Yo`l-yo`riqli texnologik xarita
Kasb kodi va nomi: 3.53.10.08-Tikuvchi
O`quv amaliyot nomi: Kiyim mayda detallariga ishlov berish
Mavzu №:12 Mavzu: Listоchkаli qirqmа cho’ntаkkа tikish
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Moslamalar,
asboblar
|
Eskizlar, chizmalar, rasmlar
|
Bajarish
Tartibi
|
1
|
Ayollar pidjagining old bo'lagiga qoplama cho'ntaklarni tikish
|
Ayollar pidjagining old bo'lagiga ip va universal mashina
ignasi unversal tikv mashinasi
|
|
Ayollar pidjagining old bo'lagiga qoplama cho'ntaklarni tikish
|
2
|
bo'laklar andozasini
tayyorlash
|
Bichish ustli
Namlik issiqlik ishlovini
berish asbobi unversal tikv mashinasi
|
Modellash o`lcham bo`yichaandozasini vatman qog`ozga tayyorlash. gazlamaga joylashtirish va bichish.
|
Tayyorladi I.Ch.T.Ustasi:
12-mavzu: Listоchkali qirqma cho‘ntakka tikish
Listochkali qirqma cho‘ntaklar gorizontal, qiya, vertikal yo‘nalishda joylashgan bo‘lishi mumkin. Listochkalar to‘g‘ri burchakli va shakldor bo‘ladi. Listochkali cho‘ntakni tikish uchun quyidagi detallar kerak
bo‘ladi: listochka avra va astari, qotirma, cho‘ntak xalta, bo‘ylama,ko‘rinma.Listochkali qirqma cho‘ntakni tikish uchun avval listochkaga ishlov berib olinadi. Yaxlit bichilgan listochka teskarisida lis tochkani ikkiga bo‘ladigan chiziq chizib olinadi. Listochkaga shakl berish uchun yelimli qotirma qo‘yiladi. Listochka belgilangan uzun chiziq bo‘ylab o‘ngini ichkari qaratib qayiriladi va yon qirqimlari 0,5—0,6 sm kenglikda
ag‘darma chok bilan tikiladi. Bunda qotirma baxyaqator tagiga tushishi 95kerak. Chokning burchaklari chok haqiga 0,2—0,3 sm qoldirib qirqiladi.Listochka o‘ngiga ag‘dariladi, yon tomonlari va burchaklari to‘g‘rilanadi.Maxsus mashinada ziylari ko‘klanadi va dazmollanadi. O‘ng tomondan listochka ziyiga modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi.Listochkaning ichki tomoniga andaza qo‘yib, tayyor listochka kengligi belgilab olinadi. Old bo‘lak o‘ngida cho‘ntak o‘rni belgilab olinadi, teskari tomonga bo‘ylama qo‘yiladi. Listochka astariga cho‘ntak xalta 0,7 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Listochkaning o‘ngini old bo‘lak o‘ngiga qo‘yib, belgi chiziq bo‘ylab ulanadi. Cho‘ntak xaltaning 2-qismi listochka ulangan chokdan 1 sm masofada old bo‘lakka biriktiriladi.Old bo‘lakda cho‘ntak og‘zi qirqiladi. Listochka choki ikki tomondan qirqiladi va yorib dazmollanadi. Ostki listochka bilan cho‘ntak xalta listochka chokiga tikiladi. Cho‘ntak xalta tomonlari 1 sm kenglikdabiriktirib tikiladi. Listochka uchlari old bo‘lakka qo‘lda yashirin qaviq bilan, bostirma chok bilan yoki yelim plyonka bilan puxtalanadi. Oayyorcho‘ntak dazmollanadi
CHOKDAGI CHO‘NTAKNI TIKISH
Choklardagi cho‘ntaklar listochkali va listochkasiz, bezak baxyaqatorli va bezak baxyaqatorsiz bo‘ladi.
Chokdagi listochkali cho‘ntakka ishlov berish uchun asosiy gazlamadan yoki bezak gazlamadan bichilgan listochka, cho‘ntak xalta,bo‘ylama va uqa kerak bo‘ladi. Asosiy detalda cho‘ntak o‘rni kertimlar yordamida belgilab olinadi. Listochkaga ishlov berish yuqoridagidek amalga oshiriladi.Cho‘ntak ziyi cho‘zilib ketmasligi uchun old bo‘lakning teskari tomoniga chok haqi bo‘ylab uqa qo‘yiladi. Bo‘ylama old bo‘lak yon
tomonining teskarisiga cho‘ntak og‘zini qoplab turadigan qilib qo‘yiladi. Oayyor listochka o‘ngi avra detalning o‘ngiga qo‘yiladi,listochkaning ustiga cho‘ntak xalta o‘ngini pastga qaratib qo‘yiladi va qirqimlari to‘g‘rilanib, belgilangan chiziq bo‘yicha 1 sm kenglikdabaxyaqator yuritiladi. Yakka tartibda tikiladigan kiyimda
oldin ko‘klab olinadi. Cho‘ntak xaltaning ikkinchi qismi asosiy detalning yon qismiga 1 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Cho‘ntak xalta asosiy detal teskarisiga o‘giriladi, biriktirilgan choklar cho‘ntak xalta tomonga yotqizib dazmollanadi. Old bo‘lak qirqimlari old qismining teskari tomonidan, nazorat belgilariga binoan butun uzunasi bo‘ylab — o‘ng old bo‘lakni yuqoridan pastga tomon, chap old bo‘lakni esa pastdan yuqoriga tomon cho‘ntak xalta qirqimlarini biriktirib tikish bilan bir vaqtda ulanadi. Cho‘ntak og‘zi uchlari qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi.Chokdagi listochkasiz cho‘ntakka chokdagi listochkali cho‘ntak kabi ishlov beriladi. Asosiy detal old va yon bo‘laklarining o‘ngiga, kertimlar
bo‘yicha cho‘ntak xalta qismlari o‘ngini pastga qilib qo‘yiladi va chetidan1,0 sm masofada ulanadi. Cho‘ntak xalta ag‘dariladi, choklari to‘g‘rilanadi va cho‘ntak xalta tomonga yotqizib dazmollanadi.
Modelda bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, ko‘zda tutilgan masofada o‘ngidan bezak baxyaqator yuritiladi. So‘ng asosiy detal
bo‘laklari va cho‘ntak xalta 1,0—1,5 sm masofada bir vaqtda biriktiriladi.Cho‘ntak og‘zilari qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi. Oayyor cho‘ntak dazmollanad.Agar modelda relyef choklarga bezak baxyaqator yuritib ishlov beriladigan bo‘lsa, cho‘ntak tikish ketma-ketligi o‘zgaradi.Cho‘ntak og‘ziga mag‘iz bilan ishlov berilganda, old bo‘lakka mag‘iz biriktirib tikib olinadi. Mag‘iz teskari tomonga ag‘darilib, old bo‘lakdan ziy hosil qilib dazmollanadi. Cho‘ntak xalta detallari old bo‘lak qismlariga biriktirib tikiladi. Old bo‘lak qismlarining qirqimlari biriktirib tikiladi,lekin cho‘ntak xalta tomonlari tikilmay qoldiriladi. Chok yotqizib dazmollangandan keyin cho‘ntak og‘zi ustki bo‘lagining ziyiga bezak baxyaqator yuritiladi, keyin cho‘ntak xalta tomonlari biriktirib tikiladi.So‘ng relyef chokiga bezak baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqator kengligi cho‘ntak ziyiga yuritilgan bezak baxyaqatorning davomi bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |