238 oliy va o`rta maxsus kasb hunar ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati o`rta maxsus


O'simliklarning irsiyatini  qanday o'zgartirish mumkin?



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana10.04.2020
Hajmi0,73 Mb.
#43695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
biologiya


1.O'simliklarning irsiyatini  qanday o'zgartirish mumkin? 

2 O'zRFA olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to’grisida ma’lumot

 bering? 

MAVZU: HAYVONLAR IRSIYATINI HUJAYRA INJENERIYASI 

YO'LI BILAN O'ZGARTIRISH. GIBRIDOMALAR OLISH 

Asosiy savollar: 

1.

 



Hayvonlarni klonlash     2.Gibridomalar olish 

 

14 


Tayanch iboralar: 

Hayvonlarni klonlash, Gibridomalar olish 

1-asosiy savolning bayoni: 

Hujayra  va  gen  injeneriyasi  yutuqlari  hayvon  zotlarini  yaxshilash  uchun  ham  tatbiq  etilgan. 

Bu  yo'nalishdagi  dastlabki  biotexnologiyalardan  biri  yuqori  xo'jalik  va  genetik  ko'rsatkichlarga 

ega bo'lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko'plab hosil bo'lishiga erishish edi. Ma'lumki, 

sigirlar  bir  yilda  faqat  bir  dona,  ba'zan  2  dona  tuxum  hujayra  hosil  qiladi.  Shu  sabab  nomdor 

qoramol  zotini  zudlik  bilan  ko'paytirish  imkoni  bo'lmagan.  Ko'p  miqdorda  yuqori  sifatli  sut 

beruvchi  qoramolga  ma'lum  gormon  inyeksiya  qilinib,  tajriba  o'tkazilayotgan  sigirdan  ko'plab 

tuxum  hujayra  olishga  erishiladi.  Bu  tuxum  hujayralar  bachadondan  sidirib  olinib,  sun'iy 

urug'lantiriladi  va  hosil  bo'lgan  zigota  xo'jalik  ahamiyati  kam,  xashaki  sigir  bachadoniga 

kiritiladi, implantatsiya qilinadi. 

Natijada  xashaki  o'gay  ona  qoramoldan  qimmatbaho  zotli  avlod  olinadi.  Bu  biotexnologiya 

bizning mamlakatimizda ham qo'llaniladi. 

AQSHning  dunyoga  mashhur  Monsanto  kompaniyasi  gen  injeneriya  usuli  bilan  o'sish 

gormonini  (growth  hormone)  ishlab  chiqarib  sigirlarga  inyeksiya  qildi  va  shu  yo'l  bilan 

sigirlardan  sog'iladigan  sut  miqdorini  oshirishga  erishdi.  Hozirgi  kunda  AQSH  oziq-ovqat 

do'konlarida bu mahsulot sotilmoqda. 

Zigotaga  (urug'lantirilgan  tuxum  hujayraga)  har  xil  genlarni  mikroinyeksiya  qilib  transgen 

sichqon yoki kalamush olish ko'plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. 

Hamidov  rahbarligida  shu  usulni  qo'llab  quyon  zigotasiga  o'sish  gor-moni  geni  kiritildi  va 

odatdagiga nisbatan yirik va tez o'suvchi transgen quyon olindi. 



Hayvonlarni  klonlash.  Ma'lumki,  klon  deb  mikroorganizmning  bir  hujayrasi  bo'linishi 

natijasida  hosil  bo'lgan  bakteriya  koloniyasiga  aytiladi.  O'simliklarning  kloni  bir  hujayradan 

sun'iy  sharoitda  ko'paytirilib  yoki  qalamchalardan  vegetativ  ko'paytirish  usuli  bilan  olinadi. 

Yuksak  hayvonlar  vegetativ  yo'l  bilan  ko'pay-masligi  sababli  ularning  klonini  olish  yaqin 

kunlargacha  muammo  bo'lib  kelar  edi.  1977-yili  J.  Gyordon  tomonidan  hujayra  injene-riyasini 

qo'llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. 

1997-yil  shotlandiyalik  olim  Roslin  qo'yning  klonini  yaratdi  va  bu  ixtiro  juda  ko'p  shov-

shuvlarga  sabab  bo'ldi.  Bu  tajri-baga  qadar  yadrosi  olib  tashlangan  zigotaga  boshqa  embrional 

hujayradan  olingan  yadro  ko'chirib  o'tkazilar  va  hosil  bo'lgan  trans-plang  tuxum  hujayra  o'gay 

ona  bachadoniga  kiritilar  (implantatsiya  qilinar)  edi.  Roslin  erishgan  natijalarning  Gyordon 

tajribasidan  va  boshqa  yuqorida  keltirilgan  natijalardan  farqi,  Roslan  ilk  bor  yadrosi  olib 

tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratil-gan yadroni kiritib 

yetuk organizm olishidir. 

Voyaga  yetgan  organizm  somatik  hujayrasi  yadrosidan  klon  yaratishda  foydalanish  ayrim 

mulkdor  shaxslarda  o'z  shaxsining  klonini  yaratish  istagini  uyg'otdi.  Albatta,  bu  yo'l  bilan 

jismonan har qanday odam klonini yaratish mumkin, lekin ruhan va aql jihatdan yaratilgan klon 

original egasiga o'xshash-o'xshamasligi nazariy jihatdan muammodir. 

2-asosiy savolning bayoni: 

Gibridomalar.  Hujayra  injeneriyasining  rivojlanishi  gibridoma-lar  olish  biotexnologiyasini 

vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi. 

Ma'lumki,  normal  hujayralar  juda  sekin  bo'linib  ko'payadi  va  ularning  boiinishi  cheklangan. 

Rak  hujayralar  esa  tez  va  cheksiz  bo'linadi.  Biror  foydali  oqsil  sintezlovchi  normal  hujayra 

biomas-sasini  sun'iy  sharoitda  ko'paytirib,  shu  oqsil  moddani  ko'plab  ishlab  chiqarsa  bo'ladi. 

Lekin  normal  hujayralardan  yetarli  biomassa  olish  cheklangan  bo'lganligi  uchun  bunday 

muammolar o'z yechi-mini topmagan edi. 

1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun'iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit 

hujayrasi  bilan  cheksiz  va  tez  bo'linuvchi  rak  hujayrasini  bir-biriga  qo'shish  natijasida  tabiatda 

uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada 

sun'iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko'payishiga erishildi. 



 

15 


Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish 

yo'li bilan hosil qilish mumkin. 

Bu  texnologiyani  hozirgi  kunda  qimmatbaho  oqsil  regulyatorlar,  antitana  va  gormonlar 

sintezida gen injeneriyasi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra injeneriyasiga 

asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi. 

Nazorat topshiriqlari: 

1.Hayvonlar klonini olish to’grisida ma’lumot bering? 2.Gibridomalar  qanday olinadi? 



 

MAVZU:O'ZBEKISTONDA  GENETIK  INJENERIYA  VA  BIOTEXNOLOGIYA 

FANI YUTUQLARI. BIOTEXNOLOGIYANING KELAJAGI HAQIDA 

REJA: 

1.Biotexnologiya haqida tushuncha  2.Biotexnologiyaning yutuqlari va kelajagi 

Tayanch iboralar: 

Respublikamiz  Prezidenti  I.  A.  Karimov  tashabbusi  bilan  Fanlar  akademiyasi  tarkibida 

Genetika  Institutining  tashkil  topishi,  Hukumat  qarori  bilan  gen  injeneriyasining  taraqqiyotini 

bel-gilovchi  «Geninmar»  ilmiy  dasturining  tasdiqlanishi,  Fan  va  texni-ka  Davlat  qo'mitasi  va 

O'zRFA  birgalikda  gen  injenerligi  markazi  «Geninmar»  Markazining  tashkil  etilishi 

mamlakatimizda genetik injeneriyaga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. 



1-asosiy savolning bayoni: 

Ushbu  ilmiy  markaz  xodimi  I.  Abdurahmonov  paxta  tolasining  iizunligini  belgilaydigan  va 

g'o'zaning  gullashini boshqaradigan  genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo'jalligi va mexanika 

(Texas  M)  universiteti  biotexnologiya  markazi  olimlari  bilan  hamkorlikda  ilk  bor  ajratib  oldi. 

Shuning  bilan  paxta  tolasi  sifatini  yaxshilashga  yo'naltirilgan  biotexnologiyaga  asos  solindi. 

Professor  Sh.  S.  Azimova  rahbarlik  qilayotgan  laboratoriya  olimlari  gen  va  hujayra  injenerlik 

usullarini qo'llab xalqimizda  «sariq kasallik» deb  ataluvchi jigar uchun havfli bo'lgan  gepatit В 

xastaligini tashxis qilish uchun diagnostikum va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina 

yaratish bo'yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar. 

Biologiya  fanlari  doktori  R.  S.  Muhamedov,  yetakchi  ilmiy  xodim  B.  Irisboyevlar  rahbarlik 

qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo'llab o'nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning 

gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi. 

Respublika  kardiomarkazi  bilan  hamkorlikda  kardiomiopatiya  kasalligining  irsiylanish 

qonuniyatlari o'rganilmoqda (B. Irisbaev, G. Hamidullayeva). 

Adliya  vazirligining  Sud  tibbiyoti  ekspertizasi  instituti  «Geninmar»  markazi  bilan  hamkorlikda 

gen  daktiloskopiya  (gen  daktiloskopiya  —  genning  DNK  izchilligi  va  genlar  spektriga  binoan 

noma'lum  shaxsni  aniqlash)  usulini  tatbiq  etdilar  va  yana-da  takomillashtirdilar  (R.  S. 

Muhamedova va A. Ikromov). 

Professor  О.  T.  Odilova  tuproq  va  yer  osti  suvlarida  to'planib  qolgan  pestitsid  qoldiqlarini 

parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi 

genlar  guruhini  g'o'za  tomiri  tolachalari  sathida  yashovchi  rizosfera  bakteriyasiga  ko'chirib 

o'tkazdi.  Bu  tajribalardan  kutilgan  maqsad  pirovardida  g'o'za  ekiladigan  maydonlarda  g'o'zaga 

o'nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig'ini zararsizlantirishdir. 

Ushbu satrlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizning ekologiya, qishloq xo'jaligi, adliya va 

sog'liqni  saqlash  sohalari  uchun  «Geninmar»  markazi  bir  qator  gen  injenerligi  bio-

texnologiyalarini yaratib, ularni hayotga tatbiq eta boshladi. 



2-asosiy savolning bayoni  

Biotexnologiya haqida tushuncha. Biotexnologiyaning yutuqlari va kelajagi 

Tirik  mavjudotlarning  hayot  jarayonlarini  chuqur  o'rganish  natijasida  kashf  etilgan 

bilimlardan  hamda  qoida-qonuniyatlardan  foydalanib,  biologik  makromolekulalar  va 

organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi. 



 

16 


Biotexnologiyaning  paydo  bo'lishi  qadim  zamonlarga  borib  taqalgan  desa  bo'ladi.  Insonlar 

qadim  zamonlardan  beri  biologik  jarayonlardan  foydalanib  ongsiz  ravishda  sutdan  qatiq, 

bug'doydan  bo'za  va  xamirturush,  meva  sharbatlaridan  sharob  yoki  sirka  tayyorlash 

texnologiyasidan foydalanib kelganlar. Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o'simliklar 

navlarini  yaratish  asosida  ham  hayotiy  jarayonlarning  insonlar  tomonidan  muvaffaqiyatli 

boshqarilishi  yotadi.  Shunday  biologik  texnologiyalar  biotexnologiyaning  birmuncha  sodda 

ko'rinishlari bo'lib, ular an 'anaviy biotexnologiya deb ataladi. 

Keyinchalik  biologik  fanlar,  xususan,  biokimyo,  mikrobiologiya  va  genetika  fanlarining 

rivojlanishi  tufayli  birmuncha  murakkab  bo'lgan,  o'ta  nozik  va  unumli  zamonaviy 

biotexnologiyaga asos solindi. DNKni va organizmlar genini manipulyatsiya qilish (klonlash va 

transformatsiya)  yo'llarining  kashf  qilinishi  biotexnologiyaning  yuqori  sur'atlar  bilan 

rivojlanishini  ta'minladi.  Zamonaviy  biotexnologiya  mikroorganizmlarni  sanoat  miqyosida 

ko'paytirib,  ular  biomassasidan  insonlar  uchun  zarur  bo'lgan  mod-dalar  olish,  fermentlar 

injeneriyasi, genetik injeneriya va hujayra injeneriyasi yo'nalishlarida rivojlanib bormoqda. 

XX  asr  davomida  yaratilgan  biotexnologiyalar  asosida  mikroorganizmlar  yotadi,  desa 

to'g'riroq  bo'ladi.Tez  ko'payadigan,  genetik  jihatdan  chuqur  o'rganilgan  mikroorganizmlardan 

foydalanib turli xil mahsulotlar: dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol 

moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar  genomiga odam oshqozon 

osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo'lgan insulin gormonini, 

yoki  o'sish  gormoni  genini  kiritish  bilan  somatotropin  gormonini,  bakteriyalarni  sun'iy  muhitda 

o'stirish orqali ko'plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda ko'plab dunyo biotexnologik 

kompaniyalari shu usul orqali turli dori-dar-monlarni ishlab chiqarmoqdalar. 

XX asr oxirlari XXI asr boshlariga kelib molekulyar biologiya lanining taraqqiyoti genetik va 

hujayra  injeneriyasining  tez  sur'at-da  rivojlanishiga  olib  keldi.  Bu  davrdagi  eng  katta  yutuqlar, 

bir  tomondan,  odam  genomining  to'la  ketma-ketligini  aniqlash  tufayli  qo'lga  kiritilgan  bo'lsa, 

ikkinchi  tomondan,  o'simliklarni  urug'dan  unib  chiqib,  gullashi  va  meva  berishigacha  bo'lgan 

barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan 25 ming genlarning aniqlanishi tufayli erishildi. Endi 

yaratilayotgan  texnologiyalar  nafaqat  mikroorganizmlar,  balki  birmuncha  murakkab  bo'lgan 

hayvon  va  o'simliklar  asosida  amalga  oshirila  boshlandi.  Xususan,  turli  xil  qimmatbaho  genlar 

o'simlik va hayvon hujayralariga kiritilib, bu genlarning mahsulotlari xalq xo'jaligida foydalanila 

boshlandi.  Masalan,  olim-lar  banan  o'simligi  genomiga  ba'zi  yuqumli  kasalliklarga  qarshi 

vaksina  sintez  qiladigan  genlarni  kiritish  bilan  mevasida  tayyor  vaksina  ishlab  chiqaradigan 

transgan banan olishga erishdilar. Banan mevasini istemol qilish bilan odamlarda ayrim yuqumli 

kasalliklarga qarshi immunitet hosil bo'ladi. Bu texnologiyaning juda katta iqtisodiy ahamiyatga 

ega  ekanligini  siz  darhol  sezgan  bo'lsangiz  kerak.  Bundan  tashqari,  zaharli  bo'lgan  simobni 

o'zlashtiradigan  bakteriyalardan  ajratib  olingan  genlar  hozirda  o'simliklar  genomiga  kiritilib, 

tuproqdagi  simobni  o'zlashtiradigan  transgen  o'simliklar  olingan.  Bunday  transgen  o'simliklarni 

simob bilan ifloslangan joylarga ekilsa, atrofdagi tuproqlar zaharli simobdan tozalaniladi. 

Genetik  injeneriyada  keyingi  paytlarda  qo'lga  kiritilgan  yutuqlardan  yana  biri  insonlardagi 

turli  irsiy  kasalliklarni  odam  hujayralariga  funksional  genlarni  kiritish  orqali  davolash 

texnologiyasidir.  Bu genlar terapiyasi deb  yuritildai. Odam  genomi to'la  o'rganilishi natijasida 

irsiy kasalliklarni genlar terapiyasi yor-damida davolash qonuniyatlari yanada ortdi. 

Biotexnologiyadagi  katta  yutuqlar  hujayra  injeneriyasi  yo'nalishida  qo'lga  kiritilmoqda. 

Hujayra  injeneriyasi  bemor  a'zosidan  bitta  sog'lom  hujayrani  ajratib  olib,  uni  sun'iy  ozuqa 

muhitlarida  o'stirish  orqali  ma'lum  to'qimaga  xos  hujayralar  to'plamini  olish  va  bu  hujayralar 

to'plamini  butun  bir  yaxlit  a'zogacha  tiklash  imkoniyatiga  ega.  Keyinchalik  shu  yangi  organ 

bemor  tanasiga  ko'chirib  o'tkaziladi  va  bemor  sog'aytiri-ladi.  Bu  «yangi»  organlar  yaratish

 

texnologiyasi  deb  ataladi.  Ushbu 



texnologiya  teri,  pay  va  tog'ay  to'qimalari  uchun  juda  qo'l  kelsada, 

yurak,  jigar,  buyrak,  nerv  to'qimalari  uchun  biroz  mushkulroq.  1998-yil  Amerika  olimi  J. 

Tomson  «asos»  hujayralarda  (ingl.  stem  cells)  «yangi»  organlar  yaratish  texnologiyasini  kashf 

etib,  biotexnologiyaning  bu  yo'nalashi  rivojlanishiga  keng  imkoniyatlar  ochib  berdi.  «Asos» 

hujayralar  shunday  hujayralarki,  ular  embrional  hujayralarga  o'xshagan,  hali  u  qadar 


 

17 


takomillashmagan  hujayralar  to'plamidan  iborat  bo'lib,  sun'iy  muhitda  o'sish  va  har  qanday 

to'qimagacha  rivojlanish  qobiliyatiga  ega.  Hattoki,  «asos»  hujayralarni  A  vitaminli  muhitda 

o'stirishdan nerv to'qimalarini olish ham mumkin. Hozirda hayvonlarning har xil organlariga xos 

to'qimalar  olish  texnologiyasi  to'la  ishlab  chiqilgan  va  tibbiyot  maqsadlarida  asta-sekin 

qo'llanilmoqda.  Endigi  vazifa  olingan  to'qimalardan  foydalanib,  faoliyati  va  shakli  bo'yicha 

tabiiy  organlarga  o'xshash  bo'lgan  «yangi»  tana  a'zolarini  yaratishdir.  Bunday  ishlar  dunyo 

laboratoriyalarida  qizg'in  sur'atlarda  amalga  oshirilmoqda.  Aminmizki,  hozirgi  o'quvchilar 

biotexnologiyaning  barcha  yo'nalishlari  qatorida  bu  nodir  yo'nalishini  ham  rivoj-lantirishda 

ishtirok  etadilar  va  ona  Vatanimizning  dunyo  fanida  tutgan  o'rnini  yuksak  rivojlangan 

mamlakatlar erishgan darajasiga ko'tara oladilar. 



XULOSA 

1.

 



Genetik  injeneriya  va  zamonaviy  biotexnologiya  mikrobiologiya,  genetika  va  biokimyo 

fanlarining  rivojlanishi  natijasida  vujudga  keldi.  Molekulyar  biologiya,  molekulyar  genetika, 

hujayra  biologiyasi  fanlarining  yutuqlari  hamda  yangi  kashf  etilgan  eksperimental  usullar  va 

uskunalar  genetik  injeneriya  va  biotexnologiyaning  mislsiz  sur'atlar  bilan  rivojlanishini 

ta'minladi. 

2.

 



DNK molekulasi barcha o'simlik va hayvonlar irsiyatining asosini tashkil etishi, bakteriya 

va  faglar  ham  irsiyat  qonunlariga  bo'ysunishining  isbotlanishi,  mutatsion  jarayonning  barcha 

tirik  mavjudotlar  uchun  umumiyligi  va  bu  jarayonni  eksperimental  usullar  bilan  boshqarish 

mumkinligi  bo'yicha  olingan  dalillar  olimlarda  irsiyatni  boshqarishga  bo'lgan  intilishini 

rivojlantirdi. 

Ko'chib  yuruvchi  genetik  elementlarning  kashf  etilishi,  irsiy  molekulaning  tashqi  muhitga 

javoban  o'zgarishi  va  bu  jarayon  mutatsion  o'zgarish  kabi  naslga  berilishi  to'g'risidagi  dalillar 

olim-larda DNK molekulasida ayrim boiaklarning (genlarning) o'rnini o'zgartirish yoki ko'chirib 

o'tkazish usuli bilan irsiyatni maqsadga muvofiq o'zgartirishga intilishni rivojlantirdi. 

DNK molekulasida nukleotidlar izchilligini aniqlashning kashf etilishi va avtomatlashtirilishi, 

restriksion endonukleazalar va elektroforez moslamalari vositasida DNK bo'laklarini o'ta aniqlik 

bilan  ajratish,  berilgan  dastur  bo'yicha  genlarni  sintez  qiluvchi  uskunalarning  ixtiro  etilishi, 

rekombinat DNK olishdan to sanoat miqyosida gen injenerlik mahsulotlari ishlab chiqarishgacha 

bo'lgan jarayonlarni o'ta tezlashtirdi. 

O'simlik hujayralaridan va to'qimalaridan sun'iy ozuqa, vitamin, gormon va mikroelementlar 

vositasida embrion to'qimalar olish va hosil beradigan yetuk o'simlik darajasiga yetkazish usulla-

ri  ning  genetik  injeneriyaning  yutuqlari  bilan  birlashtirilishi  natijasida  maqsadga  muvofiq 

transgen o'simlik olish biotexnologiyasining hayotga tatbiq etilishi jadallashtirildi. 

Gibridomalar  olish  biotexnologiyasining  yaratilishi  monoklonal  antitanalar  ishlab  chiqarish 

biotexnologiyasini vujudga keltirdi. Hujayra injenerligiga asoslangan bu biotexnologiyaning gen 

injenerligi  bilan  biriktirilishi  natijasida  yuqumli  va  irsiy  kasalliklarni  o'ta  aniq  tashxis  qilish 

usullarini  hamda  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  uchun  zardob  antigenlar—  vaksinalar 

ishlab chiqarish biotexnologiyalarini yaratish imkonini berdi. 

Hayvon va odam tuxum hujayralariga har qanday to'qima hujayrasidan ajratib olingan yadro 

ko'chirib  o'tkazish  biotexnologiyasining  rivolanishi  odam  va  hayvonlarni  klonlash  imkoniyatini 

vujudga  keltirdi.Ayni  vaqtda  bu  biotexnologiya  vositasida  xilma-xil  to'qimalar  yaratish  yo'li 

bilan  odamning  xasta  organlariga  sun'iy  usulda  olingan  to'qimalarni  transplantatsiya  qilish 

texnologiyalari yaratilmoqda. 

Odam genomi dasturining to'la bajarilishi natijasida olingan axborotlardan foydalanib barcha 

irsiy kasalliklarni tashxis qilish, irsiy kasallikning qachon namoyon bo'lishi va oqibatini prognoz 

qilish,  hattoki  gen  terapiyasi  yo'li  bilan  irsiy  kasalliklarni  korreksiya  qilish  biotexnologiyalari 

yaratilmoqda. 

O'simliklar genomi dasturlaridan olingan axborotlar asosida har qanday xo'jalik ahamiyatiga 

ega  bo'lgan  genlarni  klonlash,  ularning  o'simlikdagi  holatini  va  faoliyatini  aniq  o'lchash,  selek-

sion jarayonni kengaytirish va jadallashtirish usullari yaratilmoqda. 


 

18 


10. Mamlakatimizda yuqorida sanab o'tilgan biotexno-logiyalarning deyarli barchasi asosida 

tadqiqotlar  olib  borilmoqda  va  bu  sohada  mamlakatimiz  erishadigan  muvaffaqiyatlar  siz  yosh 

o'quvchilarga bog'liq. 

Nazorat topshiriqlari: 

1.Zamonaviy biotexnologiy haqida ma’lumotlar bering? 

2.  Odam  genomi  dasturining  to'la  bajarilishi  natijasida  olingan  axborotlardan  foydalanib 

barcha 


irsiy kasalliklarni tashxis qilish, irsiy kasallikning qachon namoyon bo'lishi haqida nimalarni 

bilasiz?  

3.Gen terapiyasi yo'li bilan irsiy kasalliklarni nima qilish biotexnologiyalari yaratilmoqda? 

ATAMALAR LUG'ATI 

Avtonom  plazmidlar  —  asosiy  xromosomaga  birika  olmaydigan  va  asosiy  xromosomadan 

mustaqil ravishda o'z-o'zidan replikatsiya qiladi-gan halqasimon DNK molekulalari. 



Agrobakterium  —  (lotincha  Agrobacterium)  o'simliklarni  zararlantir-ganda  shish  hosil 

qiladigan tuproq bakteriyalari. 



Antigen — (ingl. anti — qarshi) hujayraga kirganda antitana hosil qiluvchi, organizm uchun 

yot bo'lgan molekulalar. 



Antitana — antigenni neytrallovchi oqsil molekulalari. 

Bakterifaglar — bakteriyalarda parazitlik qiladigan va ularni lizis qiluvchi viruslar. 

Biotexnologiya  —  biologik  makromolekulalar  va  organizmlardan  foydalanib  mahsulotlar 

ishlab chiqarish texnologiyasi. 



Vektor  konstruksiyasi  —  biror  ahamiyatga  ega  DNK  bo'lagi  kiritilgan  plazmid,  virus  yoki 

ko'chib yuruvchi genetik elementlarning DNK molekulasi. 



Gen — polipeptid zanjiri sinteziga javobgar bo'lgan DNK bo'lagi. 

Genetik  injeneriya  —  gen  yoki  genlar  yig'indisining  maqsadga  muvofiq  o'zgartirilishi 

(manipulyatsiya qilish). 



Genlarni klonlash — ko'zlangan DNK bo'lagini vektorlar vositasida ko'paytirish. 

Genom — organizmlar genlari yig'indisi. 

Gibridoma  —  limfotsit  yoki  har  qanday  normal  hujayra  bilan  rak  hujayrasining  qo'shilishi 

natijasida hosil bo'lgan, tez bo'linuvchi duragay hujayralar to'plami. 



Insersiya — (ingl. insertion — kiritmoq) DNK bo'lagi genomning ma'lum joylariga kirishi. 

Kallus  to'qima  —  hujayraning  bo'linishidan  hosil  bo'lgan,  deyarli  ixti-soslashmagan 

hujayralar massasi. 



Klon — bitta hujayradan hosil bo'lgan, irsiy jihatdan o'xshash hujayralar koloniyasi. 

Ligaza — DNK molekulasi uchlarini bir-biriga ulovchi fermentlar. 

Lizis — bakteriya hujayrasining bakteriofaglar tomonidan nobud qilinishi. 

Lizogeniya — bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joy-lashib olish qobiliyati. 

Lizogen bakteriya — genom tarkibida noaktiv profag tutgan bakteriya. 

Molekulyar  genetika  —  organizmlar  irsiyatining  molekulyar  asoslari-ni  o'rganuvchi 

genetika fanining bir bo'limi. 



Monoklonal  antitana  —  bir  tur  antitana  hujayralarining  o'sma  hujayralariga  duragaylash 

orqali olingan gomogen antitana oqsil moleku-lalari. 



Plazmid  —  xromosomadan  tashqarida  joylashgan,  o'z-o'zini  replika-tsiya  qila  oladigan 

halqali DNK molekulasi. 



Poliklonal  antitana  —  organizmga  tushgan  yot  moddaga  qarshi  ishlab  chiqilgan  geterogen 

antitana oqsil molekulalari. 



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish