Bog'liq 8ac4cd48188e4579f8abdbc350687035 Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси.
Nazariya Ijtimoiy ish metodologiyasi muayyan kontekstlar uchun xarakterli bo’lgan lokal yoqlamalarni kiritgan holda amaliy faoliyatni baholash va tadqiqot o’tkazish yo’li bilan olingan isbotli asoslangan bilimlar tizimiga suyanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi odamlar va ularning atrofidagi kishilar orasidagi o’zaro harakatning murak kabligini inobatga oladi va odamlarning ta`sirga duch kelganiday ularga bio-psixoijtimoiy omilni kiritgan holda ko’p sonli omillar ta`sirining o’zgarishini tan oladi. Professional ijtimoiy ish inson axloqi va rivojlanishi, majmuaviy vaziyatlari tahlili uchun ijtimoiy tizimlarni ham, individual, tashkiliy, ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ko’maklashish nazariyasini ham o’zlashtirib oladi.
Inson ehtiyoji u faoliyat ko’rsatayotgan yirikroq tizimlardan ajratilgan holda o’rganilishi mumkin emas. Bu oilani, kichik guruhlarni, mazkur guruhda istiqomat qiluvchilarni, shuningdek, maktab, cherkov yoki ijtimoiy ish agentliklari kabi har xil ijtimoiy institutlarni qamrab oladi. Barcha insonlar ko’pincha o’zaro ziddiyatli talablarni qo’yuvchi qandaydir yirikroq tizimlarga mansubdirlar. Bu tizimlar har bir inson atrof-muhitining tarkibiy qismidir. Bunday tizimlarning talablari o’rab turgan ijtimoiy muhit talablari deb ataladi. Ijtimoiy tizimlar nazariyasi mazkur tizimlarning xatti-harakatini hamda ularning ehtiyojlarini tushunish usullarini taqdim etadi.
Ijtimoiy tizimlar nazariyasi ijtimoiy ish xodimlari uchun foydali bo’lib, mutlaqo farqli bo’lib, tuyilgan harakat sub`ektlari alohida insonlar, oilalar, kichik guruhlar, agentliklar, hududlar va yaxlit jamiyatlar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarni kontsentuallashtirish uchun vositalarni taqdim etadi. Bu nazariya tizimlarning turli tasniflari orasidagi o’xshashlik va tafovutlarni qayd etib, ijtimoiy ish xodimlariga mazkur vaziyatning oziqlantiruvchi tizim ichida ham qo’llab-quvvatlovchi tizim ichida ham alohida muammolar va ijtimoiy muammolarni baholagan holda o’rganishga yordam beradi. Ijtimoiy tizim qo’llab-quvvatlab, o’z funktsiyasini bajara oladigan bo’lshi uchun undagi (alohida odamlar va guruhlardan tashkil topgan) kichik tizim yoki tarkibiy qismlar kengroq tizimlarning ehtiyojlariga nisbatan o’z faoliyatini moslashtirishlari lozim. Bunday «Moslashtirish» odamlarning individual ehtiyojlarini qondirish bilan mos kelsa, muammo yo’qdir. Biroq ko’pincha ish boshqacha bo’ladi. Ijtimoiy ish xodimining vazifasi bir vaqtning o’zida ham individual ehtiyojlarga ham ijtimoiy muammolarga (ya`ni tizimlarning ehtiyojlariga) e`tibor qaratishdan iboratdir. Bu erda ish barcha qismlar va barcha tizimlarning ehtiyojlari to’liq qondirilishi uchun tizimlarning ehtiyojlarini aniqlash hamda barcha qismlarning o’z funktsiyasini bajarishiga yordam berish yo’llarini izlab topishdan iboratdir. Bu erda ish barcha qismlar va barcha tizimlarning ehtiyojlarini aniqlash hamda barcha qismlarning o’z funktsiyasini bajarishiga yordam berish yo’llarini izlab topishdan iboratdir. Bunday yondashuv mazkur ehtiyoj paydo bo’lgan vaziyatning barcha tarkibiy qismlarini identifikatsiya qilishni taqazo etadi. SHuningdek, u har bir tizimning ehtiyojlarini vaziyatga muvofiq o’rganib chiqadi va tahlil qiladi.
Ekologik yondashuv – ijtimoiy tizimlar nazariyasi bilan uzviy bog’liqdir. «Ekologiya» atamasi organizm va tashqi muhit o’rtasida o’zaro munosabatlarni o’rganuvchi biologik nazariyadan kelib chiqadi. ekologik yondashuv o’zgarishlar jarayoniga tashqi muhitni kiritib, tizimlar nazariyasidan foydalangan holda inson taraqqiyoti va insoniy tafovutlarni ta`riflaydi. qg’ho’
Bunday yondashuv avvalroq e`tirof etilgan sababli-funktsional yondashuv to’g’risidagi bahsda sabab va funktsiya o’rtasidagi tafovutni bartaraf etadi. Kerol Mayer va Karel Germeyn mazkur yondashuvning asosiy mualliflari bo’lib hisoblanadilar.
Ekologik nuqtai nazardan ehtiyoj odam va boshqa kishilar hamda odam va tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar uchun shart-sharoitdir. Odamlar va ularni o’rab turgan muhit ehtiyojlar va resurslarga egadir. Odam va tashqi muhit orasida o’zaro manfaatli hamkorlik bo’lishi zarur. ehtiyojlar qondirilganda o’zaro mutanosiblik va garmoniya holati yuzaga keladi.
Ekotizim yondashuvi ekologik yondashuvdan hosil bo’lgan yondashuv bo’lib, o’z ichiga inson atrofidagi barcha tizimlarni, shu jumladan, jismoniy muhitni o’rganishni qamrab oladi. Bu yondashuvda barcha tizimlar o’rtasida o’tmish, hozir va kelajakda sodir bo’ladigan materiya energiya va axborot almashinuvi o’rganiladi. ekotizmning bir qismida yuz bergan almashinuv xarakteridagi o’zgarishlar uning boshqa qismlarida ham aks etishi muqarrar. O’zgarishlarni rejalashtirishda ekotizim yondashuvi ishtirok etayotgan barcha tizimlarning o’zgarishiga ta`sir ko’rsatadi. Mazkur yondashuvdan mijozlarga o’z ehtiyojlarini qondirishlarida yordam berish uchun foydalanish mijozlarning o’zlarida, ularning atrof muhitlarida hamda odam va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro hamkorlik xarakterini ehtiyojlar va resurslarni qondirish uchun ular orasidagi muvozanatni ta`minlaydigan qilib o’zgartirish shart-sharoitini yaratishni bildiradi.
Kuchli jihatlar nazariyasi – mazkur yondashuvda ijtimoiy ish xodimi mijoz vaziyatida biror narsa etishmasligini o’rganishdan uning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qimmatli xususiyatlarini o’rganishga o’tadi. Bu yondashuv mijoz bilan ish olib borishda imkoniyatlarni kengaytirish, barqarorlikni oshirish, yaxlitligini tiklash va ta`minlashning muhimligini tasdiqlaydi. Biror bir guruhga a`zolik yoki mansublikka me`yoridagi psixologik salomatlik uchun muhim shart-sharoit sifatida qaraladi. Bunday yondashuvni ishlab chiqish Kanzak Universiteti ijtimoiy ish fakul’tetining ijtimoiy ish xodimlari, xususan, Dennis Seylibi tomonidan amalga oshirilgan. Bunday yondashuvning asosiy tamoyillaridan ikkitasi quyidagi xolatlarni aks ettiradi:
Har bir odam, guruh, Oila va hamjamiyat o’zining kuchli jihatlariga ega.
Har qanday atrof-muhit resurslar bilan to’lgan.
Ijtimoiy ish xodimlari ehtiyojlariga qarshi harakat qilar ekanlar, mijozga o’zining kuchli jihatlarini hamda o’zidagi va tevarak atrofdagi resurslarini aniqlashiga yordam berishlari va so’ngra ulardan ehtiyojlarga qarshi harakat qilish uchun foydalanishlari lozim. ehtiyojlarni qondirish jarayoniga kuchli jihatlar yondashuvini kiritish uchun bir qancha jiddiy sabablar mavjud.
Ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish siyosatidagi o’zgarishlar u yoki bu xizmatni ko’rsatishning davomliligi borasida chegaralanishlarga olib keladi. Kuchli jihatlar yondashuvi kelajakka yo’naltirilgan bo’lib, chegaralangan, qisqa vaqt muddatlari uchun ko’proq mos keladi.
Ijtimoiy funktsiyani bajarish – ijtimoiy ish xodimlari boshqa kishilar va o’z atrof-muhitlari bilan munosabatlarida qiyinchilik sezayotgan odamlar bilan ish olib boradilar. Ular vujudga kelgan ehtiyojlarni qondirish imkonsiz bo’lgan shart-sharoitlar ko’rinib, jiddiy ravishda qarshi harakat qilishni talab qilgan paytda ishga tushadilar. Ish jarayonida o’zaro hamkorlik qiluvchi ijtimoiy ish xodimi va mijozning asosiy sa`y-harakatlari me`yoridagi ijtimoiy funktsiyani bajarishni ta`minlash va qondirilmagan ehtiyoj bo’yicha mavjud bezovtalikni yumshatishga yo’naltirilgandir. Ijtimoiy ish xodimi bilan mijoz birgalikda fikr yuritib, harakat qilganlari sayin, yangi ehtiyojlar va bezovtalik xislari vujudga keladi. Ijtimoiy ish xodimi va mijoz jarayon davomida vaziyatga tobora chuqurroq va har tomonlama tushunishga erisha boradilar. Ish jarayonda ijtimoiy ish xodimining inson taraqqiyoti, insoniy tafovutlar, ijtimoiy tizimlar nazariyalari, ekotizimlar va kuchli jihatlar yondashuvi to’g’risidagi bilimlari faollik bilan ishlatiladi.