24-mavzu. Milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar tizimi, tarixiy xotira, etnotoponimlar o‘zlikni anglash omili Reja


-masala. Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi



Download 226 Kb.
bet4/8
Sana12.12.2022
Hajmi226 Kb.
#884148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
24 mavzu Milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar tizimi, tarixiy

3-masala. Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi.
Ilm -fan hamsha inson hayotida muhim bir ahamiyat kasb etib kelgan. U insonning modiy va ma’naviy rivojining bevosita sababchisi hisoblanadi.
Toponimka ilmi ham insoniyat madaniy hayotining uzviy bir qismi sanaladi. Badiiyroq qilib aytganda, joy nomlari tarixning zabon bitgan guvohidir. Chunki joy nomlarining yuzaga kelishi butun bir tarixni, butun bir bir xalq, elat, milllatning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyat kasb etadi.
Toponimika (yun. topos – joy +onyma – nom). Ya’ni joy nomlari –toponimlarni o‘rganadigan fan. 1. Biror joyning, hududning geografik nomlari (aholi punktlari, daryo, ko‘l va boshqa nomlari) majmui. Toshkent toponimikasi. Toponimika lug‘ati. 2. tlsh. Leksikologiyaning geografik nomlarni o‘rganadigan bo‘limi.1
Inson o‘zi yoki o‘zga yashab turgan biror manzilni ma’lum bir nom bilan atay boshlagandan beri toponomiyaga oid fikr, qarashlar vujudga kelgan deb aytishimiz mumkin. Har bir inson o‘z ismi yoki biror shaxs ismining lug‘aviy ma’nosini bilishga qanchalik qiziqsa, o‘zi yashab turgan, tug‘ilib o‘sgan manzil – makonning nomi ham bilishga shu darajada qiziqadi.
Etnomadaniyatda tasodifiy hodisa bo‘lmaganidek, ajdodlar tomonidan atab qo‘yilgan nomlar ham shunchaki bir favquloddagi narsa emas, balki ularning aksariyati yetti o‘lchab - bir kesilgan donishmandlik, topqirlik nishonasidir. Masalan, sohibquron bobomiz Amir Temur tavallud topgan ko‘hna Kesh-Shahrisabz shahri nomi ham bundan holi emas. Bu qadimiy shahar o‘rta asrlar va undan oldin Kesh nomi bilan mashhur bo‘lgan2. XIV asrdan boshlab Shahrisabz deb atalgan. Z.M.Bobur “Boburnoma”sida “Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xo‘b sabz bo‘lur uchun Shahrisabz ham derlar”3 degan ta’rifi shahar nomining mag‘zidir. Shahrisabz yashil shahar, daraxt va o‘t-o‘lanlari, ko‘katlari ko‘p shahar, ko‘kalamzor –bog‘-rog‘larga boy shahar. Shu bois uni ajdodlar yashil shahar deb atashgan. Kesh esa undan qadimiy bo‘lib, Kish-kesh-kash so‘zi suv va tog‘ bilan bog‘liq ob’ektlarni bildiradi. Kish-kesh-kash so‘zining qadimiy ma’nosi –tog‘, balandlik. Qadimiy qo‘rg‘onlar baland joyda qurilgan. Ozorboyjon toponimisti S.M. Mollazadening aqilashicha, ozarbayjon tilining dialektlarida kesh komponenti keshgal, keshkel (kichik ariq), keshalma ( ho‘l bo‘lmoq) so‘zlari bo‘lib, ular oqmoq, oqib chiqmoq ma’nosidagi kesh-kish fe’li va oqim, suv oqimi ma’nosidagi kesh-kish kabi tarixiy so‘zlarning zamonaviy shaklidir. Kuba dialektida kesh so‘zi ikki tog‘ orasidagi suv oqar joyni anglatadi. Qadimiy Kesh shahri Oqdaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, ikkinchi tomonida Tanqas daryo oqib o‘tishi va Hisor tog‘i bilan xalqasimon o‘ralgan kabi omillar bu fikr to‘g‘riligiga ma’lum darajada ishora beradi4. Umuman Prezidentimiz ta’kidlaganidek; “Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g‘oyat qutlug‘ maskandir. Jahon madaniyati betimsol namoyandalarining zuvalasi mana shu tuproqdan olingan. Lekin bu el-yurtni butun dunyoga mahur etgan, dog‘iini taratgan zot, shubhasiz, sohibqiron Amir Temur bobomizdir”5.
