28-mavzu. Atom va yadrosining tuzilishi va xossalari. Mikrozarralarning korpuskulyar-to‘lqin dualizmi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi. Atomning yadro modeli. Vodorod atomining nurlanish spektri. Bal’merning umumlashgan formulasi. Ridberg doimiysi. N. Bor postulatlari. Vodorod atomining Bor nazariyasi. Frank - Gers tajribasi.
De-Broyl gipotezasi. De-Broyl to‘lqini. Elektronlar va neytronlar difraksiyasi. Geyzenbergning noaniqlik munosabatlari. Mikrozarra holatining berilishi. To‘lqin funksiyasi va uning statistik ma’nosi. Kvant nazariyasida holatlar superpozitsiyasi. Kvant nazariyasida ehtimollik.
Yadro kuchlari. Massa deffekti va yadro bog‘lanish energiyasi. Yadroning fenomenologik tomchi va qobiq modellari. Messbauer effekti va uning qo‘llanilishi. Radioaktiv emirilish. Yadro reaksiyalari. Yadrolarni bo‘linish reaksiyalari. Zanjir reaksiya. Yadro reaktorlari. Yadro energetikasi muammolari. Termoyadroviy reaksiyalar. Boshqariladigan termoyadro reaksiyalari muammosi.
Reja:
1. De – broyl gipotezasi. Elektronlar difraksiyasi.
2. Geyzenbergning noaniqliklar munosabati.
Atom yadrosining tarkibi. Yadroning massa va zaryad soni.
Radioaktivlik.
Yadroviy reaksiyalar.
Yadrolarning bo‘linishi.
Zanjir reaksiya. Reaktorlar.
Termoyadroviy reaksiyalar. Yulduzlar energiyasi
1. De – broyl gipotezasi. Elektronlar difraksiyasi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, yorug‘lik korpuskulyar va to‘lqin xossasiga ega. Yorug‘likning to‘lqin xossaga ega ekanligini yorug‘lik Interferensiyasi, yorug‘lik difraksiyasi, yorug‘lik dispersiyasi va boshqa optik hodisalar tasdiqlaydi. Yorug‘likning korpuskulyar tabiatini yoki boshqacha aytganda yorug‘likning kvant tabiatini nurlanish qonunlari, fotoeffekt hodisasi, Kompton effekti va boshqa qator optik hodisalar tasdiqlaydi.
Yorug‘likning bu dualistik xususiyatlarini yanada rivojlantirib 1924 yilda Lui de-Broyl (1892-1987) korpuskulyar – to‘lqin tabiat faqat yorug‘lik zarrachalari (fotonlari)gagina xos bo‘lib qolmasdan, balki bunday ikki yoqlamalik elektronga va har qanday boshqa mikrozarrachalarga ham ta’luqli degan gipotezani ilgari surdi. Boshqacha aytganda, de-Broyl gipotezasiga asosan, korpuskulyar – to‘lqin dualizmi elektromagnit nurlanishdek, har qanday boshqa modda zarralari uchun ham tegishlidir. U holda foton uchun yozilgan quyidagi
munosabatni modda zarralari uchun ham qo‘llash mumkin. Agar massasi m, tezligi ga, impulsi r =mteng bo‘lgan biror modda zarrasida harakatlanish jarayonida uzunligi
(28.1.1)
26.1-rasm