50.Ayirisimon bezning tuzilishi va yosh xususiyati.
Bu bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetguncha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi kichiklashib u yog‘ moddasiga aylanadi. 25 yoshda, bezning massasi 25 g gacha kamayadi. 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo‘ladi. Ayrisimon bezda timozin gormoni ishlab chiqariladi. U bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolada balog‘atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytirib organizmning immunitet xususiyatini oshiradi. U organizm o‘sishini tezlashtiradi va suyaklarda kalsiyni saqlab turadi. Ayrisimon bez kasalliklari kam uchraydi. Bolalarda ba’zan ayrisimon bezning kattalashishi oqibatida timikolimfatik diatez uchraydi. Bunday kasallar haddan tashqari semirib ketadi, juda lohas bo‘ladi, darmoni quriydi, limfa tugunlari kattalashadi.
Ayrisimon bezning kattalashishi nafas olishda o‘zgarishlar paydo qiladi. Eng muhimi yuqumli kasalliklarga qarshi chidamlilik ancha pasayadi, bola kasal bo'lganda esa yuqumli kasallik juda og'ir o'tishi mumkin. Timiko-limfatik diatezda buyrak usti bezlari funksiyasi susayib ketadi.
42.Uyqu fiziologiyasi va gigienasi
Uyqu gigiyenasi. Bolalar va o’smirlar uyqusini gigiyenik jihatdan to’g’ri tashkil qilish, ular ish qobiliyatining yuqori bo’lishini ta’minlovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bolaning kechasi yotadigan joyi qulay bo’lishi, xona sokin bo’lishi, ma’lum bir vaqtda uxlashga o’rganishi muhim ahamiyatga ega. Uxlashdan avval xonani shamollatish, toza havoda sayr qilish, tishni, oyoqlarni iliq suvda yuvish, yuvinish tavsiya etiladi. Bola kechqurun uxlashga yotishidan 1,5-2 soat oldin ovqatlanishi, xona harorati 20°C atrofida bo’lishi kerak, uyqudan oldin ularga kofe, choy, shirinliklar berish mumkin emas.
Bolaning o’rni juda yumshoq yoki juda qattiq ham bo’lmasligi kerak, chunki o’rin juda yumshoq bo’lsa, bola isib ketadi, qattiq o’rin esa bosilgan joylarda qon aylanishini qiyinlashtiradi. Natijada bola notinch o’xlaydi, har tomonga ag’darilaveradi va dam ololmaydi.
Bola miriqib uxlamasa, asab tizimining ish qobiliyati pasayadi, kuni bilan lanj, parishonxotir bo’lib yuradi. Chuqur uyquda bolaning asab tizimi yaxshi dam oladi. Vaqtida ovqatlanish, jismoniy va aqliy mehnatdan keyin, vaqtida dam olish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, kun tartibiga rioya qilish, bola salomatligini yaxshilaydi, u miriqib uxlagandan keyin bardam bo’lib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |