26- mavzu. Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.06.2023
Hajmi0,71 Mb.
#953135
  1   2   3   4   5


26- mavzu. ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING 
EKOLOGIK DIFFERENSIATSIYALANISHI
Mavzuning mazmuni.
Odam ekologiyasi fani antropoekologik sistemalar kelib chiqishi, 
yashashi va rivojlanishi qonunyatlarini o ‘ rganadi. Odam ekologiyasi 
fani faqat tabiiy-ilmiy masalalargina emas, ijtimoiy, falsafiy, geografik 
muammolar bilan ham shug‘ ullanadi.
A n trop oekologik sistemalar muhit bilan o‘zaro dinamik bog‘ - 
langan va shu tufayli o'z ehtiyojlarini qondiruvchi insonlar uyush- 
masidir. Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan 
asosiy farqi unda insonlar jamiyatining mavjudligi va dominant rol 
o ‘ ynashidir.
Antropoekologik sistemalarda insonlar jamiyati bilan tabiiy muhit 
orasida o ‘ zaro ta’ sir ikki xil yo‘ nalishda boradi: 1. Muhit ta’ sirida 
biologik va ijtim oiy ko‘ rsatkichlar o'zgaradi. 2. Insonlar ehtiyojini 
qondirish natijasida muhitning o ‘ zi ham o ‘ zgarib boradi.
Odam ekologiyasi fanining asosiy vazifalari:
1. Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish.
2. Tabiat zaxiralalaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish.
3. In s o n la r n in g y a sh a sh m u h itla rin i o p tim iz a ts iy a la s h  
choralarini o'rganish.
4. In son larn in g yashash muhitiga ekologik adaptatsiyasini 
o'rganish.
Inson bioijtim oiy mavjudot bo‘ lganligi uchun uning yashash 
muhiti bilan munosabatlarida bir qancha o'ziga xosliklar mavjud.
1. Inson ekologik omil sifatida hayvonlar kabi faqat tabiiy 
zaxiralardan foydalanibgina qolmaydi, balki uning tabiatga ta’ siri 
maqsadga m uvofiqli, ongli bo‘ ladi, tabiat ustidan hukmronlik qiladi, 
tabiatni o ‘ z ehtiyojlariga moslashtiradi.
2. Insonn ing tabiatga ta ’ siri o 's im lik va h ayvon larn ikiga 
qaraganda juda kuchlidir. Hayvonlar va o ‘ simliklar faqat fotosintez 
natijasida jamlangan energiyadan foydalansa, odamlar qazilma 
boyliklar, suv, atom termoyadro energiyalaridan foydalanadi. Bu 
esa in son lar ja m iy a tin in g planetada k eng ta rq a lish i va tez 
ko‘ payishiga imkoniyat yaratadi. Inson keng kosmopolitik arealga 
egadir.
3. Insonning ekologik omil sifatida yana bir o ‘ ziga xosligi — 
uning faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega ekanligidir.
www.ziyouz.com kurubxonasi


4. 
Insonning boshqa tirik mavjudotlardan yana bir farqi uning 
ekologik optimumining chegaralanganligidir. Insonlarning tabiatda 
keng tarqalishi ularning biologik ko‘ rsatkichlarining o ‘ zgarishlari 
orqali emas, balki inson o ‘ ziga loyiq muhit yaratishi tufayli amalga 
oshadi.
Odamning yashash muhiti ikkita tarkibiy qismdan tashkil topadi:
1. Biologik-tabiiy (tabiiy muhit).
2. Ijtimoiy-madaniy (su n ’ iy muhit).
Ijtim oiy omillar ta’ sirida insonlar jamiyatining x o ‘ jalik-madaniy 
tiplari kelib chiqadi va o ‘ sha sharoitga qarab almashinib turadi.
X o ‘jalik-m adaniy tip la r: kelib chiqishi farqlanadigan, bir xil 
tabiiy sharoitlarda yashaydigan, bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada 
bo'lgan, x o ‘jalik-madaniy faoliyatlari o'xshash bo‘ lgan shaxslar 
umumlashmasidir. Shunday qilib, inson o ‘ z faoliyati natijasida 
x o ‘ jalik-m adaniy m uhitni yaratadi. Bunday m uhitning asosiy 
ko‘ rsatkichlari quyidagilar:
1. Insonlarning hayot tarzi.
2. Kasalliklar strukturasi.
3. Sog‘ liq ko‘ rsatkichlari.
M u h it s ifa t n in g in t e g r a l m ezon i in s o n la r n in g s o g ‘ lig i 
ko'rsatkichlaridir.
In s o n la r n in g e k o lo g ik d ifferen sia tsiy a la n ish i. E volutsiya 
jarayonida inson populatsiyalari doimo ekologik omillar ta’ sirida 
b o‘ lib kelgan. Ilmiy-texnik revolutsiya insoniyat tarixining faqat 
1% qismiga teng. 0 ‘ z tarixining asosiy qismida insoniyat: iqlim, 
alimentar omillar, geokimyoviy jarayonlar, biologik omillar ta’ sirida 
rivojlanib kelgan. 0 ‘ sha yuqoridagi omillar ta’ sirida insonlarning 
har xil ekologik adaptiv tiplari shakllangan.
A d a p tiv tip m a’ lum m uhitga en g ya x sh i m oslanishni 
ta ’ minlovchi morfologik, funksional, biokimyoviy, immunologik va 
boshqa belgilar rivojlanishini ta ’ minlovchi reaksiya normasidir. 
Reaksiya normasi qancha keng b o‘ Isa moslashish ham shuncha yaxshi 
b o ‘ ladi.
A daptiv tiplar kelib chiqishining asosiy zaxirasi va zamini 
o ‘ zgaruvchanlikdir.
Boshqa populatsiyalar kabi insonlar populatsiyalarida ham 
genetik polim orfizm mavjud b o ‘ lib, uning natijasida b o‘ yi, ko‘ krak 
qafasi kengligi, teri osti y o g ‘ kletchatkasi qalinligi, gaz almashinishi, 
q on o q im i t e z lig i, su y a k la r m in e ra liz a ts iy a la n is h i, qon da 
xolesterinning miqdori kabi ko‘ rsatkich bo'yicha 10-25% farqlar 
mavjud.
www.ziyouz.com kurubxonasi


Adaptiv tiplar irqlarga b og ‘ liq emas. Ular genofondi ma’ lum 
yashash sharoitiga moslashgan populatsiyalardir. Adaptiv tipga xos 
ko‘ rsatkichlar embriogenez davridayoq namoyon b o ‘ la boshlaydi 
(masalan, tana proporsiyalari).
Quyida adaptiv tiplarnng asosiylari, ularning kelib chiqish 
sharoitlari, xarakterli belgilari bilan qisqacha tanishamiz.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish