28-savol. Qiyosiy- tarixiy metod


-savol. Nutqning yuzaga chiqish bosqichlari. Matn segmentlar



Download 29,47 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi29,47 Kb.
#786887
1   2   3
Bog'liq
28,29,30

29-savol. Nutqning yuzaga chiqish bosqichlari. Matn segmentlar.
Nutqiy faoliyat” tushunchasi. F. de Sossyur tomonidan til va nutqning farqlanishi psixolingvistik tadqiqotlarda “nutqiy faoliyat” tushunchasining yanada aniqroq bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. A.A.Leontev fikriga ko‘ra, F.de Sossyur nutqiy faoliyatni til va lisoniy qobiliyatning birligi sifatida tushuntirgan. L.V.Shcherba esa nutqiy faoliyatni so‘zlash va tushunish jarayonlarining umumlashmasi, deb belgilagan. A.A.Leontev nutqiy faoliyatni “nutqiy jumlalarning nutqiy bo‘lmagan subyektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi” sifatida baholaydi va uni predmetlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, motivlashganlik, pog‘onalilik hamda bosqichlilik singari alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan, boshqa inson faoliyatlari chog‘ida muloqot vositasi sifatida tildan foydalanish jarayoni, deb izohlaydi. “Nutqiy faoliyat o‘zining barcha mezonlariga ko‘ra, masalan, tashkil bo‘lishiga ko‘ra eng murakkab faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
I.A.Zimnayaga ko‘ra, nutqiy faoliyat faol, aniq bir maqsadga qaratilgan, til vositasida amalga oshiriladigan va holatlardan kelib chiqqan holda insonlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilish, muloqot qilish jarayonidir. Nutqiy faoliyat boshqa kengroq masalan, ijtimoiy-ishlab chiqarish (mehnat), bilish faoliyatiga ham kirishi mumkin. Insonning barcha boshqa faoliyatlari kabi nutqiy faoliyat ham darajali yoki bosqichli tuzilishga ega. Birinchi bosqichda faoliyat ehtiyojlar, motivlar va maqsadlarning o‘zaro ta’sirida amalga oshadi. Bunda faoliyatning asosiy manbasi ehtiyojdir. Nutqiy faoliyatningikkinchi bosqichini faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini o‘rganishga, faoliyat predmetini aniq belgilashga va uning xususiyatlarini yoritishga qaratilgan yo‘naltiruvchi-tadqiqot (yoki analitik) qism tashkil qiladi. Ayni paytda bu bosqich nutqiy faoliyatning rejalashtirilishi, dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir. Uchinchi bosqich ijro bosqichidir. Bu bosqich nutqiy ifodalarni amalga oshirish (yoki qabul qilish va tushunish)ni, shu bilan birga, faoliyatni amalga oshishini va uning natijalarini nazorat qilish amallarini o‘z ichiga oladi. Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo`ladi”. Matn turlari quyidagilar ( ifoda mazmuniga ko’ra): 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.

Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish