Mamlakatimiz, albatta, buyuk, gullagan yurtga aylanadi.
Yuqoridagi gapdan albatta so`zini tushirib qoldirsak ham gapning umumiy mazmuniga ham putur yetmaydi. Lekin ishonch, tasdiq ma’nosi bo`rtib turmaydi. Gapga albatta, shubhasiz so`larining qo`shilishi bilan esa so`zlovchining gap orqali ifodalanayotgan axborotga ishonch, tasdiq munosabati alohida ta’kidlagan holda bayon qilinadi.
Ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so`zlarga modal so`zlar deyiladi.
Modal so`zlrning asosiy qismi gap tarkibida boshqa so`zlardan vergul bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |