21-мавзу: Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси. Режа: Xorijda ijtimoiy ishchilarning nazariy modellari



Download 55,87 Kb.
bet1/6
Sana11.06.2022
Hajmi55,87 Kb.
#654685
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8ac4cd48188e4579f8abdbc350687035 Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси.


21-мавзу: Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси.
Режа:

        1. Xorijda ijtimoiy ishchilarning nazariy modellari

        2. Ijtimoiy ishning tizimli va ekologik modellari.

        3. Tizimlar nazariyasining asosiy tushunchalari

        4. Tizimlar nazariyasining ijtimoiy ish amaliyotida qo’llash: Pinkus va Minaxan.

Xorijda ijtimoiy ishchilarning nazariy modellari
Professional faoliyatida ijtimoiy hodimlar kupgina tabiiy va ijtimoiy fanlar yutuqlarini qo’llaydilar. Ijtimoiy ish amaliy fan sifatida oraliq fan harakteriga ega va ko’pgina an`anaviy fanlar bilan demografiya, falsafa, psixologik, sotsiologiya, tibbiyot, siyosatshunos iqtisodiyot, antropologiya, etika va boshqalar bilan bog’liq.
Ijtimoiy – ishda hozircha yagona nazariya yo’q, uning nazariy bilimi turli ijtimoiy-ilmiy maktablar tomonidan taqdim etilgan, ular doirasida asosiy tadqiqot an`analari rivojlanadi va jamiyatda amaliy ijtimoiy ishga turli – xil ilmiy va ilmiy – amaliy paradigmalarni taqdim etadi. Fan sifatida ijtimoiy ish va boshqa ijtimoiy fanlar uchun umumiy bo’lib, K.Marks, E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Parsons, Z.Freyd, Rodjers kabi falsafashunoslar, sotsiologlar, psixologlarning asos solgan g’oyalari hisoblanadi.
Turli mamlakatlarda mutaxassis amaliyotchilar, ijtimoiy ishning u yoki bu modellarini shakllangan an`analar va ijtimoiy ehtiyojlarga qarab qo’llaydilar. AQSHda ijtimoiy ish psixoanalizga tayanadi, chunki an`anaga ko’ra asosiy e`tibor individual – shaxs darajasiga qaratiladi, keyingi 2- o’n yillikda bu mamlakatda o’z asosi sifatida ijtimoiy fanlarning xilma – xil nazariy yo’nalishlarini qo’llovchi turli texnologiyalar paydo bo’ladi.
Hozirgi paytda ijtimoiy ish faqat indisturial rivojlangan mamlakatlarning emas, balki rivojlanayotgan mamlakatlarning jamiyat tizimining ham ajralmas qismi bo’lib qoldi. Uning ko’p xilma- xil nazariyalar, modellar, texnika va texnologiyalarga asoslangan bilimlari, ko’nikmalari va mahoratlari boyligi ijtimoiy amaliyotning, ijtimoiy – ishning kengaygani va murakkablashganidan dalolat beradi. Ijtimoiy ish professional faoliyat turi sifatida yil sayin atrof muhit muammolarining, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va emotsional inqirozlarning sonining ko’payishi bilan murakkablashib bormoqda.
Amaliy faoliyatining asosi sifatida ijtimoiy ish mutaxassislari foydalanadigan nazariyalar o’z darajasi, ko’lami bilan o’ta xilma – xildir tizimlarning umumiy nazariyasi tipidagi keng ijtimoiy nazariyalar yoki Marksizmdan to Koinotda inson o’rni va hayot mazmuni to’g’risidagi falsafiy ta`limotlargacha ( ekzistentsial nazariya va meditatsiya tipidagi ) yoxud inson xatti–harakati va individualligining ongli va ongsiz kompanentlarini tushuntirib beruvchi nazariya(egopsixologiya va psixo taxliliy nazariya)lar kabi.
Ijtimoiy – ish an`anasiga ega hech bir mamlakatda yagona nazariy asoslangan ijtimoiy – ish amaliyoti yo’q. Bu ijtimoiy ishning nazariy asoslari sohasida xorij tajribasida anarxiya hukmronligini bildiradimi?
Jahon tajribasi buning aksi haqida guvohlik beradi. Avval qayd etilganidek, bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarning butun tizimi ijtimoiy xodim kasbining doimiy tarkib toptiruvchilaridan biridir. Bu tizim kup ijtimoiy resurslar ichidan konkret ijtimoiy muammoni hal etish uchun juda zarurlari va samaralilarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, tizimning o’zi bilimlarning boshqa tizimlarining o’zaro ta`siri uchun ochiqdir. Boshqacha aytganda ijtimoiy hodimlar o’xshash kasb xodimlari oldida ancha ustivorlikka ega, chunki ular jamiyat va inson haqidagi ilmiy bilimlarning kengayishiga qarab doim rivojlanadigan, kengayadigan va mukammallashadigan plyuralistik ilmiy kontseptual asosga tayanadilar.
Ijtimoiy – ishning keng xalqaro tajribasi nazariy modellarning bir necha guruhlaridan foydalanishi to’g’risida guvohlik beradi. Masalan, psixodinamik, krizislarga bog’liq aralashuv modeli, bixevioristik, tizimli va ekologik,ijtimoiy psixologik va kommunikatsion, insonparvarlik va ekzistentsion, kognitiv, huquqiy himoya faoliyati modeli. Bu nazariy modellar ijtimoiy fanlarning an`anaviy tarmoqlari falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik va boshqalarga xos g’oyalar yoki hatto yaxlit nazariyalarga asoslangandir.
G’arbda shakllangan nazariy modellarning butun tashqi mavhumligida ulardan har biri mijoz bilan ishlashning printsipial har xil metodlaridan foydalanishni nazarda tutadi. SHunga qaramay, xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, amaliyotda ijtimoiy xodim bir-biri bilan murosasiz bo’lgan nazariyalarni birlashtirish va masalani echishning sintetik modelini ishlab chiqishi mumkin. Ijtimoiy xodim konkret mijoz yoki guruh bilan ishlar ekan, insonparvar psixologik printsiplaridan ham, o’rgatish qonunlaridan ham foydalanadi.
SHu bilan birga, ekzistentsial insonparvarlik modeli ish uchun zarur texnologiyalar to’plamini nazarda tutmaydi, masalan: xatti-harakatlaridan chetga chikuvchi shaxslar bilan ishlashda. SHuning uchun kuprok bixevioristik va nobixovioristik modellar kullanadi. Bixovioristik model mijozning tashqi turtkilarga javob ta`siri sifatida qaraluvchi kuzatilayotgan xatti-harakatlarga asosiy e`tibor qaratiladi. Bixoviorizmning asosiy hissasi shundaki, ijtimoiy ishda bu ishning zaruriy va boshlang’ich boskichi sifatida empirik tadkikotlar o’tkazila boshlandi.
Bixeviorizmni turli tashqi omillarning ob`ekti sifatida qaraluvchi va bu ta`sirning natijasi hisoblanuvchi shaxsni o’rganishdagi mexanik orentatsiyasi uchun tanqid qiladilar. Biroq nobixoviorizm o’zanida rivojlangan nazariyalar, xususan Amerika ijtimoiy psixalogi Banduraning ijtimoiy o’rgatish nazariyasiga xos emas. Uning asarlarining g’oyasi shundaki, kishilar ijtimoiy xatti-xarakatining ba`zi bir taqlidlarini egallab, ijobiy mustaxkamlovchi modellarini taqlid kilishiga moyil bo’ladi.
Bu holda ijtimoiy tavsiflar ijobiy quvvatlanadi va ommaviy maqullanadi- e`tiborda, muvaffaqqiyatda va hokazo.
Bandura qayd etadiki, xatti-harakatlarning taqlid usuli kuzatishdan so’nggi yaqin vakt oralig’ida emas, balki ancha uzoq vaqtdan so’ng ham bajarilishi mumkin. Taqlid natijasida egalik kilingan ishtimoiy xatti-xarakat modeli tashqi ta`sirlarga nisbatan barqaror va mustahkamligi bilan ajralib turadi, o’zgarishlarga qiyinlik bilan beriladi. Bandura g’oyalarining amaliy ahamiyati mutaxassis- mijozda uni reabilitatsiyalash davrida muayyan ko’nikmalar va qobillikni shakllantirishda alohida mazmun kasb etadi.
Mutaxassislarining fikricha, xorij ijtimoiy ishning bixevioral yo’nalgan metodi boshqa psixologik yunalgan metodlaridan ancha samaralidir. Ayniksa xatti-xarakat (xulk-atvor)ning qandaydir tarzini shakllantirish yoki o’zgartirish zarur bo’lgan xollarda.
Bixeviorischa modelning aksi bo’lgan kognitif model mijoz tomonidan o’z xatti-harakatini muvofiq mantiqiy nazorat qilish zarurligini ta`kidlaydi. Bu modelning asosini sub`ektining o’zi tomonidan tuzilgan yagona voqelikning mavjudligi hakidagi ramzini (belgilar) interaktsionizmning tezislaridan biri tashkil etadi.
Ijtimoiy ishga nisbatan ko’rilganda bu shuni bildiradiki, mijozning idroki xatolik deb emas, balki shunchaki boshqalarnikidan farq qiluvchi deb qabul qilinishi kerak, shunday ekan, mijoz bilan ishlash metodi keskin emas, balki ko’prok o’rgatuvchi bo’lishi kerak.
Ijtimoiy ishning kognitivv modeli (shunga muvofik, ijtimoiy xodimning o’zining faoliyati ham) avvalo ijtimoiy o’rgatishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy xodimlarning hammasi xam kognitiv modelni qabul qilmadi, 80-yillardan bu model ijtimoiy ishning jahon tajribasida keng qullana boshlandi.
Xorijdagi ijtimoiy ishda psixologiyaga yunalgan modellaridan tashqari yana kamida 20 dan ziyod turli xil nazariy modellar qo’llaniladi. Masalan, kommunikativ, radikal marksistik, feministik faollashtirish va boshqalar. Bu modellardan keng tarqalganlaridan biri, bir necha turlari bor tizimli modeldir. Ulardan birini nazariy jixatdan Amerikalik mutaxassislar Pinkus va Minaxon asoslab berdilar.

Download 55,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish