21-мавзу: Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси. Режа: Xorijda ijtimoiy ishchilarning nazariy modellari


Ijtimoiy ishning tizimli va ekologik modellari



Download 55,87 Kb.
bet2/6
Sana11.06.2022
Hajmi55,87 Kb.
#654685
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8ac4cd48188e4579f8abdbc350687035 Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси.

Ijtimoiy ishning tizimli va ekologik modellari.
Modelning nazariy asoslari.
1970-yillardan boshlab tizimli nazariya ijtimoiy ishga katta ta`sir ko’rsatdi va shundan buyon muhokamalar va qarama-qarshiliklarning predmeti bo’lib keldi. Ijtimoiy ishda tizimli nazariyasining 2 formasini ajratib ko’rsatish to’g’risida kelishuvlar mavjud: umumiy tizimlar nazariyasi; ekologik tizimlar nazariyasi.
Bundan tashqari T.Parsonsning ijtimoiy tizimlarning ijtimoiy tahliliga asoslangan ijtimoiy tizimlar nazariyasi uchinchi alohida yo’nalishini ajratib ko’rsatish ham taklif qilinadi.
Sotsiologiyada tizimlar nazariyasining muhim manbalari quyidagilar hisoblanadi: 19 asr oxirlarida Angliyada ijtimoiiy izlanishlarning tajribasiga asoslangan G.Spenserning ijtimoiy darvininizmi; 1930- yillardagi CHikago sotsiologlarining informatsion nazariyasi va ekologik maktabi. Bundan tashqari ijtimoiy ishda tizimli g’oyalar Fon Bertalanfining umumiy tizimlar nazariyasiga ham asoslanib o’zgarmoqda (1971). Bu biologik nazariyaga ko’ra hamma organizmlar-bu tizimlar va o’z navbatida yuqori tizimning bo’g’inlaridan hisoblanadi. SHunday qilib, odam-bu jamiyatning bir bo’lagi va o’z navbatida u ham tsirkulyatsion tizim, hujayralar atomlaridan iborat va ular ham quyi tizimlardan iborat. Bu kategoriya guruhlar, oila, jamiyat va biologik tizimlarga shu tarzda qo’llaniladi.
1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshlarida chop etilgan Xirn, Gol’dsteyn (1973), Pinkus va Minaxon (1973) ishlarida sotsiologiya nazariy avlodining ijtimoiy ish nazariyasiga moslashuviga e`tibor berilgan.
Tizimlar nazariyasining asosiy tushunchalari
- tizim bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan va yagona birlikni hosil qiluvchi elementlardir; Ushbu birlik chegaralarga ega, bu chegaralar ichida ko’p miqdorda jismoniy va intellektual energiya almashuvi sodir bo’ladi.
- yopiq tizim tashqi muhit bilan almashuv jarayoni sodir bo’lmaydigan hollarda mavjud bo’ladi; (konserva bankasi)
- ochiq tizim, bunda energiya chegaralardan tashqariga chiqishi mumkin. Bu paketga solingan choyga o’xshaydi, choy barglari paketda qoladi, lekin suv ichkariga, choy tashqariga chiqadi.
Tizimlar qaysi yo’l bilan ishlashi, ularni qanday o’zgartirish mumkinligi quyidagi tushunchalar bilan izohlanadi:

  • kirish, energiya chegaralar orqali ichkariga kiradi

  • o’tish yo’li, energiya tizimichkarisida qanday ishlatilishi

  • chiqish-natija, energiyaning tashqi muhitga ta`siri

  • qarama-qarshi munosabat tuguni, tizimga yo’naltirilgan axborot va energiya, bu tashqi muuhitga ta`sir qiluvchi natijalar ta`sirida paydo bo’ladi, qarama-qarshi aloqa samara natijalari haqida xabar beradi.

  • Entropiya o’z energiyasini ishlatish tizimlar tendentsiyasi, bu o’z faoliyatini davom ettirish uchun amal qiladi, bu shuni anglatadiki, agar o’z chegaralaridan tashqarida, kirish joyida energiya olmasalar, tizimlar yo’qolishi mumkin.

Bu jarayonlarga oddiy misol: agar siz biror gap aytsangiz, bu meni o’zimni tutishimga ta`sir ko’rsatadi, mening hulqim o’zgaradi (chiqish) va siz bu o’zgarishni kuzatishingiz mumkin. SHunday qilib, siz qarama-qarshi aloqa qilasiz, ya`ni men siz aytgan xamma narsani tushunganim haqida bilib olasiz. Bunday holatda tizim qora qutini bildiradi. Siz kirish va chiqishni ko’rishingiz mumkin, lekin siz mening ichki dunyoimga o’zgarishlarni bilmaysiz. Qarama-qarshi aloqa natijani ko’rish imkonini beradi.
Har qanday holatda tizimning holati 5 xil xarakteristika bilan izohlanadi:

  • uning o’zgarmas holati bilan: u o’zini qanday qo’llab-quvvatlashi bilan, kirishdagi qo’yilmalarni qabul qilish va ularni ishlatish bilan xarakterlanadi.

  • Uning gomeostazisi, yoki ekvilibriumi bilan, o’zining fundamental tabiatini qo’llab-quvvatlash imkoniyati bilan; kirishdan keltirilgan o’zgarishlardan, tizim ichkarisidagi o’zgarishlar va energiyani tashqariga olib chiqish. Masalan: men karam eyishim mumkin, lekin men karamga aylanmayman, karam esa bu ovqatlanish energiya, u keyinchalik tashqariga chiqadi.

  • Differentsiatsiya bilan, bu o’z tarkibining soni ko’pligi va turli xilligi bilan mukammallashatirilishini bildiradi.

  • Yig’indining jamini hisoblash imkoniyatini yo’qligi bilan, bir butun har doim o’z qismlari yig’indisidan katta bo’ladi;

  • Retsiproksligi bilan – agar tizimning bir qismi o’zgarsa bu uning barcha qismlariga ta`sir ko’rsatadi, buning natijasida ular ham o’zgaradi.

Retsiprokslik natijasida tizimlar ekvifinallik (bir natijaga turli usullar bilan etishish imkoniyati) va mul’tifinallik ( bir xil sharoitlar turli natijalarga olib kelishi mumkin, chunki tizimning qismlari o’zaro turlicha ta`sir ko’rsatadi). Ijtimoiy tizimlar sinergiyani ishlab chiqishi mumkin, ya`ni o’zini qo’llab-quvvatlash uchun o’z energiyasini yaratishi mumkin. Odamlar bir-birini qo’llab-quvvatlash, munosabatlarni mustahkamlash uchun nikoh yoki guruhlar tuzadilar, bu ularni mustahkamroq qiladi. Agar ular sinergiya ishlab chiqmasalar oila yoki gurux chetdan energiya olish kerak bo’lar edi, yoki entropiya sodir bo’lar edi. shunday qilib, sinergiya entropiyaning oldini oladi, shuning uchun uni ba`zida negentropiya deb ataydilar.



Download 55,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish