238 oliy va o`rta maxsus kasb hunar ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati o`rta maxsus



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana10.04.2020
Hajmi0,73 Mb.
#43695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
biologiya


 

91 


Organizmlar har xil yashash muhitlariga o'tib, keng tarqala boshlagan. Paleozoy erasida hayot 

faqat  suvdagina  keng  tarqalib  qolmay,  quruqlikka  ham  chiqqan.  Yashil  o'simliklarning  keng 

rivojlanishi  atmosferani  kislorod  bilan  yanada  boyitdi,  bu  esa  organizmlar  tuzilishini  yanada 

takomillashtirdi. 

Paleozoyning o'rtalarida kislorodning hosil bo'lishi va sarfla-nishi o'rtasida muvozanat paydo 

bo'ldi,  atmosferada  kislorod  miqdori  taxminan  20  foizgacha  yetdi  va  bu  muvozanat  hozirgacha 

saqlanib kelmoqda. 

Tabiatda  moddalar  davriy  aylanishida  ishtirok  etuvchi  autotroflar,  geterotroflar  va 

redutsentlar  faoliyatlarining  muvozanatlashishi  natijasida  biosferada  gomeostaz  holati  shakl-

lanadi. Insonning paydo bo'lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo boidi va bu 

omil o'z ta'siriga ko'ra katta geologik jarayonlarga teng kela boshladi. Bu omil (inson faoliyati) 

biosferaning gometostaz (turg'unlik, barqarorlik) holatini buzilishiga sabab bo’la boshladi. 



3-asosiy savolning bayoni 

 

N



O O G E N E Z   B O S Q I C H I

.

 



Insoniyat  jamiyati  paydo  bo'lishi  bilan  biosfera  evolutsiyasining 

noogenez  bosqichi  boshlandi.  Bu  bosqichda  evolutsiya  inson  ongi  ta'sirida,  uning  mehnat 

faoliyati  natijasida  davom  etadi.  Insonning  biosfera  doirasidagi  ongli  faoliyati  endi  uni 

noosferaga aylantiradi. 

Noosfera  tushunchasi  fanga  birinchi  marta  fransuz  geolog  olimi  E.  Lerua  tomonidan  1927-

yilda kiritilgan (yunoncha «noos» — aql «sfera» — shar so'zlaridan olingan). V. I. Vernadskiy 

ta'biriga ko'ra, noosfera— inson mehnati va ilmiy faoliyati ta'sirida o'zgar-gan biosferadir. 

Inson  o'z  aql-zakovati  bilan  biosferada  kechadigan  biologik  qonuniyatlarni  to'g'ri  tushunib 

olishga, biosferaning ekologik rivoj-lanishini idora qila olishga harakat qilishi lozim. Boshqacha 

qilib aytganda, inson o'z mehnat faoliyati bilan biosfera evolutsiyasi qonuniyatlarini buzmasligi 

lozim. 


XX  asrning  o'rtalarida  noogenika  fani  vujudga  keldi.  Bu  fanning  asosiy  vazifasi  —  texnika 

progressi natijasida kelib chiqqan inson va tabiat o'zaro munosabatlari buzilishlarini tuzatishidir. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  noogenika  —  bu  tinimsiz  ilmiy-texnikaviy  progress  sharoitida 

ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqadigan fandir. 

Noogenika  faqat  muhofaza  funksiyalarinigina  bajarib  qolmasdan,  Yerda  hayot  shakllarining 

xilma-xilligini  orttirish,  mikroorganizmlar,  o'simliklar  va  hayvonlarning  yangi  turlarini  yaratish 

choralarini ishlab chiqishi lozim. 

Tabiat  va  inson  o'rtasida  doimiy  muvozanat  yaratishga  harakat  qilishning  hojati  yo'q,  bunga 

erishish  mumkin  ham  emas.  Biz  asosiy  tarkibiy  qismi  insoniyat  jamiyati  bo'lgan  biosferaning 

evolutsiyasini ongli boshqarishni o'rganishimiz lozim. 

Nazorat topshiriqlari

1.Biosferaevolyutsiyasining mohiyatini tushuntiring? 

2.BIOGENEZni  misollar bilan tushuntiring? 

3.NOOGENEZ bosqichi to’g’risida ma’lumot bering? 

4.NOOSFERA to’g’risida ma’lumot bering? 

 

MAVZU:

 

INSONNING BIOSFERAGA TA'SIRI. BIOSFERANI HIMOYA 



QILISH MUAMMOLARI 

Asosiy savollar: 

1.Insonning biosferaga ta’siri  



  2.Biosferani himoya qilish muammolari

 

Tayanch iboralar: 



1.Insonning biosferaga ta’siri  

  2.Biosferani himoya qilish muammolari

 

1-



ASO SIY  SA VO L NI NG B AY O NI

 

I

NS ON N IN G  B IO SFE RA GA  T A



'

S IR I


.

 

Insonning biosferaga ta'sirining boshlanishi neolit 



davriga  to'g'ri  keladi.  Insoniyat  tarixining  dastlabki  bosqichlarida  uning  tabiatga  ta'siri  uncha 

sezilarli  boimagan,  u  tabiatdan  nimani  olsa,  uni  tabiatga  qaytargan.  Biosferadagi  moddalarning 



 

92 


biotik  davriy  aylanishini  buzmagan.  Asta-sekin  insonning  tabiatga  ta'siri  kuchayib  borgan. 

Ayniqsa, keyingi yuz yilliklarda ilmiy-texnik revolutsiya natijasida inson ta'sirida elementlarning 

biogen  migratsiyasi  juda  kuchayib  ketdi.  Butun  tarix  davomida  insoniyat  o'z  mehnat  faoliyati 

bilan  atrof-muhitdan  iloji  boricha  ko'proq  va  tez  foyda  olishga  harakat  qilib  kelgan.  Tabiat 

hodisalariga  aralashish  keyinchalik  qanday  natijalarga  olib  kelishini  inson  xayoliga  ham 

keltirmagan.  Keyingi  asrda  insonning  biosferaga  ko'rsatadigan  ta'siri  juda  kuchayib  ketdi  va 

o'g'ir  muammolarjiing  kelib  chiqishiga  sabab  bo'ldi.Tabiiy  resurslar  tobora  kamayib  ketmoqda. 

Ko'plab  o'simlik  va  hayvonlarning  turlari  yo'qolib  ketdi.  Muhit,  sanoat,  turmush  chiqindilari, 

zaharli  kimyoviy  moddalar  tomonidan  ifloslanmoqda  va  zaharlanmoqda.  Tabiiy  ekosistemalar, 

ko'llar, o'rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o'zgarishlar o'simliklar va hayvonot 

olamiga, insonning o'ziga ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda.Biosferaning o'zgarishi qonuniyatlarini 

insonning yaxshi tushu-nib yetmasligi, tashqi muhitning juda ayanchli o'zgarishlariga olib kelishi 

mumkin.  Insonning  gidrosferaga  va  atmosferaga  ta'sirining  tobora  kuchayib  borishi  biosfera 

doirasida iqlimning o'zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi  yillarda atmosferada karbonat 

angidridning  miqdori  tobora  ortib  bormoqda.  Organik  yoqilg'ilardan  foydalanish  kislorodning 

yonib kamayishiga, karbonat angidridning esa ko'payishiga sabab bo'lmoqda. 

Atmosferada karbonat angidridning ko'payishi esa «parnik effektiga» olib keladi, bu esa Yer 

yuzasi  haroratining  ko'tarilishiga  sabab  bo'lmoqda.  Keyingi  100  yil  davomida  Yer  yuzasining 

haro-rati  o'rtacha  0,6°C  gacha  ko'tarilganligi  aniqlangan.  Iqlim  o'zgarishi  esa  cho'l-dashtlar 

maydonining tobora ortib borishiga, tog'lardagi  muzliklarning erishiga, okean va dengiz suvlari 

sathi-ning kamaya borishiga olib keladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek atmosferada ozon qatlami 

bo'lib, uning maksimal konsentratsiyasi Yer  yuzasidan 15—25 km balandlikdadir. Atmosferaga 

azot II oksid va freonning o'tishi natijasida bir necha  yillar davomida ozon qatlami yupqalashib 

bormoqda. 

Freon lak va bo'yoqlami purkovchi sifatida, sovitgichlar va konditsionerda sovutgich modda 

sifatida  keng  qo'llanib  kelinmoqda.  So'nggi  yillarda  Antraktida  atmosferasida  ozonning  juda 

kamayib  ketishi  natijasida  «ozon  teshiklari»  hosil  bo'lishi  kabi  ayanchli,  xavfli  hodisalar 

kuzatilmoqda.  Bu  hodisaning  va  ozon  qatlami  buzilishining  oldini  olish  maqsadida  1987-yilda 

Kanadaning  Monreal  shahrida  50  mamlakat  vakillari  freonlar  ishlab  chiqarishni  o'rtacha  50 

foizga  kamaytirish  to'g'risidagi  xalqaro  bitimga  qo'l  qo'ydilar.  Atmosferaning  ifloslanishi 

tinmasdan  davom  etib,  yildan-yilga  ortib  bormoqda.  Atmosferaning  ifloslanishi  sanoat 

korxonalarining  chiqindilari,  transport  vositalari  ajratib  chiqaradigan  birikmalar,  ayniqsa  H

2



uglerod  va  og'ir  metallar-dan  qo'rg'oshin,  mis,  kadmiy,  nikel  va  boshqa  metallar  zarrachalari 



hisobiga  tobora  ortib  bormoqda.  Atmosferaga  har  yili  yuz  millionlab  tonna  ifloslanuvchi 

moddalar  ajratiladi.  Havoda  H

2

S  ning  ortib  borishi  kislotali  yomg'irlarning  ko'payishiga  sabab 



bo'lmadi. O'zbekistonda mevali daraxtlar hosildorligining kamayishi, uzumzorlarning kasallanib, 

yildan-yilga  kam  hosil  berishi-ning  asosiy  sabablaridan  biri  ham  kislotali  yomg'irlarning 

ko'payib borishidir. 

Tojikistonning  Tursunzoda  shahri  atrofida  qurilgan  alyuminiy  zavodi  chiqindilari  ham 

Surxondaryo  viloyatidagi  mashhur  anor-zorlar  hosilining  keskin  kamayishiga,  mevalarining 

maydalashib  ketishiga,  hayvonlar  va  odamlar  orasida  kasalliklarning  ko'payishiga  olib  keldi. 

Navoiy  shahridagi  kimyo  zavodlari  chiqindilari  ham  atrof-muhitni  zararlashda  katta  rol 

o'ynamoqda.  Sug'orish  va  sanoat  korxonalari  uchun  suvdan  isrofgarchilik  bilan  foydalanish 

kichik  daryolarning  qurib  qolishiga,  yirik  daryolar  suvining  keskin  kamayib  ketishiga  olib 

kelmoqda.  Bunday  ayanchli  hodisalarning  tipik  misoli  Orol  dengizi  muammosidir. 

Sug'oriladigan  paxta  may-donlarini  haddan  tashqari  ko'paytirish  bu  dengizning  qurib  qolishi 

xavfini  tug'dirmoqda.  Suvni  nazoratsiz,  keragidan  ortiqcha  ishlatish  natijasida  Amudaryo  va 

Sirdaryo kabi buyuk daryolar Orol dengiziga yetib bora olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy 

ekologik  sistemalarning  buzilishiga,  shu  regionda  yashovchi  odamlar  sogiig'ining  tobora 

yomonlashib  borishiga  sabab  bo'lmadi.  Mineral  o'g'itlarning,  chorvachilik  chiqindilari  va 

kanalizatsiyaning  suv  havzalariga  qo'shilishi,  suvda  azot  va  fosforning  ortib  ketishiga,  suv 

o'tlarining ko'payib ketishiga, kislorod zahirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar, ayniqsa, 


 

93 


baliqlar  qirilib  ketishiga  olib  bormoqda.  Keyingi  paytlarda  o'rmonlarning  kesilib,  kamayib 

ketishi  juda  ayanchli  natijalarga  olib  kelishi  mumkin.  Atmosferaning,  suv  havzalarining, 

tuproqning  tobora  ifloslanishi  natijasida  o'rmonlardagi  daraxtlar  kasallanib  qurib  qolmoqda. 

O'rmonlarning  yo'qolishi  iqlimning  keskin  o'zgarishiga,  suv  boyliklarining  kamayishiga,  tuproq 

holatining    yomonlashishiga  olib  kelyapdi.  Hozirgi  vaqtda  xo'jalikni  energiya  bilan  ta'minlash 

uchun ko'p issiqlik, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqlik elektr stansiyalari tabiiy 

yoqilg'ilardan foy-dalanganligi uchun atmosferani ifloslantiradi, suv elektrstansiyalari katta-katta 

suv  omborlarining  qurilishini  talab  etadi,  buning  natijasida  serhosil  yerlar,  tuproqlar  suv  ostida 

qolib  ketmoqda.  Ilgari  ekologik  jihatdan  eng  toza  va  xavfsiz  deb  hisoblan-gan  atom  elektr 

stansiyalari  ham  katta  xavf  tug'dirishi  ma'lum  bo'lib  qoldi.  Ukrainadagi  Chernobil  AESning 

falokati  juda  katta  hududlarni  ekologik  inqiroz  holatiga  olib  keldi,  o'simliklar  va  hayvonot 

olamiga katta zarar yetkazdi. Aholining o'rtasida har xil kasalliklarning ko'payib ketishiga sabab 

bo'ldi.  Shunday  qilib,  odamning  ekologik  sistemalarga  kuchli  ta'siri  kutilmagan  ayanchli 

hodisalarga olib kelishi mumkin. Natijada, ekologik o'zgarishlar zanjiri vujudga keladi. Hozirgi 

vaqtda  insoniyat  ekologik  inqiroz  xavfi  ostida  turibdi.  Agar  zarur  choralar  ko'rilmasa, 

biosferaning ko'p joylari hayot uchun yaroqsiz bo'lib qolishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish, 

hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. 

2-

ASO SIY  SA VO L NI NG B AY O NI

 

B

I O S FE R A N I   M U H O FA Z A   Q I L I S H   M U A M M O L A R I



.

 

Tabiatni  muhofaza  qilish  —  tabiat 



boyliklaridan  ratsional,  oqilona  foydalanish  demakdir.  Bu  esa  tabiatning  xilma-xilligini  o'z 

holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi. Biosferani saqlashda 

tabiiy  boyliklardan  tejab  foydalanadigan  sanoat  va  qishloq  xo'jalik  texnologiyasiga  o'tish  katta 

ahamiyatga  ega.  Buning  uchun:  1.  Qazib  olinadigan  tabiat  boyliklaridan  to'liq  foydalanish.  2. 

Ishlab  chiqarish  chiqindilaridan  qayta  foydalanish,  chiqindisiz  tex-nologiyani  yo'lga  qo'yish.  3. 

Energiya  olishning  ekologik  toza  manbalaridan  —  quyosh,  shamol  energiyasidan,  okeanlar 

kinetik  energiyasidan,  Yer  osti  issiq  suvlari  energiyasidan  foydalanishni  yoiga  qo'yish  zarur. 

Ayniqsa  chiqindisiz texnologiya katta samara beradi. Buning uchun  yopiq sikllarda ishlaydigan 

texnologiyani  yoiga  qo'yish  kerak.  Chiqindilarni  atmosferaga  chiqarilmay  yoki  oqizib 

yuborilmay  yana  qayta  o'sha  siklning  o'zida  foydalaniladi.  Hozirgi  mavjud  turlarni  asrash  ham 

biologik,  ekologik  va  madaniyat  nuqtai  nazaridan  katta  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  davrda  yasha-

yotgan  har  bir  tur  ko'p  asrlar  davomidagi  evolutsiyaning  mahsuli  bo'lib,  o'z  genofondiga  ega. 

Mavjud turlarni mutlaq zararli yoki foydali deb hisoblash mumkin emas. Zararli deb hisoblangan 

turlar  vaqt  o'tishi  bilan  foydali  bo'lib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  mavjud  turlarning 

genofondini  asrash  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Bizning  vazifamiz  uzoq  yillar  evolutsiya 

jarayonida  yetib  kelgan  hamma  tirik  organizmlarni  saqlab  qolishdir.  O'simlik  va  hayvonlarning 

kamayib  qolgan  yoki  yo'qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  turlari  «Qizil  kitob»  ga  kiritilgan.  Bu 

kitobga  kiritilgan  nodir  turlar  qonun  bilan  himoya  qilinadi.  Tabiatni  muhofaza  qilish  uchun 

qo'riqxonalar,  mikroqo'riqxonalar,  tabiat  yodgorliklari,  dorivor  o'simliklar  o'sadigan  joylar, 

rezervatlar,  milliy  bogiar  kabi  xilma-xil  shakllardan  foydalaniladi.  Tabiatni  muhofaza  qilish 

maqsadida 1971-yili xalqaro «Biosfera va inson» dasturi (inglizcha Men edi Biosfera— qisqacha 

MEB) qabul qilingan. Bu programma  doirasida  O'zbekiston Respublikasida ham alohida dastur 

tuzilgan.  «Biosfera  va  inson»  dasturi  atrof-muhitning  holatini  va  insonning  biosferaga  ta'sirini 

o'rganadi.  Bu  dasturning  asosiy  vazifasi  hozirgi  davrdagi  inson  xo'jalik  faoliyatining  kelajakda 

qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini  aniqlash,  biosfera  boyliklaridan  oqilona 

foydalanish, uni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdir. 

MEB  programmasida  ishtirok  etuvchi  mamlakatlarda  yirik  biosfera  qo'riqxonalari 

tuzilmoqda.  Bunday  qo'riqxonalarda  inson  ta'sirisiz  ekosistemalarda  qanday  o'zgarishlar  sodir 

boiishini o'rganadi. Markaziy Osiyo hududlarida QoraqumSari-Chelak biosfera qo'riqxonalari 

mavjud. Qo'riqxonalar tabiiy obyektlarni o'z holatida saqlash maqsadida yaratiladi. 

Qo'riqxonalar  hududida  xo'jalik  ishlari  yuritish  butunlay  mumkin  emas.  Bu  yerda  sanoat  va 

qishloq xo'jalik korxonalari qurish, foydali qazilmalar olish, o'rmonlarni kesish, o'tloqlardan foy-

dalanish, mol boqish, baliq ovlash, zaharli kimyoviy moddalarni qoilash taqiqlanadi. Zakazniklar 


 

94 


esa  tabiiy  boyliklarni  saqlash  va  ulardan  qisman  foydalanish  uchun  yaratiladi.  Botanika 

zakaznikla-rida  o'tlarni  o'rish,  daraxtlarni  kesish,  mol  boqish  mumkin  emas.  Ovchilik 

zakazniklarida  hayvonlarni  faqat  ma'lum  mavsumlarda,  ularning  populyatsiyasiga  zarar 

yetkazmagan  holda  ovlash  mumkin.  Tabiat  yodgorliklari  —  ilmiy  tarixiy,  madaniy  va  estetik 

ahamiyatga  ega  bo'lgan  tabiiy  obyektlardir.  Bularga  sharsharalar,  geyzerlar,  g'orlar  kabi  o'lik 

obyektlar,  qari  daraxtlar,  yodgorliklar,  hiyobonlar,  tabiiy  muzeylar  kiradi.  Bunday 

yodgorliklarga Yasnaya Polyanadagi eman daraxti, Ashxaboddagi «Yetti og'ayni» chinori kabi 

tabiatning  nodir  boyliklarini  kiritish  mumkin.  Biosferani  muhofaza  qilish  choralari  O'zbekiston 

Respublikasining  konstitutsiyasida,  Oliy  Majlis  va  Hukumat  qarorlarida  belgilangan.  Tabiat 

tomonidan  yaratilgan  boyliklarni  asrash  va  ko'paytirish,  biosferani  muhofaza  qilish  umumiy 

masala  ekanligini  har  bir  o'quvchi  hozirdan  yaxshi  tushunib  olmog'i  zarur.  Biosferadagi 

muvozanatni osonlik bilan buzish mumkin, lekin uni qayta tiklash juda qiyin. 

Har  bir  inson  tabiat  yaratgan  boyliklarni  kelajak  avlodlarga  ham  qoldirish  muqaddas  vazifa 

ekanligini  yaxshi  anglab  olmog'i  zarur.  5-iyun  Xalqaro  atrof-muhitni  himoya  qilish  kuni 



hisoblanadi. 

Nazorat topshiriqlari: 

1.Tabiatni muhofaza qilish qanday maqsadni ko’zlaydi? 

2. Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha  xalqaro dastur bo’yicha nimalarni bilasiz? 

3.Tabiatni muhofa qilish bo’yicha Qo’riqxonalar, zakazniklar, milliy bog’larning roli qanday? 

 

Adabiyotlar ro’yhati: 

A.Abdukarimov,A.G’ogurov, K,Nishonboyevlar tomonidan yozilgan  “Biologiya” darsligi 



Toshkent-2010

 

 

 



 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish