21. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari


Me’da osti bezi tuzilishi va fiziologiyasi



Download 51,09 Kb.
bet8/17
Sana08.04.2023
Hajmi51,09 Kb.
#925671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
fiziologiya oraliq 21dan

28.Me’da osti bezi tuzilishi va fiziologiyasi Me’da osti bezi me’daning orqasida, o‘n ikki barmoqli ichak yonida joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi sekretsiyaga ega. Bu bez tashqi sekretsiya organi sifatida hazm yo‘liga me’da osti shirasi ajratadi, bu shira tarkibida turli fermentlar bo‘ladi. Bulardan tripsin, lipaza, amilaza va boshqalar muhim rol o‘ynaydi. Bu fermentlar yog‘lar, uglevodlar va oqsillarning parchalanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, me’da osti bezi ichki sekretor yoki endokrin funksiyaga ega, bu funksiyani orolchalar ko‘rinishida to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan maxsus hujayralar amalga oshiradi. Ular Langergans orolchalari deb ataladi. Orolchalarning asosiy qismini maxsus beta-hujayralar (b - hujayralar) tashkil etadi. Bu hujayralarda organizmda qand almashinuviga ta’sir etuvchi insulin gormoni ishlab chiqariladi. Me’da osti bezining ichki sekretsiya funksiyasi kamayib ketganda, qandli diabet kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallikda eng avvalo, organizmning uglevodlarni o‘zlashtirish jarayoni buziladi. Uglevodlar qandda, nonda, kartoshkada ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Organizmga ovqat bilan birga tushadigan uglevodlar hazm yo‘li fermentlari ta’sirida oddiy modda - glyukozagacha parchalanadi. Glyukoza qonga so‘riladi va me’daosti bezi gormoni (insulin) ta’sirida to‘qimalar hujayralari tomonidan o‘zlashtiriladi; bu yerda karbonat angidrid va suvgacha parchalanganda energiya ajralib chiqadi. Insulin glyukozaning jigarda va muskullarda maxsus modda (glikogen) shaklida bo‘lib to‘planishiga, qandning yog‘ga aylanishiga yordam beradi. Bu organizmning oziqlanishini yaxshilaydi. Qonda biror sababga ko‘ra, qand miqdori kamaya boshlasa, jigardagi glikogen glyukozagacha parchalanadi. Bu qandning qondagi darajasini bir me’yorga solidi. Jigardagi glikogen miqdori juda kamayib ketgan hollarda uglevodlar ovqat oqsili va yog‘lardan hosil bo‘lishi mumkin.Qandli diabetda me’da osti bezi insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqarmaydi, organizm hujayralari qandni parchalay olmaydi. Uglevodlar endi yetarli miqdorda yog‘ga aylanmaydi; jigarda glikogen yetarli miqdorda to‘planmaydi, bular endi qonda qand miqdorining ko‘paya boshlashiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qand miqdori normada 80-120 mg bo‘ladi, siydikda butunlay bo‘lmaydi, qandli diabet bilan og‘rigan bemor qonida esa qand miqdori 200-850 mg gacha yetishi mumkin.Organizm ortiqcha qandni chiqarib tashlashga harakat qiladi va qondagi darajasi 150-180 mg oshganda qand siydik bilan ajrala boshlaydi, natijada bemor tashna bo‘ladi. Ko‘p qand yo‘qotish ishtahaning ancha ochilishiga olib keladi. Uglevodlar endi ovqat, organizmning oqsili hamda yog‘larda hosil bo‘la boshlaydi va yog‘ almashinuvi buziladi hamda yog'lar chala oksidlanadi. Oqsil almashinuvining buzilishi organizmda kislotali mahsulotlarning to‘planishiga olib keladi.

Download 51,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish