Pronukleus — urug'langan tuxum hujayradagi hali qo'shilib ulgur-magan sperma va tuxum
hujayra yadrolari.
Protoplast — hujayra qobig'i maxsus usullar bilan olib tashlangan o'simlik hujayrasi.
Rekombinan T-DNK — yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga kiritishdan
olingan genetik konstruksiya.
19
Restriktaza — (ingl. r e s t r i c t i o n — kesish) DNK molekulasining maxsus nukleotidlar
izchilligiga ko'ra bo'laklarga bo'luvchi fermentlar.
Retrotranspozon — i-RNK matritsa vositasida o'z nusxasini sintezlab, genomning boshqa
joyiga ko'chib o'tadigan virussimon DNK molekulasi.
Sayt — (ingl. s i t e — joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Ke-tayotgan jarayonga
muvofiq bu nuqta restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti deb yuritiladi.
T-DNK — Agrobakterium Ti-plazmidasi tarkibidagi shish hosil qiluvchi DNK bo'Iagi.
Teskari transkripsiya — bir zanjirli RNK molekulasidan qo'shaloq zanjirli DNK
molekulasining sintezlanishi.
Ti-plazmid — agrobakteriya hujayrasidagi o'simliklarda shish kasalli-gini keltirib chiqaruchi
plazmid.
Transgen o'simlik — (ingl. t r a n s — ko'chish) yot genni hujayraga kiri-tib, undan sun'iy
sharoitda olingan yangi xususiyatli o'simlik.
Transduksiya — induksiya davrida profagning bakteriya genomidan biror genni olib chiqib
ketishi.
Transmissibl plazmid — hujayra xromosomalari tarkibiga rekombina-tsiyalana oladigan
plazmidlar.
Transpozonlar — genomdan o'zini qirqib, genomning boshqa joyiga ko'chib o'tadigan
genetik strukturalar.
Transpozaza — transpozonlarning ko'chib o'tishini ta'minlaydigan ferment.
Transformatsiya — bir hujayra DNK bo'lagining ikkinchi hujayra genomiga funksional aktiv
holatda ko'chib o'tishi. Fag — bakteriofag so'zining qisqartmasi.
Shtamm — bir tur hujayraga mansub bo'lgan faqatgina ayrim genlari bilangina farqlanadigan
hujayralar xili.
Ekssiziya — (ingl. e x c i s i o n — chiqib ketish) profagning bakteriya genomidan chiqib
ketish jarayoni.
Elektroforez — molekulalarning elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel ichida
kattaligiga ko'ra bir-biridan ajratish usuli.
Endonukleaza — DNK zanjirining kesuvchi fermentlari (restriktaza).
MAVZU: EVOLUTSION TUSHUNCHALARNING PAYDO
BO'LISHI
REJA:
1. Qadimgi sharq mamlakatlari
2. Qadimgi Yunoniston va Rim
3. Markaziy Osiyo
Tayanch iboralar: Qadimgi sharq mamlakatlari, Qadimgi Yunoniston va Rim, Markaziy
Osiyo
1-asosiy savolning bayoni:
1. Qadimgi sharq mamlakatlari. Tabiatning tuzilishi, unda ro'y beradigan voqea-hodisalar
haqidagi tushunchalar, eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari —
Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo'lgan. Xususan, qadimgi Misrda ko'pgina hayvon, o'simlik
turlari farqlangan. Donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekib o'stirilgan. Qoramol, ot, qo'y, echki,
eshak, dio'ehqalar boqilgan. Bir o'rkachli tuya, ohu, mushuk, g'oz, o'rclak, kaptar, oqqush turlari
xonakilashtirilgan.
Qadimgi Hindistonda yashovchilar tabiat olov, yer, suv, havo, efirdan tashkil topgan,
tabiatdagi yer, suv, havo va olovning o'zaro kombinatsiyasidan tirik organizmlar, o'simliklar,
hayvonlar paydo bo'lgan, ular o't, shilimshiq modda bilan o'zaro aralashishi nati-jasida qon,
go'sht, yog', suyak, miya hosil bo'lgan degan fikrni yoqlaganlar. Miloddan oldingi VI—I asrlarda
20
yaratilgan tabiatga oid qo'llanmalarda qayd qilinishicha, tirik mavjudodlarda bolalar-ning ota-
onalarga o'xshashligini ta'minlovchi o'zgarmas irsiy sifat-lar mavjud. Bola erkak va ayolning
urchish organlarining qo'shilishidan paydo bo'ladi.
Miloddan oldingi IX—VII asrlarda Xitoyda yozilgan asarlarda tabiatdagi barcha narsalar —
suv, olov, yer, metallar bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan moddiy zarrachalardan paydo bo'lgan,
ular о'z navbatida o'simliklar, hayvonlar, odamlarning kelib chiqishi ucluin asos deb
hisoblanilgan. Miloddan oldin yashagan xitoyliklar ikki ming yil mobaynida dehqonchilik,
qoramolchilik bilan sluig'ullanishgan, shu sababli ham Xitoy ko'pgina madaniy o'simliklar,
xonakilashtirilgan hayvon turlarining vatani sanaladi.
Sharq mamlakatlarida miloddan oldingi paydo bo'lgan o'lik va tirik tabiat to'g'risidagi
tasavvurlar, tushunchalar keyinchalik qadimgi Yunon va Rim faniga o'z ta'sirini ko'rsatgan.
Nazorat topshiriqlari:
Хitоydа tаbiаt vа uning tаrkibiy qismlаri hаqidаgi fikrlаrini gаpirib bеring.
2. Qadimgi Yunoniston va Rim. Miloddan avvalgi V asrgacha yashagan yunon olimlari
tushunchasiga ko'ra olam — suv, olov va havodan paydo bo'lgan. Dastlabki hayvonlar esa
suvdan kelib chiqqan. Ular tanasini tangachalar qoplagan. Quruqlikda yashash-ga o'tishi bilan
esa tangachalar yo'qolgan. Geraklit tabiat o'zgaruv-chan, u cloimo yangilanib turadi degan.
Yunon olimlaridan Empedokl (490—430) fikriga ko'ra barcha o'lik va tirik tabiat bir-biriga
qarama-qarshi bo'lgan olov, suv, havo, luproqdan kelib chiqqan. Dastlab hayvonlarning a'zolari,
qismlari alohida alohida paydo bo'lgan, so'ng ular «Muhabbat» la'sirida o'/.aro qo'shilib,
organizmlarni hosil etgan. Organlarning bir-biriga nuivoliq qo'shilishidan normal, nomuvofiq
qo'shilishidan esa anormal organi/mlar rivojlangan. Oldingilar urchib nasi qoldirgan, keyingilari
esa o'lib ketgan.
Qadimgi Yunonistoiulagi tabiatshunoslik rivojiga Aristotel (384—322) ayniqsa katta hissa
qo'shgan. U hayvonlar klassifikatsiya asosini yaratgan. Solishtirma anatomiya, embriologiya
sohasi-da dastlabki fikrlarini bayon etgan. U «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining
qismlari» degan asarlarni yozgan. Bu asar-da olim tabiatda hayvonlarning asta-sekin rivojlanishi
to'g'risida ba'zi fikrlarni ilgari surgan. Aristotel hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan. U
hayvonlarni klassifikatsiyalashda ayrim xossalarga emas, balki ko'p belgilarga e'tibor berish
kerakligini e'tirof etgan. U barcha hayvonlarni ikkita katta guruhga: «qonlilar» va «qonsiz-lar»ga
bo'lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqalilar» va «umurtqasiz-lar»ga to'g'ri keladi. Qonlilar 5 katta
avlodga ajratilgan. «Katta avlod» tushunchasi hozirgi paytdagi «sinf» tushunchasiga ham-
ohangdir. Aristotel «qonsizlar»dan 130 ta turni bilgan. Olimning uqtirishicha meduza, aktiniya,
bulutlar tuzilishi jihatidan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o'simliklarga o'xshash.
Shuning uchun ularni Aristotel «zoofitlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo'lishi» asarida
uqtirilishicha, embrion ma'lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofitlar, keyin umuman
hayvonlar, so'ng o'z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo'ladi. Olim
fikricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o'zaro o'xshash va bir xil joylashgan.
Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o'simliklarning 400 dan ortiq turini o'rgangan.
Ularning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan. U bir o'simlik turi
boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quwatlagan.
Rim olimi Lukretsiy Kar (99—55) olam o'z-o'zidan paydo bo'lgan, hayvonlar nam yerdan
kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan,
oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o'zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo
bo'lgan, degan. Klavdiy Galen (130—200) tibbiyot asoschilaridan biri bo'lgan. U qo'y, it, ayiq va
boshqa umurtqali hayvonlarning tuzilishini o'rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi
o'xshashligini e'tirof etgan. Biroq uning fiziologiya sohasida-gi tushunchalarida ba'zi xatoliklarga
yo'l qo'yilgan. Masalan, havo yurakka boradi, qon yurakning bir qorinchasidan ikkinchisiga, ular
orasidagi devor teshiklaridan o'tadi, degan fikrlari shular jumlasidandir.
Nazorat topshiriqlari
:
1.Tаbiаt hаqidаgi dаstlаbki tushunchаlаr qаysi mаmlаkаtlаrdа pаydо bo’lgаn?
21
2.Qаdimgi Misrdа qаndаy Ơsimliklаr mаdаniylаshtirilgаn vа hаyvоnlаr хоnаkilаshtirilgаnligini
аniqlаng.
3.Qаdimgi Hindistоndа pаydо bo’lgаn tаbiаt hаqidа-gi qo’llаnmаlаrdаgi fikrlаrni o’rgаning.
4.Yunоn оlimlаrining оlаmning pаydо bơlishi vа hаyvоnlаrning kеlib chiqishi hаqidаgi fikrlаrini
Ơrgаning.
5.Аristоtеlning tаbiiyotshunоslik fаnining rivоji-gа qo’shgаn hissаsini gаpirib bеring.
6.Аristоtеlning аsаrlаrini vа u tаklif etgаn hаyvоnlаr klаssifikаtsiyasini Ơrgаning.
7.Rim оlimi Lukrеtsiy Kаrning оlаmning pаydо bơlishi hаqidаgi fikrining K.Gаlеnning fikrlаri
bilаn tаqkоslаngаn hоldа Ơrgаnib chiqing.
3-asosiy savolning bayoni:
3. Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chor-vachilik, tibbiyot va boshqa
sohalardagi faoliyatni, tabiat hodi-salarini tasvirlovchi muqaddas kitoblar juda qadimdan mavjud
bo'lgan. Ulardan biri «Avesto»dir. U bundan 2700 yil ilgari yaratil-gan. Unda Markaziy Osiyo va
qo'shni mamlakatlarning tabiiy rcsurslari, hayvonot va o'simliklar dunyosi, tabiati, insonlar
hayoti haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va undagi narsalar, voqea-hodisalar, odamlarning
hayot kechirish tarzi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar — Axura Mazda va Anxra Manuning
o'zaro kurashi sifatida tasvirlangan.
Koinot va hayotning yaratuvchisi Axura Mazda yaxshi va go'zal narsalarni bunyod etsa,
Anxra Manu yomon, xunuk narsalar, chunonchi, bo'ri, ajdaho, zararkunanda hasharotlar, chayon,
qur-baqa, chivin, chumolilarni yaratgan. It vafodor va foydali, bo'ri esa yovuzlik timsoli sifatida
talqin qilingan.
Avestoning tibbiyotga doir bo'limida toza suvni ehtiyot qilish, порок narsalarni quduq,
buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza
munosabatda bo'lish lozimligi ta'kidlanadi.
Tuproq, yer muqaddas sanalgan. Shu sababli o'liklarni tuproq-qa ko'mish man etilgan.
O'liklar qurt-qumursqalar va yowoyi hayvonlarga yemish bo'lgan. Bunga asosiy sabab, bir
tomondan, luproqni iflos qilmaslik bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'lim zardusht-lik bo'yicha
dushman sifatida talqin qilingan.
O'rta asrlarda Yevropada tabiiyot fanlari inqirozga uchragan bir davrda, Markaziy Osiyoda u
anchagina rivojlangan. Markaziy Osiyo olimlari tabiiyot fanlarining, ayniqsa, biologiyaning
rivojlanishiga juda katta hissa qo'shganlar. Shu sababli ham Markaziy Osiyoning IX—XV
asrlarda ijod qilgan buyuk olimlari Yevropaning XVI— XVIII asr buyuk olimlarining munosib
o'tmishdoshlari sanaladi. Bundan har bir o'quvchi faxrlansa arziydi. Chunonchi, Ahmad ibn Nasr
Jayxoniy (870—912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o'simliklari va hayvonot dunyosi haqida
qimmatli ma'lumotlar to'plagan. U o'simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foy-
dalanadigan o'simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni yozib
qoldirgan. Abu Nasr Forobiy (873— 950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiat -
shunoslikning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligi,
turli kasalliklar oziqlanish tar-tibining o'zgarishi bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Olim inson das-
tawal hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan, shu sababli odamda hayvonlardan ba'zi
o'xshashliklar saqlanib qolgan deydi. U tabiiy tanlanishni, sun'iy tanlashni e'tirof etgan. O'rta
asrlardagi tabiiyot fani rivojiga, ayniqsa Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino katta hissa
qo'shgan. Beruniy (973—1048) Xorazmda tug'ilib, tahsil ko'rgan. U arab, yunon, suriya, qadimgi
hind (sanskrit) tillarini bilgan, ilmning turli sohalarida faoliyat ko'rsatib, 150 dan ortiq asarlar
yozgan. Beruniyning ko'rsatishicha, tabiat beshta element — bo'shliq, havo, olov, suv va
tuproqdan hosil bo'lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptalomeyning Yer olamning markazi
bo'lib, u harakatlanmaydigan sayyoradir, — degan ta'limotiga tanqidiy ko'z bilan qaragan va Yer
Quyosh atrofida harakatlansa ajab cmas, u yumaloq shaklda deb ta'kidlagan. Binobarin, Beruniy
polyak astronomi Kopernikdan 500 yil awal Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to'g'ri
tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuza-sida doimo o'zgarishlar sodir bo'ladi. Suvsiz joylarda
asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo'ladi. Ular ham o'z navbatida joylarini o'zgartiradi.
22
Beruniyning qayd qilishicha, hayvonlar, o'simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan, shu
sababli tirik mavjudodlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining
mohiyatini tashkil etadi. Agar atrofdagi tabiat o'simlik va hayvonlar biror turining urchishiga
monelik ko'rsatmaganda, deb yozgan edi Beruniy, bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo'lardi.
Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar qarshilik ko'rsatadi. Ular orasidagi kurash ko'proq
moslashgan organizmlarni ro'yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy
tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanib vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi
omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari la'kidlab o'tganligini ko'ramiz.
Bcruniy uqtirishicha, tabiatda hamma narsalar tabiat qonunla-riga muvofiq yashaydi va
o'zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e'tirof etmasa-da, asalarilar o'simliklardan,
qurtlar go'shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo'ladi, deb faraz qilgan. Olim qayd etishicha, Yer
yuzining o'zgarishi o'simlik va hayvon-larning o'zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning
rangi, qiyofasi, tabiati, ahloqi turlicha bo'lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit
sharoiti sababchi deb e'tirof etadi. Beruniy fikricha, odam o'z rivojlanishi bilan hayvonlardan
ancha-gina uzoqlashib ketgan. U xalqlarni tabaqalarga bo'lish, ularning birini yuqori,
ikkinchisini past ko'rish nodonlikdan boshqa narsa emas deb uqtiradi.
Markaziy Osiyoning mashhur tabiyotshunos olimi Abu AH ibn Si no (980—1037) tabiatning
obyektiv borligiga ishonch hosil qila-di. Tog'lar uning fikricha suv ta'siri yoki yerning ko'tarilishi
nati-jasicla paydo bo'lgan. Yerning ba'zi joylari bir vaqtlar dengiz tubi bo'lgan, sluming uchun
ba'zi joylarda suvda yashaydigan hayvon-larning qoldiqlari, masalan, chig'anoqlar uchraydi. Ibn
Sino o'z asarlarida o'simliklar, hayvonlar va odam o'zaro o'xshash, chunki ularning barchasi
oziqlanadi, ko'payadi, o'sadi deb uqtiradi. O'simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar
o'rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi. Odam tanasi-ning tuzilishini o'rganish
taqiqlangan o'rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi bilan yashirincha shug'ullangan. Olim ko'p
ilmiy asar-lar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Ana shu asarlarning 23 tasi
tibbiyot ilmiga bag'ishlangan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan.
U o'rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo'lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning
muallifidir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi, organlarining
tuzilishi va funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon
etilgan. Ikkinchi kitobda o'simlik, ma'dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir
dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko'rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida
bo'ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usulla-riga bag'ishlangan. To'rtinchi kitobda
jarrohlik, ya'ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so'z yuritiladi. Beshinchi kitobda
murakkab dorilar, ularni tayyorlash to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Olimning «Tib qonunlari»
asari 500 yil mobaynida Yevropa dorilfununlarida asosiy tibbiyot qo'llanmasi sifatida o'qitilib
kelindi va 40 martadan ortiq nashr qilindi.
Olim odamdagi ba'zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko'zga ko'rinmas organizmlar orqali
paydo bo'ladi, deb qayd qiladi. Binobarin mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya 3-
rasm. Abu Ali fani hali shakllanmasdan 600-700 yil oldin
Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va
havo orqali tarqalishini e'tirof etadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) faqat buyuk davlat arbobi, shoir bo'lib
qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir.
Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Hindiston kabi
mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, xalqlar turmush tarzi, madaniyati bilan birga o'simlik va
hayvonot olami to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Bobur adabiyotlarda keltirilgan yoki
birovlardan eshitganlariga emas, balki o'zi ko'rgan, kuzatgan hayvonlar, o'simliklar tuzilishi,
hayot tarzi, ularning o'zaro o'xshashligi yoki farqlari haqida ma'lumotlarni bayon etadi. Xususan,
u Samarqand, Buxoro yaylovlarida archalar, butalar, sarvlar, zaytunlar, chinorlar ko'pligini, bu
yerlardagi hayvonlarning ko'pchiligi Hindiston hayvonlariga o'xshashligini aytadi. Bobur to'ti,
lovuq, laylak, o'rdak, fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi
qiyofasini, hayot kechirish tarzini tasvirlaydi. Bobur hayvonot dunyosini to'rt guruhga: quruqlik
hayvonlari, par-randalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.
23
Muxtasar qilib aytganda, tabiat, undagi voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlar, tushunchalar,
bilimlar 3000—4000 yillar mobaynida asta-sekin to'plana borgan. Tabiat, undagi o'simliklar,
hayvonlar tuzilishi, ularda ro'y beradigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarning to'planishida o'rta
asrlarda yashagan Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati benihoyat yuksak bo'lgan.
Nazorat topshiriqlari
:
1.Аbu Rаyhоn Bеruniyning tаbiiyotshunоslik fаnini rivоjlаnishigа qo’shgаn hissаsini аniqlаng.
2.Bеruniyning tаbiаt qоnunlаri hаqidаgi fikrlаr-ini аytib bеring.
3.Bеruniy оdаm irqlаri hаqidа qаndаy fikrlаr bildirgаn
Dаrslikdаgi mаtnni diqqаt bilаn o’qib chiqib, quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb tоping vа tоpshiriq-lаrni
bаjаring:
a)Аhmаd ibn Jаyhоniyning аsаrlаridаgi ilgоr fikrlаrni o’rgаning.
b)Аbu Rаyhоn Bеruniyning tаbiiyotshunоslik fаnini rivоjlаnishigа qo’shgаn hissаsini аniqlаng.
V)Bеruniyning tаbiаt qоnunlаri hаqidаgi fikrlаr-ini аytib bеring.
s)Bеruniy оdаm irqlаri hаqidа qаndаy fikrlаr bildirgаn?
d)“Tib qоnunlаri” kitоbining jаhоn tibbiyotidа tutgаn o’rnini аniqlаng.
E)Ibn Sinоning yuqumli kаsаlliklаr hаqidаgi fikrlаrini o’rgаning.
F)Z.M.Bоburning “Bоburnоmа” аsаridаgi tаbiаtgа оid fikrlаrini аniqlаng.
MAVZU: EVOLUTSION TA'LIMOTNING TABIIY-ILMIY VA
IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI
REJA:
1.Sistematika fani
2.J.B.lamark ta`limoti
3.Darvinning tarjimayi holi va «BigI» kemasidagi safari
Tayanch iboralar:
Sistematika fani, XIX asrning 40-yillariga kelib hujayra nazariyasi yaratildi. Uning mualliflari
bo'lib nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden sanaladi, J.B.lamark ta`limoti
Darvinning tarjimayi holi va «BigI» kemasidagi safari
1-asosiy savolning bayoni:
Sistematika fani. XV asrning yarmiga kelib Yevropa mamlakatlarida feodalizm o'rniga
burjuaziya hokimiyati o'matildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan,
texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqish, o'zga mamlakatlarni bosib olish, ularning
tabiiy boyliklarini talash, xalqlarni ekspluatatsiya qilish avj oldi. Yirik shaharlarda botanika va
hayvonot bog'lari tashkil etildi. Boshqa yerlardan yevropalik-larga notanish ko'pgina o'simlik va
hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o'simlik va hayvonlarni o'rganishga katta qiziqish
uyg'otdi. Buning oqibatida kishilarning o'simlik va hayvonlar to'g'risidagi bilimlari antik
dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish
uchun avvalo ma'lum bo'lgan o'simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug'ildi. Bu masala
bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707—1778) shug'ullandi.Fan fidoyisi 10 mingdan ortiq
o'simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa
oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni esa sinflarga birlashtirdi.Sizlar botanika,
zoologiya fanlarini o'qiganingizda suv o'tlari, sporali o'simliklar, ochiq va yopiq urug'lаг,
umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning bir qancha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va
turlari bilan tanishgansiz. Hozirgi vaqtda biologiya fanining turli shoxobchalari juda rivojlanib
ketgan. Shu sababli o'simlik va hayvonlarni sistemaga solganda uning bir qancha belgi, xossalari
e'tiborga olinadi. Bu esa o'z navbatida tirik mavjudotlar qon-qarindoshligiga asoslanib, sistemaga
solish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |