24-mavzu. Milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar tizimi, tarixiy xotira, etnotoponimlar - o‘zlikni anglash omili
Reja:
Tayanch tushunchalar: etnotoponim, tarixiy xotira, o‘zlikni anglash, an’ana, menalitet, milliy ong.
“O‘zlikni anglash” tushunchasining mohiyati.
O‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni yengilmasligi.
Tarixiy joy nomlari, etnotoponimlarning qadriyat sifatida o‘zlikni anglashdagi, xalq xotirasini jonlantirishda ahamiyati.
1-masala. Etnomadaniy qadriyatlar milliy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyatga. Zero, milliy o‘zligini anglash jarayoni etnomadaniy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘ladi. Shu bois yoshlarimizning ajdodlarimizdan qoldirilgan moddiy va ma’naviy merosni, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘z madaniy qadriyatlarini anglab yetmagan, yoki uni qadrlamagan kishi hech qachon o‘zini ham, o‘zligini ham, o‘zgani ham anglay olmaydi. Boshqacha aytganda o‘ziga mehri yo‘q odamdan o‘zga mehr tilash ortiqcha bo‘lgan bo‘lurdi.
Aksincha o‘z madaniy qadriyat va an’analarini asrab - avvaylagan, unga doimo hurmatda bo‘lgan, uning takmoli uchun hamisha qayg‘urgan xalqning, millatning ertasi yorug‘ bo‘ladi. U o‘zini ham, o‘zgani ham qadriga yetadi. Etnomadaniy borliq tizimda avvalo, tarixiy madaniy xotira, ortilgan tajriba, madaniy faoliyat, munosabatlar tizimi, odob-axloq qoidalari, milliy ruhiyat, estetik xususiyatlar, milliy til, udum-an’ana, urf-odatlar, e’tiqod tarzi va milliy menalitet kabilar yotadi. Bularni bari o‘zlikni anglashga xizmat qiladi.
O‘zlikni anglash tizimida avvalo tarixiy xotira turadi. Chunki etnomadaniyat o‘zlikni anglash uning o‘rni beqiyos. Tarixiy xotira-ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi, qadrlanishi. Inson o‘zining tarixiy xotirasiga ega bo‘lmasdan turib, xayotida bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning mohiyatini tushuna olmaydi. O‘z kelajagini to‘liq tasavvur etmaydi.
Milliy o‘z–o‘zini anglash – har bir millat (elat)ning o‘zini real mavjud sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchisi, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishlaridir.
Milliy o‘z-o‘zini anglash millat shakllanishi muayyan, nisbiy, yuqori bosqichining mezoni hisoblanadi. Ammo, milliy o‘z-o‘zini anglash darajasiga ko‘tarilishi murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki, u millat vakillarini muayyan manfaatlaridan, umummilliy manfaatlarni ustun qo‘ya bilishlariga har jihatdan bog‘liqdir. Etnomadaniyat - milliy o‘z-o‘zini anglashda muhim ahamiyat kasb etib, millat o‘ziga xos bo‘lgan urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, jamiki moddiy va ma’naviy faoliyat turlarini a’naviylik va zamonaviylik asosida qayta shakllantirib musharak ezgu maqsad atrofida birlashtiradi.
Milliy o‘zlikni anglash milliy ongdan farq qiladi. Milliy ong har millatning yagona tili, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va ma’naviyatining pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishining muhim mezoni hisoblanadi. O‘z navbatida, milliy ongning rivojlanib borishi har bir millatning o‘z-o‘zini anglash darajasiga ko‘taradi.
Milliy ong millatning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko‘rsatkich bo‘lsa, milliy o‘zlikni anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga keluvchi, ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatdir.
Milliy o‘zlikni anglash real kuch sifatida, millat sha’ni qadr-qimmati, obro‘-e’tibori, or-nomusi poymol etilganda yoki millatning moddiy va ma’naviy manfaatlariga zid, ikkinchi bir tomondan, zo‘ravonlik harakatlari yuzaga kelgan hollarda namoyon bo‘ladi. Sha’ni, qadr-qimmati, or-nomusi, obro‘-e’tibori, qadr-qimmati va manfaatlari poymol etilgan millat vakillari, qaysi lavozimda xizmat qilishi, boy yoki kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona umumilliy kuch bo‘lib birlashadilar hamda o‘zligini himoya qiladilar.
Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash millat manfaatlarini himoya qiluvchi omil hisoblanadi.
Bundan tashqari, u faqat millat manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanmaydi, shuningdek, millatni «harakatga» keltiradi va birlashtirib turadi. Xususan, millat taraqqiyoti jarayonida, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda, milliy o‘z-o‘zini anglash omili millatni birlashtiradi va umumiy maqsadlar sari harakatga keltiradi. U har qanday millat uchun yetakchi belgi hisoblanib, o‘zining qudratli salohiyati bilan millat uchun zarur, asosiy, o‘ziga xos belgilari sistemasida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Milliy o‘zlikni anglashmillat abadiyligini ta’minlashning ham muhim omilidir. Chunki, bu salohiyat millatning o‘ziga xosligini va manfaatlarini himoya qilib turadi.
Milliy o‘zlikni anglashu yoki bu millatni o‘zga millatlardan ajralib ketishiga olib kelmaydi, balki o‘zligini anglagan millatlarning ma’rifatli hamkorligining mustahkamlanib borishiga yordam berib boraveradi.
Milliy o‘zlikni anglash qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning o‘z muammolarini hal qilish imkoniyati ham shunchalik kengayib boradi. Shuning uchun ham, mustaqillik sharoitida, o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘z-o‘zini anglagan millatning milliy birligi ham mustahkam bo‘ladi. Milliy birlik, o‘z navbatida, millat abadiyligining barqarorligining muhim sharti hisoblanadi.
Milliy o‘zlikni anglash masalasini, sobiq mustabid sho‘rolar tuzumi sharoitida, o‘rganishga yo‘l qo‘yilmagan. Ammo, bu millatlarning milliy o‘zlikni anglash jarayonini to‘xtata olmadi. Aksincha, u zimdan shakllanib, rivojlanib boraverdi va oxir-oqibatda tuzumning yemirilishini tezlashtirdi.
Bugungi kunda o‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglashi jadal sur’atlarda o‘sib borishda etnomadaniy qadriyatlar ham muhim rol o‘ynamoqda va buning natijasida milliy tiklanish, millat sifatida jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rnimizni egallash imkoniyatlarimiz kengaymoqda.
Etnomadaniy kashfiyotlar, yaratilgan qadriyatlarning milliy va umuminsoniy ko‘lami, daxildorligi, yutuqlar millat kishisida faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi va milliy g‘ururni shakllantirishga muhim vositalardan bir sifatida xizmat qiladi. Bunda milliy g‘urur – har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyatidir. Boshqacha ifodalaganda bu tuyg‘u o‘z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy-ma’naviy merosdan, o‘z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalaridan, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tibori bilan faxrlanish hissiyotidir.
Milliy g‘urur o‘z millatining chinakam fidoyisi bo‘lgan har bir insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy tuyg‘udir. O‘z millatini sevadigan har bir inson, uning yutuqlari, obro‘-e’tibori bilan faxrlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi.
Milliy g‘urur yuksak inson, o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘ladi, uning muvaffaqiyatlari bilan ich-ichidan faxrlanadi, quvonadi.
Milliy g‘urur har bir insonda, o‘z millatining moddiy-ma’naviy merosini o‘zlashtirish, urf-odatlarini, an’analarini, qadriyatlarini, tarixini mukammal bilish va uni o‘zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi hamda unda o‘z millatiga mehr-muhabbatini oshirib boradi.
O‘z millatining ma’naviy merosi, qadriyatlari, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdagi yutuqlarining, o‘zga millat vakillari tomonidan e’tirof etilishi, uning boshqa millatlar tomonidan takrorlanmaydigan, o‘ziga xos xususiyatlariga yuksak baho berilishi ana shu millat vakili bo‘lgan insonda o‘z millatidan faxrlanish tuyg‘ulari, yuksak darajada namoyon bo‘ladi.
Milliy g‘urur-iftixor mustahkam bo‘lgan millat vakillarining birligi ham mustahkam bo‘ladi, bunday millatni qurol kuchi bilan yengish mumkin, ammo ma’naviy-ruhiy jihatdan sindirib, yengib bo‘lmaydi.
Uning ichki ruhiy qudrati, millat qaddini ko‘tarishning yengilmas salohiyati sifatida saqlanib qoladi va ertami yoki kechmi millatni rivojlantirishning mustahkam poydevori bo‘ladi. Bunga jahondagi millatlar rivojlanishi tarixidan ko‘plab yorqin misollarni keltirish mumkin.
Shunday qilib, milliy g‘urur har bir insonning o‘z millati yutuqlari, tarixi, qadriyatlari, o‘zga millatlar oldidagi obro‘-e’tiboridan faxrlanish kayfiyati bo‘lishi bilan birga millat birligini va kelajagini ta’minlashning muhim omilidir.
O‘zini millatning vakiliman, deb hisoblaydigan har bir inson avlod-ajdodlarimizdan olgan, betakror, boy moddiy va ma’naviy merosdan, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissalaridan, chinakam vatanparvarlik, xalqparvarlik, Vatan ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorat va mardligidan faxrlanadi hamda ularning an’analarini davom ettirish ruhiyatiga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda, jonajon Vatanimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi, unda yashayotgan har bir millat vakilining milliy g‘ururini oshirdi, uning qaddini ko‘tardi va unda, o‘z xalqi, ona zamini, avlod-ajdodlar oldidagi, millat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha, mas’uliyatni his qilish ruhini shakllantirmoqda.
Milliy g‘urur tuyg‘ularining ildizlari juda mustahkamdir. Chunki, bu ona zaminimizda jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlar yashaganlar va o‘zlaridan bitmas-tuganmas meros qoldirib ketganlar. Ulardan fan, ma’naviyat, san’at, davlatni tashkil qilish, uni idora qilish va b. sohalarda, olgan ulkan meros milliy g‘ururimizning gultoji hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati ila ular yana ham sayqallashib, millatimiz qadrini tiklashga xizmat qilib kelmoqda.
Masalan, o‘zbek millatining o‘z Vatani mustaqilligidan faxrlanish tuyg‘ularining o‘sib borishi, yangi jamiyat qurish jarayonida vujudga kelgan muammolarni vazminlik bilan hal etish va O‘zbekistonning jahondagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashning omili bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, milliy g‘ururfaqat faxrlanish kayfiyati emas, u shuning bilan birga, millat taqdiri, kelajagi yo‘lidagi mas’ullikni his eta bilish tuyg‘usi hamdir.
Millat vakillarining, millat kelajagi yo‘lidagi mas’ulligining oshib borayotganligi uning jahonda yana munosib o‘rin egallash imkoniyatini beradi.
Mustaqillik yillarida, milliy tuyg‘uning yana ham mustahkamlanishiga xizmat qiladigan, muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Ular milliy-ma’naviy tiklanishimiz, zamonaviy texnologiyaga asoslangan sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi, jumladan, milliy qadriyatlarni tarbiyalashning davlat siyosati darajasiga, milliy kurashimizning jahon sportining bir turi darajasiga ko‘tarilishi, taraqqiyotimizning muhim sharti – milliy yaratuvchilik kayfiyatining turmush tarziga aylanishi va b. sohalardagi yutuqlar milliy g‘ururimizni kuchaytiradi hamda millatimizning kelajakka ishonchini mustahkamlaydi.
Millatlarning o‘z-o‘zini anglashi qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning o‘z muammolarini hal kilish imkoniyati ham kengayib boradi. O‘z-o‘zini anglagan millatning milliy birligi ham mustahkam bo‘ladi.
Milliy o‘zlikni anglash tuzilmasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Etnik umumiylikni anglash va boshqa etnoslarning mavjudligini e’tirof etish;
2. Milliy qadriyatlar, til, ona yer, ma’naviyatga keng ma’noda sodiqlik;
3. Vatanparvarlik;
4. Milliy mustaqillikka va millatni rivojlantirishga intilish;
5. Milliy manfaatlarni anglash va uni himoya qilish salohiyati kabilardir.
Hazrat Navoiyning “El netib topqay menikim, Men o‘zimni topmasam”,-degan so‘zlari bugungi kunda ham chuqur ma’no kasb etadi.
“O‘zlikni anglash”, “milliy o‘zlikni anglash va nihoyat umumbashariy o‘zlikni anglash” tushunchalari bir-biridan ayri emas, balki bir-biri bilan uzviy aloqador. Bir-birini taqazo etadi. Zero, inson ota-ona, oila, millat, ahli bashar, boringki butun borliq bilan munosabatlar asosida o‘zining kim ekanligini anglab boradi.
Ma’naviy qadriyatlarga, hayotni e’zozlashga undaydigan yuksak a’mallarga e’tibor susayganda, jamiyat, davlat taraqqiyotidan to‘xtaydi, inqiroz tomon yuz tutadi. Bu haqda Alisher Navoiy shunday yozgan edi:
To hirsu xavas xirmoni barbod o‘lmas,
To nafsu havo qasri boroftod o‘lmas,
To zulmu sitam jonga bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
Demak, mamlakatimizning obod bo‘lishi, ravnaq topishi, xalqimiz farovonligi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni mantazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish bilan bevosita bog‘liq.
Insonning komillik darajasi uning jamiyatdagi o‘z o‘rnini qanchalik bilgani, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi ekanligini qanchalik his etishi bilan belgilanadi. Shundagina inson o‘zining qadr qimmati bilan nechog‘lik bog‘lik ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir bo‘layotgan voqealarga daxldorligini anglaydi.
Yurtimiz mustamlakachilik asoratiga tushgan XX asr boshlarida yurt qayg‘usida yongan Fitrat o‘lkaning boshiga balolarda avvalo o‘zini aybdor deb hisoblagani bejiz emas. Amir Temur ruhiga murojaat etib, u shunday deb yozgan edi: ...
Sening Turoningni o‘zim talatdim,
Sening turkligingni o‘zim ezdirdim,
Sening omonatlaringga xiyonat o‘zim qildim.1
Shu emasmi komillikning belgisi? Milliy o‘zligini anglagan insongina, Fitrat kabi “Turonim, sendan ayrilmoq-mening uchun o‘limim, Sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdir”,2 deya baralla ayta oladi. Najmiddin Kubro singari jonini saqlashni emas, yov bosgan yurtini himoya qilib, jon taslim berishni afzal ko‘radi.
Jamiyat madaniyatsiz ma’naviy axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovard-oqibatda tanazzulga yuz tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |