26- mavzu. Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.06.2023
Hajmi0,71 Mb.
#953135
1   2   3   4   5
Arktik adaptiv tip
— sovuq iqlim va ovqatda asosan hayvon 
mahsulotlari ko‘ pligi sharoitlarida shakllangan.
Bu adaptiv tipning xarakterli xususiyatlari quyidagilar:
— suyak-mushak sistemasi yaxshi rivojlanishi;
— ko‘ krak qafasi hajmi kengligi;
— qonda gemoglobin miqdori yuqoriligi;
— suyaklarda mineral moddalar miqdori ko'pligi;
— qonda xolesterin miqdori ko'pligi;
— lipidlar yaxshi oksidlanishi;
— termoregulatsiyaning yaxshi rivojlanishi.
Tropik adaptiv tip
— jazirama va nam iqlim, ratsionida hayvon 
mahsulotlari nisbatan kam, ekologik sharoitlar xilma-xilligi bo‘ lganda 
shakllanadi.
Bu adaptiv tip uchun xarakterli xususiyatlar quyidagilar:
— somatik ko‘ rsatkichlar xilm a-xilligi (past b o ‘ yli, baland b o‘ yli 
va hokazolar);
— mushaklar massasi kamligi;
tana massasi kamligi, oyoq-qo‘ llar uzunligi;
— ko‘ p ter ajralishi;
— asosiy va yog‘ almashinuvi sustligi;
— qonda xolesterin miqdori kamligi.
0 ‘rtacha adaptiv tip
iqlim sharoitlari mo'tadil hududlarda 
shakllanadi. Bunday hududlarda m avsum iy bioritm lar yaxshi 
namoyon bo‘ ladi. Bu adaptiv tipga kiruvchi populatsiyalarda somatik, 
moddalar almashinish ko'rsatkichlari arktik va tropik adaptiv tiplar 
xususiyatlarining o'rtacha ko'rsatkichlariga ega.
Cho‘l-sahro adaptiv tipi
quyosh radiatsiyasi o'ta kuchli, 
jazirama, quruq, o'ta kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi:
Xarakterli xususiyatlari quyidagilar:
issiqlik uzatilishi yuqoriligi;
ter bezlari yaxshi rivojlangan;
— suv ko‘ p iste’ mol qilinadi.
0 ‘ zbekiston aholisining ko'pchiligi ch o‘ l-sahro adaptiv tipga 
mansub. Bunday adaptiv tiplarga ko‘ proq uglevodli ovqatlar iste’ mol 
qilish tavsiya etiladi. Ter bilan ko‘ p vitaminlar ajratilganligi uchun
www.ziyouz.com kurubxonasi


vitam inli ovqatlar k o'p roq iste’ mol qilish tavsiya etiladi. Cho‘ l- 
sahro adaptiv tiplari fiziologiyasi UzRFAning fiziologiya institutida 
akademik A.Yunusov rahbarligida juda yaxshi o ‘ rganilgan.
T og ‘ adaptiv tipiatm osfera bosimi past, kislorodning parsial 
bosimi kam, gipoksiya, sovuq, ovqatning nisbatan bir xilligi sharoitida 
shakllangan.
Xarakterli xususiyatlari:
— asosiy almashinuv kuchaygan;
— ko'krak qafasi keng;
— naysimon suyaklar uzun;
eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori yuqori;
— gaz almashinuvi yengil kechadi;
— qonning kislorod sig ‘ imi yuqori.
0 ‘ zbekiston aholisining ayrim qismlari to g ‘ li adaptiv tiplarga 
kiradi.
A n tro p o g en ekosistem alar — asosiylari urbanobiotsenozlar va 
agrobiotsenoz lar.
A g r o b io ts e n o z la r (q ish lo q b iotsen ozla ri) — turlar tarkibi 
cheklangan b o‘ lib, asosan madaniy o ‘ simliklar va uy hayvonlaridan 
tashkil topadi. Ekologik sharoitlarning: havo, suv, atrof-m uhit 
om illarining nisbatan yaxshi ko‘ rsatkichlari bilan xarakterlanadi. 
Tibbiyot nuqtai nazardan bu ekosistemalarda antropozoonozlar 
(exinokokkoz, trixinellez), geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, 
ankilostom ozlar), biogelm intozlar (shistosomoz, trixinellez) ko‘ p 
tarqalgan, atrof-m uhit kim yoviy o ‘ g ‘ itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar 
bilan ifloslanganligini e’ tiborga olib, ularning profilaktikasi, atrof- 
m uhitni m uhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish talab 
qilinadi.
U rbanotsenoz (shahlar biotsenozi) ijobiy tomonlari — hayot 
darajasi yuqoriligi, umumiy kasallanish k o‘ rsatkichlari nisbatan 
pastligi, aholining ish bilan ta’ minlanishi va tibbiy yordam yaxshi 
y o ‘ lga q o‘ yilganligidir.
Ammo urbanotsenozlarning salbiy tomonlari ham anchadir:
— aholi zich ligi yuqum li kasalliklar k o‘ p tarqalishiga omil 
hisoblanadi.
— shovqin, gipodinamiya, shahar hayotining ancha tangligi, 
keskinligi asab, ruhiy, yurak-tomir kasalliklari uchun zamin hisob­
lanadi (bu kasalliklar qishloqqa nisbatan 1 ,5 -2 baravar ko‘ proq 
uchraydi).
www.ziyouz.com kurubxonasi


— atm osferaning ifloslan gan ligi ultrabinafsha radiatsiyasi 
jadalligini ancha susaytiradi ( bolalar orasida raxit, D-avitaminozlari 
ko'proq uchraydi).
— o'simlik ovqatlari, sut mahsulotlari nisbatan kam iste’ mol 
qilinadi;
— tug‘ ilish ko'rsatkichlari ancha past.
Urbanotsenozlarda quyidagi tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini 
amalga oshinsh tavsiya etiladi:
— atrof-muhit zararlanishi oldini olish;
ishlab chiqarishda, chiqindisiz, yopiq texnologiyalardan 
foydalanish;
— shovqinlarni kam aytirish, ishlab chiqarish va transport 
jarohatlari oldini olish;
— yashil zonalarni yaratish;
— aholi o'rtasida sog'lom hayot tarzi, jism oniy tarbiya, sportni 
targ'ib qilish.
Insonning tabiatga ta ’ siri. Insoniyatning tabiatga ta’siri uning 
tarixining eng dastlabki davrlaridanoq davom etib kelmoqda. Ammo 
dastlab bu ta’ sirlar kuchli bo‘ lmagan, ularning o ‘ rni to ‘ ldirilgan, 
tabiatdan olingan narsalar, yana m oddalar davriy almashinuvi 
natijasida tabiatga qaytarilgan.
Insoniyat tarixining hozirgi bosqichida esa bu ta’ sirlar juda 
kuchayib bormoqda.
1. Energiya ishlab chiqarish natijasida energiya hosil qiluvchi 
moddalar zaxirasi tobora kamayib bormoqda. Atmosferaga tobora 
ko'proq C02, S02, azot oksidlari ajratilmoqda, kislorod miqdori tobora 
kamayib, C 02 m iqdori esa ortib borm oqda. Chang zarrachalari 
tarkibida kanserogen, teratogen, mutagenlar miqdori tobora ortib 
bormoqda.
2. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tabiiy zaxiralar 
tobora ko‘ plab sarflanib, ularning o ‘ rni to ‘ ldirilmayapti, chiqindilar 
m iqdori ortib borm oqda (har kuni b ir kishi boshiga 2 ,5 -3 kg 
chiqindilar to'planadi). Yangi kimyoviy birikmalar sintezi uchun 
ko‘ p miqdorda kimyoviy mahsulotlar sarflanmoqda.
3. Ovqat m ahsulotlari ishlab chiqarish uchun yangi yerlar 
ochilm oqda, o'rm onlar kesilmoqda. Bular esa tuproq eroziyasiga 
sabab bo'lm oqda. K im yoviy o ‘ gitlar, pestitsidlar, ovqatga q o ‘ shi- 
ladi konservantlar inson sog‘ ligi uchun juda katta xavf hisoblanadi.
4. Insonning x o ‘ jalik faoliyati natijasida juda ko‘ plab o'sim lik 
va hayvon turlari yo'qolib bormoqda.
www.ziyouz.com kurubxonasi


5. 
Transport vositalari tobora ko‘ p rivojlanishi biosferaning 
o ‘ zgarishiga sabab bo‘ lmoqda, transport chiqindilari atmosfera gazlari 
tarkibiga ta’ sir qilmoqda.
Hamma yuqorida keltirilgan ta’ sirlar biosferadagi ekosistemalar 
ora sid a gi m uvozanat b u zilish ig a olib kelm oqda, biotik davriy 
almashinuvi yopilmay qolmoqda, „parnik effekti“ sodir bo'lmoqda, 
atmosferada „ozon teshiklari“ hosil bo‘ lmoqda, ularning o'lchami 
tobora ortib bormoqda. 
*

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish