238 oliy va o`rta maxsus kasb hunar ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati o`rta maxsus



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana10.04.2020
Hajmi0,73 Mb.
#43695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
biologiya


Devon  davrida  dengizlar  sathi  kamayib,  quruqlik  ortishi,  bolinib  ketishi  yanada  davom 

etgan.  Iqlim  mo'tadil  bolgan.  Quruqlikning  ko'pgina  qismi  dasht,  yarim  dashtga  aylangan. 

Dengizlarda  tog'ayli  baliqlar  rivojlanib,  «qalqondor»  baliqlarning  yashash  uchun  kurash-da 

kamaya  borishi  ro'y  bergan.  So'ngra  suyakli  baliqlar  kelib  chiqqan.  Sayoz  havzalarda  ikki 

yoqlama  nafas  oluvchi  baliqlar,  pan-jaqanotli  baliqlar  rivojlangan.  Panjaqanotli  baliqlarning 

ayrim  vakillari  —  latimeriya  tirik  «qazilma»  sifatida  hozir  ham  Janubiy  Afrika,  Madagaskar 

qirg'oqlaridagi suvlardan topilgan. Bu davrda baland boiib o'suvchi paporotniklar, qirqbo'g'inlar, 

plaunlardan dastlabki o'rmonlar hosil boiadi. Bo'g'imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlari havo 

bilan nafas olishga o'tishi tufayli ko'p oyoqlilar va dastlabki hasharotlar paydo boiadi. 

Devon  davrining  o'rtalariga  kelib  panja  qanotli  baliqlarning  ayrim  guruhlari  quruqlikka 

chiqqan. Natijada suvda hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan. 

Toshko' mir  davrining  boshlarida  Markaziy  Osiyoning  ko'p  hududi  suv  bilan  qoplangan. 

Davrning  oxirida  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig'i  Orol  dengizi  o'rnida  va  uning  sharq  tomonida 

dengiz  chekinib,  keng  quruqlik  paydo  bo'lgan.  Quruqlikdagi  sporali  o'simliklar  orasida  baland 

poyali  lepidodendronlar,  plaunlar,  kalamitlar  ko'plab  o'sgan.  Ayrim  kalamitlarning  balandligi 

20— 25 m ga yetgan. Onda-sonda dastlabki ochiq urug'lilardan kordaitlar ham uchragan. 


 

60 


Toshko'mir  davrida  iqlim  nam,  havoda  karbonat  angidrid  ko'p  bo'lgan.  Quruqlikdagi 

pasttekisliklarda  botqoqlik  yerlar  ko'p  uchragan.  Ularda  balandligi  40  m  ga  yetadigan 

paporotniklar,  qirqbo'g'inlar,  plaunlar  o'sgan  va  spora  yo'li  bilan  ko'paygan.  Bulardan  tashqari 

ochiq  urug'li  o'simliklar  paydo  bo'lgan.  Daraxtsimon  o'simliklarning  yoppasiga  halok  bo'lishi 

o'sha  joylarda  keyinchalik  ko'mir  qatlami  hosil  bo'lishiga  olib  kelgan.  Suv  hamda  quruqlikda 

yashovchilarning  dastlabki  vakillari  hisoblangan  stegotsefallar  nihoyatda  ko'p  va  xilma-xil 

bo'lgan. Uchuvchi hasharot — suvaraklar, ninachilar rivojlangan. 

Perm  davrining  boshlariga  kelib  iqlim  birmuncha  quruq  va  sovuq  bo'ladi.  Bunday  sharoit 

suvda  hamda  quruqlikda  yashovchi-lar  uchun  o'ta  noqulay  hisoblangan.  Ularning  anchagina 

qismi  qi-rilib  ketgan.  Botqoqlik  va  sayozliklardagi  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning 

ancha  mayda  vakillari  yashirinib  qolgan.  Quruq  va  past  haroratli  sharoitda  yashash  uchun 

kurash,  tabiiy  tanlanish  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  ma'lum  gurahining 

o'zgarishiga sabab bo'lgan. Keyin ulardan sudraluvchilar sinfi kelib chiqqan. 

Perm davrining boshlarida Qizilqum, Farg'ona, Pomir tog'larida yirik orollar va yarim orollar 

bo'lgan. O'simliklardan kalamitlar, daraxtsimon kordaitlar, ba'zi ninabargli o'simliklar uchragan. 

Shunday qilib, paleozoy erasida hayvonlar yanada rivojlanib, yirik aromorfozlar ro'y bergan, 

ya'ni jag'siz qalqondor baliqlar, panjaqanotli baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 

dastlabki  vakillari,  nihoyat  sudralib  yuruvchilar  sinfi  kelib  chiqqan.  O'simliklar  quruqlikka 

chiqib, spora yo'li hamda urug' bilan ko'payuvchi xillari, so'ng ochiq urug'lilar paydo bo'lgan. 



Nazorat topshiriqlari: 

1.Kembriy davrida nimalar sodir bo’ldi?    2.Ordovik davrida nimalar ro’y berdi? 

3.Silur  davridagi  jarayolarni  tushuntiring?    4.Devon  davridagi  jarayonlarni 

tushuntiring? 

5.Toshko’mir  davridagi  jarayonlarni  tushuntiring?    6.Perm  davridagi  jarayonlarni 

tushntiring? 

 

MAVZU: MEZOZOY, KAYNOZOY ERALARIDAGI HAYOT 

Asosiy savollar: 

1.Mezozoy  era si      2.  Ka yno zoy  erasi      3.O raliq 

formala r 

Tayanch iboralar:  

Mezozoy  ,  Ka yno zo y ,  oraliq fo rmala r,   Trias ,  Yura, B o' r,   

uchla mch i dav r,to’rtla mch i dav r. 

1-a sosi y s avolnin g b ayoni : 

Mezozoy  erasi   175  mln  yil  davom  etgan.  T rias   davrida  iqlim  quruq  kelgan.  O'rmonlar 

ochiq  urugiilar,  ninabargli  o'simliklar,  sagovniklar,  qisman  sporali  o'simliklar  —  paporotniklar, 

qirqbo'-ginlilardan  iborat  boigan.  Quruqlikda  sudralib  yuruvchilarning  xilma-xilligi  ortgan. 

Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. 

Hozirgi  vaqtda  yashab  turgan  kaltake-sak,  toshbaqalarning  ajdodlari  ham  shu  davrda  paydo 

bo'lgan. Trias davrida ayrim hududlar quruq va sovuq bo'lgan. Oqi-batda yashash uchun kurash, 

tabiiy  tanlanish  natijasida  ba'zi  bir  yirtqich  sudralib  yuruvchi-lardan  tanasi  kalamushdek  dast-

labki  sutemizuvchi  hayvonlar  kelib  chiqqan.  Taxmin  qilinishicha,  ular  hozirgi  o'rdakburun, 

yexidnalar singari tuxum qo'yib, ko'paygan. 

Yura  davrida  iqlim  issiq  va  nam  bo'lgani  uchun  daraxtsimon  o'simliklar  avj  olib 

rivojlangan.  O'rmonlarda  ilgarigidek  ochiq  urug'lilar  va  paporotniksimonlar  hukmronlik  qilgan. 

Ularning  ba'zilari,  ya'ni  sekvoyalar  hozirgi  vaqtgacha  yetib  kelgan.  Shu  davrda  paydo  bo'lgan 


 

61 


dastlabki gulli o'simliklarning tuzilishi anchagina ibtidoiy bo'lgan va keng tarqalmagan. Sporali 

va  ochiq  urug'li  o'simliklarning  gurkirab  rivojlanishi  natijasida  o'txo'r  sudralib  yuruvchi 

hayvonlar  tanasi  nihoyatda  yiriklashgan.  Ba'zilarining  tanasi  20—25  m  ga  yetgan.  Sudralib 

yuruvchi  hayvonlar  faqat  quruqlikda  emas,  balki  suv,  havo  muhitiga  ham  tarqalgan.  Havoda 

uchar kaltakesaklar keng o'rin olgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo'lgan. 

Bo'r  davrida  iqlim  keskin  o'zgargan.  Osmonni  qoplagan  bulutlar  juda  kamayib,  atmosfera 

quruq  va  shaffof  bo'lgan.  Quyosh  nurlari  to'g'ridan  to'g'ri  o'simlik  barglariga  tusha  boshlagan. 

Iqlimning  bunday  o'zgarishi  ko'pgina  paporotniksimonlar  va  ochiq  urugiilar  uchun  noqulay 

boigan  va  ular  kamaygan.  Yopiq  urugii  o'simliklar  esa  aksincha,  ko'paya  boshlagan.  Bo'r 

davrining  o'rta-lariga  kelib  yopiq  urugii  o'simliklarning  bir  pallali,  ikki  pallali  sinflarining  ko'p 

oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko'p jihatdan hozirgi zamon florasiga 

yaqinlashgan.  Quruqlikda  sudralib  yuruvchilar  sinfi  hali  ham  o'z  hukmronligini  saqlab  qolgan. 

Yirtqich,  o'txo'r  sudralib  yuruvchilar  tanasi  kattalashgan.  Uning  ustki  qismi  qalqonlar  bilan 

himoyalangan. Qushlar tishli boiib, boshqa xossalari bilan hozirgi zamon  qushlariga o'xshagan. 

Bo'rning  ikkinchi  yarmida  sutemizuvchilarning  xaltali  va  yoidoshli  kenja  sinf  vakillari  paydo 

boigan. 

2-asosiy savolning bayoni: 

Ka yno zoy  erasi  70 mln yil davom etgan. Kaynozoy gulli o'simliklar, hasharotlar, qushlar, 

sutemizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan eradir. 



Uchl a mchi  da v rnin g  boshlarida  iqlim  issiq  va  nam  boigan.  Tropik  va  subtropik 

o'simliklar keng tarqalgan. Davr o'rtalarida iqlim quruq va mo'tadil, oxirida esa keskin sovigan. 

Iqlimdagi bunday o'zgarishlar o'rmonlarning kamayishiga, o't o'simliklarning paydo boiishiga va 

keng  tarqalishiga  olib  kelgan.  Hasharotlar  sinfi  avj  olib  rivojlangan.  Ular  orasida  gulli 

o'simliklarning  chetdan  changlanishini  ta'minlaydigan,  shuningdek,  o'simlik  nektaridan  oziq 

oladigan  yuksak  vakillari  paydo  boigan.  Sudralib  yuruvchi  hayvonlar  ham  kamaygan. 

Quruqlikda,  havoda  qushlar,  sut-emizuvchilar,  suvda  esa  baliqlar,  ikkinchi  marta  suv  muhitida 

yashashga moslashgan sutemizuvchilar uchragan. Davr oxiriga kelib qushlarning hozirgi paytda 

maium  boigan  ko'p  avlodlari  paydo  boigan.  Davrning  boshlarida  sutemizuvchilarning  xaltalilar 

kenja  sinf  vakillari  keng  o'rin  olgan.  Davr  oxiriga  kelib  yashash  uchun  kurashda  yoidoshli 

sutemizuvchi hayvonlar ulardan ustun kelgan. 

Yoldoshli  sutemizuvchi  hayvonlarning  qadimgisi  hasharotxo'rlar  turkumi  bolib,  undan 

uchlamchi  davr  mobaynida  yoldoshlilarning  boshqa  turkumlari,  shu  jumladan  primatlar  kelib 

chiqqan. 

Uchlamchi davrning o'rtalarida odamsimon maymunlar rivojlanadi. O'rmonlarning qisqarishi 

bilan ba'zi odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo'ladi. Ulardan keyinchalik 

dastlabki  odamlar  kelib  chiqqan.  Ular  kam  sonli  bo'lib,  tabiatning  halokatli  voqealari,  yirik 

yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun doimo kurashib kelganlar. 



To'rtla mchi  davrda Shimoliy Muz okeani muzlarining bir necha marta janubga siljishi va 

orqaga chekinishi tufayli juda ko'p issiqsevar o'simliklar janubga, muzlik orqaga chekinishi bilan 

yana shimol tomon tarqaladilar. O'simliklarning bunday takroriy migratsiyasi (lotincha migratio 

—  ko'chish)  populyatsiyalarning  aralashib  ketishiga,  o'zgargan  sharoitlarga  moslasha  olmagan 

turlarning halok bo'lishiga, sharoitga moslashgan turlarning kelib chiqishiga sababchi bo'lgan. 

To'rtlamchi  davrga  kelib  odam  evolutsiyasi  tezlashadi.  Mehnat  qurollari  yasash,  ulardan 

foydalanish  keskin  ravishda  takomillasha-di.  Odamlar  atrof-muhitni  o'zgartirib  yashash  uchun 

kurashib,  qulay  sharoit  yaratishni  o'rganib  oladilar.  Odamlarning  son  jihat-dan  orta  borishi  va 

keng  tarqalishi  o'simliklar  va  hayvonot  olamiga  ta'sir  eta  boshlaydi.  Dastlabki  ovchilar  tufayli 

o'txo'r  yowoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya  boradi. Yevropa va Osiyoda mamontlar, qalin 

yungli  karkidonlar,  Amerikada  mastodontlar,  ot  ajdodlari,  bahaybat  yalqov,  dengiz  sigiri  degan 

hayvonlar  dastlabki  ovchilar  tomonidan  qirilib  yuboriladi.  Yirik  o'txo'r  hayvonlarning  qirilishi 

ular bilan oziqlanuvchi g'or arsloni, ayig'i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sababchi 

bo'ladi. Daraxtlar kesilib, ko'pgina o'rmonlar o'rni yaylovlar bilan almashinadi. 


 

62 


Oraliq  fo rmala r.  Tuzilishiga  ko'ra  turli  sinf  belgilarini  o'zida  birlashtirgan  organizmlar 

oraliq  formalar  deyiladi.  Devon  davrida  yashagan  panjaqanotli  baliqlar,  baliqlar  suvda  hamda 

quruqlikda  yashovchilar  orasida  oraliq  forma  sanaladi.  Arxeopteriks  sudralib  yuruvchilar  bilan 

qushlar  o'rtasidagi  oraliq  formadir.  Teropsidlarning  ba'zi  vakillari  sudralib  yuruvchilar  bilan 

sutemi-zuvchilar  orasidagi  oraliq  forma  hisoblanadi.  Urug'li  paporotniklar  esa  paporotniklar 

bilan  ochiq  urug'li  o'simliklar  orasidagi  oraliq  formadir.  Oraliq  formalarning  mavjudligi  ham 

organik dunyo tari-xiy jarayonda o'zgara borganligini ko'rsatuvchi ishonchli dalildir. 



Nazorat topshiriqlari: 

1.Mezazoy erasida o’simlik va hayvonlarning qandaay yuksak formalari kelib chiqqan? 

2.Kaynozoy erasida o’simlik va hayvonot olamida qanday o’zgarishlar ro’y bergan? 

3.O’simlik va hayvonlarning turli guruhlarini bir –biriga bog’lovchi oraliq formalarga misollar 

keltiring? 

XULOSA 

1.  Hayotning  eng  asosiy  xususiyatlari  o'z-o'zini  yangilash,  o'z-o'zini  hosil  qilish,  o'z-o'zini 

idora qilishdir. 

2.

 



Hayotning  kelib  chiqishi  to'g'risidagi  mavjud  nazariyalarni  abiogenez  va  biogenez 

dunyoqarashlariga ajratish mumkin. 

3.

 

Yer  yuzida  hayot  dastlab  anorganik  moddalarning  biokim-yoviy  evolutsiyasi  natijasida 



abiogenez yo'li bilan kelib chiqqan. 

4.

 



Lekin  hozirgi  vaqtda  hayot  qaytadan  abiogenez  yo'li  bilan  kelib  chiqa  olmaydi,  chunki 

bunday bo'lganida ham geterotrof organizmlar tomonidan darhol yo'qotiladi. 

5.

 

Hozirgi davrda hayot faqat biogenez yo'li bilan rivojlanadi. 



6.

 

Sayyoramizdan  tashqari  koinot  sistemalarida  hayotning  mav-judligi  yoki  yo'qligi 



to'g'risidagi ma'lumot hozirgacha yetarli emas. 

7.

 



Organik  olamning  oddiydan  murakkablanish,  bir  xillikdan  har  xillik  tomon  rivojlanishi 

turli  era  va  davrlarda  yashagan  qazil-ma  holdagi  hayvon  va  o'simliklar  qoldiqlarini  o'zaro 

taqqoslagan-da namoyon boiadi. 

8.

 



Paleontologik dalillar organik olam vakillari birdaniga emas, balki asta-sekin, bunda oddiy 

organizmlar  oldin,  ularga  nisbatan  murakkablari  keyin  va  nihoyat  mezozoy  erasida  gulli 

o'simliklar, qushlar, sutemizuvchilar rivojlanganligini ko'rsatadi. 

9.

 



A.  N.  Seversov  taiimotiga  ko'ra  biologik  progress  aromorfoz,  idioadaptatsiya,  umumiy 

degeneratsiya yo'nalishida amalga oshgan. 

10.

 

Biologik progress organik olamning million yillar davomida takomillashishiga, xilma-



xilligining ortishiga olib keladi. 

11.


 

Oraliq  formalar  hayvon  va  o'simliklarning  turli  sistematik  guruhlariga  kiruvchi  vakillari 

orasida qon-qarindoshlik borligini namoyon etadi. 

 

ATAMALAR LUG'ATI 

 

Aromorfoz — yunoncha aim — yuksalish, morfos — shakl. Organizmlar tuzilishi, hayot 

faoliyatining yuksalishi. 

Arxey — yunoncha arxaios — qadimgi. Eng qadimgi era. 

Arxeopteriks — yunoncha arxeo — qadimgi, pterus — qanot. Eng qadimgi qush. 

Degeneratsiya — lotincha degenerare — tubanlashish. Orga-nizmlarning murakkab 

tuzilishdan sodda tuzilishga o'tishi. 

Diplodok — yunoncha diplos — qo 'shaloq, dokos — nur. Yura davrida-gi bahaybat qadimgi 

sudralib yuruvchilar dinozavrlarning bir xili. 

Dioadaptatsiya  —  yunoncha  idios  —  o'ziga  xos,  lotincha  adaptio  —  moslanish. 

Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi. 



Ixteostega —  yunoncha ixtius — baliq, stege — qopqoq. Devon davrida tarqalgan suvda va 

quruqlikda yashovchilar — stegotsefallarnig bir xili bo'lib, ular baliqlarning jabra, dum suzgich 

qanotlarini o'zida saqlagan. 

Kaynozoy — yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot. Eng keyingi era. 


 

63 


Mezozoy — yunoncha mesos — o'rta, zoe — hayot. O'rta era. 

Paleozoy — yunoncha palanos — qadimgi, zoe — hayot. Qadimgi era. 

Proterozoy — yunoncha proteros — birinchi, zoe — hayot. Birinchi hayot erasi. 

Terapsid  —  qadimgi  sudralib  yuruvchilar  va  dastlabki  sutemizuvchilar  o'rtasidagi  oraliq 

hayvon. 


 

Mavzu: Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar.Odam evolyutsiyasining 



asosiy yo’nalishlari 

1.

 

Antropogonezning asosiy bosqichlari 

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar  

Odam organlari tuzilishi, rudiment organlar, atavizmlar, antropogonez, 



Hozirgi maymunlar qariyib 10-15 mln. Yil oldin ajralib ketgan tarmoq avlodlaridir. 

 

Odamning  kelib  chiqishi  yoki  antropogonezni  o’rganishda  asosan  qazilma  dalillarga 



suyanib ish ko’rilgan. Hozirgi kunda odamning kelib chiqishi quyidagi sxemada amalga oshgan 

deb ko’proq tan olinmoqda: Yarim maymunsimon ajdod (Afrika 20-25 mln)dan Gibbon hamda 

Ramapitek  (15-18  mln)  Ramapitekdan  birinchi  yo’nalishda  Orangutan,  ikkinchi  yo’nalishda 

gorilla va shimpanze, uchinchi yo’nalishda Avstrolopitek (8-12 mln) va Avstrolopitekdan- odam.  

 

Ramapitek 10-14 mln yil oldin keng tarqalgan. Uning bo’yi 110 smgacha borgan, cho’l, 



cho’l-o’rmon  chegaralarida  yashab,  orqa  oyoqlari  bilan  harakatlangan.  Ramapitek  qoldiqlari 

Keniya,  Turkiya,  Vengriya  hududlarida  topilgan.  Ramapitekdan  odamning  eng  qadimgi  ajdodi- 

avstrolopitek  kelib  chiqqan.  Avstrolopitekning  xozirgi  kunda  400  dan  ortiq  qoldiqlari  topilgan. 

Avstrolopitekka  zindjantrop,  parantrop,  pleziantrop,  prezindantrop  (uquvli  odam)  ham  kirib, 

uning  bo’yi  110-120  sm,  og’irligi  30-40  kg,  bosh  miyasi  435-600  sm3  gacha  borgan.  U  ikki 

oyoqlab  yurib,  tosh,  suyak,  tayoqlardan  qurol  sifatida  foydalangan.  Juda  ko’p  tarmoqli 

avstrolopitekning  bir  tarmog’i  eng  qadimgi  odamlar-axantroplarning  kelib  chiqishiga  sabab 

bo’lgan. Umuman olganda odamning kelib chiqishi 3ta bosqichga ajratiladi: 

1.

 

Arxpntroplar-eng qadimgi odamlar, 1.5-2 mln  yil oldin yashagan. Ularning 10 dan ortiq 



formalari topilgan: 

-Pitekantrop (maymun odam)- Yava orolida 

-Sinantrop- Xitoyda 

-Geydelberg odami- Germaniyada 

-Atlantrop- Jazoirda 

-Telantrop- Keniyada 

Ular  to’da  to’da  bo’lib  yashashgan,  olov  va  tosh  qurollardan  foydalanganlar.  Imo-ishoralar 

bilan gaplashganlar. 

2.

 

Paleantroplar-qadimgi odamlar 100-200 mln yil oldin yashagan. Tipik vakili 



1850  yili  Neandertal  vodiysida  (Germaniya)  topilib,  neandertal  odami  deb  atalgan.  

Neandertal odami qoldiqlari Boysunda Teshiktosh g’orida ham topilgan. Ularning bo’yi 155-

160  sm,  bosh  miyasi  1300-1600  sm3  bukchayib  yurishgan.  Ular  jamoa  bo’lib  g’orlagda 

yashashgan.  Yirik  hayvonlarni  ovlashgan,  olovdan  foydalanishni  bilishgan,  o’liklarni 

ko’mishgan va g’orlarda ular chizgan turli rasmlar topilgan. 

3.

 



Neantroplar-hozirgi odamlar. Hozirgi odamlar taxminan 40 ming yil oldin 

paydo  bo’lgan.  Uning  qoldig’i  Frantsiyaning  Kramanon  g’oridan  topilgan.  Kramanonlar 

bo’yi  180  sm,  miya  qutisi  1600  sm3,  ko’rinishi  ayni  vaqtdagi  odamlarga  juda  o’xshash 

bo’lgan.  Ularda  nutq  bor,  Hayvonlarni  qo’lga  o’rgatishgan,  ovchilik  qilganlar,  qayiqdan 

foydalanishgan. Ular boshpanalar qurganlar va kiyimdan foydalanishgan. 

Aqlli  odam  dastlab  qaerda  paydo  bo’lgan  degan  savolga  shunday  avob  berish  mumkin: 

Neantroplar  dastlab  O’rta  er  dengizi  bo’yida  va  Old  Osiyoni  o’z  ichiga  oladigan  maydonda 

yuzaga  kelib,  shu  joydan  boshqa  taraflarga  tarqalganlar  va  neandertallar  bilan  qo’shilib 

ketganlar. Demak monotsentrizm kuzatiladi.Odam qariyib 40 ming yil davomida yashab 

kelmoqda. 



 

64 


Odamning  kelib  chiqishida  mehnatning  roli  va  nutqning  ahamiyati  nihoyatda  katta  bo’lgan. 

Ish    


qurollari yasash insonni ajdodlarida ajratib turuvchi chegara deb qarash mumkin. 

Odamni  tavsiflovchi  xossalarga:  jamoa  bo’lib  yashash;  jinsiy  etilishgacha  bo’lgan  muddatning 

uzayishi;  bosh  miya  faoliyati;  nutq;  qurol  yasash  qobiliyati;  tana  tuzilishi  va  hokozolar  kiradi. 

Bularning  yuzaga  kelishida  mutatsiya  jarayoni,  alohidalanish,  hayot  to’lqinlari  va  tabiiy 

tanlanish  ham  muhim  rol  o’ynagan.  Homo  sapines  yuzaga  kelishibilan  biologik  omillarning 

ahamiyati  susaygan.  Insoniyatda  rivojlangan  ish  qurollari,  ishlab  chiqarish  vositalari,  uy  joy 

qurishi bilan tabiiy tanlanishning roli kamayib, sotsial omillarning roli ortgan. 

Nazorat topshiriqlari: 

1.Pitekantrop (maymun odam)-  haqidq ma’lumot bering? 

2.Sinantrop- Xitoyda-  haqidq ma’lumot bering? 

3.Geydelberg odami- -  haqidq ma’lumot bering? 

4.Atlantrop-   haqidq ma’lumot bering? 

5.Telantrop-haqida ma’lumot

 

bering? 



 

Mavzu: Odamning paydo bo’lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari.  



Reja: 

1.Odamning zoologik sistemada tutgan o’rni 

2.

 

Odam irqlari 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  ramaniteklar,  avstrolopiteklar,  axantrop, 

paleantrop, neantrop, aqlli odam turi, sotsial omillar, odam irqlari. 



Odamning  paydo  bo’lishi  nihoyatda  murakkab  muammolardan  biri  hisoblanadi. 

Qadimgi  Yunonistonda  odamni  tabiiy  ravishda  loydan  quyosh  nurlari  ta’siri  ostida  paydo 

bo’lgan  degan  qarashlar  mavjud  edi.  Dastlabki  sistemani  yaratgan  K.Linney  odamni  lemur  va 

maymunlar  bilan  birga  primatlar  turkumiga  joylashtiradi.  1-evolyutsion  ta’limotni  yaratgan 

J.B.Lamark odamni maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan deb aytadi. Charlz Darvin uzining 

«Odamning  kelib  chikishi  va  jinsyy  tanlash»  asarida  paleontologiya,  qiyosiy  anatomiya, 

embriologiya,  fiziologiya  va  boshqa  fanlar  dalillariga  asoslanib,  odam  o’z  tuzilishi  bilan 

hayvonlarga,  ayniqsa  maymunsimonlarga  juda  yaqin  ekanligini  ko’rsatib  beradi.  Darvinning 

fikricha odam va odamsimon maymunlar uchlamchi davrda yashab, hozir qirilib ketgan qadimgi 

odamsimon  maymunlardan  tarqalgan.  Odamning  paydo  bo’lishida  qadimgi  odamsimon 

maymunlarning    to’rt  oyoqlab  yurishdan  tik  yurishga  o’tishi,  bosh  miyaning  rivojlanshi  va 

nutqning tiklanishi g’oyat katta rol o’ynagan. 

Agar odamning tuzilishini tekshirib kursak, uning asosiy organlari tuzilishi va joylashuvi 

umurtqali  hayvonlarga,  ayniqsa  sut  emizuvchilarga  o’xshashdir.  M-n:  odam  qo’l  skeleti, 

kushning  qanoti  solishtirsak,  suyaklar  bir  xil;  elka,  bilak,  tirsak,  kaftoldi,  kaft  va  barmoq 

suyaklarini ko’ramiz. 

Sut  zmizuzchilarga  o’xshashi:  sut  bezlari,  issiqonlik,  junlar,  uch  xil  jag,  qoziq,  kurak 

tishlar borligi, qorin va ko’krak bo’shliqlariga bo’linishi va h.o. 

Odamning  hayvonlarga  qon-qarindosh  ekanligini  biz  rudiment  va  atavizmlar  misolida 

ko’ramiz.  Rudiment  -  qoldiq  organlar  -  insonda  90  dan  ortiq  (ko’richak  o’simtasi,  umurtqa 

pog’onasidagi 3-5 ta dum umurtqasi, kuzdagi yarimoysimon parda, quloq suprasi, tuklar. 

Atavizmlar-jundor, dumli, ko’p emchakli bolalar tug’lishi. 

Odam  embrioni  rivojlanishida  ham  kup  o’xshashliklar  kuzatiladi.  Odam  ayniqsa  odamsimon 

maymunlarga  uxshashdir.  Ularning  oyok  kullari  bir  xil  suyak  va  muskullardan  tashkil  topgan. 

Umuman  olganda  skelet,  muskul,  kon  aylanish,  nerv  sistemalari  va  organlari  judayam 

o’xshashdir.  Barmoklarida  tirnoq  bor,  bosh  barmoq  boshqa  bormoqlarga  qarama-qarshi 

yo’nalgan.  Odamsimon  maymunlarda.  yuz,  kaft  va  oyoq  ostida  tuk  bo’lmaydi.  Ularning  bosh 

miyasi  yaxshi  rivojlangan,  shu  sababli  oddiy  qurollardan  foydalana  oladi.  Odamsimon 

maymunlarda  tuygu  ifodalashi  (shodlanish,  yiglash)-  kuzatiladi.  Ammo  quyidagi  farqlar  ham 

bor: 


Gavda  tuzilishida,  miya  kattaligi  (odamniki  -1300-1600  sm,  maymunlarda-600  sm)  insonda  2 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish