238 oliy va o`rta maxsus kasb hunar ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati o`rta maxsus


Suv bug 'lanishini kamaytiruvchi omillar mavjudligi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana10.04.2020
Hajmi0,73 Mb.
#43695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
biologiya


Suv bug 'lanishini kamaytiruvchi omillar mavjudligi: 

a)

 



barglarning tikanlarga aylanishi (ignabargli daraxtlarda); 

b)

 



qalin kutikulaning mavjudligi (hasharotlarda, kserofitlarda); 

d)

 



barglarning so'liganligi (alp o'simliklarida); 

e)

 



qurg'oqchilikda barglar to'kilishi; 

f)

 



barg og'izchalarining kechasi ochilib, kunduzi yopilishi; 

 

70 


g) transpiratsiya va ter ajratishning kamayishi (cho'l o'simliklari, 

tuya); 


h) hayvonlarning uyalarda yashirinishi (mayda sahro sutemizuvchilari, 

masalan, sahro kalamushi); 

i) nafas teshiklarining klapanlar bilan bekilishi (ko'p hasharotlar). 

2. 


Suv surilishining kuchayishi: 

a)

 



keng yuza ildiz sistemasining mavjudligi; 

b)

 



ildizning uzunligi va chuqur joylashishi; 

d) hayvonlarda yerosti suvigacha yo'llar ochish (termitlar); 

3. 

Suvni zaxiralash: 

a)

 



shilliq hujayralarda va hujayra devorida; 

b)

 



maxsuslashgan siydik pufagida (sahro baqasi); d) yog' holatida (sahro 

kalamushi, tuya); 

4. 

Suv yo 'qotilishiga fiziologik chidamlilik: 

a)

 



suvni  ко'р  yo'qotganda  ham  hayot  faoliyati  saqlanishi  (paporot-niklar,  plaunlar, 

moxsimonlar, lishayniklar); 

b)

 

tana  massasi  ancha  yo'qotilganda  suv  mavjudligida  tez  tiklanishi  (yomg'ir  chuvalchangi, 



tuya); 

d) urug', tugunak, piyozcha sifatida noqulay sharoitda saqlanishi; 

e)  pillaga o'ralib yozda uyquga ketish (yomg'ir chuvalchangi, ikki 

tomonlama nafas oluvchi baliqlar); 

5. Suvsiz joylardan suvli joylarga migratsiyalanish (ko'pgina sahro va cho'l hayvonlari). 

 

MAVZU:ABIOTIK OMILLAR. TUPROQ VA TOPOGRAFIK 

OMILLAR. TABIATDAGI MAVSUMIYLIK 

Asosiy savollar: 

1.

 

ABIOTIK OMILLAR    2.TUPROQ VA TOPOGRAFIK OMILLAR 

    3.TABIATDAGI MAVSUMIYLIK 

Tayanch iboralar: 

ABIOTIK OMILLAR, ABIOTIK OMILLAR, tabiatdagi   mavsumiylik 

1-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I



T

U P R O Q   O M I L L A R I



.

 

Tuproqni tuproqshunoslik fani o'rganadi. 



Tuproqshunoslik  ta'limotiga  rus  olimi  V.  V.  Dokuchayev  asos  solgan.  U  o'z  asarlarida 

birinchi bo'lib tuproqning o'zgarishi va rivojlanishini, unda tinmasdan fizik-kimyoviy va biologik 

jarayon-lar kechishini isbotlab berdi. 

V. V. Dokuchayev 5 ta asosiy tuproq hosil qiluvchi omillarni aniqladi: 

1. Iqlim.       2.Geologik omillar (tog' jinslari). 3 Topografik omillar (relyef). 

4.Tirik organizmlar. 5.  Vaqt. 

Tuproq  quruqlikdagi  ekologik  sistemalardagi  abiotik  va  biotik  omillarni  bog'lovchi  eng 

muhim zanjirdir. 

O'simliklarning  o'sishi  tuproqda  zarur  ozuqa  moddalarining  mavjudligiga  va  tuproqning 

tuzilishiga bog'liq. Tuproqning noqulay holatga  kelib qolishining oldini olish uchun undan foy-

dalanishning ratsional ilmiy usullarini ishlab chiqish lozim. 

Tuproqning tarkibi quyidagi asosiy qismlardan iborat: 

1.Mineral moddalar (tuproq umumiy tarkibining 50—60 foizigacha). 

2.

 



Organik moddalar (10 foizgacha). 3.Havo (15—25 foizgacha). 4.Suv (25—35 foizgacha). 

 

71 


Bulardan tashqari biotik tarkibiy qism (bakteriyalar, detritofaglar, zamburug'lar) ham mavjud. 

Tuproqdagi  organik  moddalar  har  xil  fizik-kimyoviy  jarayonlar  va  tirik  organizmlar 

(detritofaglar, bakteriyalar, zamburug'lar) ta'sirida parchalanib gumusga aylanadi. 

Gumus — organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti, u qancha ko'p bo'lsa, tuproq 

shuncha hosildor bo'ladi. 



Nazorat topshiriqlari: 

1.V. V. Dokuchayev  nechta asosiy tuproq hosil qiluvchi omillarni aniqladi. 



2. Tuproqning tarkibiy  asosiy qismlarini ayting? 

2-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I



T

O P O G R A F I K   O M I L L A R



.

 

Topografik  omillar  boshqa  abiotik  omillar  bilan  bog'liq,  ular 



iqlimga, tuproqqa ta'sir ko'rsatadi. 

Asosiy  topografik  omillardan  biri  —  balandlik.  O'rtacha  haro-rat,  uning  bir  kecha-kunduzdagi 

o'zgarishlari, yog'ingarchilik miqdori, shamol tezligi, nurlanish miqdori, atmosfera bosimi, gazlar 

konsentratsiyasi  balandlikka  bog'liq.  Bu  omillar  esa  o'z  navbatida  o'simlik  va  hayvonlarning 

hayot faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. 

Ikkinchi  muhim  topografik  omil  —  qiyalikning  joylashishidir.  Shimoliy  yarimsharlikda 

janubga  qaragan  qiyaliklarda  yorug'lik  va  harorat  shimolga  qaragan  qiyaliklarga  nisbatan 

yuqoriroq  (janubiy  yarimsharlikda  esa  buning  aksi  kuzatiladi).  Bu  esa  o'simliklarning  va 

hayvonlar holatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. 

Topografik  omillardan  yana  biri  —  qiyalikning  tikligi.  Qiyalik  qancha  tik  boisa,  unda 

o'simliklar shuncha kam o'sadi, asosan kserofit o'simliklar uchraydi. 

3-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I



T

A B I A T D A G I  M A V S U M I Y   O



'

Z G A R U V C H A N L I K

.

 

Tabiatning  eng  ajoyib  xususiyatlaridan 



biri  —  uning  mavsumiy  o'zgaruvchanligidir.  Yil  davomida  harorat,  namlik  va  boshqa  ekologik 

omillar  davriy  o'zgaruvchanlikka  egadir.  Abiotik  ekologik  omillarning  mavsumiy  o'zgarishlari 

o'z navbatida tirik organizmlar hayot faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Har xil regionlarda hayot 

uchun  qulay  davr  turlicha  bo'ladi.  Masalan,  Markaziy  Osiyo  regionida  bu  davr  6—7  oygacha 

davom  etadi.  Bizning  regionda  ham  qishki  tinim  davri  yaqqol  namoyon  bo'ladi.  Haroratning 

pasayishi,  vegetatsiya  davrining  tugallanishi  natijasida  ko'pchilik  o'simliklarda  moddalar 

almashi-nuvi susayadi, o'simliklar bargini to'kadi. Qishki tinim davri hasharotlarda, suvda hamda 

quruqlikda  yashovchilarda,  sudralib  yuruvchilarda  va  boshqa  hayvonlarda  kuzatiladi.  Ko'pgina 

qushlar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi. 

O'simlik  va  hayvonlarning  o'sishi  va  rivojlanishi  kun  uzunligi-ga  bog'liqdir.  Bu  hodisa 



fotoperiodizm deyiladi. 

Fotoperiodizm  —  tirik  organizmlardagi  fiziologik  jarayonlar  faol-ligining  yorug'  kun 

uzunligiga boqliqligidir. Bu hodisani tajribada o'simlik va hayvonlarda kecha-kunduz davomida 

yoritishni  sun'iy  o'zgartirib  kuzatish  mumkin.  Fotoperiodizm  o'simliklardagi  fotosintez 

jarayoniga ham bog'liq. 

Kun  uzunligining  o'zgarishi  yil  davomida  haroratning  o'zga-rishiga  ham  bog'liq.  U  tufayli 

kun uzunligi mavsumiy o'zgarishlar uchun belgi omili bo'lib xizmat qiladi. 

Kun  uzunligiga  javob  reaksiyasiga  qarab  o'simliklar  uzun  kun,  qisqa  kun  va  neytral 

o'simliklarga bo'linadi. Neytral o'simliklar-ning gullashi kun uzunligiga bog'liq emas. 

Kun  uzunligi  hayvonlarning  o'sishi  va  rivojlanishiga  ham  katta  ta'sir  ko'rsatadi.  Masalan, 

bizda  ko'p  boqiladigan  ipak  qurti  qisqa  kunda  yaxshi  rivojlanadi.  Fotoperiodizm  qushlarning, 

sutemizuv-chilarning  va  boshqa  hayvonlarning  urchish  davriga,  ularning  embrional 

rivojlanishiga, tullashiga, migratsiyasiga, qishki uyquga ketishiga katta ta'sir ko'rsatadi. 

Odam o'simlik va hayvonlarda fotoperiodizm qonuniyatlarini o'rganib, undan o'zining amaliy 

maqsadlarida  keng  foydalanmoq-da.  Issiqxonalarda  sabzavot  va  gullarni  yil  davomida  o'stirish 

keng  yo'lga  qo'yilishi,  parrandachilik  fabrikalarida  tovuqlar  tuxumdorligi  oshirilishi  shularga 

misoldir. 

B

I O R I T M



.

 

Fotoperiodizm  asosida  o'simlik  va  hayvonlarda  evo-lutsiya  davomida  maxsus 



davriy  takrorlanib  turuvchi  biologik  ritm-lar  paydo  bo'lgan.  Biologik  ritmlar  —  biologik 

 

72 


jarayonlar  jadalligining  davriy  takrorlanuvchi  o'zgarishidir.  Biologik  ritmlar  kecha-kunduz, 

mavsumiy  va  yillik  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  kecha-kunduz  bioritmlariga  o'simliklarda 

fotosintezning  o'zgarishini,  hayvonlarda  harakatning,  gormonlar  sekretsiyasining,  hujayra 

bo'linishi  tezligining  o'zgarishlarini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Odamda  ham  nafas  olish 

tezligi,  arterial  bosim  va  shunga  o'xshash  jarayonlar  kecha-kunduz  davomida  ritmik  o'zgarib 

turadi. Bioritmlar irsiyatga bog'liq reaksiyalar bo'lganligi sababli insonning mehnati va dam olish 

rejimini to'g'ri uyushtirish uchun uning mexanizmlarini yaxshi bilish kerak. 

Shunday qilib, organizmlarning kecha-kunduz va mavsumiy o'zgarishlarga javob reaksiyalari 

ularning vaqtni o'lchay olishini, ya'ni «biologik soat»ning mavjudligini ko'rsatadi. 

Nazorat topshiriqlarini: 

1.Fotoperiodizmni tushuntiring? 

2.

 

B



IO R I T M N I   T U S H U N T I R I N G

?

 



 

 

MAVZU:

 

MUHITNING BIOTIK OMILLARI 

Asosiy savollar: 

1.

 



O

R G A N I Z M L A R N I N G   O

'

Z A R O   M U N O S A B A T L A R I 



 

2.

 

O

R G A N I Z M L A R N I N G   O



'

Z A R O   R A Q O B A T I



 

Tayanch iboralar: 

Biotik  omillarga  sayyoramizdagi  mavjud,  bir-biriga  ta'sir  ko'rsatuvchi  va  o'zaro 

munosabatlarda bo'lgan hamma tirik organizmlar — mikroorganizmlar, o'simliklar, hayvonlarva 

shujumladan odamlar ham kiradi. 

1-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I



O

R G A N I Z M L A R N I N G   O



'

Z A R O   M U N O S A B A T L A R I

.

 

Bu  o'zaro  munosabat-larni  asosan  3  ta 



turga ajratish mumkin. 

1.

 



Neytralizm — birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. 

2.

 



Antibioz  —  birga  yashaydigan  ikki  organizmlarning  bittasi  yoki  ikkalasi  ham  salbiy  ta'sir 

ostida bo'lishadi. 

3.

 

Simbioz — bunda ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o'ziga foyda 



oladi. 

Antibioz  va  simbioz  bog'lanishlarning  tabiiy  tanlanishda  ahami-yati  juda  katta  bo'lgani  uchun 

ular bilan quyida batafsil tanishamiz: 



Antibioz — antogonizmsalbiy bog'lanish bo'lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: 

1.

 



O'zaro raqobat. 2.Parazitizm.  3.Yirtqichlik. 

2-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I

O

R G A N I Z M L A R N I N G   O



'

Z A R O   R A Q O B A T I  

(

K O N K U R E N S I Y A



). 

O'simliklar  hayvonlardan  farqli  ravishda  energiyani  birdan-bir  asosiy  manba  —  fotosintez 

orqali  oladi.  Shuning  uchun  ham  o'simliklarda  raqobat  birinchi  navbatda  «yorug'lik  uchun 

kurash» sifatida namoyon bo'ladi. Soyada o'sadigan o'simliklarda yorug'lik kam bo'lganida ham 

fotosintezlash mexanizmlari paydo bo'lgan. 

O'simliklarda  ovqat  resurslari  uchun  ham  kuchli  raqobat  mavjuddir.  Agar  ovqat  yetishmasa 

birga  o'sayotgan  o'simlik  va  hayvonlar  bir-biriga  zararli  ta'sir  ko'rsatadi.  Raqobatning  bu  shakli 

rus  olimi  G.  F.  Gauze  tomonidan  yaxshi  o'rganilgan.  U  infuzoriyalarning  ikki  turini  bir  xil 

sharoit va bir xil muhitda o'stirib, biroz vaqtdan keyin ulardan faqat birining qolishini aniqladi. 

Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday zararli ta'sir ko'rsatmaydi, faqat 

ularning ko'payish jadalligi har xil. 

Shunday  qilib,  bir  xil  sharoitda  birga  yashayotgan  va  bir  xil  ovqat  bilan  ovqatlanadigan 

organizmlardan qaysi biri tez ko'paysa, o'zaro raqobatda bo'lsa, shu yutib chiqadi. 

Raqobatning  yana  bir  ko'rinishida  organizmlar  o'zi  sintezlaydigan  kimyoviy  moddalari 

ta'sirida  boshqalarining  o'sishiga,  ko'pa-yishiga  to'sqinlik  qiladi.  Masalan,  zamburug'lar 

antibiotiklar ta'sirida mikroorganizmlar o'sishini to'xtatib qo'yadi. 


 

73 


Parazitizm — har xil turga mansub organizmlarning o'zaro munosabatlari shakli bo'lib, bunda 

bir organizm (parazit) ikkinchi organizmdan (xo'jayin) yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida 

foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning har xil a'zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa suyuqligi 

va boshqalarda) yashashga moslashishi mumkin. Ularda parazit hayot kechirishga moslashish-ni 

ta'minlovchi  so'rg'ichlar,  maxsus  og'iz  apparati,  ilmoqchalari  va  shunga  o'xshash  moslamalar 

rivojlanadi. Xo'jayin organizmida hamda parazitlarga qarshi har xil himoya mexanizmlari paydo 

bo'ladi. 

O'simlik  va  fitofaglar  (o'simliklar,  organizmlar),  shuningdek,  o'simlik  va  uning  parazitlari 

o'rtasida ham murakkab o'zaro ta'sirlar kuzatiladi. O'simliklarda ularning parazitlarini o'ldiruvchi 

kimyoviy  moddalar  hosil  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  o'simliklar  zamburug'lar  yoki  bakteriyalar 

bilan zararlanganda ularga qarshi fitoaleksin deb ataluvchi antibiotiklarni ishlab chiqaradi. 

Yirtqichlik  —  bunda  bir  organizm  o'z  o'ljasiga  hujum  qilib,  undan  ovqat  manbayi  sifatida 

foydalanadi, bu munosabat ko'pincha o'ljaning o'limi bilan tugaydi. 



Simbioz — ijobiy o'zaro bog'lanishlar bo'lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud: 

1.

 

M

U T U A L I Z M

.

   

2H

A M S O Y A L I K

.

   

2 . K

O M M E N S A L I Z M  

(

H A M T O V O Q L I K

). 

M

U T U A L I Z M  



(lotincha  mutus  —  o'zaro)  o'zaro  biologik  bog'la-nishning  bir  shakli  bo'lib, 

bunda  birga  yashash  har  ikkala  orga-nizmga  ham  foyda  keltiradi.  Mutualizmga  misol  qilib 

lishayniklar 

bilan 


zamburug'larning, 

dukkakli 

o'simliklar 

bilan 


azotfiksat-siyalovchi 

bakteriyalarning,  daraxtlar  bilan  tuproqda  mikoriza  zamburug'larining  o'zaro  munosabatlarini 

keltirish mumkin. 

Mikoriza  zamburug'lari  o'simliklar  uchun  fosfor  va  mineral  moddalarni  ularning  ildizlariga 

yetkazib  beradi,  o'z  navbatida  zamburug'lar  daraxt  ildizlaridan  uglevod  va  boshqa  organik 

moddalarni  oladi.  O'rmonlarda  chumolilarning  ichagida  bir  hujayrali  xivchinli  sodda  hayvonlar 

yashaydi.  Chumolilar  daraxt  yog'ochlari  bilan  ovqatlanadi,  lekin  uni  parchalovchi  fermentlar 

chumoli  ichagida  bo'lmaydi.  Bu  vazifani  bir  hujayrali  xivchinlilar  bajaradi.  Chumolilar 

xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar ham faqat chumoli ichagidagina yashay oladi. 

H

A M S O Y A L I K



.

 

Sinoykiya  (yunoncha  syn  —  birga,  oikos  —  uy)  o'zaro  munosabatdan  bir 



organizmgina  o'ziga  foyda  oladi,  ikkinchisi  bunday  munosabatdan  hech  qanday  naf  ko'rmaydi. 

Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o'zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq 

tanli  —  tishsizning  mantiya  bo'shlig'iga  qo'yadi.  Baliq  tuxumlari  yumshoq  tanliga  hech  qanday 

zarar  keltirmaydi,  chig'anoqlar  himoyasida  bo'ladi.  Bu  holatda  yumshoq  tanlidan  baliqlar  faqat 

yashash joyi sifatida foydalanadi. 

H

A M T O V O Q L I K



,

  K O M M E N S A L I Z M  

(fransuzcha commensal — ham-tovoq). Bunday o'zaro 

munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech 

qanday  zarar  yetkazmaydi.  Masalan,  odam  og'iz  bo'shlig'ida  amyobalar-ning  bir  turi  —  og'iz 

amyobasi yashaydi. U og'iz bo'shlig'idagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi, hech qanday zararli 

ta'sir  ko'rsatmaydi.  Mayda  baliqlar  yirik  baliqlarga  yopishib  yashab,  ulardan  harakatlanishda 

foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi. 

Organizmlarning bunday o'zaro munosabatlari har qanday populyatsiyalarda ham kuzatiladi. 

Populyatsiyalarda organizmlar soni faqat abiotik omillargagina bog'liq bo'lib qolmay, yirtqichlar 

va  parazitlarning  soniga,  organizmlar  orasidagi  ovqat,  yashash  va  ko'payish  joylari  uchun 

raqobatga  ham  bog'liqdir.  Shuning  uchun  ham  yirtqichlar  va  parazitlar,  umuman  olganda 

populyatsiya uchun foydalidir. 

Nazorat topshiriqlari: 

 

1.Biotik omillar deganda nimani tushunasiz? 

2.Organizmlar orasidagi o’zaro munosabatlarni ayting? 

3.Antibioz va simbiozning bir-biriga bog’liqlik tomoninin tushuntiring? 

4.Hayvonlar va o’simlik orasida qanday raqobat shakllarini bilasiz? 

 

 



 

 

74 


MAVZU:TUR VA POPULYATSIYANING EKOLOGIK TA'RIFI 

Asosiy savollar: 

1.

 

TUR VA POPULYATSIYANING EKOLOGIK TA'RIFI 

2.

 

POPULYATSIYANING ZICHLIGI 

Tayanch iboralar: 

Ekologik mezon deganda, yashash muhitida turga ta'sir ko'rsatuvchi hamma ekologik omillar 

yig'indisi  tushuniladi,  Populyatsiya  individlarining  zichligi,  tug'iluvchanligi,  o'limi,  yoshi  va 

jinsiy tarkibi, egallagan joyi, 

1-asosiy savolning bayoni: 

Tur  mezonlari  ko'p  bo'lib,  ularning  asosiylariga  morfo-fiziologik  va  genetik  mezonlardan 

tashqari, turning ekologik mezoni ham kiradi. Ekologik mezon deganda, yashash muhitida turga 

ta'sir  ko'rsatuvchi  hamma  ekologik  omillar  yig'indisi  tushuniladi.  Har  bir  turda  evolutsiya 

jarayonida  yashash  muhitining  sharoitlariga  moslashish  mexanizmlari  shakllanadi.  Masalan, 

qalin tuk bilan qoplangan ayiqlar shimolning juda sovuq iqlimiga, kulrang-sarg'ish tusli tuyalar, 

sayg'oqlar, jayronlar esa kam suvli cho'llarda va qumli cho'llarda yashashga moslashgan. Bunday 

moslashishlar,  asosan,  o'sha  turga  kiruvchi  hamma  individlar  uchun  xosdir.  Har  bir  tur  o'z 

yashash  arealiga  ega.  Bu  areal  o'z  navbatida  yaxlit  yoki  ayrim  joylardan  tashkil  topishiga 

qaramay, muhitning xususiyatlari o'sha areal uchun umumiydir. 

Turlar katta yoki kichik arealni egallashi yoki undagi populyatsiyalar sonining ko'p yoki kam 

bo'lishiga qaramay, bir butun yaxlit sistemani tashkil etadi. Turning yaxlitligi individlar orasida-

gi  panmiksiya  (erkin  urchish)  xususiyatining  mavjudligiga  bog'liqdir.  Undan  tashqari,  tarixiy 

rivojlanish jarayonida bir turga kiruvchi individlarda bir-biriga nisbatan moslanishlar ham paydo 

bo'lgan.  Bularga  hayvonlarning  o'z  nasliga  g'amxo'rlik  qilishi,  bir-birlari  bilan  ma'lum  signallar 

orqali  aloqa  qilishi,  dushmanlardan  birgalashib  himoyalanishi  misol  bo'la  oladi.  Turning 

yaxlitligini saqlovchi mexanizmlardan biri uning boshqa turlardan alohidalan-ganligidir. Har xil 

turlar  turli  ekologik  sharoitga  moslashish  jarayonida  ularning  orasidagi  farqlar  tobora  ortib 

boradi.  Masalan,  qishloq  qaldirg'ochlari  va  shahar  qaldirg'ochlari  bitta  avlodga  kiruvchi  ikkita 

bir-biriga  juda  yaqin  turlardir.  Bu  turlar  morfologik,  genetik,  fiziologik,  etologik  va  ekologik 

farqlari mavjudligi tufayli bir-biri bilan chatisha olmaydi. 

Turning  ekologik  moslashishining  ahamiyati  ayrim  individlar  va  yaxlit  tur  uchun  har  xil 

bo'lishi  mumkin.  Masalan,  ba'zi  turga  kiruvchi  qushlar  ekologik  sharoiti,  ya'ni  ayni  misolda, 

uyasi torlik qilganda ayrim bolalarini uyasidan tashlab yuboradi. Ular albatta nobud bo'ladi, lekin 

qolgan  bolalari  esa  keng  sharoitda  baquwat,  yashash  qobiliyati  kuchaygan  bo'lib  yetiladi. 

Bunday moslashishlar ayrim individlar uchun zararli, tur uchun esa foydalidir. 

Katta hududlarni egallovchi turlar notekis taqsimlanib, ayrim guruhlar yoki populyatsiyalarga 

bo'linadi. Populyatsiyalar turning va evolutsiyaning boshlang'ich strukturaviy birligidir. Populya-

tsiya  —  ma'lum  joyni  egallagan,  bir-birlari  bilan  irsiy  axborotni  almashish  xususiyatiga  ega 

bo'lgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhidir. 

Populyatsiya  individlarining  zichligi,  tug'iluvchanligi,  o'limi,  yoshi  va  jinsiy  tarkibi, 



egallagan joyi kabi statistik belgilar bilan ta'riflanadi. 

 

 

2-

A S O S I Y   S A V O L N I N G   B A Y O N I

P

O P U L Y A T S I Y A N I N G   Z I C H L I G I 



—  ma'lum  maydon  yoki  hajm  birligi-da  individlar  soni 

yoki biomassa bilan o'lchanadi. Masalan, 1 ga da 100 daraxt, 1 ga hovuzda 10000 ta baliq yoki 

1000 kg baliq, 1 litr suvda 1 mln bakteriya va hokazo. Populyatsiya individlarining soni har xil 

bo'lishi  mumkin.  Lekin  individlar  soni  ma'lum  chegaradan  kamayib  ketsa,  populyatsiya  ham 

asta-sekin yo'qolib ketishi mumkin. 

Populyatsiyaning muhim ko'rsatkichlaridan biri sonining o'zgarishidir. Bu ko'rsatkich ma'lum 

vaqt  davomida  tug'ilish  va  o'lishning  miqdori  bilan  o'lchanadi.  Bu  tushuncha  odamlar  po-

pulyatsiyasining  demografik  analizida  keng  ishlatiladi.  Populyatsiyalarning  soni  mavsumiy  va 



 

75 


yillar  davomida  davriy  o'zgarishi  mumkin.  Masalan,  bizning  sharoitda  yozning  issiq  kunlarida 

yuqumli  ichak  kasalliklarini  qo'zg'atuvchi  bakteriyalar  va  gijjalar  sonining  keskin  ortib  ketishi 

kasalliklarning keng tarqalishiga sabab bo'ladi. Baqalar, qurbaqalar, dala sichqonlari, chigirtkalar 

sonining ma'lum yillarda davriy o'zgarishi aniqlangan. 

Davriy  o'zgarishlarni  o'rganish  ancha  qiyin,  chunki  buning  uchun  bir  necha  yillar  davomida 

kuzatishlar olib borish talab qilinadi. Ko'p holatlarda davriy o'zgarishlarni laboratoriya sharoitida 

modellashtirish mumkin. Yetarli ma'lumotlarni qisqa hayot sikJiga cga hayvonlarni (drozofilalar, 

sichqonlar, kalamushlar) laboratoriya sharoitida har xil omillarni ta'sir ettirib olish mumkin. 

Populyatsiyaning  holatiga  ovqatning  miqdori  katta  ta'sir  lo'rsatishi  Viskonsiya  universiteti 

olimlarining sichqonlar ustida o'tkazil-gan oddiy tajribalarida aniqlandi. 

Sichqonlar  yashagan  uyda  ularga  har  kuni  bir  xil  miqdorda  don  berib  turilganida  avval 

populyatsiya  soni  ortib  boradi.  Populyatsiya  individlari  sonining  ortishi  ularga  ovqat 

yetishmasligiga  olib  keladi,  natijada  ayrim  sichqonlar  boshqajoyga  ketishga  (emigratsiya) 

majbur  bo'ladi.  Bu  tajribadan  ovqatning  sichqonlar  ko'payishini  cheklovchi  omil  boiishi, 

emigratsiyaning ortib borishi ham populyatsiyaning muvozanatini saqlovchi omil bo'lishi yaqqol 

ko'rinib turibdi. 

Ikkinchi  tajribada  boshqacha  sharoitda  o'tkazildi.    Bunda  sichqonlarning  ovqati  yetarli 

miqdorda, lekin ularning boshqa joylarga ketib qolishiga yo'l qo'yilmaydi. Natijada populyatsiya 

kattalashib  borib,  yashash  joyi  torlik  qilib  qoladi,  sichqonlar  orasida  bir-birini  yeb  qo'yish 

(kannibalizm),  bolala-riga  g'amxo'rlik  qilmaslik  holati  kuzatila-di,  yosh  sichqonlar  o'limi  100 

foizgacha ortadi (51-rasm). Bunday jarayonlarni tabiiy populyatsiyalarda ham kuzatish mumkin. 

Shunday  qilib,  ovqatning  miqdori  sichqonlar  populyatsiyasida  tug'iluvchanlik,  emigratsiya, 

individlarning  o'zaro  munosabatlariga,  umuman  olganda,  populyatsiyaning  soniga  ta'sir 

ko'rsatuvchi omildir. 

Populyatsiya holatiga hududiylik (ter-ritoriyaviylik) xususiyati ham katta ta'sir ko'rsatadi. Har 

bir  populyatsiya  o'zining  yashashi  va  ko'payishi  uchun  zarur  sharoitlarni  ta'minlovchi  hududni 

(territoriyani)  egallashga  harakat  qiladi.  Ko'p  hayvonlar  o'zlari  uchun  ovqat  manbayi  bo'lgan, 

uyalar  quradigan  territoriyalarni  belgilab  qo'yadilar  va  uni  boshqa  populyatsiyalardan  yoki 

individlardan himoya qiladilar. 

Hududiylik  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo'lib,  populyatsiyaning  ayrim  joylarda  haddan  tashqari 

ko'payib ketishiga yo'l qo'ymaydigan cheklovchi omillardan biri hisoblanadi. 

Populyatsiyalarning dinamikasiga bir turga kiruvchi har xil po-pulyatsiyalar orasidagi va har 

xil turlarga kiruvchi populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari ham katta ta'sir ko'rsatadi. 

Tabiiy sharoitlarda raqobatbardosh populyatsiyalar ko'proq saqlanib qoladi, raqobatga chiday 

olmaganlar esa butunlay yo'qolib ketadi. 

Tasodifiy o'zgarishlar yong'in, suv toshqini, ob-havoning keskin o'zgarishi, dovullar, zilzilalar 

kam  sonli  populyatsiyalarga  juda  kuchli  ta'sir  ko'rsatadi.  Bunday  populyatsiyalarda  ko'pincha 

tug'ilish o'limning o'rnini to'ldira olmaydi va bir necha yil davomida ular qirilib ketadi. 

Tabiiyki,  populyatsiya  har  xil  jinsli  va  yoshdagi  individlardan  tashkil  topadi. 

Populyatsiyaning  yoshi,  tarkibi  undagi  individlar  umrining  o'rtacha  uzunligiga,  jinsiy  yetilish 

vaqtiga, ko'payish jadalligiga bog'liq. Populyatsiyalarda  yosh va qari individlar nis-batiga qarab 

o'sayotgan, barqaror yoki kamayib borayotgan populyatsiyalar farq qilinadi. 

Qushlar,  mo'ynali  hayvonlar,  baliqlami  ovlash  mumkinligi  yoki  mumkin  emasligi  yosh 

individlarning katta yoshdagi individlarga nisbati ko'rsatkichiga qarab belgilanadi. 

Tabiiy  populyatsiyalarning  rivojlanishi  qonuniyatlarini  bilish  populyatsiyalar  sonini  oqilona 

boshqarishni o'rganishda katta ahamiyatga ega. 

 

Nazorat topshiriqlari: 



 

1.P

O P U L Y A T S I Y A N I N G   Z I C H L I G I N I   T U S H U N T I R I N G



2. Tabiiy populyatsiyalarning rivojlanishi qonuniyatlarini bilish qanday ahamiyatga ega?

 

 



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish