Sodda yasama fe’llar so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida feldan boshqa so`z turkumlaridan yasaladi: shod-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, guv-guvillamoq, tez-tezlammoq.
Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo`shimchalarni qo`shib bo`lmaydigan, bitta so`roqqa javob bo`luvchi fe’llar qo`shma fe’llar sanaladi. Qo`shma fe’l qismlari doim ajratib yoziladi: sayr qilmoq, gurs etmoq, sotib olmoq.
Juft fe’llar ish harakatning tez va kutilmaganda ro`y berishini ifodalaydi. Juft fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi: aytdi-qo`ydi, yozdi-oldi, sindi-qoldi, borasan-qo`yasan.
Oldi-sotdi, oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so`zlar ot turkumiga o`tgan so`zlar hisoblanadi.
Asosni takrorlash bilan hosil bo`lgan fe’llar takroriy fe’llar hisoblanadi.Takroriy fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ayta-ayta, sakray-sakray, kelib -kelmay.
Do'stlaringiz bilan baham: |