24-MAVZU. IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK
REJA:
1.Iqtisodiy o’sishning mazmini, mezonlari va ko’rsatgichlari
2.Iqtisodiy o’sish modellari
3.Iqtisоdiy o`sishning turlari.
4.Milliy bоylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
5.Jahоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi sabablari, хususiyatlari va ijtimоiy-iqtisоdiy
оqibatlari.
1. Iqtisodiy o’sishning mazmini, mezonlari va ko’rsatgichlari
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli,
uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga
hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi, sifatining yaxshilanishi va
tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM
miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq
bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali
o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi
orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YAIM va
aholi jon boshiga real YAIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib,
ular birinchidan,
mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy
o’sishini to’liq
tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va
aholi jon boshiga YAIMning
o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining
pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa
tomondan
uning atrof muhitga va
insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
SHunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi
o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:
%
100
дав р
базис
дав р
базис
дав р
жорий
ЯИМ
ЯИМ
ЯИМ
С
У
,
bu yerda:
O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;
YAIM
bazis davr
– taqqoslanayotgan davr (yil)dagi
real YAIM hajmi;
YAIM
joriy davr
– joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar natijasida 1996 yildan
boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001 yildan boshlab esa 1991 yildagi
darajaga nisbatan YAIM
hajmining barqaror ravishda o’sishiga erishildi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida
yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarga qaramay, 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish
sur’atlari 9 foizni tashkil etdi (17.1-chizma).