28-savol. Qiyosiy- tarixiy metod


-savol. Umumiy semiotika va lingvosemiotika. Tabiiy va sun’iy belgilar. Kommunikativ va informativ belgilar



Download 29,47 Kb.
bet3/3
Sana13.07.2022
Hajmi29,47 Kb.
#786887
1   2   3
Bog'liq
28,29,30

30-savol. Umumiy semiotika va lingvosemiotika. Tabiiy va sun’iy belgilar. Kommunikativ va informativ belgilar.


Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fandir. Shunga ko‘ra semiotika belgilar sistemasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni, jihatlarni o‘rganadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi.
Semiotika, aytilganidek, belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot bo‘lib, uning muayyan yo‘nalishi sifatida tilshunoslik va semiotikaning o‘zaro maqsadli aloqaga, munosabatga kirishishidan tilshunoslik fanining lingvosemiotika deb ataluvchi sohasi shakllanadi. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifa-tida semiotikaning — lingvosemiotikaning tekshirish obyekti hisoblanadi, ya’ni lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq qiladi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyat tomonidan faol qo‘llanadigan belgilar sistemasidir.
Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar -priznaklar) va sun’iy belgalar (yoki belgilar - infor-matorlar).
Tabiiy belgilar (priznaklar) aslida belgi hisoblanmaydi. Ular u yoki bu narsa, predmet va hodisalarning muayyan bo‘lagi, tarkibiy qismi bo‘lib keladi. Masalan, darsga kirish yoki darsdan chiqish haqida xabar beruvchi qo‘ng‘iroq, poyezdning kelayotganligi yoki harakati yurishi boshlanayotganligi haqida darak beruvchi ovoz, gudok, yomg‘ir yog‘ishidan xabar beruvchi to‘plangan bulutlar, shamolning esayotganidan darak beruvchi daraxt uchlarining qimirlashi, qordagi oyoq izi va boshqalar. Demak, ushbu tabiiy belgilar — alomatlar inson ongida xotirasida muayyan tasavvurlarni hosil qiladi, «uyg‘otadi».
Sun’iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, haqiqiy belgilar hisoblanadi. Ular tabiiy belgilardan - alomatlardan farqli muayyan xabarni — informatsiyani to‘plash, saqlash va yetkazish uchun predmet va hodisalarni, tushuncha va hukmlarni tasavvur qilish, o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Demak, bunday hollarda ayni belgilar, tabiiy belgilardan — alomatlardan farqli muayyan predmet, hodisa, tushunchalar o‘rnida ishlatilsada, ammo ularning tarkibiy qismi, bo‘lagi bo‘la olmaydi. Shunga ko‘ra bunday belgilar shartli belgilar hisoblanadi.Jamiyatda qo‘llaniluvchi kommunikativ — informativ belgilar-signallar, simvollar, belgilar — til belgilaridir.
Ushbu informativ belgilar — shartli belgilar ichida haqiqiy belgi — kommunikativ belgi til belgisi - til birligi hisoblanadi. Boshqa belgilar esa til belgisi darajasidagi kommunikativ belgi bo‘la olmaydi. Shunga ko‘ra ular yordamchi, ko‘makchi belgilar hisoblanadi, muayyan vaziyatdagina xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Qiyoslang: temir yo‘l signali, trevoga signali, tovush signali, tinchlik simvoli (kabutar), do‘stlik simvoli (qo‘l berish).
Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish