28-savol. Qiyosiy- tarixiy metod



Download 29,47 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi29,47 Kb.
#786887
  1   2   3
Bog'liq
28,29,30


28-savol. Qiyosiy- tarixiy metod. Obyektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O‘rganilayotgan obyektni qay darajada obyektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog‘liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi. Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo‘llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko‘ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo‘linadi. Ulardan biri qiyosiy-tarixiy metod sanaladi. Olamni bilishda o‘rganilayotgan obyektni qiyoslash katta rol o‘ynaydi. Oldin o‘rganilgan obyektni yan­gi o‘rganilayotgan obyektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan obyektlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo‘llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.
Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo“yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari aniqla­nadi.
Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.
Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ik­kinchi tomondan, noqardosh tillarni o‘rganish va o‘qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.
Tillararo qiyoslash o‘ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqar­dosh tillarni qiyoslash.
Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo‘li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o‘rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bun­day qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosi­da olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bunday metod qiyosiy-chog‘ishtirma metod sanaladi.



Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish