44. Gipofiz va epifiz bezlarining yosh xususiyatlari.
Epifiz bezi. Epifiz bezi – og‘irligi 0,2-0,3 gr bo‘lib gormoni melatonin, bolalar 6-7 yoshga borganda atrafiyaga uchraydi, agarda bolalarda kasallik tufayli yoki boshqa sababga ko‘ra faoliyati buzilsa, ularda muddatdan oldin jinsiy yetilish boshlanadi.
Gipofiz. Gipofiz asosiy suyakning turk egari qismida joylashgan bo‘lib, u uch bo‘lak: oldingi, oraliq va orqa bo‘laklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya bezidir. Gipofizning uzunligi katta odamda 19 mm, eni 12-15 mm, bo‘yi 5-6 mm, vazni 0,55-0,65 g, yangi tug‘ilgan bolada 0,1-0,15 g, 10 yoshda 0,33, 20 yoshda 0,54 g keladi. Katta odamlarda gipofizning oraliq bo‘lagi bo‘lmaydi, bolalarda u yaxshiroq rivojlangan. Gipofizning oldingi bo‘lagi adenogipofiz, orqa bo‘lagi neyrogipofiz deyiladi, ikkala bo‘lagi ham simpatik nerv bilan ta’minlangan. Gipofizda 22 dan ortiq gormon ishlanib chiqadi. Uning adenogipofiz qismidan: o‘sish gormoni-somatotrop, jinsiy organlarning rivojlanishini tezlashtiruvchi gormon-gonadotrop, laktotrop yoki prolalktin-sut ajralishini qo‘zg‘atuvchi gormon, qalqonsimon bez sekretsiyasini qo‘zg‘atuvchi gormon, me’da osti bezi sekretsiyasini qo‘zg‘atuvchi gormon va boshqa gormonlar ishlanib chiqariladi.
Agar gipofizning oldingi bo‘lagi olib tashlansa, bola o‘smay qoladi. Agar bu bo‘lakning funksiyasi kamayib ketsa, pakanalik, ortib ketsa, gigantizm vujudga keladi, ya’ni 13-14 yashar bolaning tana proportsiyalari saqlangani holda bo'yi 2-2,5 m ga yetadi (gigantizm). Gigantizm nisbatan kam uchraydi; o‘rta hisobda har 1000 kishiga 2-3 ta odam to‘g‘ri keladi. Hatto bo‘yi 260-270 sm dan baland bo‘lgan odamlar borligi haqida yozilgan. Katta odamlarda esa 40 yoshdan so‘ng akromigaliya kasalligi vujudga keladi.
Gipofizning o‘rta bo‘lagidan-intermidin, orqa bo‘lagidan esa vozoprosin yoki ADG, oksitotsin gormonlari ajralib chiqadi.
43.Oliy nerv faoliyati tiplari.
I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy ko‘zatishlar asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo‘lgan edi.
1. Kuchli, ko‘zg‘luvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip.
Bu tipda kueklish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘alish tormozlanish dan ustun turadi, Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo‘ladi, o‘rta o‘zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional
reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o‘z fikrini maqullaydigan,
topshiriqlarni o‘z vakttida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli reflekslar tez so‘nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan kunikadi, nutqi tez va ko‘pol, harakteri o‘zgaruvchan, o‘z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina o‘zoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |