22-variant Fe’lning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo`shma fe’llar. Juft fe’llarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 29,89 Kb.
bet4/8
Sana07.09.2021
Hajmi29,89 Kb.
#167342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Biriktiruv bog`lovchilari uyushiq bo`laklarni va uyushiq gaplarni o`zaro biriktirib keluvchi bog`lvchilar hisoblanadi. Biriktiruv bog`lovchilariga va, hamda sof bog`lovchilari, bilan ko`makchi bog`lovchisi, -u,-yu, -da, ham yukama- bog`lovchilari mansubdir. –u, -yu, -da o`zi qo`shilayotgan so`zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin vergul qo`yilmaydi.

Zidlov bog`lovchilari o`zaro zidlik munosabatida bo`lgan uyushiq bo`laklar yoki gaplarnibir-biriga bog`lab keladi. Ammo, lekin, biroq bog`lovchilari zidlov bog`lovchilaridir. . –u, -yu, -da yuklamalari,balki modal so`zi zidlov bog`lovchisi vazifasida qo`llaniladi.

O`zaro bog`lanayotgan bo`lak yoki gaplardanbirini boshqasidan ayirib ko`rsatuvchi bog`lovchilar ayruv bog`lovchilari hissoblanadi.

Uyushiq bo`lak va gaplarning inkor ma’nosini yuklagan na…na yordamchisi inkor bog`lovchi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shakilda bo`ladi.

O`zaro tobe munosabatida bo`lgan gap bo`lagi va gaplarni bog`lash uchun ishlatiladigan bog`lovchilar ergashtiruvchi bog`lovchilar sanaladi.



N

Ergashtiruvchi bog`lovchilarning turlari

vazifasi

misollar

1

Aniqlov bog`lovchisi

Gap bo`laklarini va gaplarni tobelantirib bog`laydi

Ya’ni

2

Sabab bog`lovchisi

Gaplarni o`zaro tobelantirib bog`laydi

Chunki, negaki,zero,zeroki,zotan (deb, deya)

3

Shart bog`lovchisi (shart va to`siqsizlik bog`lovchisi)

Gap bo`laklari va gaplarni tobelantirib bog`laydi, ular o`rtasidagi shart ma’nosini ifodalaydi

Agar, agarda, gar, basharti, mabodo,garchi, garchand

4

Maqsad bog`lovchisi

Gaplarni o`zaro tobelantirib bog`laydi, ular o`rtasidagi maqsad ma’nosini ifodalaydi

Toki (deb, deya)

5

Qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchisi

Gaplarni o`zaro tobelantirib bog`laydi, ular o`rtasidagi qiyoslash ma’nosini ifodalaydi

Go`yo, go`yoki, xuddi

Faqat bog`lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so`zlar sof bog`lovchilar sanaladi. Bir o`rinda bog`lovchi, boshqa o`rinda ko`makchi, yuklama yoki modal so`z vazifasida keluvchi yordamchilarvazifadosh bog`lovchi sanaladi.

Bog`lovchilar q`llanishiga ko`ra yakka va takror bog`lovchilarga bo`linadi.



3.Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog`ini, tartibini bildirgan so`zlar turkumi son deb ataladi. Son necha?, qancha?, nechta?, nechanchi? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Sonning leksik xususiyatlari

1. Sonning nomini bildiradi: 3, 5, 7, 25.

2. Sanaladigan shaxs, narsa-buyumning son-sanog`ini bildiradi:

beshta kitob, yuz kishi…

SONLARNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

1. Sonlar juft, dona, metr, siqim kabi hisob so`zlari bilan qo`llana oladi;

2. Sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalar sonning hamma turlariga ham qo`shilavermaydi : 1-shaxs birlikdagi egalik qo`shimchalari sonlarga deyarli qo`shilmaydi;

3. Boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi lekin sondan boshqa turkumlarga oid so`zlar yasaladi. Miqdor sonlar bilan qo‘llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so‘zlar hisob so‘zlari (numеrativlar) dеb ataladi.

1) prеdmеtlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar; 2) butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og‘iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho‘plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to‘g‘ram, poy, toqa, bo‘lak, shingil; 3) to‘dalab ko‘rsatuvchi: gala, to‘p, guruh, to‘da, dasta, bog‘, quchoq, shoda, hovuch; 4) juftlab ifodalovchi: juft, para; 5) og‘irlikni o‘lchaydigan: gramm, kilogramm, sеntnеr, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa; 6) uzunlik o‘lchovini bildiradigan: millimеtr, santimеtr, mеtr, kilomеtr, chaqirim, tosh (eskirgan), gaz, qarich, quloch, qadam; 7) yosh o‘lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, kunlik; 8) vaqt o‘lchovini bildiradigan: soniya..., soat, kun, oy, hafta, yil, asr; 9) qiymat o‘lchovini ifodalaydigan: so‘m, tiyin, tanga, miri, paqir. Bulardan tashqari, quyidagi hisob so‘zlari son va fе'l orasida kеlib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, sidra, daf'a.

4.O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.

Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi.

Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:

-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.

-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.

-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi.

-ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi.

-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi.

-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.

-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi.

Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi.

Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi:

1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;

2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan kabi;

3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi;

4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.

Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi.

Juft ravish quyidagicha yasaladi:

1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;

2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;

3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;

4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-bilinmas kabi.

Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga ketdim.

5.So`zlashuv jarayonida albatta, shubhasiz,ehtimol singari so`zlarni ko`p ishlatamiz, lekin bunday so`zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi xususiyatlarini nomlamaydi. Shu bilan birgalikda, yordamchi so`zlarga o`xshab sof grammatik ma’no ham ifodalamaydi. Bunday so`zlar bildirayotgan axborotga so`zlovchining tasdiq, ishonch, gumon kabi munosabatlarini bildiradi.


Download 29,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish