitalning sof nazariyasi” (1941), 
“Qullikka yo‘l” (1944), “Erkinlik konstitutsiyasi” (1960), “Sof pullar” (1976), “Erkin 
kishilarning siyosiy tuzumi
” (1973-1979). 
Ushbu asarlarning nomidan k
o‘rinib 
turganidek, F.Xayek iqtisodiy nazariyadan k
o‘ra, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy falsafiy 
va ijtimoiy-huquqiy masalalari bilan k
o‘proq shug‘ullangan. 
Inson erkinligining ustunligini F.Xayek bosh tamoyil sifatida k
o‘rsatadi. Erkinlik - 
bu davlat tomonidan har qanday majbur qilishning b
o‘lmasligi. F.Xayek fikriga ko‘ra, 
davlat maorifni tashkil qilish bilan ham, ijtimoiy su
g‘urtani tashkil qilish bilan ham, 
kvartira haqi stavkasini tartiblash bilan xam shu
g‘ullanmasligi kerak, bunday xatti-
harakatlar 
“ma’muriy despotizm”dan boshqa hech narsa emas; davlatni pul emissiyasini 
amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib 
topshirish mumkin b
o‘lgan maksimum narsa - bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo‘yicha 
nafakalarni tulash. 
F.Xayek 
“o‘z-o‘zidan bo‘ladigan tartib” konsepsiyasini qattiq turib himoya qildi. 
Unga k
o‘ra, zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha elementlari yig‘indisi hech 


vaqt inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilishi mumkin emas (chunki uning bilimi, 
ongi cheklangan), aksincha ular 
o‘z-o‘zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib 
boradi
. “Biz hodisalar o‘rtasidagi aloqani muayyan darajada tushunishimiz mumkin, lekin 
ularni boshqara olmaymiz
”, - deb yozadi F.Xayek. Ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat 
natijasi b
o‘lishi mumkin emas. Jamiyatda o‘rnatilgan tartib o‘z-o‘zidan bo‘ladigan xatti-
harakat natijasidir. 
F.Xayek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda b
o‘lgan. Uningcha, 
mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib 
berish uchun zarur va yetarli hisoblanadi. Alohida x
o‘jalik sub’ektlarining xatti-
harakatining muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. Axborot 
bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u x
o‘jalik ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
Bozorning samaradorligi shunda k
o‘rinadiki, unda aniq axborotlar yetarli va ular 
tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga yaqin muvozanat 
o‘rnatiladi. 
F.Xayek ijtimoiy
 
tizmni tanqid qiluvchidardan biri sifatida, t
o‘liq va operativ 
axborotga ega b
o‘lmagan markaziy rejalashtirish bozor iqtisodiyotiga o‘xshab samarali 
amal qila olmasligini k
o‘rsatib berdi. Baholarning bir markazdan o‘rnatilishi, ularning 
ustidan nazorat qilib turilishi, F.Xayekning fikri b
o‘yicha, axborotning buzilishiga, noto‘g‘ri 
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni t
o‘g‘ri aks ettirmaydi, mahsulotlarga 
b
o‘lgan talab to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. 
F.Xayek b
o‘yicha, pul emissiyasiga bo‘lgan davlat monopoliyasi erkin jamiyat 
uchun zararli, negaki xukumat bunday monopoliya yordamida 
o‘z fuqarolari hisobiga 
davlat muammolarini yechishga urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat 
xarajatlarining k
o‘payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission 
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy valyutalarni 
chiqarayotgan banklar 
o‘rtasidagi erkin raqobat natijasida odamlar kundalik hayotda 
foydalanish uchun q
o‘l keladigan ancha barqaror valyutani tanlash imkoniyatiga ega 
b
o‘ladilar. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish