21. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari


Eshitish organining yosh xususiyatlari



Download 51,09 Kb.
bet10/17
Sana08.04.2023
Hajmi51,09 Kb.
#925671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
fiziologiya oraliq 21dan

30.Eshitish organining yosh xususiyatlari. Eshitish organi turli tovushlarni eshitish va muvozanat vazifasini bajaradi. Eshitish organi uch qismga: tashqi, o'rta, ichki quloqqa bo‘linadi. Tashqi quloq suprasi, tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tog‘aydan iborat bo‘lib, muskullari kam. U tovushni tutishga va uning yo‘nalishini bilishga xizmat qiladi. Quloq suprasi va muskullari hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Tashqi eshitish yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshitish yo‘li devorchalarining yuzasi tuklar bilan qoplangan, maxsus bezchalar quloq kiri (sarig‘i) deb ataladigan yopishqoq modda ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida nog‘ora parda bor. U oval shaklida bo‘lib, qalinligi 0,1 mm ni tashkil etadi. Nog‘ora parda fibroz to‘qimadan tuzilgan, elastik. U havo to‘lqinlari ta’sirida tebranib, bu tebranishni o‘rta quloqqa o‘tkazadi. O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘idan, eshitish suyakchalaridan va Yevstaxiy nayidan iborat bo‘lib, bu nay yordamida nog‘ora bo'shlig'i burun-halqumga tutashadi. Kichik yoshdagi bolalarda Yevstaxiy nayi kattalarnikiga qaraganda bir oz kaltaroqdir. Shu munosabat bilan burun-halqumdan m ikroblar o‘rta quloqqa oson kiradi va uning yalig‘lanishiga (otit kasalligiga) sabab bo‘ladi. O‘rta quloq ichida eshitish suyakchalari – bolg‘acha, sandon va uzangi bo‘ladi. Eshituv suyakchalar tovush to‘lqini bosimini 50-60 m arta kuchaytirib beradi. Bolg‘acha dastasi bilan nog‘ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib, bo‘g‘im hosil qiladi. Sandonning o‘siqlaridan biri uzangi boshchasi bilan bo‘g‘im hosil qilib tutashgan. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan. Eshitish suyakchalari nog‘ora pardadagi hamma tebranishlarni takrorlab, kuchaytirib oval pardaga o'tkazadi. Odam qulog'ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, soniyasiga 14 martadan to 20000 martagacha tebranishdagi tovushlarni sezadi. Yosh ulg‘ayishi bilan quloqning tovush sezish chegarasi kamayib boradi. Odam qulog‘i 1000 dan 4000 gacha gertsdagi tovush to‘lqinlarini sezadi. Bola tug‘ilishi bilan eshitish analizatori ishlay boshlaydi. Eshitish analizatorining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14- 15 yoshda eshitish sezgirligi juda susayadi, so'ngra yana orta boradi. Eshituv apparatining shakllanishi va eshituv organining to‘la yetilishi 12 yoshda tugallanadi. Quloq supralarining fiziologik roli asosan tovushlarni tutib, tashqi eshituv yo‘liga yo'naltirishdan iborat. Quloq o‘tkirligi eshituv apparatining gigiyenik holatiga ham bog‘liq.


Download 51,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish