Ключевые слова: музыкальное искусство, изысканность, массовая музыкальная деятельность,
восприятие художественного вкуса музыки, пение, танцы Music in general secondary schools
contributes to the formation of spiritual, artistic and moral culture of students, the education of national pride
and patriotism, the development of creative skills, sophistication and artistic taste, the expansion of the range
of ideas, musical sensibilities. serves to develop a sense of, foster independence and initiative. Such
opportunities in the art of music serve as a unique and inimitable source in the upbringing of a new generation,
their harmonious development. From time immemorial, the East, including Uzbek music education, pedagogy
and its perfect methods have been developed on the example of teacher-student traditions., талант, страсть,
развитие, условия, потребность.
Key words: the art of music, sophistication, mass music activities, perception of the artistic taste of
music, singing, dancing, talent, passion, development, conditions, need.
Kirish.
Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni oʻquvchilarning
musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur
qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni
ta’minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta’limining yangi mazmuni yosh avlodni musiqiy merosimizga
vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga
yetkazishni nazarda tutadi. Bunda oʻquvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan oʻrganishlari, ommaviy
musiqa faoliyatlari, musiqaning badiiy didini idrok etish, yakka va jamoa boʻlib qoʻshiq kuylash, raqsga
tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek, oʻquvchilar musiqiy
iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi
oʻquvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy
ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon
xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadriyatlarini ham chuqur oʻrganish yosh avlodni xalqaro nufuzga molik
boʻlgan madaniy durdonalardan bahramand boʻlishini ta’minlaydi.
Asosiy qism.
Musiqa madaniyati oʻquv fanining mazmuniga boʻlgan minimum talablar nazariy va
amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi bir qancha mavzularni belgilaydi.
Boshlang’ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochilari, musiqa ijrochiligi,
ashula, xor, ansambl, orkestr va simfonik orkestrlar faoliyati, musiqiy sahna asarlari, xalq va professional
musiqasi, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, oʻzbek xalq cholg’u asboblarini bilishni, mashhur oʻzbek xalq
sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari, ustozona mumtoz musiqa,
Sharq va jahon xalqlari musiqasi, ularning taniqli namoyondalari, maqom va shashmaqom, uning mashhur
ijrochilari faoliyati, oʻzbek musiqasida mahalliy va uning mashhur ijrochilari, oʻzbek milliy musiqasida
Do'stlaringiz bilan baham: |