Shahar, qishloq, mahalla, guzar nomlari respublika joy joy nomlari sistemasida eng qadimiy atamalar sanaladi. Tarixiy manbalarda shahar, qishloq nomlari ko‘proq qayd etilgan. Yozma manbalarda uchraydigan va nutqda hozir qo‘llanlayotgan nomlar lingvistik tarixiy-qiyosiy yo‘nalishda, tarixiy, geografik, etnografik, adabiy ma’lumotlar asosida tahlil qilish ko‘p jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Qiyosiy-tarixiy tadqiq shuni ko‘rsatadiki, eng qadimiy aholi maskanlarining nomi bir so‘zdan iborat bo‘lgan. Davr o‘tishi bilan bu so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘zlar qo‘shilgan. Aholi yashov maskani nomi ilmiy tilda –oykonim, ularning majmui oykonimiyadir. Aholi yashov maskanlari nomini sistema sifatida o‘rganish qishloq nomining lingvistik va nolingvistik tabiati to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi.
Joy nomlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish mustaqillik bois yanada kuchaydi. Eng muhim mustaqillik sharofati bilan joy nomlari oid tarixiy adolat qaror topdi. O‘zbekistonda joy nomlarini o‘rganish dolzarb vazifalar qatoriga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 30 avgustdagi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasini hal etish to‘g‘risid” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Xalqimiz milliy mustaqillikka erishish arafasida ma’naviyat bobida shunday tanazzulga kelib qolgan ediki, hatto tarix ko‘zgusi bo‘lmish ko‘hna joy nomlari ham sho‘roviy nomlar bilan almashtirib tashlangan, bu ish tez suratlar bilan muttasil davom ettirilmoqda edi. Masalan, Tonkentning Ko‘kcha dahasidagi 13 asrlik tarixga ega Shayx Zayniddin bobo qabristoni “Viloyat” qabristoni deb, bu qabristondagi xilxonalar esa “Mikoyan xilxonasi”, “Litvinov xilxonasi”, “Avangard xilxonasi” deb yangicha nomlangan edi, chunki bu atrofdagi mahallalarga sobiq Toshkent shahar ijroiya komiteti qaroriga ko‘ra shunday nomlar berilgan edi. Ijroiya komitetid esa o‘z tarixiga befarq qarovchi, milliy g‘ururi sust kishilar rahbarlik qilishardi. Nafaqat mahallalar, balki poytaxtimizdagi tumanlar ham sho‘rolarga xos nmlar bilan atalardi: Oktabr, Lenin, Frunze, Kirov, Kuybishev, Narimonov. Shahimiz ko‘chalari-yu maydonlari bo‘ylabsayr qilib lavhalarga ko‘z tashlasangiz, O‘zbekistonning poytaxtida turganingizga ishonmay qolardingiz. Deyarli to‘qson foiz ko‘cha va maydonlarning nomlari ovro‘pacha va sho‘rocha edi. Toshkentning xalqaro darvozalari hisoblanmish aeroport yoki temiryo‘l vokzalidan shaharning biror manziliga borar ekansiz, ko‘cha va maydonlarning nomlariga ko‘ra o‘zingizni begona yurtda yurgandek his qilardingiz. Masalan aeroportdan Do‘rmon qishlog‘iga Xmel’nskiy, Sapyornaya, Lenin, Stalin, Marks, Lunacharskiy ko‘chalarini, Teatral’naya, Sapyornaya, Lenin, Revolyusiya skveri, Pushkin, Gorkiy maydonlarini bosib o‘tar edingiz. Haykallar ham shu tahlitda edi.
Temiryo‘l vokzalida poezddan tushib, shaharga ilk qadam qo‘ygan kishining ko‘zi dastlab “Turkistonlik” 14 komissarga o‘rnatilgan haykalga tushardi. Haykalning nomi shunday bo‘lsa-da, aslida ularning hech birini ko‘hna Toshkentga aloqasi yo‘q, ular bol’shovaylarning komissarlari, sho‘roviy niqobdagi ashaddiy mustamlakachilardan edilar. Bunday holat butun respublikamiz viloyatlarida ham mavjud edi. Qishloq tumanlariga Orjonikidze, Kalilin, Voroshilov, Kirov, Frunze, Moskva kabinomlarni qo‘yish boshlanib ketgandi. Sho‘rolar qon tusi bo‘lmish qizil rangni ayniqsa yoqtirishari: “Qizil tong” fabrikasi, “Qizil qo‘shin” mahallasi, “Qizil Sharq” kolxozi, “Qizil partizan” sovxozi va shu kabilar. Toshkentdagi Mashhur maydonga tahassub qiluvchilar Toshkentning bosh maydonini og‘iz to‘ldirib “Qizil maydon” deb atardilar. Albatta, millatning gullari bo‘lmish ziyolilar orasida bunday holatga murosasiz bo‘lganshaxslar ham bor edi. Lekin ularning dami ichida edi. Kurashga chiqish uchun yetakchilik qiluvchi kuch, mard va shijoatli yo‘lboshchi yo‘q edi. Xalqimiz shunday simoni sirtida emas, dilida orziqib kutardi. Boshqacha aytganda, hali tarixiy sharoit yetilmagandi.6
Toshkent 20 asrdan ortiq tarixga ega. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentning eng qadimgi nomi “Choch” bo‘lgan. Milodiy sakkizinchi asrning boshidan boshlab, arab manbalarida “Shosh” deb atalgan. Aslida “Shosh” degani ham “Choch” deganidir. Chunki arab alifbosida “ch” harfi yo‘qdir. Ilk o‘rta asrlarda Toshkent “Shosh”, “Choch”, “Shoshkent”, “Madaniyati ash-Shosh”, “Binkat” va “Tarkan” deb ham nomlangan.
Shahrimiz “Toshkent” nomi bilan dastavval Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarida tilga olingan. Toshkent degani toshdek mustahkam shahar deganidir.7
Toponimlar lingvistik asosda izohlanadi: toponim asosidagi so‘zning qaysi tilga oidligi, qanday o‘zak va morfemalardan iboratligi, ularning apelyativ leksika va toponimika sathidagi ma’no xususiyati, yuz bergan lingvistik (tovush, yasalish, morfologik) o‘zgarishlar, nominatsiya prinsiplariga asoslanadi.8 Ba’zi toponimlarni o‘rganish natijasida ajdodlar madaniy merosiga doir tarixiy, geografik, etnografik ma’lumotlar kelib chiqadi. Zero etonmadaniyatni mohiyatini ochishda va uning yangi materiallar bilan boyitishda toponimik tadqiqotlar ham muhim o‘rin tutadi. Bunday izlanishlar orqali o‘lkaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid ma’lumotlar olish mumkin. Ular Vatanga muhabbat, o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. Toponimlar tarixini yoritish orqali biror hududning o‘tmishidagi tabiiy sharoiti, madaniy faoliyat turlari, siyosiy holati, etnik jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin.9
Respublikamiz poytaxti – Toshkent shahri o‘zining 20 asrlik tarixi davomida juda ko‘p voqealarning shoxidi bo‘lgan. Bu voqealarning aksariyati shahar joy nomlari ro‘y hatida o‘zining o‘chmas tamg‘asini qoldirgan. Ularning aksariyati esa tarix silsilasi jarayonida izsiz yo‘qolgan.
Kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari shahar toponimlari ichida uzoq tarixlarga borib taqaladi. Bularga misol qilib Degrez mahalla, Kulolgaron mahalla, Zargarlik, Mahsido‘z, Pichoqchi, Parchabof, Taqachi, Temirchi, Charxchi, O‘qchi, Kallaxona kabilarini ko‘rsatish mumkin.
Toshkentning o‘n ikki darvozasi bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar ham uzoq moziy mahsulidir: Qiyot darvoza, Turklar darvozasi, O‘zbek darvozasi, Taxtapul darvozasi, Qorasaroy darvozasi, Chig‘atoy darvozasi, Sag‘bon darvozasi, Ko‘kcha darvozasi, Kamondoron darvozasi, Qangli (Beshog‘och) darvozasi, Katog‘on darvozasi kabilar bunga dalildir.
Turkiston Chor hukumati tomonidan bosib olingach, so‘ngra oktabr’ to‘ntarishidan so‘ng, shuningdek, zilziladan keyin Toshkentda o‘zbek xalqi va tili bilan aloqasi bo‘lmagan joy nomlari ko‘payib ketgan edi.
Yangi nomlar eng avvalo qurilgan uylar, korxonalar, zavod-fabrikalar qurilgan ko‘cha larga qo‘yila boshlandi.
Shahardagi muvaqqat joy nomlari ichida qo‘shtirnoq ichidagi qo‘yilgan Leningrad, Volgograd, Brest, Sevastopol’, Kiev, Novorossiysk, Moskva kabi “Qahramon shahar” nomlari bor edi.
O‘zbek xalqining o‘tmishi bilan bog‘liq joy nomlari o‘rniga proletariatning “dohiylari”: K.Marks, F.Engel’s, V.I.Lenin, “otashin inqilobchilar”: Sverdlov, Shaumyan, Babushkin, Kirov, Frunze, Kuybishev, Orjonikidze, Shchors kabi nomlar qo‘yila boshladi.
Muvaqqat nomlarning ko‘payishiga o‘sha davrdagi ijtimoiy hayotda yuz bergan voqealar, “shonli sanalar” va bayramlar ham sababchi bo‘lgan: Hujum, Oktabr’ X yilligi; O‘zSSr 50 yilligi, 1 may, Partiya 20 s’ezdi, Komsomol 40 yilligi, 9 may, 8 mart, 5 dekabr’, kabi joy nomlari bunga misol bo‘ladi.
Yangi nomlar boshqa joylarda ham mavjud bo‘lgan eski nomlar o‘rninga ham qo‘yila boshlandiki, bu esa takroriy nomlarning ko‘plab paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada joy nomlaridagi qisqalik, o‘ziga xoslik, milliylik, betakrorlik ifodadagi lisoniy qonuniyatlar buzila boshlandi.
O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishgan kundan boshlab, xalqimiz ma’naviyati bilan uzviy bog‘liq tarixiy nomlar qaytadan tiklanayotir.
Tarixiy nomlar xalqimizning uzoq kechmishini o‘zida aks ettiradi. Ular ajdodlarimiz bosib o‘tgan og‘ir, mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni doimo esga solib turadi, yosh avlodni voyaga yetkazishda yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi.10
Yuqorida keltirganimizdek Toshkent O‘zbekiston Respublikasining poytaxti, ko‘p asrlik tarixga ega va uni uni yoritishda joy nomlarining ham o‘ziga xos ahamiyati bor. “Toshkent hammamiz uchun avvalo mustaqil davlatimizning go‘zal poytaxti,mamlakatimizning yuragi, ta’bir joiz bo‘lsa, Vatanimizning muqaddas ostonasidir. Johon ahli uchun ona diyorimiz bilan tanishuv avvalombor ana shu ostonadan boshlandi”, - degan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.11
Uzoq tarixiy davr mobaynida turli tarixiy va tabiiy jarayonlar ta’sirida Toshkent shahri topografik va toponimik jihatdan o‘zgarib borgan. Ushbu o‘zgarishlarni davriy jihatdan tadqiq etish shahar tarixini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Har bir tarixiy davrda shaharning o‘zga xos tarixiy toponimik qiyofasi yaralgan. Masalan, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent hududi kengaygan va uning hududida yangi joy nomlari paydo bo‘lgan. Ushbu holat 1967 yil Toshkent Turkiston general-gubernatorliging markaziga aylantirilganligi bilan bog‘liq. Mazkur davrda Anhor arig‘idan Salor kanaligacha bo‘lgan yerlarda yevropaliklar uchun yangi shahar bunyod etilib, unda radial xalqa tizimida ko‘cha lar o‘tkazilgan, aholining turar joylari bilan birga turli muassasalar uchun binolar qurilgan. Ularga yevropacha (asosan, ruscha) nomlar berilgan. Ayni vaqtda Toshkentning Eski shahar qismida ham yangi muassasalar tashkil topib, ba’zi ko‘cha larga nomlar berilgan. Shag‘ar hayotida kechgan o‘zgarishlar, undagi joy nomlari soning ortib,ba’zan o‘zgarib borishiga olib kelgan. Mazkur davr shaharning o‘ziga xos tarixiy rivojlanish bosqichini tashkil qiladi va undagi toponimlarni alohidatadqiqot sifatida o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahrining tarixiy toponomiyasiga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy tadqiqotlar mavjud va ularni uch guruhga ajratish mumkin: 1) XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid izlanishlar; 2) 1920-1990 yillarda olib borilgan tadqiqotlar. 3) O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida chop qilingan ilmiy ishlar.
Birinchi guruhga A.P.{oroshxinning “Ocherki Tashkenta” maqolasi12, M.A.Terent’evning “Istoriya zavosvaniya Sredney Azii. S kartami i shkalami” kitobi13, P.Pashinonning “Turkestanskiy kray v 1868 godu.”14, Skaylerning “Turkestan” asari15 kabilarni kiritish mumkin. Ularda Toshkentning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga, turli joy nomlariga doir ma’lumotlar uchraydi.
N.G.Malliskiy “Tashkentskie maxalya i mauza”16, H. Hasanov “Markaziy Osiyojoy nomlari tarixidan” va “Yer tili”17, M.Ye.Masson “Proshloe Tashkenta”18, A.R.Muhammadjonov “Qadimgi Toshkent”19, S.Qoraev “Toponimiya Uzbekistana”20, A.O‘rinboev, O.Bo‘riev “Toshkent Muhammad Solih tavfsifida”21 kabi tadqiqotlar ikkinchi guruhiga, ya’ni 1920-1990 yillarda yozilgan asarlarsirasiga kiradi.mazkur ilmiy izlanishlarda Toshkentning XIX asr oxiri – XX boshlariga oid toponimiyasiga doir ma’lumotlar mavjud.
Uchinchi guruhga, ya’ni mustaqillik yillarida nashr qilingan tadqiqotlar qatoriga S.Qoraevning “O‘zbekiston viloyatlari toponimlari”22, J.Ismoilovaning “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkentning “yangi shahar” qismi tarixi”23, shuningdek, “Toshkent shahri va viloyati toponimlari muammolari” – ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalari to‘plamidagi bir qancha tadqiqotlarni kiritish mumkin. Jumladan: M.Safarov, H.Tohirov “Toshkent shahridagi muvaqqat joy nomlarining paydo bo‘lishi va ularning salbiy oqibatlari”, L.Vaxrusheva “Mikrotoponimiya v ensiklopedii “Toshkent”, O.Bo‘riev “X-XVI asrlar yozma manbalarida Toshkent shahri va viloyati toponimiyasi”, T.Nafasov “Toshkentning toponimlarini o‘rganishning bir usuli”, Z.Arifxanov “K voprosu toponimiki Tashkentskix maxalya v XIX v.”, J.Jalilov “Ko‘hna Toshkentning yani toponimlari”, A.Muhammadxonov “Joy nomlari – tarixiy manbadir” X.Bo‘rieva “No‘g‘onqo‘rg‘on etnotoponimi xususida” va boshqalar.24
Ushbu tadqiqotlarda Toshkent shahri hududidagi toponimlarning xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur kitobda Toshkentning XIX asr oxiri - XX asr boshlarida shahar hududidagi tarixiy toponimiyasi tadqiq etilib, shahar toponimlari tavsifiy, nomlanish qonuniyatlari, ba’zi xususiyatlari, tarixiga doir ma’lumotlar keltirilgan; shuningdek, shahar hayoti bilan bog‘liq sur’atlar va ayrim joy nomlarining etimologiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarixiy toponimik lug‘at qismidan o‘rin olgan.25
Shahar, qishloq, mahalla, guzar nomlari respublika joy nomlari sistemasida eng qadimgi atamalar sanaladi. Tarixiy manbalarda shahar, qishloq nomlari ko‘proq qayd etilgan. Yozma manbalarda uchraydigan va hozir qo‘llanayotgan nomlar lingvistik tarixiy-qiyosiy yo‘nalishda, tarixiy geografik, etnografik, adabiy ma’lumotlar asosida tahlil qilish muhim ahmiyatga ega.
Qiyosiy-tarixiy tadqiq shuni ko‘rsatadiki, eng qadimgi aholi maskanlarining nomi bir so‘zdan iborat bo‘lgan. Davr o‘tishi bilan bu so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘zlar qo‘shilgan. Shu tariqa qadimgi nomlar yuzaga kelgan. Nomning asosidagi dastlabki so‘z shu joyning turini ifodalagan. O‘zbekiston aholisi azaldan eroniy va turkiy tilli bo‘lganligi sababli aholi maskani turini anglatuvchi so‘zlar ana shu tillar leksikasiga mansubdir: kat, kent, diz, hisor, deh, metan, kuran, kasaba, baland, duvon, chim-chem, baliq, qo‘rg‘on, qal’a, o‘rda, rabot, man-mayn va h. Bu so‘zlar nomlar tarkibida tovush va morfema o‘zgarishiga uchragan, ma’nolarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Ayrimlarining ma’nosi unutilgan, iste’moldan chiqib ketgan. Ular nutqda joy nomlari tarkibida saqlanib qolgan. Bu so‘zlar appelyativ leksikada har biri o‘ziga xos ma’noga ega, onomastik leksikada esa ma’nolari bir-biriga yaqin, bir xil funksiyani bajargan, aholi punktlari nomi yasashda “qo‘rg‘on”, “turarjoy” ma’nosini bildirgan.
Aholi yashov maskani nomi ilmiy tilda – oykonim, ularning majmui oykonimiyadir. Oykonimlarni tadqiq etadigan soha oykonimika deb ataladi.26
Toponimlarda etnosning tarixi, madaniyati, qadiriyatlari o‘z ifodasini topadi. Shu bois ular chuqur ilmiy tahlilar tayanmasdan o‘zgartirish mumkin emas. Zero, Muhtaram Prezidentimiz keltirganlaridek: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o‘rganib chiqishi va tartibga solishi zarur. Chunki ijtimoiy ob’ektlarga nom berish – bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak27.
Aksariyat toponimlarda ma’lum urug‘ning nomlari bilan ataladi. Shuningdek har bir toponim haqida ozmi ko‘pimi rivoyalar mavjud. Shuning uchun toponimik afsona va rivoyatlarning nashrga tayyorlashda quyidagi prinsplarga tayanish har jihatdan maqsadga muvofiqdir:
1) Joy nomlari bilan aloqador og‘zaki hikoyalarni nashrga tayyorlashdan avval to‘plangan matnlarning janr mansubiyatini belgilamoq kerak. Afsonalar voqelikni uydirmalar vositasida, o‘ta fantastik ruhda bayon qilishi, rivoyatlar esa hayotda haqiqatdan ham bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqidagi hikoyalardan iborat bo‘lishi, ya’ni janrlarning poetik belgilari tasnifga asos qilib olinadi.
2) Toponimik afsona va rivoyat matnlari qanday yozib olingan bo‘lsa, shundayligicha, “badiiy ishlov” berilmasdan nashrga tayyorlanadi. Badiiy matnda aytuvchining shevaviy leksik xususiyatlari saqlangan holda qolgani ma’qul.
3) Har bir afsona bir necha xil ko‘rsatkichlar bilan ta’minlanadi. Aytuvchining nomi, familiyasi, yoshi, yashash joyi, ma’lumoti, material yozib olgan vaqt va to‘plovchi haqidagi ma’lumotlar to‘la keltiriladi.
4) Ayrim toponimlar haqida xalq orasida bir necha xil afsonaviy talqinlar mavjud bo‘ladi. Shu bois muayyan joy nomi bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarning bir nechta varianti yozib olinishi ham mumkin. bunday hollarda badiiylik darajasi, syujetning mukammalligiga ko‘ra to‘laroq bo‘lgan matn nashrga tayyorlanib, qolgan variantlarning asosiy nusxadan farqli o‘rinlari ilovada ko‘rsatiladi.
5) Afsonadagi tarixiy, etnografik, mifologik, jug‘rofiy va diniy tushunchalarga, ma’nosini keng kitobxonlar ommasi bilishi qiyin bo‘lgan ibora va atamalarga matn ostida izoh berib boriladi.
Umuman olganda toponimik afsona va rivoyatlar muayyan joy nomining kelib chiqishi sabablarini tushuntirib berish maqsadida yaratilgan. Bunday og‘zaki hikoyalarni o‘ziga xos “xalq etimologiyasi” deb ham ataydilar. Odatda toponim ma’nosining afsonaviy talqini uning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berolmaydi. Toponimik afsona yoki rivoyat syujeti asos bo‘lgan “xalq etimologiyasi”ning talqilari o‘quvchilarni yanglishtirmasligi uchun har bir matn so‘nggida nashrga tayyorlayotgan asarda so‘z yuritilgan joy nomining kelib chiqishi sabablarini ilmiy-nazariy jihatdan izohlash kerak.
Xullas, toponimik afsona va rivoyatlar o‘zbek xalq nasri badiiy rivojining ikki bosqichiga mansub janrlar namunasi sifatida baholanishi, bunday matnlar joy nomlari ma’nosini tushuntiradigan ilmiy manba emas, balki xalq badiiy tafakkuri mahsuli deb qaralishi maqsadga muvofiqdir.28
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyotga o‘tishi bilan jamiyatimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalarda yangi vazifalar kun tartibiga qo‘yildi. Bu borada ilm-fan taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega. Jumladan, tarix faniga alohida etibor berilib yangi talablar belgilandi. “Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi irodani mustahkamlaydi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, - deb yozgan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q” asarida.29 Shu nuqtai nazardan joy nomlar etnos xotirasining ajralmas qismidir.
Etnos tarixi va madaniyati bilan aloqadorlikda bo‘lgan joy nomlarini tahlil qilishda quyidagi soha ilmlariga tayanish har jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, etnomadaniyatni tushunishda, uning mohiyatini ochishda zabon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan:


  1. Download 226 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish